YOSH KIKBOKSCHILARNI KOMBINATSION USULLARGA
O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH
ТРЕНИРОВКА И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ЮНЫХ КИКБОКСЕРОВ
КОМБИНИРОВАННЫМ ТЕХНИКАМ
TRAINING AND IMPROVING YOUNG KICKBOXERS IN
COMBINATION TECHNIQUES
ALFRAGANUS UNIVERSITY
Sport faoliyati kafedrasi o‘qituvchisi
Egamberdiyev Muhammad Nizomiddin o‘g‘li
e-mail: @
egamberdiyev963103@gmail.com
ORCID: 0009-0000-5534-5143
Annatatsiya.
Yosh kikbokschilarni kombinatsion usullarga o‘rgatish, uni takomillashtirish
metodikasini va uning samaradorligini tajribada asoslash bo‘yicha xulosalar keltirilgan bo‘lib,
tadqiqot natijalari keltirilgan hamda tegishli amaliy tavsiyalar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
ko‘rsatkich, texnik-taktik, kikboks, tezkorlik, zarba
Аннотация.
Представлены выводы по обучению юных кикбоксеров комбинаторным методам и
обоснование методики ее совершенствования и ее эффективности на опыте, результаты
исследований и выделены соответствующие практические рекомендации.
Ключевые слова
: показатель, технико-тактический, кикбоксинг, быстрота, удар.
Annotation.
In this thesis, conclusions are presented on the methodology of training young kickboxers in
combination methods and its improvement, as well as experimental justification of its
effectiveness, research results are presented, and relevant practical recommendations are
highlighted.
Keywords:
indicator, technical-tactical, kickboxing, quickness, strike
Tadqiqotning dolzarbligi
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ommaviy sport turlarining rivojlanishi davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan. Jismoniy tarbiya va sportni moliyalashtirishning murakkab sharoitlariga
qaramasdan aholini sog‘lomlashtirish, yoshlarni barkamol ruhda tarbiyalash, iqtidorli yosh
sportchilarni saralash va ularni turli musobaqalarga tizimli tayyorlash kabi vazifalar ustuvor
hisoblanadi [1].
Tadqiqot maqsadi
: mashg‘ulot janglari va rasmiy musobaqalarda harakat turlarining
qo‘llanilish va kombinatsiya ko‘rsatkichlarini hisobga olish asosida ishlab chiqilgan 14-15
yoshdagi kikbokschilarning texnik-taktik tayyorgarligini optimallashtirish metodikasini nazariy
jihatdan hamda tajribada asoslab berishdan iborat.
Ilmiy yangiligi:
- kikboks jangini olib borish taktik manevrini hisobga olingan holda turli xil malakaga
ega bo‘lgan yosh kikbokschilarning texnik va jismoniy tayyogarligi metodikasi ishlab chiqilgan
va ilmiy asoslangan;
-
yosh kikbokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi strukturasi tarkibining
omillarga bog‘liq o‘ziga xos jihatlariga aniqlik kiritilgan, shuningdek maxsus jismoniy
qobiliyatlar ko‘rsatkichlari ixtisoslashtirilishi amalga oshirilgan;
-
harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlari tipologiyasi asosida yosh
kikbokschilarning sport iste’dodiga samarali tashxis qo‘yish imkoniyatlari ochib berilgan, yosh
kikbokschilarni jang olib borish taktik maneralari bo‘yicha o‘zaro farqlanuvchi sportchilarida
maxsus jismoniy tayyorgarlikning o‘ziga xos jihatlariga aniqlik kiritilgan, ushbu sportchilar
kontingenti uchun samarali hisoblangan mashg‘ulotlar vositalari ishlab chiqilgan.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik kikboksda yuqori natijalarga erishish asosi hisoblanadi. U
kikbokschining jismoniy sifatlari, shuningdek, organizm shakllari va funksiyalarining ma’lum
darajada rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Organizm qancha mustahkam va ishga qobiliyatli bo‘lsa,
u mashg‘ulot yuklamalarini shuncha yaxshiroq, qabul qiladi, unga tezroq, moslashadi hamda
uzoq, vaqt davomida mashqlanganlik holatida turadi.
Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida tezkor-kuch sifati hal
qiluvchi muhim manbaa bo‘lib hisoblanadi. Tezkorlik sportchining umumiy va maxsus
tezkorligi ajratiladi.
Tezkorlik sifatini tarbiyalashda asosiy vosita sifatida sakrash va sakrovchanlik mashqlari
hamda umumrivojlantiruvchi mashqlardan keng foydalaniladi.
Sportchining sport mahorati va malakasi o‘sib borgan sari umumiy rivojlantiruvchi
mashqlardan maxsus mashqlarga mashqlanganlikning "ko‘chishi" kamayadi. Shuning uchun
mashg‘ulot jarayonida umumiy tezkorlikni tarbiyalovchi vositalardan kikbokschining maxsus
tezkorlik sifatlarini rivojlantirish maqsadida foydalanish sportchining boshlang‘ich tayyorgarlik
bosqichida o‘zini oqlaydi. Sportchining sportdagi natijalari va mashqlanganligi ortib borgan sari
tezkorlikni yanada takomillashtirish shunday yo‘ldan borishi kerakki, koordinasiya jihatdan
asosiy maxsus mashqlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan umumrivojlantiruvchi
mashqlarni oqilona va qunt bilan tanlab olish lozim.
Yosh kikbokschilarni tayyorlashda ularga tezkor – kuch sifatini paydo bo‘lishi va maxsus
jismoniy tayyorgarlikni ahamiyati katta. Hozirgi vaqtda ko‘pgina ilmiy ishlarda har xil testlar
orqali kikbokschilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlari ularning musobaqa vaqtidagi
organizmidagi holati haqida ma’lumotlar beriladi (4,13,16). Kikboksda olib boriluvchi janglarda
ushbu tezkorlik shakllarining kompleks holda namoyon bo‘lishiga duch kelinadi (bittalik va
seriyali zarbalar, siljishlar tezkorligi, himoyaga o‘tish tezkorligi). Kikbokschining aytib o‘tilgan
tezlik shakllari orasida mashqlanganlikning ko‘chishi mavjud emas. Bitta shakl harakatlarida
tezlik imkoniyatlarini takomillashtirishga qaratilgan mashg‘ulot boshqa shakllarga taalluqli
bo‘lgan harakatlarning bajarilish tezligiga ham ta’sir qiladi. Masalan, bittalik zarbaning tezligini
oshirish maksimal ravishda tez-tez bajariladigan seriyali zarbalarning tezkorligida, reaksiya
vaqtida va kikbokschining siljib yurish tezligida deyarli aks etmaydi. Musobaqa jangining
sharoitlari esa raqiblardan hamma aytib o‘tilgan shakllarning tezlik sifatlarini bir vaqtning o‘zida
maksimal tarzda namoyon qilishni taqozo etadi. Kikbokschi tezkorligini analitik uslub yordamida
tarbiyalash asosida tezkorlikning alohida shakllarini: bittalik zarbalar, seriyali zarbalar tezkorligi,
siljib yurish tezligi, himoyalanish reaksiyasi vaqti va h.k. - tanlab hamda maqsadli
takomillashtirish yotadi. Yaxlit uslub kikbokschining raqib bilan h.k to‘qnashish sharoitlarida
murakkab texnik harakatlarni bajarishda shu tezkorlik sifatlarini kompleks yaxshilashga
qaratilgan.
Kikbokschi tezkorligini analitik uslub yordamida tarbiyalash asosida tezkorlikning
alohida shakllarini: bittalik zarbalar, seriyali zarbalar tezkorligi, siljib yurish tezligi,
himoyalanish reaksiyasi vaqti va h.k. - tanlab hamda maqsadli takomillashtirish yotadi. Yaxlit
uslub kikbokschining raqib bilan bevosita to‘qnashish sharoitlarida murakkab texnik harakatlarni
bajarishda shu tezkorlik sifatlarini kompleks yaxshilashga qaratilgan.
1 jadval
Yosh kikbokschilar tomonidan jang olib borishning turli manyaralarida texnik-taktik
vositalarning qo‘llanilishining solishitirma tavsifi (%)
Yengil vazn toifasidagi kikbokschilarda esa seriyali zarbalarning kuchi, kuch
chidamliligi, qiyin sharoitlarda yakka zarbalarning kuchi, yakka zarbalarning kuch
xarakteristikasi ko‘rsatkichlarini maqsadga yo‘naltirilgan holda ajratib ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
O‘rta vazn toifasidagi shug‘ullanuvchilar uchun seriyali zarbalarning portlash kuchi,
yakka zarbaning kuchi, tezkor-kuch ishida motor ish qobiliyati xosdir.
Boshlang‘ich tadqiqotlar davomida nazorat va tajriba guruhi sportchilarida
morfofunksional rivojlanish ko‘rsatkichlarini tekshirish sezilarli farqlanish mavjud emasligini
ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida har ikkala sinovdan o‘tkaziluvchilar guruhlarida bo‘y uzunligi
qiymatining ishonarli bo‘lmagan tavsifda o‘sishi aniqlandi (nazorat guruhida – 0,5%, tajriba
guruhida – 0,4%).
Nazorat va tajriba guruhida mashq qiluvchilarda bo‘y uzunligi o‘sish jadalligi (tempi) bir
xilda saqlanib qolishi qayd qilindi. O‘z navbatida, turli xildagi o‘quv–mashg‘ulotlar
dasturlarining kikbokschilarda bo‘y uzunligi ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga ta’siri qayd qilinmadi.
Shuningdek, variatsiya koeffitsiyent qiymatlari ham har ikkala guruhlarda sezilarli darajada
emasligi aniqlandi.
№
Ko‘rsatkichlar
Jangning taktik manyeralari
Nokautchilar
Tempchlar
O‘yinchilar
Gʻalabaga erishish vositalari
1
Jangovar
faoliyat
zichligining yuqoriligi
2,6
75,6
12,4
2
Nokaut qiluvchi zarba;
-hujum
52,5
10,3
4,6
-qarshi hujumda kutib
olish
38,9
3,9
5,2
-javob qarshi hujumi
6,0
4,8
4,4
3
Texnik-taktik xushyorlik
-
5,4
73,4
Kikbokschilar qo‘llaydigan asosiy jangovar vositalar
4 Bittalik zarbalar
37,6
14,8
28,8
5 Chalg‘ituvchi harakatlar
12,2
18,6
16,6
6 Harakatlanish
18,3
13,3
21,5
7 Himoya harakatlari
19,1
10,6
14,7
8 Zarbalar seriyasi
7,6
35,3
13,0
9 Sparring elementlari
5,2
7.4
6,0
Nazorat va tajriba guruhlarida tana vaznining ishonarli bo‘lmagan tavsifda ortishi
aniqlandi. Faqat nazorat guruhida ushbu ko‘rsatkichlarning «tabaqalanishi» kuzatildi, ya’ni
variatsiya koeffitsiyent qiymati ortib borishi qayd qilindi.
Amalga oshirilgan tadqiqotlar davomida KA ko‘rsatkichi har ikkala sportchilar
guruhlarida ishonarli bo‘lmagan tavsifda o‘zgarishi aniqlandi, shu sababli yakuniy
tekshirishlarda ushbu tavsif bo‘yicha guruhlararo sezilarli darajadagi farqlanishlar qayd
qilinmadi. Faqat tajriba guruhi kikbokschilarida kaftning kuchi ko‘rsatkich ishonarli darajada
o‘zgarishi aniqlandi (4,6%, r<0,05). Shuningdek, har ikkala guruhda mashq qiluvchilarda
kuchning rivojlanish darajasida yetarli yuqori qiymatdagi farqlanish qayd qilindi (1–rasm ).
Tadqiqot davomida faqat tajriba guruhi sportchilarida O‘TS (o‘pkaning tiriklik sig‘imi)
ko‘rsatkichning ahamiyati qiymati besh foizlik darajada ortishi (7,4%) aniqlandi. Nazorat
guruhida bu ko‘rsatkich nisbatan kamroq darajada o‘zgarishi qayd qilindi (3,6%, r>0,05), bu
holat guruhlar o‘rtasidagi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘zaro farqlanish ishonchliligini ifodalaydi
(r<0,05).
1–rasm. Tadqiqot davri davomida yosh kikbokschilar morfofunksional
ko‘rsatkichlarining o‘sib borish dinamikasi.
Biz ishlab chiqqan uslub bo‘yicha amalga oshirilgan mashg‘ulotlar mashqlari vegetativ
tizim funksional darajasining nisbatan takomillashtirilishiga imkonini beradi. Yurakning
qisqarish chastotasi (YUQCh) qiymati tinch holatda faqat tajriba guruhi sinaluvchilarida
ishonarli darajada o‘zgarishi aniqlandi (3,2%, r<0,05). Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yakuniy
tekshirish davomida guruhlararo o‘zaro farqlanish ishonchlilik darajasi besh foizlik qiymatda
bo‘lishi aniqlandi. Tadqiqot davomida SAB va DAB ko‘rsatkichlari har ikkala guruhlarda
ishonchsiz darajada o‘zgarishi aniqlandi.
Tadqiqot tekshirishlari amalga oshirilishi davomida nazorat guruhi sportchilarida
salomatlik ko‘rsatkichi koeffitsiyent qiymati sezilarli darajada o‘zgarmasligi, tajriba guruhida esa
– ushbu ko‘rsatkich, ishonchli darajada yaxshilanishi aniqlandi (2,8%, r<0,05).
Boshlang‘ich tekshirishlar davomida nazorat va tajriba guruhi sportchilarining jismoniy
tayyorgarlik ko‘rsatkichlari ham sezilarli darajada o‘zaro farqlanmasligi qayd qilindi. Ushbu
Nazorat guruhi
Tajriba guruhi
ko‘rsatkichning variatsiya koeffitsiyent qiymati har ikkala guruhda ham deyarli bir xilda bo‘lishi
aniqlandi.
Xulosa
Mashg‘ulot janglarida qo‘llaniladigan harakatlarning hajmlari va natijaliligi
ko‘rsatkichlariga tuzatishlar kirituvchi mashqlar kompleksi va taktik ko‘rsatmalar tayyorlandi
hamda yosh kikbokschilarning mashg‘ulot jarayoniga joriy qilindi. Yosh kikbokschilar bilan
amalga oshirilgan suhbat jarayoni davomida sportchilarning jismoniy tayyorgarligi tiplariga
bog‘liq holatda, ularning u yoki bu masalaga nisbatan umumiy baholash nuqtai nazaridan fikr-
mulohazalariga aniqlik kiritildi shuningdek, foydalaniluvchi o‘quv-mashg‘ulotlar uslublarining
samaradorligi masalasiga aniqlik kiritildi, ularning mashq qiluvchilar organizmiga ta’sir darajasi
o‘rganildi. Tadqiqot materiallarini kikboks sport maktablarining mashg‘ulot jarayonida,
shuningdek, kikboks mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
bo‘yicha ta’lim faoliyati jarayonida keng qo‘llash mumkin. Tadqiqot natijalaridan amaliyotda
foydalanish joriy etish dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
Foydalanilgan Adabiyotlar
1. Adыlbekov T., Tuychibayev M., Nazarova V. Metabolicheskiye izmeneniya v
organizme kikboksyerov v razlichnыye periodы trenirovochnogo prosessa // Tez. dokl. X Resp.
nauchn-prakt. konf. «Puti optimizasii fizicheskogo vospitaniya i sportivnoy trenirovki v
respublike». - T., 1988 – S.6-7.
2. Akopyan A.O. Organizasiya nauchno-prakticheskix issledovaniy na baze syentra
yedinoborstva VNIIFKa // Teor. i prakt. fiz. kult. 2003. № 10-S.48-49.
3. Aminov R.X. Kvalifikasionnыy podxod na etape nachalnoy podgotovki yunыx
kikboksyerov 14-15 let: Avtoref. diss… kand. ped. nauk – Tyumen. 2001. – 24-s.
4. Axmedshin R.G. Sootnosheniye sredstv OFP i SFP na predsorenovatelnыx etapax
podgotovki molodыx karatistov / V sb. «Materialы Mejdunarodnoy nauchno-prakt. konferensii
«Problemы, teorii i praktiki fizicheskoy kulturы i sporta» - T.- 2001. - S.24
5. Axmedshin R.G., Mirzakulov Sh. Faktornaya struktura fizicheskoy podgotolennosti
karatistov //V sb. «Barkamol avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning roli», Buxara, 2002.
S.142.
6. Balsevich V.K. Konturы novoy strategii podgotovki sportsmenov olimpiyskogo klassa
// Teoriya i praktika fiz. kwult., 2001g. №4-s.10-11.
7. Basik T.V., Kalashnikov Yu.B., Shiyan V.V. Sposob osenki spesialnoy vыnoslivosti
taekvondistov // Teoriya i praktika fiz. kult., 2001. - №1-S.28
8. Volkov L.P. Teoriya i metodika detskogo i yunosheskogo sporta. Kiyev, Olimpiyskaya
literatura, 2012. – s 294.
9. Garipov A.T., Kleshev Yu.Yu., Fomin Ye.V. Skorostno-silovaya podgotovka yunыx
voleybolistov. «Metodicheskiye rekomendasii. VFV, M.: 2009. – s 45.
10. Godik M.A. Fizicheskaya podgotovka futbolistov. M.: Terra-Sport, 2006. – s 272.
