Факторы исторического развития в формировании военно-патриотических идей у молодежи

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
1081-1085
0
0
Поделиться
Усманов, А. (2024). Факторы исторического развития в формировании военно-патриотических идей у молодежи. in Library, 1(2), 1081–1085. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/31219
Абдумумин Усманов, Ташкентский государственный технический университет

Преподаватель кафедры философии и национальной идеи

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье говорится о вопросах дальнейшего совершенствования важных механизмов обеспечения нравственной стабильности в обществе и безопасности страны путем углубленного изучения истории нашего великого государства в формировании идей военного патриотизма и преданности долгу в молодом поколении, и путем воспитания молодежи на основе уважения  национальных ценностей.


background image

________________________________________________ Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori

YOSHLARDA HARBIY VATANPARVARLIK G‘OYALARINI

SHAKLLANTIRISHDA TARIXIY TARAQQIYOT OMILLARI.

Usmanov Abdumo‘min Xolmo‘min o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti.

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.7892709

Annotatsiya.

Mazkur maqolada yosh avlodni harbiy vatanparvarlik va

burchga sadoqat g‘oyalarini shakllantirishda buyuk davlatchiligimiz tarixini chuqur
o‘rganish hamda yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat asosida tarbiyalash orqali
jamiyatda maʼnaviy barqarorlik hamda mamlakat xavfsizligini taʼminlashning
muhim mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalalari xususida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

vatan tuyg‘usi, millatparvarlik, afsonaviy qahramonlar,

mardlik, matonat, inson komoloti, ta’lim-tarbiya, harbiy salohiyat.

Dunyoda g‘oyaviy va siyosiy kurashlar keskinlashayotgan sharoitda

yoshlarda vatanparvarlik, xususan, harbiy vatanparvarlik hissini shakllantirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarning
vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha davlat dasturlari va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi
samaradorligini oshirish konsepsiyalari qabul qilinmoqda. Jahonda mamlakat
mudofaasining asosiy ko‘rsatkichi vatanparvarlik hissi yuqori darajada rivojlangan,
fidoiy, bilim va tajribasini Vatanga baxshida etuvchi yosh avlodni shakllantirish
hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, mazkur fazilatlarni shakllantirish mexanizmlarini,
rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishda milliy davlatchiligimiz tarixini yana
chuqur o‘rganish va yoshlar ta’lim-tarbiyasiga muntazam tadbiq etishni taqozo
etadi.

Ma’lumki, “Vatan” so‘zi aslida, arabchadan olingan bo‘lib, ona yurt tug‘ilgan

makon ma’nolarini bildiradi. “Vatan” tushunchasi keng va tor manoda qo‘llaniladi.
Tor ma’noda – kishi to‘g‘ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilgan bo‘lsa,
bir xalq vakillari jamuljam yashayotgan, ularning ajdodlari azal azaldan istiqomat
qilgan hudud ifodalanganida esa - keng ma’noga ega bo‘ladi. Vatanparvarlik —
kishilarning ona yurtiga, o‘z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan
tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo‘lgan,
asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan
biri hisoblanadi.

Dunyoda har qaysi millatning o‘z afsonaviy qahramonlari o‘zi sevib

ardoqlaydigan pahlavonlari bo‘ladi. Xalqimiz azal-azaldan o‘z vujudi, o‘z tomirida
mavjud ilohiy qudratga munosib bo‘lmoqqa intilib, o‘z o‘g‘lonlarini mardlik va
halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib
tarbiyalab kelgan.

1081


background image

________________________________________________ Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori


Tarixdan yaxshi ma’lumki, yer yuzida qaysi mamlakat o‘z davlat mustaqilligi,

chegaralari daxlsizligi, halqining tinch va osoyishta hayotini himoya qilib,
taraqqiyot borrasidagi yuksak maqsad va muddaolariga erishmoqchi bo‘lsa, avvalo,
milliy armiyasini mustahkamlashga, uning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan jangovar
tarkib, ya’ni, askar va ofiserlar tarbiyasiga birinchi darajali ahamiyat beradi. Agar
jismoniy va jangovar tayyorgalik orqali harbiy qizmatchilar jismonan toblanib,
kuch-quvvatga to‘lsa, ma’naviy ma’rifiy tarbiya orqali ularning qalbi, ruhi irodasi
mustahkamlanadi. Biz qahramon ota-bobolarimiz, jasur harbiylarimiz haqida so‘z
yuritganda, “mard”, “botir”, “matonitli”, “qo‘rqmas”, “sheryurak”, “pahlavon”
degan so‘zlarni alohida tilga olamiz. Har bir insonda ana shunday oliyjanob
fazilatlarni shakillantirib, yosh yigitlarimizni Vatan uchun qalqon, xaqiqiy mardu-
maydon bo‘lishga kerak bo‘lganda hatto o‘z jonini qurbon qilishga undaydigan kuch
bu-avvalo ma’naviy –ma’rifiy tarbiyadir.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabiri bilan aytganda,

“Armiyamiz unib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va ona yurtga
muxabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur
bilish ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarga faol kirishganini alohida qayt etish
lozim”.

1

Shonli tariximizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zaxiriddin

Muxammad Bobur singari buyuk sarkardalarimizning oz sonli qo‘shin bilan
dushmanning katta lashkari ustidan g‘alaba qozongani haqida misollar ko‘p. Bu
albatta ularning harbiy salohiyati jang maydonida qo‘llagan taktika va strategiyalari,
qolaversa sarkardalarning o‘z askarlari qalbiga chinakkakm vatanparvarlikni,
jangovar ruhni singdira olgani biz uchun bugun ibratlidir. Yurtboshimiz Shavkat
Mirziyoevning “Men istardimiki, har bir o‘zbek askari va ofiseri qalbida Alpomish,
Shiroq, Farhod, Jaloliddin Mangubendi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari milliy
qaxramonlarimiz ruhi tug‘yon urishi kerak” degan so‘zlari bejizga aytilmagan.

2

Ma’naviyatni shakillantirishga bevosita tasir qiladigan yana bir muhim omil-

bu ta’lim tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz
qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu-ma’rifat. Ta’lim va tarbiyani inson komoloti
va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya
– ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini xam belgilaydigan,
ya’ni, xalq ma’naviyatini shakillantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir.
Binobarin ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosida ongni o‘zgartirmasdan turib,
ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi

1

Mirziyoyev Sh.M.: Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. T-2020. 400-b.

2

Mirziyoyev Sh.M.: Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. T-2020. 132-b.

1082


background image

________________________________________________ Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori


kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga
bog‘liq.

Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida

avvolo shaxsni ko‘rishi zarur. Anashu oddiy talabdan kelib chiqqan holda,
farzandlarimizning mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, komil inson
etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi
lozim, deb qabul qilishimiz kerak.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu millati, tili va

kasbidan qat’i nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni o‘z
fuqarolik burchi va konstitusion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat
manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan davlat
organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarining ko‘p bosqichli, tizimli,
maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik
ruhida tarbiyalashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
23-fevraldagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash to‘g‘risidagi konsepsiyasi” ni takidlab o‘tish joiz, yoshlar
o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini oshirish, yoshlarda
yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, Vatanni sevish va uni ko‘z qorachig‘idek
asrashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarni oshirish, ona-vatanimizni ko‘z
qorachig‘idek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bog‘liq eng
muhim tushunchalar Konsepsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi. Yoshlarni
harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini bosqichlarga bo‘ladigan bo‘lsak
quyidagilarni ko‘rish mumkin: Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘lishi,
oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga turli she’rlar, kuy va qo‘shiqlar
o‘rgatish, multfilm va turli o‘yinlar namoyish etish, rasmlar chizish orqali dunyoni
anglash, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishish asosida ularda ona-
yurtga muhabbatni shakllantirish konsepsiyaning birinchi bosqichida o‘z aksini
topadi.

Buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning vatanga

sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoiylik va adolatparvarlik kabi fazilatlarni
yosh avlodga singdirish, Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt
oldidagi farzandlik burchini yuksak mas’uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli
Kuchlarimizga bo‘lgan ijobiy fikrlarni yanada kengaytirish, harbiy xizmat nufuzini
ko‘tarish, yoshlarning jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk, keng dunyoqarashli,
mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish maqsadida
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 5-iyuldagi famoniga muvofiq barcha
harbiy akademik litseylarga “Temurbeklar maktabi”nomi berildi.

1083


background image

________________________________________________ Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori


Tabiiyki, buning natijasida buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temurning

harbiy-ma’naviy me’rosini o‘rganishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar hajmi
oshganligini, talaba-yoshlar ishtirokida “Vatanimni ko‘z qorachig‘idek asrayman”,
“Yurt taqdiri – mening taqdirim” mavzularida insholar tanlovi tashkil etilganligini,
sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Temurbekning izdoshlari”, “O‘zbekiston
farzandlari botir bo‘lur” kabi mavzularda sport musobaqalari va tadbirlar tashkil
etilayotganligini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
23-fevraldagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash to‘g‘risidagi konsepsiyasi”ning ikkinchi bosqichiga misol qilib
ko‘rsatishimiz mumkin.

Konsepsiyaning uchinchi bosqichida esa yoshlarda Vatanga va uning

himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlikni
ta’minlashga yo‘naltiriladi. Ya’ni, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan islohotlar
haqida batafsil ma’lumot berib borilib, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, harbiy
xizmatga nisbatan ularning mustaqil fikri va ijobiy qarashlarini shakllantirish,
vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirib borish, mudofaa ishlari bo‘limlari va harbiy
qismlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan
hamkorlikda turli sermazmun va qiziqarli tadbirlar tashkil etish yaxshi natijalar berib
kelmoqda. Bunga misol qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-3216-son Qaroriga asosan Ichki ishlar Vazirligining 14 ta Akademik litseylari
tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchilarni ichki ishlar organlariga zarur

bo‘lgan yuksak vatanparvarlik va ma’naviy axloqiy fazilatlarga, dastlabki kasbiy
bilim va ko‘nikmalarga ega aqlan va jismonan yetuk etib tarbiyalashga, Ichki ishlar
vazirligining oliy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun maqsadli, chuqur
tayyorlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2018-yil

23-fevraldagi

140-son

qaroriga

qarori

bilan

tasdiqlangan

“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash to‘g‘risidagi konsepsiyasi”ning
so‘ngi to‘rtinchi bosqichida yoshlarning jismoniy va ma’naviy qobiliyati,
intellektual salohiyatini oshirishga erishishni nazarda tutadi.

Muhtaram Yurtboshimiz “25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar

organlari xodimlari kuni” munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida belgilab
bergan beshta asosiy vazifaning birinchisi ham ichki ishlar organlari uchun
intellektual va professional bilim darajasi, ma’naviy-axloqiy saviyasi yuqori bo‘lgan
kadrlar tayyorlash bo‘yicha sifat jihatidan yangi tizimni joriy etishga qaratilgan.
Ichki ishlar organlarida shu maqsadda amalga oshirilgan ulkan islohotlar natijasida

1084


background image

________________________________________________ Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori


bugun biz tizimga kadrlarni maktab yoshidan tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ldik.
Bu esa o‘z navbatida kelajakda ichki ishlar organlari uchun vatanparvar, fidoyi,
intellektual salohiyatga ega professional kadrlarni tayyorlashga zamin yaratdi.

3

Vatanparvarlik o‘z-o‘zidan shakillanmaydi, u o‘zlikni anglash, Vatanni,

xalqni sevishdan boshlanadi. Shu o‘rinda davlatimiz rahbarining “Farzandlarimizni
o‘zimiz asramasak, o‘zimiz avaylamasak, o‘zimiz tarbiyalamasak, birov chetdan
kelib bu ishni biz uchun bajarib bermaydi. Shu sababli xar bir ofiser tasirchan shakl
va usullardan foydalanib adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishni harbiy xizmat kabi
o‘zining muxim burchi deb bilishi kerak” degan so‘zlarini takidlash joiz.

4

Ma’naviyatning gultoji – vatanparvarlik. Shu bois ham xozirgi zamon mutaxassisiga
qo‘yiladigan ikkinchi talab vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik o‘z o‘zidan
shakillanmaydi, u o‘zlikni anglash, vatanni, xalqni sevishdan boshlanadi.

Inson o‘zini xurmat qilishga o‘rganmasdan, xalqqa, vatanga muxabbat

qo‘ymasdan, vatanparvar bo‘lolmaydi.

5

Vatanparvar o‘z xalqi uchun xech

ikkilanmasdan jon berishga tayyor turishdek ruxiy xolatdir (bunday ruhiy holatni ota
onaning farzandlariga bo‘lgan munosabatida ko‘rish mumkin). Vatanparvarlik har
bir insondan xalq va davlat manfaatlarini o‘z manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib
borishni talab etadi. Vatanparvarlik xalq oldidagi ma’suliyat demakdir. Inson bolasi
dunyoga o‘zi-kelib, o‘z-o‘zidan tarbiyalanib, biron kasb egasi bo‘la olmaydi.
Hozirgi kunda respublikamiz ichki ishlar orgonlari tizimi xodimlarini xalqiga,
vataniga va tug‘ilib usgan yurtiga sadoqatli etib tarbiyalash, vataniga bo‘lgan
muxabbatini oshirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun O‘zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi harbiy ta’lim muassalarida tahsil
olayotgan tinglovchi va kursantlarga ona Vatanni his qilish hamda uni sevishga
chorlovchi zamonaviy o‘quv dasturlari va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada
takomillashtirish asosida ta’lim-tarbiya berishni taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Karimov I.A.: “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Toshkent-2012.

2.

Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent-1997.

3.

Mirziyoyev Sh.M.: Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. Toshkent-2020.

Mirziyoyev Sh.M.: Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent-2021.

4.

O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.

3

Mirziyoyev Sh. M.: Yangi O‘zbekiston strategiyasi. T. “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. 464-b.

4

Mirziyoyev Sh.M.: Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. T-2020. 141-b.

5

Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.

Toshkent, “O‘zbekiston” 1997.

1085

Библиографические ссылки

Karimov I.A.: “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. Toshkent-2012.

Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent-1997.

Mirziyoyev Sh.M.: Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. Toshkent-2020. Mirziyoyev Sh.M.: Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent-2021.

O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов