Международная финансовая отчетность стандарты - для Узбекистана каковы преимущества

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Туйчиев, А. (2024). Международная финансовая отчетность стандарты - для Узбекистана каковы преимущества. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(6), 28–31. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30259
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Процесс перевода системы бухгалтерского учета на международные стандарты в Узбекистане считался ответственным и трудным испытанием. Это требует от нас решительного подхода к этой работе и широкого наблюдения. Например, важно получить информатѕію о состоянии финансово-хозяйственной деятельности и финансовых результатах любого субъекта хозяйствования, иными словами, поставить «правильный диагноз» предприятию. Ведь непротиворечивая информаtsin о предприятии, полученная в результате «правильной диагностики», служит основой для принятия эффективных и действенных управленческих решений в будущем. Финансовые бухгалтеры или бухгалтеры предприятий несут ответственность за подготовку информатѕіи, включая Финансовое состояние и финансовые результаты, в форме отчетов, основанных на международных стандартах финансовой отчетности.

Среди мировых ученых стало привычным комментировать, что Стандарты освещают теоретические основы бухгалтерского учета, а совокупность Стандартов является основой бухгалтерского учета. Например, американские ученые считают, что Стандарты являются правилами подготовки финансовой отчетности и отражают общепринятые принципы, тогда как российские ученые пришли к выводу, что нормы или стандарты, используемые для подготовки и представления финансовой отчетности, являются стандартами бухгалтерского учета, основанными на Международных стандартах бухгалтерского учета. Финансовая отчетность предприятий экономики нашей страны. Ведение отчетности является одной из актуальных проблем современности.

Похожие статьи


background image

27

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

T

U

YCHI

Y

EV ALISHER J

U

RA

Y

EVICH

Iqtisodiyot fanlari doktori (

Sc

), professor,

ALFRAGANUS UNIVERSITY, Toshkent, O'zbekiston.

e-mail: doctortuychiyev@yandex.com

ORCID: 0009-0004-3860-515X

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO

STANDARTLARI - O'ZBEKISTON UCHUN

QANDAY AFZALLIK TOMONLARI MAVJUD

Annotatsiya:

O'zbekistonda buxgalteriya hisobi zimini xalqaro standartlarga o'tkazish jarayoni mas'uliyatli va og'ir

sinov hisoblandi. Bu esa bizdan yanada bu ishga qat'iyatlik bilan yondoshish hamda keng mushohada bilan ish yuri shimizni

talab

etadi.

Masalan,

har

qanday

tadbirkorlik

sub'ek ning

moliya-xo'jalik

faoliya

hola

va

moliyaviy

na jalari

haqidagi

ma'lumotlarni

olish,

boshqacha

aytganda

korxonaga

“to'g'ri

tashhis”

qo'yish

muhimdir.

Zero,

“to'g'ri

tashhis”

na jasida

olingan korxona haqidagi izchil ma'lumot kelgusida ta'sirchan va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo'lib

xizmat qiladi. Moliyaviy holat va moliyaviy na jani o'z ichiga oluvchi ma'lumotlarni Moliyaviy hisobotning xalqaro Standartlari

asosida hisobotlar hola da shakllan rish ishlarini, alba�a, korxonalarda moliyaviy hisobchilar yoki buxgalterlar bajaradilar.

Jahon

olimlari

tomonidan

Standartlar,

Buxgalteriya

hisobining

nazariy

asoslarini

yoritadi,

Standartlar

to'plami

esa

buxgalteriya hisobi asoslaridir, deb izox berish odat tusiga aylangan. Masalan, AQSh olimlari Standartlar moliyaviy hisobotni

tuzish

qoidalari

bo'lib,

umumqabul

qilingan

tamoyillarni

aks

e�radi,

deb

hisoblashsa,

rus

olimlari,

moliyaviy

hisobotni

tayyorlash va taqdim qilish uchun ishla ladigan norma yoki standartlar Buxgalteriya hisobi Standarlaridir, deb xulosa bergan,

mamlaka miz

iq sodiyo da

korxonalarning

Moliyaviy

hisobotlarning

xalqaro

Standartlari

asosida

hisobotlarini

yuri shi

kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Аннотация

:

Процесс

перевода

системы

бухгалтерского

учета

на

международные

стандарты

в

Узбекистане

считался ответственным и трудным испытанием. Это требует от нас решительного подхода к этой работе и широкого

наблюдения.

Например,

важно

получить

информatsiю

о

состоянии

финансово-хозяйственной

деятельности

и

финансовых

результатах

любого

субъекта

хозяйствования,

иными

словами,

поставить

«правильный

диагноз»

предприятию.

Ведь

непротиворечивая

информatsiя

о

предприятии,

полученная

в

результате

«правильной

диагностики»,

служит

основой

для

принятия

эффективных

и

действенных

управленческих

решений

в

будущем.

Финансовые бухгалтеры

или

бухгалтеры

предприятий несут ответственность за

подготовку

информatsiи, включая

финансовое

состояние

и

финансовые

результаты,

в

форме

отчетов,

основанных

на

международных

стандартах

финансовой отчетности.

Среди

мировых

ученых

стало

привычным

комментировать,

что

Стандарты

освещают

теоретические

основы

бухгалтерского учета, а совокупность Стандартов является основой бухгалтерского учета. Например, американские

ученые считают, что Стандарты являются правилами подготовки финансовой отчетности и отражают общепринятые

принципы, тогда как российские ученые пришли к выводу, что нормы или стандарты, используемые для подготовки и

представления

финансовой

отчетности,

являются

стандартами

бухгалтерского

учета,

основанными

на

Международных стандартах бухгалтерского учета. Финансовая отчетность предприятий экономики нашей страны

Ведение отчетности является одной из актуальных проблем современности.

Annotat

ion

:

The process of transferring the accoun ng system to interna onal standards in Uzbekistan was considered

a responsible and difficult challenge. This requires us to approach this work with determina on and broad observa on. For

example, it is important to obtain informa on about the state of financial and economic ac vi es and financial results of any

business en ty, in other words, to make a “correct diagnosis” of the enterprise. A�er all, consistent informa on about the

enterprise, obtained as a result of “correct diagnosis,” serves as the basis for making effec ve and efficient management

decisions in the future. Financial accountants or business accountants are responsible for preparing informa on, including

financial posi on and financial performance, in the form of reports based on interna onal financial repor ng standards.

It has become common among world scien sts to comment that the Standards cover the theore cal founda ons of

accoun ng, and the set of Standards is the basis of accoun ng. For example, American scholars believe that the Standards are

rules

for

the

prepara on

of

financial

statements

and

reflect

generally

accepted

principles,

while

Russian

scholars

have

concluded that the norms or standards used for the prepara on and presenta on of financial statements are accoun ng

standards based on Interna onal Accoun ng Standards . Financial repor ng of enterprises in the economy of our country

Repor ng is one of the pressing problems of our me.


background image

28

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

“Esingizda bo‘lsin, asosiysi

- g‘oya. Maxsus bilimlarni esa har

bir muyulishdan so‘ng topsangiz

bo‘ladi, shuning uchun xam

g‘oyalarga talab katta...”

Birinchi fikr:

“Moliyaviy hisobot-

ning xalqaro standarti” so‘zning

ma’nosi nimadan iborat?

So‘zga e’tibor qaratilsa, bu ikkita

qismdan iborat bo‘lyapti: “Xalqaro

standart” va “Moliyaviy hisobot”.

Har ikki so‘zning ma’nosini qisqacha

yoritishga xarakat qilinadi.

“Standart”

inglizcha

so‘z

bo‘lib, o‘zbek tilida me’yor, namuna

yoki o‘lcham ma’nosini anglatadi.

Shuningdek, u o‘xshash ob’ektlarni

taqqoslash uchun asos hisoblangan

etalon sifatida ham e’tirof etish

mumkin. Standart so‘zining huquqiy

ma’nosi esa, ma’lum ob’ektga nisbatan

qo‘llaniladidan me’yorlar, qoidalar

va talablar majmui mujassamlashgan

rasmiy me’yoriy hujjatdir.

Yuqoridagi standart so‘zining

lug‘aviy va huquqiy mazmunlaridan

kelib chiqib, “Buxgalteriya hisobi

standartlari”ga buxgalteriya hisobini

tartibga

soluvchi

aniq

qoidalar

to‘plami deb ta’rif berishimiz mumkin.

“Qoida” so‘zi qonun hujjatlarida

belgilangan qat’iy normalar yoki

jamoatchilik tomonidan qabul qilingan

asosiy tamoyillar bo‘lishi mumkin.

Standart buxgalteriya hisobi ob’ektiga

yoki moliyaviy hisobot elementiga

nisbatan aniq talablar o‘rnatishi bilan,

u buxgalteriya hisobining umumiy

yo‘nalishlarini belgilovchi buxgalteriya

hisobi modellardan farq qiladi.

Jahon

olimlari

tomonidan

Standartlar, Buxgalteriya hisobining

nazariy asoslarini yoritadi, Standartlar

to‘plami esa buxgalteriya hisobi

asoslaridir, deb izox berish odat tusiga

aylangan. Masalan, AQSh olimlari

Standartlar moliyaviy hisobotni tuzish

qoidalari bo‘lib, umumqabul qilingan

tamoyillarni aks ettiradi, deb hisoblashsa,

rus olimlari, moliyaviy hisobotni

tayyorlash va taqdim qilish uchun

ishlatiladigan norma yoki standartlar

Buxgalteriya hisobi Standarlaridir, deb

xulosa bergan. Demak, olimlar o‘rtasida

“Buxgalteriya hisobi Standarlari”ning

mohiyatini yoritish bo‘yicha jiddiy

ziddiyatlar mavjud emas.

