Нейролингвистический анализ речи в лингвистике

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Азимова, Г. (2024). Нейролингвистический анализ речи в лингвистике. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(4), 40–46. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30000
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Из научных исследований, проводимых в мире, мы видим, что лингвистика находится в тесном контакте с неврологическим отделением медицины и достигает эффективных результатов. В последнее время между психологией, неврологией и лингвистикой возникла новая область науки, называемая нейролингвистикой. Речевой информационный процесс, то есть процесс передачи информации друг другу и получения информации друг от друга посредством взаимной речи, считается объектом изучения ряда наук. В частности, этот процесс широко изучается науками языкознания и психологии. Языкознание разделяет язык, являющийся основным средством общения людей, и речь, возникающую в процессе непосредственного общения-взаимодействия, внутреннюю структуру, структурные единицы, различные вхождения этих структурных единиц в речевой процесс, переход от «внутренней структуры» на «внешнюю структуру» изучен ряд вопросов, таких как основные этапы и взаимоотношения двух вышеуказанных структур, и это считается одним из актуальных вопросов на сегодняшний день.

Похожие статьи


background image

Alfraganus Universiteti

40

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

1

magistrant, Sharq filologiyasi kafedrasi, Alfraganus university, Toshkent. O‘zbekiston. Pochta:

azimovagulchehra271093@gmail.com. ORCID: 0009-0009-1348-0043

Gulchexraxon Azimova

1

TILSHUNOSLIKDA

NUTQNING

NERVOLINGIVISTIK

TAHLILI

НЕЙРОЛИНГВИ

-

СТИЧЕСКИЙ

АНАЛИЗ РЕЧИ В

ЛИНГВИСТИКЕ

NEUROLINGUISTIC

ANALYSIS

OF SPEECH IN

LINGUISTICS


background image

41

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

Annotatsiya

ahonda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlardan ko‘rishimiz mumkinki,

tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan uzviy aloqada bo‘lib samarali natijalarga

erishib kelmoqda. So’nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining

oralig’ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog’i vujudga keldi. Nutqiy

axborot jarayoni, ya’ni kishilarning o‘zaro nutq yordamida bir-biriga axborot berish va bir-biridan

axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi. Xususan, bu

jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan keng o‘rganilgan. Tilshunoslik kishilarning

asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning bevosita aloqa-aralashuv jarayonida voqelanuvchi

nutqni ajratgan holda, ichki tuzilish, tuzilish birliklari, bu tuzilish birliklarining nutqiy jarayonda

turli-tuman voqelanishi, «ichki tuzilish»dan «tashqi tuzilish»ga o‘tishning asosiy bosqichlari va

yuqoridagi ikki tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator masalalarni atroflicha o‘rgandi va

bugungi kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.

J

Abstract

rom scientific research carried out in the world, we see that linguistics is in close

contact with the neurological department of medicine and achieves effective results. Recently, a new

field of science has emerged between psychology, neurology and linguistics, called neurolinguistics.

The speech information process, that is, the process of transmitting information to each other and

receiving information from each other through mutual speech, is considered the object of study of

a number of sciences. In particular, this process is widely studied by the sciences of linguistics and

psychology. Linguistics separates the language, which is the main means of communication between

people, and the speech that arises in the process of direct communication-interaction, the internal

structure, structural units, various occurrences of these structural units in the speech process, the

transition from "internal structure" to "external structure" A number of issues have been studied , such

as the main stages and the relationship of the two above structures, and this is considered one of the

topical issues today.

F

Annotation

з научных исследований, проводимых в мире, мы видим, что лингви

-

стика находится в тесном контакте с неврологическим отделением медицины и достигает эф

-

фективных результатов. В последнее время между психологией, неврологией и лингвистикой

возникла новая область науки, называемая нейролингвистикой. Речевой информационный

процесс, то есть процесс передачи информации друг другу и получения информации друг от

друга посредством взаимной речи, считается объектом изучения ряда наук. В частности, этот

процесс широко изучается науками языкознания и психологии. Языкознание разделяет язык,

являющийся основным средством общения людей, и речь, возникающую в процессе непосред

-

ственного общения-взаимодействия, внутреннюю структуру, структурные единицы, различные

вхождения этих структурных единиц в речевой процесс, переход от «внутренней структуры»

на «внешнюю структуру» изучен ряд вопросов, таких как основные этапы и взаимоотношения

двух вышеуказанных структур, и это считается одним из актуальных вопросов на сегодняшний

день.

И

Kalit so‘zlar:

nevrologiya, nevrolingivistika, psixolingvistika, nutq agnoziyasi va

apraksiya, dizartriya, aleksiya va agrafiya, tilshunoslik, neyroanatomiya,

nevrologiya, neyropsixologiya, falsafa, psixologiya, psixiatriya va nutq

terapiyasi.

Keywords:

neurology, neurolinguistics, psycholinguistics, agnosia and apraxia of

speech, dysarthria, alexia and agraphia, linguistics, neuroanatomy, neurology,

neuropsychology, philosophy, psychology, psychiatry and speech therapy.

Ключевые слова:

неврология, нейролингвистика, психолингвистика, агнозия и

апраксия речи, дизартрия, алексия и аграфия, лингвистика, нейроана-

томия, неврология, нейропсихология, философия, психология, психиа-

трия и логопедия.


background image

Alfraganus Universiteti

42

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

N

eyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash bilan, bemorlarni samarali davolash

uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Lingvistika va tibbiyotning qo‘lga kiritgan

yangi-yangi yutuqlari neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi. Hozirgi

kunda neyrolingvistika psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika,

kibernetika kabi oraliq fanlar g‘oyalari va metodlaridan barakali oziqlanmoqda. Shunday qilib,

neyrolingvistika insonning olamni belgilashtirish tabiatini kompleks ravishda o‘rganishning bir

tarmog‘i sifatida rivojlanib bormoqda.

Shu kunga qadar nutqning neyrolingvistik tahliliga bag’ishlangan ilk tadqiqotlar mavjud

bo’lsa ham, lekin uning hali ochilmagan qirralari ko‘p. Bu esa tanlangan mavzuning hozirgi

o’zbek tilshunosligi uchun naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatadi.

Neyrolingvistika neyron va lingvistika so‘zlarining o‘zaro birikuvidan, qo‘shilishidan hosil

bo‘lib, inson miyasidagi nerv hujayralarining-neyronlarning nutqni-so‘zlarni hosil qilishdagi

vazifasini o‘rganadi. Neyron nerv (asab) sistemasining asosiy qismi, tarkibiy elementi sifatida

til va nutq birliklarini yaratishda faol xizmat qiladi. Shunga ko‘ra neyrolingvistika inson nerv

sistemasi bilan aloqa quroli-til orasidagi uzviy, doimiy, zaruriy munosabatni yoritadi.

Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‘limi bilan ham uzviy aloqada. So‘nggi davrlarda

psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig‘ida neyrolingvistika nomi bilan

yuritiluvchi yangi fan tarmog‘i vujudga keldi [4, 25]. Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli

ekanligi, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalarini o‘rganadi. Sodda qilib

aytganda, neyrolingvistikaning o‘rganish obyektlaridan biri afaziya, ikkinchisi neyrolingvistik

dasturlash (NLP)dir.

Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutqiy faoliyatning buzilishi masalasi

bobokalonlarimiz Ibn Sino, Beruniy asarlarida qayd etilgan va bu kasalni davolashga e’tibor

bergan bo‘lsalar ham, lekin u alohida fan tarmog‘i sifatida shakllana olmadi. Miya zararlanishining

nutqqa ta’siri muammosi izchil ravishda XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘rganildi.

Neyropsixologiya va u bilan bog‘liq bo‘lgan neyrolingvistika maxsus fan sifatida yaqindagina

- o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida shakllandi. Bu fanning vujudga kelishida A. A. Leontev,

A. R. Luriya, E. S. Beyn, R. M. Boskis, E. N. Venarskaya, O. S. Vinogradova, N. A. Eysler singari

olimlarning xizmati kattadir. Neyrolingvistika fani bo‘yicha to‘liq ma’lumot beruvchi ilk kitob A.

R. Luriya tomonidan yozildi [1, 10].

Nutqiy axborot jarayoni, ya’ni kishilarning o‘zaro nutq yordamida bir-biriga axborot berish

va bir-biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‘rganish obyekti sanaladi.

Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari tomonidan o‘rganilgan.Tilshunoslik

kishilarning asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til va uning bevosita aloqa-aralashuv jarayonida

voqelanuvchi nutqni ajratgan holda, ichki tuzilish, tuzilish birliklari, bu tuzilish birliklarining

nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi, "ichki tuzilish"dan "tashqi tuzilish"ga o‘tishning asosiy

bosqichlari va yuqoridagi ikki tuzilishning o‘zaro munosabatlari kabi qator masalalarni atroflicha

o‘rgandi [2, 13].

Hozirda til va nazariya zamonaviy fanlarga oid mеtodologik muammolarning markazidan

joy olgan, chunki umumlashtirilgan bilimlar tizimidan iborat bo‘lgan va bilimni uyushtiruvchi

boshlang`ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida

tilga alohida o‘rin bеradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlarni ochadi.

“Neyrolingvistika” tushunchasini tushunish uchun uning har bir qismiga aniqlik kiritish kerak.

Bir tomondan, “nevrologiya - bu normal va patologik sharoitlarda asab tizimining tuzilishi va

funksiyasini o‘rganadigan biomedikal fan”; boshqa tomondan tilshunoslik til haqidagi fan

sifatida tushuniladi. Ular birgalikda bitta yangi fanni yaratdilar. Neyrolingvistika: “nevrologiya va

lingvistikaning kesishmasida paydo bo‘lgan va til tizimini til xatti-harakatlarining miya substratiga

nisbatan o‘rganadigan ilm”. Boshqacha qilib aytganda, neyrolinvistika har bir insonning miyasi

nutq va aloqani qanday ishlab chiqarishi va bajarishini tushunishga harakat qiladi. Buning uchun

nevrologik va neyrofiziologik nazariya lingvistik nazariya bilan birlashtirilgandir.

Miya shikastlangandan keyin nutq va muloqotni o‘rganish neyrolinvistikada eng keng

tarqalgan tadqiqot mavzusidir, ammo, so‘nggi yillarda, lingvistik xulq-atvor buzilishlarining


background image

43

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

4

fazalik shakllari neyrolingvistika uchun ham qiziqish uyg`otmoqda: nutq agnoziyasi va apraksiya,

dizartriya, aleksiya va agrafiya. Bir nechta fan neyrolingvistikaga yordam beradi, uni yangilaydi,

unga asoslar va yangi g`oyalarni beradi. Neyrolinvistikaning transdissiplinarligi natijasida

u tilshunoslikning eng faol va zamonaviy tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Bir tomondan,

tilshunoslik, neyroanatomiya, nevrologiya, neyropsixologiya, falsafa, psixologiya, psixiatriya va

nutq terapiyasi kabi fanlar mavjud bo‘lib, ular neyrolinvistika bilan ko‘proq bog`liqdir. Boshqa

tomondan, neyrobiologiya, antropologiya, kimyo, kognitiv fan, sun`iy intellekt kabi nazariyalar,

usullar, ma`lumotlar orqali neyrologiyaga hissa qo‘shadigan fanlar mavjud.

Aytish kerakki, neyrolingvistika va psixolingvistika turli xil fanlar. Ikkalasi ham tilni va uning

aql bilan aloqasini o‘rganadi, ammo neyrologlar miyaning rolini ko‘proq o‘rganib chiqadilar.

Neyrolinvistika quyidagi savollarga javob beradi:

1.

Har xil miya jarohatlaridan so‘ng til va muloqotda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

2.

Evolyutsiya davomida muloqot qilish qobiliyati va tildan foydalanish qobiliyati

qanday rivojlandi? Bir vaqtning o‘zida miya qanday rivojlandi?

3.

Bolalar qanday qilib muloqot qilishni va tildan foydalanishni o‘rganadilar? Tilni

egallash va miya rivojlanishi o‘rtasidagi bog`liqlik qanday?

4.

Til va aloqa bilan bog`liq bo‘lgan miya jarayonlarini qanday kuzatish va tushuntirish

kerak?

5.

Ushbu til hodisasini aniqlashtirish uchun aloqa jarayonining tushuntirish modellari

qanday yaratiladi?

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, miya shikastlangandan keyin til va aloqa haqida o‘rganish

neyrolinvistikaning eng keng tarqalgan tadqiqot mavzularidan biridir. Miya shikastlangandan

keyin nutqni yo‘qotish afaziya deb ataladi. Afaziya sabablari har xil bo‘lishi mumkin, masalan,

yurak xurujlari (miyada qon tomirlarining tiqilib qolishi), qon ketishi (qon tomirlari yorilishi),

miya shikastlanishi va boshqalar [4, 9].

Bunday jarohatlar nutqni tushunish va ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarning sabablari

hisoblanadi. Ushbu o‘zgarishlar o‘rganilganda, nutq jarayoni bilan bog`liq tizimlar qanday

ishlashini va bu jarayonda qaysi miya tuzilmalari ishtirok etishini tushunish mumkin. Biroq,

bunday murakkab bilim mahoratini o‘rganish, ya`ni tilni o‘rganish muammoli, chunki natijalar

har xil va ishonchsiz bo‘lishi mumkin. Nutq va xotira o‘rtasidagi bog`liqlik neyrolingvistlarni

ham qiziqtiradi. Inson borliqni ongida aks ettiradi. Aks ettirish sezgi organlari yordamida amalga

oshiriladi. Sezgi organlari esa tashqi olam haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi. Miya

esa bu axborotlarni umumlashtiradi. Ko‘rinadiki, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni markaziy

nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi.

Nerv sistemasi odatda ikki guruhdagi nerv sistemalarini o‘z ichiga oladi:

1) markaziy nerv sistemasi 2) chegara nerv sistemasi. Borliq haqida axborot beruvchi nutq

va uni tushunish chegara nerv sistemalari markazga qarab yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi.

Chegara nerv sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning

muayyan belgilari haqidagi ma’lumotni beradi. Shuning uchun ham chegara nerv sistemasiga

aloqador a’zolarni tahlil qiluvchilar (analizatorlar) deb yuritiladi. Ular ko‘rish, eshitish, ta’m-maza

a’zolari sanaladi. Har bir analizatorda ikki turdagi nerv strukturasi ajratiladi.

1) axborotni, mazkur sezgi organidan bosh miya pardasiga eltuvchi struktura;

2) borliq predmetlariga yo‘naltiruvchi struktura (miyaning bilish zonasi).

Uchinchi sath sifatida murakkab anatomik tuzilishga ega bo‘lgan til pardasi zonasi ajraladi.

Bu zonada miyaning turli analizatorlaridan kelgan belgilar kompleksi birlashtiriladi va natijada

sezgi hissiyotidan til umumlashmasiga o‘tish imkoniyati tug‘iladi [5, 35]. Nutq hosil qilish, til

xulqi aks harakat: markazdan chegaraga tomon harakat orqali yuzaga chiqadi. Miya analizatorlari

qoplangan zonada shakllangan nutqiy dastur nutq praksizi zonasida konkretlashadi. Nutq

organlari (shuningdek yozma nutqni yuzaga chiqaruvchi sistema) ishtirokida proeksiya

harakat sistemasi yordamida yuzaga chiqadi. Miyaning praksiyali sistemasidan (sensor yoki

harakatlanuvchi) farqli ravishda gnostikpraksik parda va pardali analizatorlarni yopish zonasi

funksional assimmetriya bilan xarakterlanadi: til sistemasi va nutq orqali ifodalangan tafakkur

esa uning yarimshari bilan bog‘langan. Inson miyasi murakkab funksional sistema bo‘lib, eng


background image

Alfraganus Universiteti

44

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

5

kamid

a uchta asosiy blok ishtirokida muttasil faoliyat ko‘rsatadi (1-rasm).

Yuqorida keltirilgan bloklarning zararlanishi ularning bir me’yordagi vazifasiga salbiy ta’sir

qiladi. Birinchi blokka mansub apparatlarning zararlanishi psixik faoliyatni tanlash, selektiv

imkoniyatini cheklaydi. Ikkinchi blok apparatlarining zararlanishi axborotni qabul qilish, qayta

ishlash va saqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Uchinchi blokning zararlanishi esa programmalashtirish,

barqaror ravishda boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi.

Ko‘rinadiki, miyadagi har qanday zararlanish inson faoliyatining ma’lum qismiga salbiy

ta’sir qiladi. Sensor proyeksiya sistemasining zararlanishi eshitish va ko‘rish organining

kuchsizlanishiga olib keladi. Buning natijasida og‘zaki va yozma nutqni qabul qilish imkoniyati

pasayadi. Nutqiy agnoziya holatida bemor ko‘rish va eshitish qobiliyatini yaxshi saqlagan holda,

ona tilining tovush "qiyofasi"ni (nutqiy eshitish agnoziyasi) yoki yozma nutqda harf ko‘rinishini

"nutqiy ko‘rish agnoziyasi" unutadi. Bunday vaqtda bemor gapirish yoki yozishi mumkin. Nutqiy

eshitish agnoziyasiga uchragan bemor o‘qishi, nutqiy ko‘rish agnoziyasiga uchragan bemor esa

og‘zaki nutqini tushuntirishi mumkin [6,8].

Nutqiy apraksiya ro‘y berganda esa buning teskari holatiga duch kelinadi. Bunday vaqtda

bemorning nutq organlari harakati va yozish harakati buziladi, tovush va so‘zlarni talaffuz qila

olmaydi va yoza olmaydi. Lekin atrofdagi odamlar nutqini tushunish, yozuvlarini o‘qish qobiliyati

saqlanib qoladi.

Analizatorlar yopqichlarining parda zonasi zararlanganda, afaziya holati kuchayadi. Bu

vaqtda har qanday nutqiy faoliyat: eshitish, ko‘rish faoliyati ham, talaffuz qilish, o‘qish faoliyati

ham so‘nadi. Agar zararlanish manbayi o‘rtacha bo‘lsa bemorning so‘zda tovushni farqlash

qobiliyati yo‘qoladi. Fonetik jihatdan yaqin bo‘lgan so‘zlarni aralashtirib yuboradi. Ba’zan afaziya

holatida eshitgan yoki o‘qigan narsalarning ma’nosini tushunmagan holda mexanik ravishda

takrorlashi mumkin.

Neyrolingvistika uchun ikki til va ko‘p til egalarining (poliglotlarning) miyasi zararlanishi

katta material beradi. Bu vaqtda bemor bir tilni ma’lum darajada saqlagan holda, ikkinchi tilni

butunlay unutish yoki bir necha tillarning elementlarini aralashtirib yuborishidir.

Neyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash bilan, bemorlarni samarali davolash uchun

katta imkoniyat yaratib beradi. Lingvistika va tibbiyotning qo‘lga kiritgan yangi-yangi yutuqlari

neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi. Hozirgi kunda neyrolingvistika

psixolingvistika, neyropsixologiya, neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar

g‘oyalari va metodlaridan barakali oziqlanmoqda. Shunday qilib, neyrolingvistika insonning

olamni belgilashtirish tabiatini kompleks ravishda o‘rganishning bir tarmog‘i sifatida rivojlanib

bormoqda [7, 10].


background image

45

Alfraganus Universiteti

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

6

Neyrolingvistik dasturlashni bizning tilimizga tarjima qilsak nervlar til va dasturlash degan

so‘zlar kelib chiqadi. Yoki tushunarli tilda aytadigan bo‘lsak, insonni til va so‘zlar yordamida

dasturlash degan ma`noni beradi. Bugungi kunda gipnozchilar va manipulyatsiya texnikalarini

o'rgangan kishilar neyrolingvistik dasturlashdan foydalanib o'z maqsadlariga yetmoqdalar.

Quyida neyrolingvistik dasturlashning bir necha texnikalari bilan tanishamiz.

Bu texnika NLDning asosi deyish ham mumkin. Chunki uning yordamida insonga

xohlagancha ta`sir ko‘rsatish imkoniyati bor va siz uning o‘zini tutishini boshqara olasiz. Bu

texnika gipnoz qilishning ham asosidir. Boshqa kishini boshqarish uchun oldin unga moslashish

kerak. Moslashish uchun siz suhbatdoshingizning harakatlari ritmiga kirishingiz kerak. Bu uning

holati, ko‘z qarashi, gavdani ushlashi, qo‘llarining holati, oyoqlarining holati, nafas olish ritmi va

boshqalar bo‘lishi mumkin. Lekin bunda uning kayfiyatiga kira olish eng asosiy ahamiyatga ega.

Nafas olish ritmiga moslashish katta natijalar beradi.

Suhbatdoshingizning nafas olishini kuzatasiz va u nafas olganda jim turasiz, u nafas

chiqarayotgan paytda esa gapirasiz. Natijada uning quyi ongida sizning gaplaringiz xuddi u

tomonidan aytilayotganday taassurot qoldiradi. Aytaylik, suhbatdoshingizning jahli chiqyapti

va dam solingan sharga o‘xshab, shishib turibdi. Sizning maqsadingiz – uni jahldan tushirish.

Bu holda siz ham o‘z psixikangizni tezlashtirasiz va xuddi jahl qilgandagiday fiziologik holatga

kirasiz. Bu sizning suhbatdoshingizga moslashishingiz bo‘ladi. Shu holatda u bilan suhbatni

davom ettirasiz va suhbat davomida asta-sekin o‘z psixikangizni tormozlay borasiz.

Siz tinch holatga o‘tganingizda suhbatdoshingiz ham tinchlanib qolganligini ko‘rasiz. Agar

suhbatdoshingiz jiddiy yuz ko‘rinishiga ega bo‘lsa siz ham jiddiylashing va bir oz o‘tgandan

keyin jilmaya boshlaysiz. Suhbatdoshingiz ham sizga ergashib jilmaya boshlaydi. Bu usul bilan

har qanday odamda o‘zingiz xohlagan har qanday kayfiyatni paydo qiladi. Eng asosiysi, dastlab

suhbatdoshingizning kayfiyatini o‘zingizda nusxalay olishingizdir.

Masalan, kichkina jiyanim unga berilgan buyruqlarning hammasini teskarisini qilishni

yaxshi ko‘radi. Shuning uchun uni uxlatish juda qiyin ish. Unga “uxla” deyishlari bilan uning

uyqusi o‘chib ketadi. Shunday paytda men u bilan gaplasha boshlayman va uning nafas olishi

bilan o‘zimnikini sinxronlashtiraman.

Ozroq gaplashganimizdan keyin men asta nafas olishimni sekinlashtira boshlayman va

shu vaqtda so‘zlash tempim ham sekinlasha boradi. Biroz boshqa mavzularda gapirgandan

keyin gapni orasida esnab, uyqum kelganligini aytaman. Shunda u ham esnay boshlaydi. Men

tormozlanishda davom ettiraman va salgina vaqt o‘tgandan keyin u uxlab qoladi. Shunday qilib

bolani uxlatish jarayoni 4-5 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

Bu texnikani qo‘llay olsangiz hamisha oshig`ingiz olchi bo‘lishi tayin. Uning asosiy maqsadi

suhbatdoshingizga biror narsani tanlash ixtiyorini berishingizdadir. Lekin bu tanlov – soxta

tanlovdir. Siz taklif qilayotgan variantlar ichidan u faqat sizga kerakli bittasinigina tanlay olsin yoki

ikkita variant ham bir xil natija berishi ko‘zda tutilsin. Masalan, suhbatdoshingiz biror hujjatga

imzo qo‘yishi kerak. Siz undan – Bunga imzo qo‘yishga rozimisiz? – deb so‘rasangiz u albatta rad

qiladi va bunday qilmasligi uchun mingta bahona topa oladi. Siz unga – Peroli ruchkada imzo

chekasizmi yoki sharikli ruchkadami? – deb tanlash imkoniyatini berasiz. Endi u imzo chekish-

chekmaslik haqida emas, balki qaysi ruchkada imzo chekish haqida o‘ylay boshlaydi. Siz o‘z

mahsulotingizni birovga o‘tkazmoqchisiz, lekin mijozning uni olish niyati yo‘q. Siz undan qaysi

ranglisini o‘rab berishingiz kerakligini so‘raysiz.

Bu mijozning olaman-olmayman fikrini qaysi ranglisini olamanga o‘zgartirib yuboradi.

Bunday soxta tanlov variantlarini sharoitdan kelib chiqib xohlaganingizcha o‘ylab topishingiz

mumkin. Mazkur usullarni tadbirkorlar, savdogarlar ko‘p qo‘llashadi.

Axborotni izlash, topish, to‘plash, qayta ishlash, saqlash va tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan

nojo‘ya xatti-harakt tufayli kelib chiqadigan ruhiy kasalliklarga qarshi ma’naviy immunitetni

mustahkamlashning zamonaviy usullaridan biri neyrolingvistik dasturlashdir. Neyrolingvistik

dasturlashga oid dastlabki ilmiy ish hisobotlari o‘tgan asrning 70-yillarida paydo bo‘lgan.

Amerika olimlaridan Jon Grinder va Richard Bendlerlar neyrolingvistik dasturlash asoschilari

hisoblanadilar.


background image

Alfraganus Universiteti

46

«ALFRAGANUS» xalqaro ilmiy jurnali

1. Azimоva I. O’zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy pertseptsiyasining psi

-

хоlingvistik tadqiqi. Filоl.fan.nоmz...dis.-Tоshkent, 2008.

2. Бегматов Э., Жиянова Н. Нутқ маданияти асослари. – Т.: Фан, 2006.

3. Bruner Dj. Ontogenez rechevix aktov//Psixolingvistika. – M.,1984.

4. Kamolova N. Nutqning nervolingivistik tahlili. Mag. Dissertatsiya, Andijon

2021. 82 b.

5. Hakimоv M. O’zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filоl. fan. d-ri ...diss.

–Tоshkent, 2001.

6. Guasch, M., Ferre, P., & Haro, J. (2017). Pupil dilation is sensitive to the cognate

status of words: Further evidence for non-selectivity in bilingual lexical access.

Bilingualism: Language and Cognition, 20(1), 49–54.

7. Halberstadt, L., Kroff, J. R. V., & Dussias, P. E. (2018). Grammatical gender

processing in L2 speakers of Spanish. Journal of Second Language Studies, 1(1), 5–30.

8. Haro, J., Demestre, J., Boada, R., & Ferr´ e, P. (2017). ERP and behavioral effects

of semantic ambiguity in a lexical decision task. Journal of Neurolinguistics, 44, 190–

202.

9. Alicia Luque, Kara Morgan-Short. The relationship between cognitive control

and second language proficiency. Journal of Neurolinguistics, Volume 57, February

2021, 100956. https://doi.org/10.1016/j.jneuroling.2020.100956.

10. Luyao Chen, Chenyang Gao, Zhongshan Li, Emiliano Zaccarella, Angela D.

Friederici, Liping Feng. Frontotemporal effective connectivity revealed a language-

general syntactic network for Mandarin Chinese. Journal of Neurolinguistics, Volume

66, May 2023, 101127. https://doi.org/10.1016/j.jneuroling.2023.101127

Adabiyotlar:

XULOSA

S

hunday qilib, neyrolingvistika miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta’siri masalalarini

o‘rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o‘rganish obyektlaridan biri

afaziya, ikkinchisi neyrolingvistik dasturlash (NLP) dir. Maqolada inson miyasining asosiy

uchta faoliyat bloklari keng tushuntirib o‘tilgan. Ulardan birinchisi pardaning tetiklanishini

ta’minlaydi va tanlash, selektiv faoliyat shaklining uzoq amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Boshqasi axborotni olish, qayta ishlash va saqlashni ta’minlaydi. Uchinchisi esa faoliyatni

programmalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi.

Neyrolingvistika uchun ikki til va ko‘p til egalarining (poliglotlarning) miyasi zararlanishi

katta material beradi. Bu vaqtda bemor bir tilni ma’lum darajada saqlagan holda, ikkinchi

tilni butunlay unutish yoki bir necha tillarning elementlarini aralashtirib yuborishi mumkin.

Neyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash bilan, bemorlarni samarali davolash uchun

katta imkoniyat yaratib beradi. Lingvistika va tibbiyotning qo‘lga kiritgan yangi-yangi yutuqlari

neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi.

Библиографические ссылки

Azimоva I. O’zbek tilidagi gazeta matnlari mazmuniy pertseptsiyasining psiхоlingvistik tadqiqi. Filоl.fan.nоmz...dis.-Tоshkent, 2008.

Бегматов Э., Жиянова Н. Нутқ маданияти асослари. – Т.: Фан, 2006.

Bruner Dj. Ontogenez rechevix aktov//Psixolingvistika. – M.,1984.

Kamolova N. Nutqning nervolingivistik tahlili. Mag. Dissertatsiya, Andijon 2021. 82 b.

Hakimоv M. O’zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filоl. fan. d-ri ...diss. –Tоshkent, 2001.

Guasch, M., Ferre, P., & Haro, J. (2017). Pupil dilation is sensitive to the cognate status of words: Further evidence for non-selectivity in bilingual lexical access. Bilingualism: Language and Cognition, 20(1), 49–54.

Halberstadt, L., Kroff, J. R. V., & Dussias, P. E. (2018). Grammatical gender processing in L2 speakers of Spanish. Journal of Second Language Studies, 1(1), 5–30.

Haro, J., Demestre, J., Boada, R., & Ferr´ e, P. (2017). ERP and behavioral effects of semantic ambiguity in a lexical decision task. Journal of Neurolinguistics, 44, 190– 202.

Alicia Luque, Kara Morgan-Short. The relationship between cognitive control and second language proficiency. Journal of Neurolinguistics, Volume 57, February 2021, 100956. https://doi.org/10.1016/j.jneuroling.2020.100956.

Luyao Chen, Chenyang Gao, Zhongshan Li, Emiliano Zaccarella, Angela D. Friederici, Liping Feng. Frontotemporal effective connectivity revealed a language general syntactic network for Mandarin Chinese. Journal of Neurolinguistics, Volume 66, May 2023, 101127. https://doi.org/10.1016/j.jneuroling.2023.101127

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов