Barcha maqolalar

170-176 108 0

Kaliy xlorid ishlab chiqarishda gidrosiklonni modellashtirish

Yo‘ldoshxo‘ja Akramxo‘jayev , Alisher Jabborov , Komil Usmanov , Sherbek Axmatov

Aspen Plus dasturidan foydalangan holda sochiluvchan qattiq moddalarni gaz yoki havo tarkibidan ajratish uchun maxsus, siklondan keng foydalanilanib KCl ni quritishdan keyin
chiqadigan turli tutun va issiq havo tarkibidagi qattiq zarrachalarni sanoat miqyosida ajratish orqali havo
iflosligini kamaytirgan holda, qimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish yoki texnologiyaga salbiy ta’sir etuvchi zararli, hamda qurilmalarni buzilishga olib keluvchi moddalarni chiqarib tashlashini ta’minlaydigan kompyuter modelini ishlab chiqish.

6-9 97 0

Boshlang‘ich sinf о‘quvchilarini bepul nonushta bilan ta’minlashni tashkil etish

Ermat Sanayev , Abdurashid Sadikov , Nodira Fayzullayeva , Komola Shomaksudova, Shirin Uzoqova

Aholining turli qatlamlari ichidan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf о‘quvchilari alohida ahamiyatga ega qatlam hisoblanadi. Chunki bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 3-4 mahaldan ovqatlantirilib boriladi. Bola ulg‘ayib maktabning boshlang‘ich sinfiga qabul qilinganda bugungi kunda ularni tartibli ovqatlantirish yо‘lga qо‘yilmayotganligi sababli ular maktablarda ovqatlantirilmayapti. Natijada bola organizmining rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan vitaminlar mikro va makro elementlar yetishmasligi, maktabda о‘qish davomida sarflanadigan energiya manbalari yetarlicha qoplay olinmayapti. Bunday holatlar esa davlatimizning kelajagi bо‘lgan bolalarimizni sog‘liqlariga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Bolalar о‘rtasida kamqonlik, avitaminoz, kalsiy, fosfor, yod yetishmovchiligi tufayli kо‘p kasalliklar kelib chiqmoqda.

199-200 121 0

Biotexnologik yo’l bilan olingan melaninning kimyoviy tarkibini aniqlash

N Hamdamova , I Bobaev , A Normatov , N Yusupov , Sh Isxaqova

Melaninlar tabiiy pigment bo‘lib, oqsil tarkibli tirozin, dioksifenilalanin yoki katexolaminning oksidlanish polimerizatsiyasi hosilasidir.
Melanin hosil bo‘lish jarayoni quyidagicha kechadi. Ribosoma va Goldji kompleksi ishtirokida oqsillardan fosfolipidlar va tirozinaza fermenti sintezi ro‘y beradi. Bular kelajakda melanosomlarning tarkibiy elementi hisoblanib, Goldji kompleksiga o‘tadi va u yerda oraliq pufakchalarda yuzaga keladi. Xuddi shu paytda melaninning sintezi substrati bo‘lmish tirozin aminokislotasi hosil bo‘ladi [1]

193-194 76 0

Biotexnologik modifikatsiyalash bilan stevol glikozidlarni shirinlik ta’mini yaxshilash

A Normatov , M Eshquvvatov , F Abdullayeva

Stevia rebaudiana o‘simlik bargidan ajratib olinadigan steviol glikozidlarni asosiy qismini steviozid 6-10% dan iborat bo‘lib, uning ta’midagi taxirligi inson iste’moli uchun noqulayliklarga keltirib chiqarib, foydalanish imkoniyatlarini cheklaydi. Ushbu muammoni yechish uchun fermentativ modifikatsiyalash reaksiyalari yordamida taxir ta’mini yo‘qotishga e’tibor qaratildi.

196-199 89 0

Baliq uchun lichinkalardan tayyorlangan yangi tarkibli ozuqa muhiti

A Normatov , Sh Abduxaliqov , U Azamatov

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2050 yilga borib, insonlar soni 9.1 mlrd. ga etib, ularni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda katta muammolar paydo bo‘ladi. Hayvon oqsiliga bo‘lgan talab keskin oshib ketishi natijasida, keyingi 35 yil davomida go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarishni 72% ga oshirish talab etiladi. Bu esa foydalanilayotgan qishloq xo‘jalik er maydonlarining 3/2 qismida chorva mollarini etishtirish taqazo etadi. Bu esa o‘z navbatida er maydonlaridan, suv zahiralaridan samarali foydalanish, atrof muhitga ajraladigan is gazining keskin ko‘payishiga sabab bo‘lishi bilan bir qatorda, juda katta miqdorda ozuqa mahsulotlari etishtirish muammosini ham keltirib chiqaradi. Mazkur muammolarni hal etish uchun muqobil manba sifatida ozuqabop hasharotlardan foydalanish zaruriyati paydo bo‘lmoqda.

24-33 264 0

Alkaloidlar va ularning tadqiqot o`rganishlari

Sabina Ziyotova , Kamola Sattorova , Baxodir Xolmurodov , Shirin Uzoqova

Alkaloidlar fiziologik taʼsiriga koʻra har xil: ularning baʼzilari asab tizimini susaytiradi yoki qoʻzgʻatadi, boshqalari nerv uchlarini falaj qiladi, qon tomirlarini kengaytiradi yoki toraytiradi, boshqalari ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega hisoblanadi. Xromatografiya, spetoskopiya kabi usullar orqali o`rganilib kelinmoqda, va bu usullarda yuqori natijalarga ega bo`lib kelinmoqda. Bu usulning afzallikari shundaki, alkaloidlarni o`rganayotganizda, alkaloidlar tarkibidagi qo`shimchalar, organik va meniral moddalarni hamda biologik obʼyektlarning analizini o`rganish uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Xromatografiya usulida alkaloidlar tarkibidagi birikmalarni aniqlash, ajratib olishni oʻrganishda keng qoʻllanadi. Spetoskopiya usulida esa alkaloidlarga nur orqali ta`sir qilish orqali o`rganiladi. Ultrabinafsha nurlari orqali va bazi reagentlar orqali alkaloidlarning kimyoviy tarkibi o`rganilib kelinmoqda.

39-48 106 0

Shokolad mahsulotlari tarkibida qo’llaniladigan yog‘larning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini tadqiq qilish

Nodira Qadamboyeva , Barno Umirbaeva , Nargiza Suleymanova , Mansur Akbarov , Akbarali Ro’ziboyev, Umid Baltayev , Shaxnozahon Salijonova

Shokolad va shokolad mahsulotlari tarkibida kakos moyi qo’llanilishi lozim. Biroq kakos moyining tannarxi qimmatligi sababli unung o’rinbosarlari ishlab chiqilgan. Maqolada shokolad mahsulotlari tarkibida qo’llaniladigan kakos va uning o’rnida ishlatiladigan yog’lar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek shokolad mahsulotlari tarkibida qo’llaniladigan qandolat yog’lari va kakos yog’i o’rinbosarlarining fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini tahlil qilish natijasida olingan natijalar keltirilgan. Tadqiqot natijasida tahlil qilingan yog’larning tarkibidagi tran yog’ kislotalar miqdori standart meyorlaridan ko’p ekanligi aniqlandi.

49-57 78 0

Regenerasiyalangan katalizator ishtirokida paxta palmitinini chuqur gidrogenlab sifati yaxshilangan nonvoylik yog‘lari olish

Nozima Alimova , Zuxraxon Muximova, Nigoraxon Abdullayeva , Akbarali Ruziboyev , Xasan Qodirov , Xurshid Agzamov

Bugungi kunda Respublikamizda aksariyat nonvoylik yog‘lari sifatida oziqa salomasi asosida tayyorlanayotgan margarinlar qо‘llanib kelinmoqda. Bu margarinlar tarkibidagi trans kislota miqdori bо‘yicha standart talabalariga mos kelmaydi(2% dan kо‘p). Tadqiqot ishida paxta palmitinini regenerasiyalangan katalizator ishtirokida gidrogenlab, erish harorati 59 °C dan kam va yod soni 6 dan kо‘p bо‘lmagan salomas olish va uning asosida nonvoychilikda qо‘llaniladigan, trans kislota miqdori kamaytirilgan, margarin resepti tuzishga oid natijalar keltirilgan.