Bugungi

kunda,

buxgalteriya

hisobining xaqaro standarti sifatida

ikkita etalon:

Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlari - MHXS (International

Financial Reporting Standards - IFRS),

hamda

AQShning Buxgalteriya hisobining

umum qabul qilingan qoidalari BHUQ

(Generally Accepted Accounting Principles

- GAAP) tan olingan.

Savol tug‘iladi, nima uchun ikkita

xalqaro standart mavjud? Chunki, jahon

fond bozorlarida listingdan o‘tish uchun

taqdim qilinadigan moliyaviy hisobot,

aynan shu ikki standart talablari asosida

tayyorlanadi va taqdim qilinadi. Bunda

shuni e’tiborga olish lozimki, AQSh fond

bozori listingiga kirish uchun USGAAP

talablari, qolgan fond birjalari uchun

esa MHXS talablari asosida moliyaviy

hisobot taqdim qilinadi.

To‘g‘ri, AQShning Buxgalteriya

hisobining umum qabul qilingan

qoidalari nomida “standart” so‘zi mavjud

emas. Lekin, yuqoridagi standartlarga

berilgan ta’riflarga muvofiq, USGAAPni

buxgalteriya

hisobining

xalqaro

standarti sifatida qarashimiz mumkin.

Aksariyat xorij olimlari USGAAPni

xalqaro standart sifatida tan olishadi.

Har qanday insonning moliyaviy

savodxonligi

birinchi

navbatda

korxonaning

moliyaviy

hisobotini

tushuna olishiga bog‘liq bo‘ladi.

Moliyaviy hisobot – bu korxonaning

moliyaviy axvolini ko‘rsatib beradigan

asosiy hujjat. Ya’ni, umumiy foydalanish

uchun mo‘ljallangan moliyaviy hisobot

orqali hisobot beruvchi korxonaga

resurslarni ajratish bo‘yicha qarorlarni

qabul qilishda mavjud va potensial

investorlar, kreditorlar va boshqa qarz

beruvchi tashkilotlar uchun foydali

bo‘lgan axborotlar taqdim qilinadi.

XULOSA

:

demak,

Moliyaviy

hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)

biz uchun yangi yoki mutlaqo begona

bo‘lgan qandaydir iqtisodiy tushuncha

yoki til emas

(bu yerda MHXSni tushunish

uchun faqat ingliz tili talab qilinmaydi,

hozirda dunyoning 30 dan ortiq tillariga

tarjima qilinadi)

. Bizdan uning mohiyatiga

ozgiga e’tibor qaratishimizni talab qiladi

va hech ikkilanmay respublikamizda

buxgalteriya hisobi tizimini MHXS

talablari

asosida

rivojlantirish

imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Chunki,

qat’iy nazorat funksiyasiga ega bo‘lgan

bizning milliy buxgalteriya hisobi

standartlarimiz yoki qoidalarimizning

ham (bu yerda Kontinental model

nazarda tutilmoqda) o‘ziga yarasha

yutuq tomonlariga ega.

Ikkinchi fikr:

O‘zbekistonda Moli-

yaviy hisobotning xalqaro standar-ti

(MHXS)ga o‘tish qachondan bosh-

langan va u qanday samara bermoqda ?

Bugungi

global

pandemiya

sharoitiga

qaramasdan

Moliyaviy

barqarorlik forumi (Financial Stability

Forum) tomonidan MHXS global

iqtisodiyotning

barqaror

faoliyat

yuritishi uchun zarur bo‘lgan 12 global

standartning biri sifatida tan olindi.

Bu esa, MHXSni qabul qilayotgan

mamlkatlar sonini oshishiga xizmat qildi,

ya’ni ular soni kundan-kunga ko‘payib

150 dan ortiq buxgalteriya hisobi va

audit soxasidagi kasbiy uyushmalarlarni

o‘z ichiga qamrab oldi.

Ma’lumki,

2015

yildan

respublikamizda MHXSga o‘tish va

uning qoidalariga muvofiqlashtirish

bo‘yicha muhim islohotlar davri

boshlandi:

birinchi,

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi

PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari-

da zamonaviy korporativ boshqaruv

uslublarini

joriy

etish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va

uning 9-bandida 2015-2018 yillarda

barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik

moliyaviy hisobotlarini chop etishi va

uni Moliyaviy hisobotlarning xalqaro

standartlari va Auditning xalqaro

standartlari asosida tashqi auditdan

o‘tkazishi belgilangan edi. Mazkur PF-

4720-sonli Farmon bilan aksiyadorlik

jamiyatlari ijro etuvchi organiga chet

ellik menejerlarni tayinlash huquqi

berilgan. Mazkur holat, ya’ni chet ellik

menejerlarni va boshqa investorlarni jalb

etilishi, mazkur Aksiyadorlik jamiyatlari

bilan hamkorlik qilayotgan tijorat

banklarining moliyaviy hisobotlarini

o‘rganish va tanishib chiqishga bo‘lgan

qiziqishini ortiradi. Bu esa, tijorat

banklarining MHHS talablari asosida

tuzilgan yillik moliyaviy hisobotlarini

o‘z vaqtida tuzilishini taqozo etadi.

ikkinchi,

2020 yil 24 fevralda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

O‘zbekiston Respublikasida MHXSga

o‘tish tarixida yangi sahifa ochgan

“Moliyaviy

hisobotning

xalqaro

standartlariga o‘tishning qo‘shimcha

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4611-

son qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq

MHXSga

o‘tishnining

zaruriyati

shundaki, respublikamizdagi mavjud

aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari,

sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy

faoliyati haqida xorijiy investorlarni

ishonchli va zarur axborotlar bilan

ta’minlash, korxonalarni xalqaro moliya

bozorlariga

kirish

imkoniyatlarini

kengaytirish, buxgalteriya hisobi va

moliyaviy hisobot va va audit sohalari

mutaxassislarini xalqaro standartlar

bo‘yicha tayyorlashdan iborat.


background image

29

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

Shu maqsadda majud aksiyadorlik

jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta

tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar:

2021 yil 1 yanvardan boshlab MHXS

asosida buxgalteriya hisobining yuritilishini

tashkil etishlari;

xalqaro standartlarni sifatli qo‘llash

uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati

xodimlari bilan ta’minlashlari lozim bo‘ladi.

Natijada bu ro‘yxatdagi tashkilotlar

2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy

hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi.

Ya’ni moliyaviy hisobotlarini xalqaro

standartlarga transformatsiya qiladilar.

Davlat

aktivlarini

boshqarish

agentligi davlat ulushiga ega xo‘jalik

jamiyatlari va davlat korxonalarining

MHXS asosida buxgalteriya hisobini

yuritish

va

moliyaviy

hisobotni

tayyorlashga o‘tish jadvalini har yili

tasdiqlaydi va 1 iyunga qadar e’lon

qiladi.

uchinchi,

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2021 yil 25 iyundagi

“Nodavlat ta’lim tashkilotlarini davlat

tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta’lim

jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha

shart-sharoitlar

yaratish

chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5161-son

qarori. Qarorning maqsadi zamonaviy

talablarga mos keladigan yuqori

malakali kadrlarni tayyorlash jarayonini

sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish,

nodavlat ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-

quvvatlash va ta’lim jarayonida yoshlar

ishtiroki uchun qo‘shimcha shart-

sharoitlar yaratishga qaratiladi.

XULOSA:

yuqorida

MHXS

talablariga moslashish va o‘tish bo‘yicha

Hukumatimizning eng muhim bo‘lgan

hujjatlariga e’tibor qaratildi, mazkur

me’yoriy hujjatlar asosida tegishli

vazirlik va idoralar tomonidan o‘tgan 8 yil

davomida 10 ga yaqin qonunosti hujjatlar

qabul qilindi. Xo‘sh, o‘tgan 8 yillik

isloxotlar qanday samara berdi va biz

MHXSga to‘liq o‘tdikmi yoki unga yana

nimalar to‘sqinlik qilmoqda, degan savol

tug‘ilishi tabiiy albatta. Tan olishimiz

kerak, ushbu isoxotlar iqtisodiyotimizda

“ochiq eshiklar” davrini ham boshlab

berdi, bir necha yirik korxonalarimiz

bemalol xorijga chiqish imkoniyatiga

ega bo‘ldi (eksport saloxiyati bir necha

barobar ortdi) va investitsiya soxasida

xorijning kuchli sarmoyadorlari pul

oqimini iqtisodiyotimizga jalb qilish

imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Uchinchi fikr:

Aksiyadorlik jami-

yatlarini MHXS talablariga muvofiq-

lashtirilishi

oddiy

xalqimizning

turmush darajasiga qanday ta’sir

ko‘rsatdi ?

Respublikamizda faoliyat yurita-

yotgan

aksiyadorlik

jamiyatlarini

MHXSga o‘tishi yoki ulardagi moliyaviy

hisobotlarni

xalqaro

standartlarga

transformatsiya qilinishi natijasida

ularni xalqaro Fond bozorlarda ishtirok

etish imkoniyatini yaratdi.

Masalan, dastlab bundan roppa

rosa 4 yil muqaddam 2019 yilda AT

“O‘zsanoatqurilishbank”ning

300

million AQSh dollari miqdoridagi

xalqaro obligatsiyalari London fond

birjasida listingga kiritilib, xalqaro

kapital bozorlarida sotuvga chiqarildi

va bu investorlar tomonidan yuqori

baholandi.

Yevroobligatsiya

yoki

yevrobondlar - bu emitent uchun chet el

valyutasida ko‘rsatilgan uzoq muddatli

qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ularni uzoq

muddat davomida (1 yildan 40 yilgacha)

mablag‘ jalb etishga qiziqqan tomonlar,

ya’ni xalqaro tashkilotlar, hukumatlar,

yirik korporatsiyalar chiqaradi.

O‘zbekiston tarixida ilk bora

ushbu bank tomonidan chiqarilgan

korporativ xalqaro obligatsiyalar boshqa

tijorat banklari va korxonalar uchun

“benchmark” bo‘lib xizmat qildi. Demak,

yevroobligatsiyaga ega bo‘lish va xalqaro

Fond birjalarda ishtirok etish uchun,

avvalo moliyaviy hisobotlar MHXSlariga

muvofiq tuzilgan yoki transformatsiya

qilingan bo‘lishi kerak. Mazkur talablar

AT “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan

to‘liq amalga oshirilgan va moliyaviy

ekspertlar tomonidan xulosa berilgan.

Bu esa iqtisodiyotimizga millionlab

doll xorijiy sarmoyalarini jalb qilish

imkoniyatini berdi. O‘z-o‘zidan ayonki

bu sarmoyalar evaziga bank arzon

kreditlarni aholiga beradi. Yuqorida

ta’kidlanganidek,

aholining

oddiy

turmushida endi o‘zgarish yuz berishi

tabiiy, ya’ni xalqimiz endi arzon bank

kreditlari hisobiga o‘zining tadbirkorlik

faoliyatini yo‘lga qo‘yadi, uy-joy

masalasini hal etadi va h.k. Demak,

MHXSga o‘tish qog‘ozlarda qolib

ketadigan ish bo‘lib qolmasligi kerak,

uning amaliy natijasi iqtisodiyotiz

uchun, provardida axolimiz uchun

munosib turmush sharoitini yaratishda

(“temir daftar”, “ayollar daftari”,

“yoshlar daftari”ga kiritilgan aholini shu

daftarlardan chiqarish uchun) beqiyos

ahamiyat kasb etadi.

Moliyaviy

hisobotlari

MHXS

talablariga to‘liq javob beradigan

korxonalar soni so‘nggi yillarda oshib

bormoqda, masalan bular qatoriga

O‘zmilliy bank, Navoiy kon-metallurgiya

kombinati,

“O‘zAvtoMotors”

kabi

korxonalarini kiritish mumkin.

XULOSA:

o‘rnida

ta’kidlash

mumkinki, bu kabi korxonalar sonining

ortishi

iqtisodiyotimizga

xorijiy

investorlarni qiziqishiga sabab bo‘lib,

ular tomonidan xorij sarmoyalarini kirib

kelishini yanada oshiradi. Bu esa oddiy

insonlarimiz turmush tarzida ijobiy

o‘zgarishlarni amalga oshirishga yordam

beradi. Demak, MHXSning mohiyati va

uning zaruriyatini xalqimizning oddiy

kundalik xayotiga bog‘lab tushuntirib

berishimiz darkor.

To‘rtinchi fikr:

MHHSga o‘tishda

moliyaviy hisobotlar yagona talab bo‘la

oladimi ?

O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi

tizimini xalqaro standartlarga o‘tkazish

jarayoni mas’uliyatli va og‘ir sinov

hisoblandi. Bu esa bizdan yanada bu

ishga qat’yatlik bilan yondoshish hamda

keng mushohada bilan ish yuritishimizni

talab etadi. Masalan, har qanday

tadbirkorlik sub’ektining moliya-xo‘jalik

faoliyati holati va moliyaviy natijalari

haqidagi ma’lumotlarni olish, boshqacha

aytganda korxonaga “to‘g‘ri tashhis”

qo‘yish muhimdir. Zero, “to‘g‘ri tashhis”

natijasida olingan korxona haqidagi

izchil ma’lumot kelgusida ta’sirchan

va samarali boshqaruv qarorlarini

qabul uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Moliyaviy holat va moliyaviy natijani o‘z

ichiga oluvchi ma’lumotlarni hisobotlar

holatida shakllantirish ishlarini, albatta,

korxonalarda moliyaviy hisobchilar yoki

buxgalterlar bajaradilar.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda

turli

darajada

tadbirkorlik

sub’ektlarining sonini ortib borishi o‘z

navbatida, amaliyotchi buxgaterlarga

bo‘lgan talab hajmining ham ortishiga

sabab bo‘lmoqda (aynan xalqaro

sertifikatga ega bo‘lgan). Bundan


background image

30

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

tashqari so‘nggi yillarda tadbirkorlik

faoliyatiga aralashuvlarning kamaygani,

ya’ni

korxonalar

moliya-xo‘jalik

faoliyatidagi

rejali

tekshirishlarga

moratoriy e’lon qilib kelinayotgani,

soliq yukining kamayishi korxonalar

sonining ortishiga xizmat qilmoqda.

Shuningdek

hududlarda

ishlab

chiqarish infratuzilmasining sezilarli

yaxshilanishi, aholi soning barqaror

ortib borayotgani, mehnatga layoqatli

yoshlarning umumiy aholi sonidagi

ulushi barqaror saqlanib qolayotgani,

naqd pul va naqdsiz pul qiymatidagi

ko‘zbo‘yamachilikka

asoslangan

qiymat farqining yo‘q qilinganligi va

albatta valyuta konvertatsiyasi bilan

bog‘liq tartib-taomilning uzoq kutilgan

liberalizatisiya qilinishi ham iqtisodiy

faollikka ulkan hissa qo‘shmoqda.

Endigi vazifa O‘zbekistonga xorijiy

to‘g‘ridan to‘g‘ri investorlarni yanada

ko‘proq jalb qilish, ular uchun yurtimizni

yangi

“Eldorado”ga

aylantirish,

buning

natijasida

iqtisodiyotni

yanada liberalizatsiyalash va yangi

sanoat hamda iqtisodiy g‘oyalarni

mamlakatimizga kirib kelishini oshirish

hisoblanadi. Albatta buning uchun eng

avvalo, yurtimizda xorijiy investorlarni

o‘z korxonalari haqidagi o‘zlari uchun

tushunarli

moliyaviy

ma’lumotlar

bilan ta’minlash darkor. Bunga faqat

dunyoda “biznes tili”ga aylangan

MHXSni mamlakatimizdagi xo‘jalik

sub’ektlari faoliyatiga tezroq keng joriy

etish orqaligina erishiladi. Biroq hozirgi

paytda mavjud talabni Moliyaviy

hisobotning

xalqaro

standartlari

bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega

buxgalter mutaxassislar bilan ta’minlash

a’lo darajada amalga oshirilmoqda, deb

bo‘lmaydi.

Fikrimizcha, MHXSni keng joriy

qilishda quyidagi murakkabliklar va

muammolar kuzatilmoqda:

birinchidan,

Kadrlar tayyorlashdagi

murakkabliklar. Bizningcha, ushbu

muammo moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlariga o‘tishdagi eng asosiy

muammo hisoblanadi. Biror bir sohada

mutaxassis tayyorlash uchun eng avvalo,

ushbu

mutaxassislarni

o‘qituvchi

kadrlarning mavjudligi va sifati

asosiy shart hisoblanadi. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2020 yil

24 fevraldagi PQ-4611-sonli qaroriga

asosan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat

banklari, sug‘urta tashkilotlari, davlat

ulushi bo‘lgan korxonalar va yirik soliq

to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik

shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab,

MHXS asosida buxgalteriya hisobining

yuritilishi hamda 2021 yil yakunidan

boshlab moliyaviy hisobotni MHXS

asosida tayyorlashi belgilangan.

Biroq so‘nggi ikki yilda Moliya

vazirligi boshchiligida qilingan ishlarga

qaramasdan hozirgi paytda shu

narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, sohada

xalqaro sertifikatga ega mutaxassislar

talab darajasi yetishib chiqmadi,

ular soni bozordagi mavjud talabni

qondiradigan darajada yetarli emas.

Bunga sabab sifatida o‘qitadiganning

pedagoglarning kamligi, borlari ham

o‘zlari uchun moliyaviy qulay shartlarda

yirik korxonalarda ishlayotgani va

dars o‘tishni xohlamasligi, MXHS

murakkab bilimlar tizimi ekanligi

va uni o‘qib - o‘rganishning qiyinligi

sabab hisoblanadi. Bundan tashqari

mamlakatimizda

so‘ngi

yillarda

soliq va hisob tizimidagi mavjud

qonunchilikning

o‘zgaruvchanligi,

xususan elektron hujjat aylanishi va

onlayn kassa tizimi yo‘lga qo‘yilganligi

buxgalterlar diqqatini band qilib qo‘ydi

hamda MXHSlarini o‘rganishga e’tibor

qaratishda imkoniyatlarni chekladi.

ikkinchidan,

Xorijiy til bilan bog‘liq

muammolar.

Shuni aloxida ta’kidlab

o‘tish joizki, respublikamizda milliy

standartlar bo‘yicha tajribali buxgalter

asosan, xalqaro standartlarni xam milliy

standart kabi tushunishga xarakat

qiladi, ya’ni moliyaviy hisobotning

xalqaro standartlarini ham qiyinchiliksiz

o‘rganaman, deb o‘ylashi mumkin.

To‘g‘ri yuqorida ta’kidlaganimizdek,

Moliya vazirligi hozirgacha 41 ta

MHXSni rasmiy davlat o‘zbek tiliga

tarjimasini amalga oshirdi (loyixasini

e’lon qildi), shunday bo‘lsada MHXS

haqida chuqurroq bilimga va amaliy

ko‘nikmaga ega bo‘lish uchun ingliz

yoki rus tilini yaxshi bilishni talab etadi.

uchinchidan,

Kelgusida “Hisobva-

raqlar” rejasidan foydalaniladimi yoki

yo‘qmi bunga aniqlik kiritilmaganligi.

Agar moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlarini davlat tiliga rasmiy tarjima

qilish bitta muhim vazifa hisoblansa,

xalqaro standart qoidalariga asosan

qanday schotlar tizimi bo‘lishini belgilab

olish yana bir muhim vazifa hisoblanadi.

Butun umr milliy standartlar bo‘yicha

schotlar rejasiga asoslanib ishlayotgan

buxgalterlar uchun xalqaro standartlarga

asosan muayyan schotlar rejasining

mavjud bo‘lishi shart emasligi, yumshoq

qilib aytganda, sarosimaga tushurib

qo‘ymoqda va xalqaro standartlarga

o‘tish bo‘yicha e’tirozlarni keltirib

chiqarmoqda. Bu borada Prezidentning

PQ-4611-sonli qarorning 3-bandi va

“Yo‘l xaritasi”ning tegishli bandlari

bajarilmay qolmoqda.

to‘rtinchidan,

Soliq qonunchiligi-

dagi nomutanosibliklar.

Barchamizga

ma’lumki, mamlakatimizda 2020 yil

1 yanvardan boshlab yangi tahrirdagi

Soliq kodeksi amalga kiritildi. Biroq Soliq

kodeksi qismlarida ayniqsa, foyda solig‘i

bo‘yicha kechiktirilgan daromadlar va

xarajatlarni tan olish yuzasidan moliyaviy

hisobotning

xalqaro

standartlari

qoidalariga nisbatan nomuofiqliklar va

tushunarsizliklar mavjud. Soliq xizmati

organlari esa ushbu nomuofiqliklarni va

tushunarsizliklarni yechish bo‘yicha faol

ish olib boryapti, deb bo‘lmaydi.

beshinchidan,

Adabiyotlarning

yetishmasligi.

Hozirgi paytda Moliyaviy

hisobotning

xalqaro

standartlar

qoidalarini yorituvchi va ularni amaliy

misollarda tushuntirib beruvchi davlat

tilidagi adabiyotlar deyarli yo‘q.

Rus va ingliz tilidagi adabiyotlar esa

mamlakatimizda taqchil va qimmat.

Shuningdek, soxaning nazariyotchi

olimlari va amaliyotchilari tomonidan

MHXS qo‘llash (soha va tarmoqlar

xususiyatini inobatga olgan holda)

bo‘yicha

uslubiy

qo‘llanmalarni

yaratilishi, nafaqat amaliyotda balki,

Oliy ta’lim jarayonida ham talabalarni

MHXS talablari bo‘yicha bilim olish

imkoniyatini beradi;

oltinchidan,

Koronavirus pandemi-

yasi.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining «Moliyaviy hisobotning

xalqaro

standartlariga

o‘tish

bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida»gi PQ-4611-sonli qarori

2020 yil 24 fevralida e’lon qilingan

bo‘lsa, oradan hech qancha kun o‘tmay

butun dunyoda va mamlakatimizda

koronavirus pandemiyasi boshlandi va

davom etib kelmoqda. Afsuski, shunday

muhim qaror vazifalarini to‘laqonli

amalga oshirish mutlaqo kutilmagan

tarzda murakkab davrga to‘g‘ri kelib

qoldi va soha mutaxassislari vazifalarini

qiyinlashtirib yubordi.

yettinchidan,

Dasturiy mahsullarni

ishlab chiqaruvchilarning nofaolligi.

Ma’lumki, bugungi kunda buxgalteriya

hisobi sohasini dasturiy mahsullarsiz,

xususan “1C buxgalteriya” dasturisiz

tasavvur etib bo‘lmaydi. Ushbu

dastur buxgalteriya hisobining milliy

standartlari asosida korxonalar hisob

tizimini avtomatlashtirish imkonini

beradi va hozirgi paytda mamlakatimizda

juda keng ommalashgan. Yurtimizda

moliyaviy

hisobotning

xalqaro

standartlari keng joriy qilinishi bo‘yicha

ishlar olib borilayotganiga qaramasdan

“1C buxgalteriya” dasturini qo‘llab


background image

31

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

quvvatlovchi tadbirkorlik sub’ektlari

dasturni xalqaro standart qoidalariga

moslashtirish ishlarini olib borayotgani

sezilmayapti. Bunga balki bozordagi

bunday mahsulotga talab hajmining

mavhum ekanligi va ishlab chiqaruvchilar

bu loyihaning rentabelligiga shubxa

bilan qarayotganligi sabab bo‘lishi

mumkin.

Beshinchi fikr:

MHHSga o‘tishda

moliyaviy hisobotlar yagona talab

bo‘lib qoladimi ?

Ma’lumki, har qanday ivestor va

kreditor yoki boshqa qarz beruvchi biror

korxonaga resurslarni ajratish to‘g‘risida

qaror qabul qiladi va o‘zlari investitsiya

kiritayotgan

tadbirkor

to‘g‘risida

ishonchli bo‘lgan moliyaviy axborotga

ega bo‘lishni xoxlaydi. Ba’zan, taqdim

qilingan

moliyaviy

axborotlardan

qanoatlanmasdan

korxonadan

o‘zlarini qiziqtirgan boshqa maxsus

ma’lumotlarni (masalan, soliqqa tortish

doir bo‘lgan qimmatbaho qog‘ozlar

to‘g‘risidagi emissiya prospektlari,

davlat va boshqa nazorat organlari

bilan yozishmalar, statistika organlariga

topshiriladigan hisob-kitoblar, ayrim

aniq operatsiyalar tavsilotlari, xodimlar

to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar) talab

qiladi. Bunday foydalanuvchilarning

axbrotga bo‘lgan talab va istaklari

turlicha, hatto ular bir-biriga zid bo‘lish

ehtimolidan ham holi emas.

Har qanday iqtisodiy sub’ektning

moliyaviy holatini uning resurslari,

unga bo‘lgan talablar hamda uning sof

pul oqimlarining mavjudligi belgilab

beradi. Binobarin, hisobot beruvchi

korxonaning iqtisodiy resurslari va

unga bo‘lgan talablarning xususiyati

va

ko‘lami

to‘g‘risidagi

axborot

foydalanuvchilarga

ushbu

hisobot

beruvchi

korxonaning

moliyaviy

jixatdan kuchli va zaif tomonlarini

aniqlashga yordam beradi. Shu bilan

birga, ushbu axborot foydalanuvchilarga

hisobot beruvchi korxonaning likvidlilik

va to‘lov qobiliyatini, uning qo‘shimcha

moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlari

va ushbu moliyalashtirishga erishish

ehtimolini baholashga imkon yaratadi.

Mavjud talablarni to‘lash shartlari

va imtiyozlari to‘g‘risidagi axborot

foydalanuvchilarga talablarni qo‘ygan

tomonlar o‘rtasida kelgusi pul oqimlari

qay tarzda taqsimlanishini oldindan

bilishga yordam beradi. Bu yerda gap,

Moliyaviy holat” (balans) hisoboti

to‘g‘risida ketayotganligini anglagan

bo‘lsangiz kerak. Demak, har qanday

iqtisodiy sub’ektning moliyaviy holati

uning resurslari, unga bo‘lgan talablar

hamda uning sof pul oqimlarining

mavjudligiga bog‘liq bo‘ladi.

METODOLOGIYA

Deloitte IFRS bo‘yicha qo‘llanma

(2017):

UFRSga

rioya

qiluvchi

tashkilotlar tomonidan e’lon qilingan

global afzalliklar haqida tushuncha olish

uchun Deloitte-ning to‘liq qo‘llanmasini

tahlil qilish kerakligi ma’lum.

«Qiyosiy xalqaro buxgalteriya»

(Nobes & parker, 2016): UFRSning

qabul qilinishi global moliyaviy hisobot

amaliyotiga qanday ta’sir qilganini

tushunish uchun Nobes va Parkerning

ishlarini ham o‘rganib chiqilgan.

UMUMIY XULOSA O‘RNIDA:

Respublikamizda

buxgalteriya

hisobi

tizimini

Moliyaviy

hisobotning

xalqaro

standartlariga

muvofiqlashtirilishi jarayoni Prezident

Shavkat Mirziyoevning ta’biri bilan

aytganda

“Uchinchi

Renessansga

muhim poydevor” bo‘lib hizmat qilishi

mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Deloitte Touche Tohmatsu Limited. (2017). «IFRSs—A guide to the Standards.» Deloitte. Link to Deloitte’s IFRS Guide

2. Methodological issues of the Analysis of intellectual Property objects European Journal of Molecular & Clinical Medicine ISSN

2515-8260 Volume 7, Issue 2, 2020 A.J.Tuychiev, N.Rizaev

3. Directions of insurance organizations using international financial reporting standards in and increasing the financial

sustainability ISSN 2181-1016 2020 yil 6 dekabr A.J.Tuychiev, M.Abdurimova

4. Nobes, C., & Parker, R. (2016). «Comparative International Accounting». Pearson.

5. Levitt, A. (2010). «Take on the Street: What Wall Street and Corporate America Don’t Want You to Know.» Random House Trade

Paperbacks.

6. International Accounting Standards Board. (2021). «IFRS Foundation.» IFRS Foundation Website

7. Epstein, B. J., & Jermakowicz, E. K. (2016). «Wiley IFRS 2016: Interpretation and Application of International Financial Reporting

Standards.» Wiley.

Библиографические ссылки

Deloitte Touche Tohmatsu Limited. (2017). «IFRSs—A guide to the Standards.» Deloitte. Link to Deloitte’s IFRS Guide

Methodological issues of the Analysis of intellectual Property objects European Journal of Molecular & Clinical Medicine ISSN 2515-8260 Volume 7, Issue 2, 2020 A.J.Tuychiev, N.Rizaev

Directions of insurance organizations using international financial reporting standards in and increasing the financial sustainability ISSN 2181-1016 2020 yil 6 dekabr A.J.Tuychiev, M.Abdurimova

Nobes, C., & Parker, R. (2016). «Comparative International Accounting». Pearson.

Levitt, A. (2010). «Take on the Street: What Wall Street and Corporate America Don’t Want You to Know.» Random House Trade Paperbacks.

International Accounting Standards Board. (2021). «IFRS Foundation.» IFRS Foundation Website

Epstein, B. J., & Jermakowicz, E. K. (2016). «Wiley IFRS 2016: Interpretation and Application of International Financial Reporting Standards.» Wiley

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов