Философские воззрения садуддина тафтазани, великого представителя науки калама

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Бўтаев, С. (2024). Философские воззрения садуддина тафтазани, великого представителя науки калама. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(6), 20–23. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30245
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Тафтазани Мухаммад ибн Умар Саадиддин (1322-1392) — энциклопедист, крупный представитель науки о слове, мыслитель, внесший значительный вклад в исследование ее философских, эпистемологических и логических проблем. Созданные им книги предназначались для популяризации и образования, приведения исламского богословия в систематизированную форму и на протяжении нескольких столетий использовались в качестве учебников и учебных пособий во многих медресе. Основная причина этого в том, что ученые умеют подходить к освещаемым проблемам и вопросам с широкомасштабной, объективной точки зрения, толерантны, не оставляют места нетерпению, умеют внимательно учитывать и беспристрастно оценивать мнения других. признан Следует отметить, что Тафтазани, амбициозный ученый, занимался сложными и изменчивыми религиозно-философскими проблемами своего времени.


background image

19

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

Bo`tayev Sardor

Alfraganus universiteti Ijtimoiy-fanlar

kafedrasi dinshunoslik fani o'qituvchisi

ORCID: 0009-0007-5486-134X

E-mail:sardorunbutayevun@gmail.com

KALOM ILMINING YIRIK
NAMOYANDASI
SA'DUDDIN TAFTAZONIYNING
FALSAFIY QARASHLARI


background image

20

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

Annotatsiya.

Taftazoniy Muhammad ibn Umar Sa’duddin (1322-1392) – qomusiy olim, kalom ilmining yirik

namoyandasi, uning falsafiy, gnoseologik, mantiqiy muammolarini tadqiq qilishga muhim hissa qo‘shgan mutafakkir.

U yaratgan kitoblar Islom ilohiyotini tizimlangan shaklga keltirib, ommalashtrishga va o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lib,

keyinchalik bir necha asrlar davomida ko‘pchilik madrasalarda darslik va o‘quv qo‘llanmalari sifatida foydalanilgan.

Buning asosiy sababi allomaning yoritiladigan muammo va masalalarga keng ko‘lamli, xolisona nuqtai nazardan

yondasha bilishi, bag‘rikeng, betoqatlikka o‘rin qoldirmaydigan, boshqalarning fikr-mulohazalarini sinchiklab ko‘rib

chiqish va beg‘araz baholashga qodir ekanligi bilan izohlanib, bu olimlar tomonidan keng tan olingan. Shijoatkor olim

Taftazoniy o‘z davrining murakkab va qaltis falsafiy masalalari bilan shug‘ullanganligini qayd etish lozimdir.

Аннотация.

Тафтазани Мухаммад ибн Умар Саадиддин (1322-1392) — энциклопедист, крупный предста

-

витель науки о слове, мыслитель, внесший значительный вклад в исследование ее философских, эпистемоло

-

гических и логических проблем. Созданные им книги предназначались для популяризации и образования,

приведения исламского богословия в систематизированную форму и на протяжении нескольких столетий

использовались в качестве учебников и учебных пособий во многих медресе. Основная причина этого в том,

что ученые умеют подходить к освещаемым проблемам и вопросам с широкомасштабной, объективной точки

зрения, толерантны, не оставляют места нетерпению, умеют внимательно учитывать и беспристрастно оцени

-

вать мнения других. признан Следует отметить, что Тафтазани, амбициозный ученый, занимался сложными и

изменчивыми религиозно-философскими проблемами своего времени.

Annotation.

Taftazani Muhammad ibn Umar Sa’diddin (1322-1392) is an encyclopedist, a great representative of the

science of the word, a thinker who made a significant contribution to the research of its philosophical, epistemological,

and logical problems. The books he created were intended for popularization and education, bringing the Islamic

theology into a systematic form, and were used as textbooks and training manuals in many madrasahs for several

centuries. The main reason for this is that scholars can approach the problems and issues covered from a wide-scale,

objective point of view, are tolerant, leave no room for impatience, and are able to carefully consider and impartially

evaluate the opinions of others. widely recognized by It should be noted that Taftazani, an ambitious scientist, dealt

with complex and volatile religious and philosophical issues of his time.

Kalit so`zlar: Taftazoniy, gnoseologik, Niso, kalom, mantiq, aqoid, daqiq al-kalom, “Bilimning sabablari”.

KIRISH

Taftazoniy Muhammad ibn Umar

Sa’duddin (1322-1392) – qomusiy olim,

kalom ilmining yirik namoyandasi,

uning falsafiy, gnoseologik, mantiqiy

muammolarini tadqiq qilishga muhim

hissa qo‘shgan mutafakkir. U yaratgan

kitoblar Islom ilohiyotini tizimlangan

shaklga

keltirib,

ommalashtrishga

va o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lib,

keyinchalik bir necha asrlar davomida

ko‘pchilik madrasalarda darslik va o‘quv

qo‘llanmalari sifatida foydalanilgan.

Buning asosiy sababi allomaning

yoritiladigan muammo va masalalarga

keng

ko‘lamli,

xolisona

nuqtai

nazardan yondasha bilishi, bag‘rikeng,

betoqatlikka o‘rin qol-dirmaydigan,

boshqalarning

fikr-mulohazalarini

sinchiklab ko‘rib chiqish va beg‘araz

baholashga qodir ekanligi bilan

izohlanib, bu olimlar tomonidan keng

tan olingan. Shijoatkor olim Taftazoniy

o‘z davrining murakkab va qaltis falsafiy

masalalari bilan shug‘ullanishdan ham

qaytmagan.

Taftazoniy

722

hijriy

(1322

milodiy) yilning safar oyida hozirgi

Ashxabod shahri yaqinidagi Niso

muzofotining Taftazon qishlog‘ida

tug‘ilgan. Yoshligidayoq katta qobiliyat

namoyan etgan Taftazoniy o‘sha

davrning mashhur olimlari Iljiy va

Qutbiddin Taxtoniydan bir necha fanlar

bo‘yicha dars olib, ularni shunchalik

egalladiki, o‘zining yigitlik davridayoq

yozilgan birinchi kitobi orqali olimlar

o‘rtasida keng tanildi va o‘zi dars bera

boshladi. Keyinchalik olim qariyb 30 yil

mobaynida Movarounnahr va Xuroson

madrasalarida qator ilohiy va falsafiy

fanlardan dars berdi va ular sohasida

samarali ijod olib bordi. Shu bilan birga

u bir necha mashhur mutafakkirlar

asarlariga sharhlar yozganligi ma’lum.

Turli mamlakat va mintaqalardan

taniqli olim va hunarmandlarni to‘play

boshlagan Amir Temurning taklifi

bo‘yicha keng shuhrat qozongan

Taftazoniy ham Samarqandga kelib,

ilmiy ijodining yangi samarali davrini

boshladi. U qator olimlar o‘rtasidagi

munozaralarda faol qatnashdi, xususan,

uning mashhur mutafakkir Mir Sayyid

Sharif Jurjoniy bilan olib borgan bahslari

katta qiziqish uyg‘otgan. Taftazoniy

umrining oxirigacha Samarqandda

yashab, shu shaharda 1392 yilda vafot

etgan.

Taftazoniyning ilmiy merosi juda

keng va ko‘p qirrali bo‘lib, o‘zida islom

falsafasi, kalom, mantiq, she’riyat,

arab tili, geometriya va boshqa qator

fanlar bo‘yicha asarlarni qamrab oladi.

Taftazoniy qirqdan ortiq kitob yozganligi

ma’lum. Uning saqlanib qolgan hamda

alohida ahamiyat kasb etgan eng muhim

va yirik asarlaridan quyidagilarni

ko‘rsatish mumkin: “Tahzib al-mantiq

va-l-kalom” (“Mantiq va kalomga sayqal

berish”), bizgacha Jaloliddin Davoniy

va Kurdistoniylarning sharhlari orqali

yetib kelgan; “Maqosid fi ilm al-kalom”

yoki “Maqosid at-tolibin fi usul ad-

din” (“Din asoslarini izlovchilarning

maqsadlari”). Bulardan tashqari, “al-

Mutavvol” (“Keng talqin”), “Muxtasar

al-maoni” (“Qisqacha ma’nolar”), “al-

Irshod al-Hodiy” (“Yo‘l boshlovchi

rahbar”) asarlari ma’lum. Uning “Sharh

al-maqosid” (“Maqsadlar sharhi”) asari

Qur’on bo‘yicha o‘sha davrning haqiqiy

qomusi ekanligini zamonaviy olimlar tan

olmoqda. Ushbu asarlaridan tashqari,

uning o‘zidan oldin o‘tgan mutafakkirlar

kitoblariga yozgan sharh va hoshiyalari

yetib kelgan. Ulardan eng mashhuri

Najmiddin Nasafiyning “Aqoid” asari

sharhiga bag‘ishlangan “Sharh al-

aqoid al-nasafiya” bo‘lib, mazkur sharh

shorihning o‘z qarashlarini keng qamrab

olgan va keyinchalik besh asr davomida

islom ilohiyoti bo‘yicha me’yoriy

darsliklardan biri sifatida xizmat qilgan.

XIII asr oxiri – XIV asr birinchi yar-

mida yashagan Kotibiyning mantiqqa

oid “ash-Shamsiya” risolasiga yozilgan

“as-Sa’diya” nomli sharh ham mazkur

turkumga kiradi. Samarqandda saqla-

nayotgan va qadimgi yunon olimi

Yevklidning parallel to‘g‘ri chiziqlar

haqidagi postulatini isbotlashga bag‘ish-

langan “Risola fi zavoye al-musallas”

(“Uchburchakning

burchaklari

haqida risola”) asari allomaning ilmiy


background image

21

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

qiziqishlari doirasi naqadar kengligidan

dalolat

beradi.

O‘z

navbatida,

Taftazoniyning bir necha asarlariga

keyingi yirik olimlar tomonidan

ko‘pgina sharhlar yozilganligi ma’lum.

Allomaning

kalom

muammolarini

yoritishga bag‘ishlangan asarlari boy

falsafiy mazmunga ega bo‘lib, o‘z

davrida falsafa sohasida ham muhim

ahamiyat kasb etgan. Taftazoniy ularda

ko‘tarilgan muammolarni batafsil va

chuqur yoritishga, qator masalalar

bo‘yicha, jumladan, falsafiy nuqtai

nazardan o‘zining yangi talqinini

berishga harakat qilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYA

Sa’duddin Taftazoniy qirqdan ortiq

asar yozgan . Jumladan, allomaning

ilmiy faoliyatida yurtimizdan chiqqan

yetuk olimlarning qimmatli asarlariga

sharhlar bitish ham yetakchi o‘rin

egallaydi. U Abu Hafs Nasafiyning

“Aqoid

an-Nasafiy”,

Mahmud

Zamaxshariyning “Tafsir al-kashshof”

va “Navobig‘ al-kalim” nomli asarlariga

mufassal sharh va hoshiyalar yozgan.

Olim tafsir, fiqh, kalom, nahv, balog‘at va

mantiq kabi sohalarni puxta o‘zlashtirib,

shu sohalarda ko‘plab kitoblar tasnif

qilgan. Zero, u o‘n olti yoshidayoq

“Sharh at-tasrif al-iziy” nomli asarni

yozib tugatgan[10]. Ma’lumotlarga

qaraganda,

uning

ilmiy-ma’naviy

merosiga tegishli asarlar qirqdan ortiq.

Ulardan mashhurlari:

Kalom ilmiga oid:

1. Kitob al-maqosid.

2. “Al-Maqosid fi ilm al-kalom”

(Sharh al-maqosid) yoki Sharh ash-

sharh.

3. “Sharh al-aqoid an-nasafiya.”

4. “Ar-Radd ala Zindiqa Ibn

Arabiy.”

Usul al-fiqh ilmiga oid:

1. “Talvih fi kashf haqoiq at-

tanqih.”

2. “Sharh al-muxtasar alo kitob

muntaho as-savol val-amal fi ilmay al-

usul val-jadal.”

3. “Ni’am as-savobig‘ fi sharh al-

kalim an-navobig‘.”

Fiqh ilmiga oid:

1. “Fatovo al-hanafiya.”

2. “Sharh faroiz as-Sirojiya.”

3. “Al-Miftoh fi furu’ al-fiqh ash-

Shofiiy.”

4. “Ixtisor sharhi talxis al-jome’ al-

kabir.”

5. “Sharh fiqh al-Kaydoniy.”

6. “Kitob al-ihzor.”

Hadis ilmiga oid:

1. “Arba’un fi al-hadis.”

2. Risolat al-ikroh.

Tafsir ilmiga oid:

1. Alloma Mahmud Zamaxshariy-

ning “Tafsir al-kashshof” tafsiriga

yozilgan hoshiya “Talxis al-kashshof”.

2. “Kashf al-asror va iddat al-abror

fi tafsir al-Qur’on.”

Nahv ilmi (arab tili grammatikasi)

ga oid:

1. “Sharh at-tasrif al-izziy.”

2. “Irshod al-Hodiy.”

3. Sa’diyning “Bo‘ston” nomi bilan

mashhur devonining turkiy tildagi

nasriy tarjimasi.

Balog‘at ilmiga oid:

1. “Sharh al-mutavval” yoki “Sharh

at-talxis al-mutavval”. “Damashqning

Voizi” nomi bilan mashhur bo‘lgan

Shayx Jaloliddin ibn Abdurrahmon

Qazviniy Shofi’iyning “Talxis al-miftoh

fi-l-ma’oniy val-bayon” asariga yozilgan

sharh.

2. “Muxtasar al-ma’oniy.” Bu sharh

“Sharh at-tasrif al-iziy” asariga bitilgan

ikkinchi mashhur sharhining nomi

bo‘lib, u yana “Muxtasar sharh Talxis al-

miftoh” ismi bilan ham ma’lumdir.

3. “Sharh kitob al-Miftoh.” Ushbu

asar Alloma Sirojiddin Abu Ya’qub Yusuf

ibn Abu Bakr Sakkokiyning “Kitob al-

miftoh” risolasiga yozilgan sharhdir.

4. “Sharh al-qism as-solis min al-

miftoh.”

Mantiq ilmiga oid:

1. “Tahzib al-mantiq val-kalom.”

2. “Sharh ar-risola ash-shamsiya.”

Arifmetika va geometriyaga oid:

1. “Sharh ar-risola ash-shamsiya fi-

l-hisob.”

2. “Risola fi zavoiy al-musallas.”

3. “Tasoviya az-zavoya.”

Taftazoniy yashagan davrning

uning ijodiga bevosita ta’sir qilgan tarixiy-

ma’naviy omillaridan biri shun-dan

iboratki, o‘sha vaqtda islomda mantiqiy

dalillarga tayanib diniy ta’limotni

asoslashga harakat qiluvchi nazariy

ilohiyot – kalom uning nazariy, xususan,

falsafiy, mantiqiy muammolari bilan

davr imkoniyatlari doirasida kengroq va

chuqurroq shug‘ullanishni taqozo etgan.

Taftazoniy ta’kidlashicha, o‘z vaqtida

kalomning ayrim vakillari tufayli,

ayniqsa, mo’taziliylar va shu bilan birga

falsafaning turli oqimlarining faoliyati

bilan bog‘liq davrlarda islom dinini talqin

qilishda rasionalistik yondashuvning

maqomi ancha mustahkamlangan edi.

Keyinchalik davlatning himoyasiga

tushgan ash’ariylar ta’sirida falsafaning

kalomdagi ahamiyati ancha pasaygan

bo‘lib, asosan, XIII asrga kelib kalom

sharqiy

peripatetizm,

ya’ni

Ibn

Sino yaratgan falsafiy maktab bilan

yaqinlasha boshladi. Taftazoniyning

yaqin zamondoshi Ibn Xaldunning

fikricha, so‘nggi mutakallimlar davrida

“kalom masalalari va falsafa masalalari

shunchalik qorishib ketganki, hatto bu

fanlarni bir biridan ajratish qiyin edi”.

Ibn Xaldun Misrda “keng tanilgan

Sa’diddin Taftazoniy”ning turli fan-

lar haqidagi ko‘pgina kitoblarini

ko‘rganini yoza turib, ularning bir

qismi kalomga bag‘ishlanganligini

ta’kidlaydi va quyidagi xulosaga keladi:

“Ularning mazmuni olimning falsafiy

fanlarda bilimdon bo‘lganligi va aql

muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan qolgan

boshqa fanlarda ham ancha ilgarilab

ketganligidan dalolat beradi”.

Ko‘rinib

turibdiki,

Sa’duddin

Taftazoniy deyarli barcha fan sohalariga

oid qimmatli asarlar yozib qoldirgan.

Ularning har biri necha-necha ilmiy

tadqiqotlarga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, alloma asarlaridan XIV-

XVI asrning ikkinchi yarmigacha

Movarounnahr va uning atrofidagi

madrasalarda o‘quv qo‘llanmasi sifatida

foydalanilganligi ham buni yana bir

marta isbotlaydi.

NATIJALAR

Taftazoniy Nasafiy qatori bilish

jarayonining uchta “sababini”, ya’ni

manba, vositasini tahlil etadi. Ularning

yangi tomonlarini ochib beradi va

chuqurlashtiradi. Ushbu “sabablar

quyidagilardir: 1. Sog‘lom hislar; 2.

To‘g‘ri xabar; 3. Aql. Bilish manbalarini

ta’riflashda Taftazoniy alohida e’tiborni

hissi-yotga qaratadi. Sog‘lom hisslarni

beshta sezgi tashkil etadi, u ham bo‘lsa

eshitish, ko‘rish, hid bilish, ta’m bilish va

badan sezgisi.

Birinchi manba orqali alohida va

xususiy xislatga ega va jarayonlar idrok

etiladi va xulosalar chiqarish uchun

zamin tayorlanadi. Ikkinchi manba

bilish sub’yekti bilinadigan ob’yektdan

tashqarida bo‘lib, uning to‘g‘risidagi

bilimga xabar orqali erishadi, shuning

uchun u to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lishi

kerak. Nasafiyning aqlga bergan

ta’rifotiga qo‘shilib, Taftazoniy uni

tasodifiy hollardan xoli bo‘lib, idrok

etilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi.

Shu asosda zaruriy bilim maqomiga

erishadi, deb baholaydi. Aql boshqa

bilim manbalari ko‘magida hosil bo‘lgan

hukm va muqaddimalarni ma’lum

tizimga soladi va xulosalar chiqaradi.

Olim manbalarning o‘zaro aloqadorlik

va bog‘lanishda alohida e’tibor qaratib,

ayniqsa, aql va hissiyot bir-biriga

“yordam berishlari” ma’lum hollarda

o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Har


background image

22

1 (6) 2024

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

bir sezgi narsaning ma’lum tomonini

his etishga moslangan bo‘ladi. Nafaqat

ularning majmuasi ushbu narsaning

umumiy yaxlit holini idrok etishi mumkin

va umuman bizni qurshab turgan tashqi

va ichki voqelikni har tomonlama bilib

olishga imkoniyat beradi. Taftazoniy

hatto Alloh tomonidan in’om etilgan

sezgilar majmuasining borligi zaruriy

ravishda aql talablariga javob beradi,

degan xulosaga bordi. Xulosa qilish

mumkinki, bilimning haqqoniyligini bir

necha omillar belgilaydi. Ulardan avvali

va asosiysi hech qanday shubha ostiga

solib bo‘lmaydigan Alloh tomonidan

yuborilgan vahiy bo‘lsa, ikkinchidan

esa, yuqorida ko‘rsatilgan “bilimning

sabablarini” to‘g‘ri qo‘llash tashkil etadi.

To‘g‘ri xabar bilish jarayonida o‘ta

muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga

xabar yolg‘on, soxta bo‘lishi mumkin,

albatta, bunday xabar haqqoniy bilimga

olib kelmaydi. To‘g‘ri xabarning ikki xili

bor. Birinchisi, mutavotir (ishonchli),

ya’ni to‘g‘ri ma’lumotga ega va tildan

tilga bevosita yetkaziladigan xabar. Bu

xabarning manbai, yuzaga chiqqan joyi

va mavzusi, ya’ni u tarixiy, ilmiy, boshqa

mamlakatlarga bog‘liq ma’lumotlar va

h.k. ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

Taftazoniy

aytishicha,

shunday

xabarlar, albatta, zaruriy ravishda bilim

keltiradi. O‘z navbatida bu bilim zaruriy

muqaddimalar orqali tabiatan zaruriyga

aylanishi mumkin. Albatta, bu xildagi

xabarning manbai turli insonlardan

bo‘lishi mumkin. Shunday xabarga

nisbatan ham o‘ta manmanlik, kibr-

havo va ularga o‘xshagan salbiy xislatlar

qarshilikni keltirib chiqarishi mumkin.

To‘g‘ri xabarning ikkinchi turi

ayon mo’jiza bilan kuzatilgan “xabari

rasul” deb ataladi. Olloh tomonidan

yuborilgan

payg‘ambar

Uning

vahiyi orqali naql qilingan aqidalarni

odamlarga yetkazishi kerak. Mo’jizadan

esa, Nasafiy va Taftazoniylar yozi-

shicha,

sodir

etilgan

voqeaning

odatdan tashqariligini (g‘aroyibligini)

va yuborilgan elchining xaqqoniyligini

namoyan etish ko‘zlangan. Shunda

bu

xabar

ziddiyatlarsiz,

aqlga

muvofiq kelishilgan holda isbotlanishi

mumkin yoki o‘zicha ayon bo‘ladi.

Ushbu jarayonning ishtrokchilari esa

xabarlarni soxtalashtirmaslikka, bir-

biriga mos bo‘lishiga va o‘zaro muxolif

bo‘lmasligiga rioya qilishlari kerak.

Nasafiyning fikrini davom ettirib, Tafta-

zoniy bunday xabar istidloliy xabarni

yuzaga chiqaribgina qolmasdan, uni

tabiatan zaruriy xabarga aylantiradi, deb

ta’kidlaydi.

MUHOKAMA

Borliq

haqidagi

qarashlar

Taftazoniy

falsafiy

g‘oyalarining

muhim tarkibiy qismi, ularning tizimli

komponenti sifatida namoyan bo‘ladi,

chunki u ob’yektiv voqelikni Alloh

tomonidan ma’lum maqsad bilan

yaratilgan mavjudot deb biladi. Ushbu

ilohiy maqsadni anglashda va shu nuqtai

nazardan islom ilohi-yotiga tegishli turli

muammolarning yechimini izlashda

Taftazoniy Umar Nasafiy qarashlarini

umumlashtiradi, chuqurlashtiradi va

rivojlantiradi. Avvalo, shuni ta’kidlash

kerakki, mutakallim Nasafiy ontologik

ta’limotining

mohiyatini

tashkil

qiladigan quyidagi g‘oyalaridan kelib

chiqadi: “Islomiy imon-e’tiqodiga ko‘ra,

narsa-ashyoning borlig‘i real bo‘lib, ilm

Alloh tomonidan berilgan buyuk ne’mat

– aql vositasi va ko‘magida inson uni

o‘zida har tomonlama aks ettiradi. Lekin

shu bilan birga dinning asosiy aqidasi

bo‘lgan Allohning borligi g‘aybga imon

keltirish ekanligini aslo unutmaslik

kerak. Mutakallimning uqtirishicha,

ko‘z bilan ko‘rmagan, quloq bilan

eshitmagan hodisalarni asl haqiqat deya

qabul qilish ashyoviy olamni, koinotni

har tomonlama komil ishonch bilan e’trof

etishga aslo mone’lik qilmaydi, chunki

inson zoti keyin yaratilgan. U (olam)

behudaga yaratilmagan. Yaratilishdan

aniq maqsad nazarda tutilganligi aniq.

Bu ayon olam vositasida har qanday

aql-farosatli inson Haqning yagona

yaratuvchi hamda aql va hikmat sohibi

ekanligidan xabardor bo‘lib boradi,

solih imon-e’tiqodni shakllantiradi va

unga doimo sodiq qolishni maqsad qilib

qo‘yadi”.

“Aqoid” asarida o‘zining ontologik

qarashlarini bayon etishda Nasafiy

islomiy imon-e’tiqodga asoslangan

narsa-ashyolarning

real

borligini,

ilm Alloh tomonidan berilgan buyuk

ne’mat ekanligini, aql vositasi va

ko‘magida inson uni o‘z bilimlarida

har tomonlama aks ettirishini tan

oladi. Shundan kelib chiqqan holda

Taftazoniy borliqning, olamning realligi,

haqiqiyligiga hech shubhalanmaydi.

Nasafiyning “Narsalarning haqiqiy

mohiyati real vujudga ega”, degan

xulosasi

Taftazoniyning

borliq

haqidagi qarashlarining asosini tashkil

etadi. Taftazoniy borliq va narsa

tushunchalarining o‘zaro munosabatini

aniqlaydi va chuqurlashtiradi. Olimning

fikricha, narsaning real mavjudligi va

mohiyati uning ayniyatligini ta’minlaydi,

shuning uchun “narsa” tushunchasi

“mavjud”, “subut” (real, haqiqiy

vujudlik), “tahaqquq” (biron narsaning

real mavjudligini tasdiqlash), “vujud”,

“kavn” (vujudga kelish) tushunchalari

bilan ma’nodosh degan muhim xulosaga

keladi. Ularning mazmun-ma’nosi esa

aql, intuitsiya orqali fahmlanadi.

Taftazoniyning borliq haqidagi

qarashlari, yuqorida qayd qilingandek,

falsafaning,

xususan,

Ibn

Sino

g‘oyalarining XIII asrdan boshlab

kalomdagi ba’zi bir oqimlariga ta’siri

oshganligini

yaqqol

tasdiqlaydi.

Xususan, mutakallim o‘zining asarlarida

ifoda etgan fikriga ko‘ra, borliq ikki xil

shaklda namoyan bo‘ladi: birinchisi,

vojib ul-vujud, ikkinchisi esa, mumkin

ul-vujud. Birinchisi zaruriy va muqarrar

bo‘lib, uning borligi boshqa biron

narsa bilan belgilanmaydi, U yaratadi,

lekin yaratilgan emas. Ikkinchisi esa

yaratilgan bo‘lib, vujudga kelishi

uchun

o‘zidan

tashqari

boshqa

narsaga muhtoj. Bu olamdir. Uni Alloh

tomonidan yaratilgan narsalar tashkil

etadi va o‘z navbatida, substansiyalar

(javhar) va aksidensiyalar (araz)ga

ega. Arazlarning majmuasi narsaning

aniqligi va barqarorligini ta’minlaydi.

Alohida ta’kidlash kerakki, Nasafiyning

“Aqoid” asarida vojib ul vujud va

mumkin al vujud tushunchalari tilga

olinmagan bo‘lib, bularni, nazarimizda,

Taftazoniyning o‘zining qarashlarini

belgilaydigan va Nasafiy qarashlariga

nisbatan kiritilgan yangilik deb hisoblash

mumkin. Bu xulosa muhim ahamiyatga

ega, chunki ko‘pchilik mutakallimlar,

xususan, ash’ariylar Forobiy va Ibn

Sinoning vojib ul-vujud va mumkin al-

vujud tushunchalariga keskin qarshi

chiqqanligi ma’lum. Ularning nazarida

ular sabab-oqibat munosabatlarining

real mavjudligini tan olishga olib keladi.

Alohida

ta’kidlash

kerakki,

Taftazoniy Ibn Sino ta’limotidagi “vojib

al-vujud bi g‘ayri hi” (“boshqa narsa

tufayli zaruriy bo‘lgan vujud”) tu-

shunchasini qabul qilmaydi, chunki u

olamning yaratilganligini tan olish bilan

birga, uning abadiyligini isbotlash uchun

qo‘llanilgan va ko‘pchilik ilohiyotchilar

tomonidan tanqid qilingan. Bu, albatta,

Taftazoniy qarashlariga ham zid keladi.

XULOSA

Taftazoniyning

ilmiy

merosi

Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari ijtimoiy-

siyosiy tafakkuri tarixida munosib

o‘rin tutgan qadimgi yunon faylasuf va

mantiqshunoslari maktabiga mansubdir.

Ammo eramizdan oldingi ilmiy

yutuqlar bilan chegaralanmasdan, sharq

Uyg‘onish davri yuksakliklaridan turib

uni rivojlantirilganligi va yangi g‘oyalar

bilan boyitilganligi diqqatga sazovordir.


background image

23

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnali

1 (6) 2024

Taftazoniy Temur davridagi Samarqand

ilmiy muhitida o‘sha zamon olimlari bilan

birgalikda samarali ijod etib, keyinchalik

muhim ahamiyat kasb etgan Ulug‘bek

maktabining vujudga kelishiga zamin

hozirlagan mutafakkirlardan biri bo‘lib

tarixda qoldi. U islom falsafasi bo‘lgan

kalomga mantiqiy xulosalarni tadbiq

etib, uni kuchaytirdi va ilohiyotning

ham jozibali fan sifatida rivojlanishiga

katta hissa qo‘shdi. Uning asarlarining

ilmiy qimmati hozirda ham o‘z kuchini

yo‘qotgani yo‘q. Taftazoniyning ilmiy

merosini

o‘rganish

tafakkurimiz

tarixining zarhal sahifalarini boyitish

imkonini beradi. Inson aqli o‘zining

bilim orttirish vazifasini amalga oshi-

rish jarayonida hukm va qiyosga

asoslanishi, ayniqsa, muhim ahamiyat

kasb etadi, chunki ularning asosiy

xususiyati ma’lum bilimdan noma’lum

bilimga o‘tishni ta’minlash bilan bog‘liq.

Taftazoniyning

asarlarida

ushbu

hol belgilaydigan mazkur mantiqiy

shakllarining mazmuniy xislatlaridan

tashqari, ularning tizimli xususiyalari,

tarkiblarini tekshirish muhim o‘rin

egallaydi. Masalan, uning hukmlar

nazariyasini tahlil qilishda musulmon

mantiqshunoslarning qadimgi yunon

olimlariga qaraganda shartli hukmlarga

jiddiy e’tibor berish an’analarini davom

ettirishi va o‘ziga xos yangi fikrlarni

qo‘shishi katta ahamiyaga ega. Shunga

o‘xshash holatlarni boshqa qator

muammolarni bayon qilishida ham

uchratish mumkin. Taftazoniy mantiqiy

merosining

ba’zi

tadqiqotchilari

ko‘rsatgandek, ko‘pchilik oldingi G’arb

va Sharq mantiqshunoslaridan farqli

o‘laroq, qiyosning to‘rtta shaklini ajrata

olgan. Alohida ta’kidlash lozimki, u

Ibn Sino va boshqa olimlar ketidan

induksiyaning ahamiyatini ko‘tarishga

ham munosib hissa qo‘shdi. Albatta,

Taftazoniyning mantiq tizimini tahlil

qilish jarayonida hamma ko‘targan va

yoritgan muammolarini ko‘rib chiqish

va baholash qiyin, lekin uning eng

muhim yutuqlaridan birini tashkil

qiladigan, ya’ni mantiqiy fikr voqelikka

javob beradigan, mazmunan va shaklan

to‘g‘ri bo‘lishi shart, degan xulosasini

tilga olmasdan iloji yo‘q.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Sa’duddin Taftazoniy. Sharh al-Maqosid. Istanbul – 2006. – B.22.

2. Abdulhakim Shariy Jozhani. Marginani and his followers. - Toshkent. Tashkent Islom Universiteti, 2000. – B.4.

3. Sa’duddin Taftazoniy. Sharh al-aqoid an-nasafiya. Maktabat al-Furqon. Istanbul – 2005. – B.18.

4. Acıkgench, Alparslan, “Islom bilimlari nazariyasi”, Islomga kirish, Asosiy mavzularga yangi. Anqara – 2004. – B.27.

5. Sükrü Özen “Teftâzânî Maddesi”. DĠA, XL. Istanbul – 2000. – P.30.

6. Ismet Parmaksızoğlu, “Teftâzânî Maddesi”, Türk Ansiklopedisi. XXVIII. Ankara – 1980. – P.9.

7. Acıkgench, Alparslan, “Islom bilimlari nazariyasi”. Islomga kirish. Asosiy mavzularga yangi. Anqara – 2004. – B. 27.

8. Sa’duddin Taftazoniyning balog‘at faniga oid “al-Mutavval” asari Kanstantinoplda Jurjoniy hoshiyasi bilan 1260/1844, 1265/1849

va 1289/1872 yillarda nashr qilingan.

Библиографические ссылки

Sa’duddin Taftazoniy. Sharh al-Maqosid. Istanbul – 2006. – B.22.

Abdulhakim Shariy Jozhani. Marginani and his followers. - Toshkent. Tashkent Islom Universiteti, 2000. – B.4.

Sa’duddin Taftazoniy. Sharh al-aqoid an-nasafiya. Maktabat al-Furqon. Istanbul – 2005. – B.18.

Acıkgench, Alparslan, “Islom bilimlari nazariyasi”, Islomga kirish, Asosiy mavzularga yangi. Anqara – 2004. – B.27.

Sükrü Özen “Teftâzânî Maddesi”. DĠA, XL. Istanbul – 2000. – P.30.

Ismet Parmaksızoğlu, “Teftâzânî Maddesi”, Türk Ansiklopedisi. XXVIII. Ankara – 1980. – P.9.

Acıkgench, Alparslan, “Islom bilimlari nazariyasi”. Islomga kirish. Asosiy mavzularga yangi. Anqara – 2004. – B. 27.

Sa’duddin Taftazoniyning balog‘at faniga oid “al-Mutavval” asari Kanstantinoplda Jurjoniy hoshiyasi bilan 1260/1844, 1265/1849 va 1289/1872 yillarda nashr qilingan

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов