Rabindranat Tagor asarlarida insonparvarlik g’oyalarining ahamiyati

CC BY f
27-28
14
4
Поделиться
Эшнаева, Ф. (2022). Rabindranat Tagor asarlarida insonparvarlik g’oyalarining ahamiyati. Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языков, 1(01), 27–28. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/analysis-problem/article/view/12730
Феруза Эшнаева, Академический лицей Самаркандского государственного института иностранных языков

учитель родного языка и литературы

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada buyuk hind adibi Rabindranat Tagor hayoti va ijodi haqida vikr yuritiladi. Adibning yozgan asarlari, jahonshumul siyosiy qarashlari, ta’lim sohasiga qo’shgan hissasi, turfa yo’nalishlarda yaratilgan asarlari zamirida insonparvarlik g’oyasining ilgari surilishi haqida fikr yuritiladi


background image

27

ПРОЦЕССЕ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ. In

Россия-Узбекистан. Международные

образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития

(pp. 220-221).

RABINDRANAT TAGOR ASARLARIDA INSONPARVARLIK G’OYALARINING AHAMIYATI

Eshnayeva Feruza Qarshiyevna

SamDChTI akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Annotatsiya:

Maqolada buyuk hind adibi Rabindranat Tagor hayoti va ijodi haqida vikr yuritiladi.

Adibning yozgan asarlari, jahonshumul siyosiy qarashlari, ta’lim sohasiga qo’shgan hissasi, turfa
yo’nalishlarda yaratilgan asarlari zamirida insonparvarlik g’oyasining ilgari surilishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar:

Bengal adabiy tili, ma’rifiy g’oyalar, timsol, adabiyot, san’at, mo’siqa, zamonaviy nasr.

Hind adabiyoti deganda birinchi navbatda Rabindranat Tagor (1861-1941) nomini yodga olamiz.

Adibning XX asr madaniyatiga ta'siri tufayli u uzoq vaqtdan beri shoir va faylasuf deya ko’proq e’tirof etib
kelinmoqda. Tagorni hind qarashlarining yetuk vakili, hind madaniyatining timsoli deya e’tirof etish
mumkin. Adibning hayoti va ijodi Hindiston tarixidagi eng og’ir davrlardan birini ya’ni mamlakat
mustamlaka qilinishidan tortib, mustaqillikka erishgungacha bo’lgan davrga to’g’ri keldi [21,18].
Rabindranat Tagor ijodi bevosita bengal adabiy tilining shakllanishiga asos bo’ldi. U hind she’riyatini
mutlaqo yangi shakl va mezonlar bilan boyitganligi bilan ajralib turadi [10, 238]. Tagor hind adabiyotida
zamonaviy nasrga asos soldi va hozirgi hind tasviriy sanʼatining rivojlanishini belgilab berdi. U nafaqat shoir
va yozuvchi xalqparvar arbob sifatida ham tanildi.

Tagor hayoti va ijodiga nazar tashlaydigan bo’lsak, adib nihoyatda uzoq yo’lni bosib o’tdi, oxir-oqibat

o’zining ichki hissiy kechinmalari va ro’hiyatii bilan band bo’lgan lirikdan shoir faylasufga, zamondoshlari
aytganidek, “Umumjahon shoir”ga aylanib, o’z ijodiga moslashishga harakat qildi. U atrofidagi butun
dunyoni barcha murakkabligi va xilma-xilligini o’z ijod qalami bilan chizib bera oldi. Shubhasiz, adibning
yetuk she’riy ijodiga falsafiy lirika, ma’naviy tashvish va ma’naviy izlanish mevasi sifatida qarash mumkin.
Uning hayot davrida hind madaniyatining tub madaniy o’zgarishlari, sanʼat va ilm-fanning gullab-yashnashi
davriga to’g’ri keldi. Bu davr ko’pincha Hindiston Uyg’onish davri deb atalib Tagor uning
tashabbuskorlaridan biri sifatida qaraladi [9, 368]. Tagor she’rlari yangi tashkil topgan ikki davlat –
Hindiston va Bangladeshning madhiyasiga aylangan bo’lsa ajabmas. U haqli ravishda Evropa Uyg’onish
davri vakilliri - Leonardo, Mikelanjelo, Rafayel bilan tenglashtiriladi.

U iste'dod va cheksiz ijodiy kuch sifatida qaralganda haqiqatan ham bu daholar bilan barobar

ekanligini ko’rishimiz mumkin. Adibning ellikta she'riy to’plami, romanlar, novellalar, hikoyalar, xotiralar
va maktublar, dramalar, publitsistika, ilmiy-falsafiy va diniy maqolalardan iborat ijod namunalari
yaratilganligini ko’rish mumkin. Tagor bastalagan bir qancha mo’siqalar, 3000 ga yaqin chizgan rasmlari [7,
118], aktyor va notiq sifatida bajargan rollari va qilgan ishlarini e’tirof etish mumkin. Ammo adib shoir,
rassom va mo’siqachi [1; 9, 117] bolishdan tashqari ta'lim va ijtimoiy islohotlarda faol ishtirok etgan fuqaro
sifatida ham ko’rish mumkin. Adib o’z davridan kelib chiqib yetishib chiqayotgan bolalar hayoti va ta’limiga
katta e'tibor qaratdi. 1901 yilda u o’qituvchi bo’lib ishlagan maktabni, 1922 yilda esa Vishvatharati
universitetini tashkil etdi. Ijodkorning o’z xalq tili va adabiyotiga qo’shgan boy xizmatlari uni chinakam
buyuk shaxslardan biri sifatida e’zozlashiga sabab bo’lardi.

Togor haqiqiy hayotda ham rassom edi. Uning shaxsiy hayoti she’riyati kabi sof va olijanobdir. U o’zi

yozganidek, zavq yoki foyda uchun emas, balki shodlik tuyg’usi bilan yashab, o’z dahosi yuqoridan berilgan
in’om ekanini va uni inson manfaati uchun ishlatish kerakligini anglab yetdi. Tagor, nainki o’z xalqini balki
yer yuzida yashaydigan barcha xalqlarni barobar qadrlardi. U butun umri davomida ijtimoiy adolat uchun,
kambag’allarning o’z qadr-qimmatini, ularning moddiy farovonligini o’zini - o’zi boshqarish huquqi,
johillarning aqliy bilimga ega bo’lishi, bolaning erkin rivojlanishi, ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi
uchun kurashdi [4, 368].

U kurashgan erkinlik bir xalqning boshqa bir xalqni ekspluatatsiya qilish erkinligi emas, balki

insonning uni bo’g’uvchi hamma narsadan ozod qilishini hamda xo’jayinga ko’r-ko’rona qullik bilan
bog’liqlik zulmi sifatida qaraldi.

Tagor ta'lim sohasida yetuk bilim sohibi edi. Adib o’z mamlakatida birinchi bo’lib hozirgi kunda

umume’tirof etilgan ta’lim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Uning jamiyat hayotining turli
sohalariga qo’shgan ulkan hissasi, ijodining insonparvarlik, umumbashariy boy tajribasiga ega bo’lgan
Yevropada ham e’tibordan chetda qolishi mumkin emas edi. 1913-yilda Rabindranat Tagorga “Uning she’riy
tafakkuri beqiyos mahorat bilan ifodalangan chuqur his qilingan, o’ziga xos va go’zal she’rlari uchun”


background image

28

adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti berilishi buning yaqqol dalilidir [7, 267; 2, 198]. Tagor ijodi
umuminsoniy meros sifatida e'tirof etilgan g’arbiy bo’lmagan madaniyatning birinchi vakili bo’ldi.

Nobel mukofoti shoirga “Gitanjali” (“Qurbonlik qo’shiqlari”) she'riy to’plami uchun berildi, unda

uning she'riy e'tiqodi to’liq namoyon bo’lganligini ko’rish mumkin. 1913 yildan beri Tagor G’arb
madaniyatidan oldin Sharq madaniyatini ifodalovchi shaxsga aylandi, ularni birlashtirishga harakat qildi va
buni umuminsoniy birlikka birinchi qadam sifatida qaradi. Tagorning kelib chiqishi uning butun dunyoga
turli xil qarashlardagi odamlarning uyg’un yashash imkoniyatini ko’rsatadigan madaniy sintez zarurligi
haqidagi g’oyasini tasdiqlashga yordam berdi.

Tagor o’zining “Shoir maktabi” maqolasida “Mening ajdodlarimni Kalkuttaga Sharqiy Hindiston

kompaniyasining o’zgaruvchan taqdirining birinchi to’lqini olib kelgan. O’shandan beri bizning oilamizning
turmush tarzi uchta madaniyatning uyg’unligiga aylandi: hind, musulmon va ingliz”- deya yozgan edi:
Rassom sifatida Tagor hech qachon hind adabiyotining asosi - Vedalar va Sanskritni rad etmagan. Shu bilan
birga, Tagor o’zining ona bengal tilini novator sifatida mukammal egallaydi [10, 57]. Adib chinakam
chegaraviy pozitsiyani egalladi 19-asrni tugatib 20-asrning yangi hind adabiyoti davrini ochdi. Tagor
Hindistonning tarixiy missiyasi aynan inson potentsialini to’liq ro’yobga chiqarish, uning imkoniyatlarini
maksimal darajada ochib berishdan iborat deb hisoblagan, bu jarayon butun insoniyat qanday yo’ldan borishi
mumkinligini ko’rsatib bera oladi.

Shu maqsadda 1921 yilda Tagor o’zining “Jahon-Hind” universitetini ochdi va uning yordamida u

global madaniy sintez g’oyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni rejalashtiradi. 1930 yilda Oksfordda adib
insonning yangi tipini - inson mohiyatining har qanday tor ta'riflaridan holi “universal” insonni shakllantirish
masalasi bo’yicha ma'ruzalar o’qidi [7, 297].

Hindistondan tashqarida Tagor hind ma’naviy merosining targ’ibotchisi bo’lgan bo’lsa-da, o’z

vatanida uning ijtimoiy va diniy urf-odatlarining eng qattiq tanqidchisi bo’lgan, ular xurofot va tengsizlikni
davom ettirib, adolatsizlikka chidashga chaqirgan. U o’z mamlakatidagi ijtimoiy tuzumni birinchi qavatdagi
nurab chiriyotgan xarobalarning keng labirintini yuqori qavatdagi nopok, arzon moda uylari bilan bog’lash
uchun zinapoyasi yo’q ikki qavatli uyga qiyosladi. Tagor ijtimoiy qullik qumi ustida hech qanday siyosiy
mo’'jizalar qurish mumkin emasligini qayta-qayta ogohlantirdi.

Tagor bugungi kunda kundalik taraqqiyot deb ataladigan narsa - qulaylikning oshishi va

mexanizatsiyalashgan hayotga sig’inish haqida hech qanday tasavvurga ega emas edi. Taraqqiyot deganda u
inson shaxsining umumiy rivojlanishi erkin va cheksiz namoyon bo’lishi uchun moddiy va ma'naviy
vositalarning o’sishini tushunardi.

Tagorning fikricha, sivilizatsiyaning haqiqiy inqirozi sinflar o’rtasidagi, mamlakatlar guruhlari

o’rtasidagi, turli mafkuralar o’rtasidagi yoki Sharq va G’arb o’rtasidagi ziddiyat tufayli emas, balki inson va
mashina, shaxs va tashkilot o’rtasidagi ziddiyat tufayli yuzaga kelgan [6, 67].

Tagor mamlakatdan mamlakatga Osiyo, Evropa va Amerika bo’ylab sayohat qildi, bu yagona dunyoni

haqiqatga aylantirishi mumkin bo’lgan qadriyatlarni targ’ib qilishga ozida ishonch topa oldi. Tagor
siyosatchi emas edi. Gandi uni har qanday adolatsizlikka qarshi ovozi doimo baland ko’tarilgan xalqining
vijdoni, buyuk qo’riqchisi deb atagan. U shoir sifatida hamisha xalqning tuyg’usini shod qiladi, ustoz sifatida
hamisha nur olib keladi deb ta’riflagan.

Adib inson qalbining go’zal tabiatiga ishonchini yo’qotishni dahshatli gunoh deb hisoblab, insonlarga

ishonchini yo’qotmaydi. Tagor butun umri davomida inson g’alabasini, tabiat g’alabasini, ishq g’alabasini,
borliq g’alabasini kuylaydi.

Adabiyotlar ro’yxati

1.

Boynazarov F. Jahon adabiyoti. – T: Musiqa, 2006.

2.

Normatova Sh. Jahon adabiyoti. – T: O’qituvchi, 2008.

3.

Борисов Б. В мире книг. «Он был более чем поэт…». К 125-летию со дня рождения Рабиндраната

Тагора. М., 1986.
4.

Бросалина Е. О гуманизме драматургии Рабиндраната Тагора. – «Ученые записки ЛГУ», Л., 1962,

№ 306, вып. 16.
5.

Quronov D va b. Adabiyotshunoslik lug’ati. – T: Akademnashr, 2010.

6.

Тагор Р. Новые рассказы. Пер. с англ. С.А. Андрианова. Пг. – М., 1923.

7.

Ивбулие В. Я. Литературно-художественное творчество Рабиндраната Тагора. Рига, 1981

8.

Siddiqov A., Qosimov A. Jahon adabiyoti. Farg’ona, 2015.

7.

Hamdamov U, Qosimov A. Jahon adabiyoti. –T: Barkamol fayz Mediya“, 2017.

8.

Данильчук А.П. Рабиндранат Тагор. Критико-биографический очерк. М. 1961.

9.

Hoshimov I, Rabindranat Tagor (hayot va ijodiy yoʻli), T, 1961

10.

Товстых И. Бенгальская литература. М., 1965

Библиографические ссылки

Boynazarov F. Jahon adabiyoti. - T: Musiqa, 2006.

Normatova Sh. Jahon adabiyoti. - T: O’qituvchi, 2008.

Борисов Б. В мире книг. «Он был более чем поэт...». К 125-летию со дня рождения Рабиндраната Тагора. М., 1986.

Бросалина Е. О гуманизме драматургии Рабиндраната Тагора. - «Ученые записки ЛГУ», Л., 1962, № 306, вып. 16.

Quronov D va b. Adabiyotshunoslik lug’ati. - T: Akademnashr, 2010.

Тагор P. Новые рассказы. Пер. с англ. С.А. Андрианова. Пг. - М., 1923.

Ивбулие В. Я. Литературно-художественное творчество Рабиндраната Тагора. Рига, 1981

Siddiqov A., Qosimov A. Jahon adabiyoti. Farg’ona, 2015.

Hamdamov LJ, Qosimov A. Jahon adabiyoti. -T: Barkamol fayz Mediya“, 2017.

Данильчук А.П. Рабиндранат Тагор. Критико-биографический очерк. М. 1961.

Hoshimov I, Rabindranat Tagor (hayot va ijodiy yo‘li), T, 1961

Товстых И. Бенгальская литература. М., 1965

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана