Идеи военного патриотизма и его интерпретация в духовно-нравственном наследии узбекского народа

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
233-237
0
0
Поделиться
Усманов, А. (2023). Идеи военного патриотизма и его интерпретация в духовно-нравственном наследии узбекского народа. in Library, 1(2), 233–237. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/31218
Абдумумин Усманов, Ташкентский государственный технический университет

Преподаватель кафедры философии и национальной идеи

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье отражены взгляды на морально-нравственное наследие узбекского народа, соблюдение военнослужащими правил морали, идеи военного патриотизма и их интерпретацию, любовь военнослужащих к Родине и верность воинской присяге.

Похожие статьи


background image

STARS International University

233

O'ZBEK XALQI MA’NAVIY -
AXLOQIY MEROSIDA
HARBIY VATANPARVARLIK
G'OYALARI VA UNING
TALQINI.

USMANOV
ABDUMO‘MIN
XOLMO‘MIN O‘G‘LI

O

zMU 2-kurs magistranti.

abdumomin.usmanov@mail.ru

ISBN: 978-1-957653-12-9

https://doi.org/10.5281/zenodo.7797920

Annotatsiya: Mazkur

maqolada O’zbek xalqi ma

ʼ

naviy-axloqiy merosida harbiy

xizmatchilarning axloqiy qoidalariga rioya qilishi, harbiy vatanparvarlik g’oyalari va uning
talqini, harbiy xizmatchilarning ona Vatanga muhabbati va harbiy qasamyodga sodiqligi
to’g’risida fikrlar aks ettirilgan.

Kalit

so‘zlar:

vatanparvarlik, mardlik, jangovar o’rtoqlik, axloqiy ong, axloqiy amaliyot,

axloqiy munosabatlar.

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar

10 million 500 mingdan ortiq yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini,
30 yoshgacha bo‘lganlar esa — 18 million nafarni yoki 64 foizini tashkil etadi.
Aholimizning aksariyat qismini tashkil etadigan yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini
topishlari uchun shart-sharoitlarni yaratishga intilish davlatimiz siyosatining asosiy
tamoyillaridan hisoblanadi. Yoshlarning hali-beri yechilmagan muammolariga
e’tiborni jalb etish, ularni hayotimizda haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish
masalasida

mamlakatimizda juda ko‘p ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarning asl

mazmun-mohiyati kunday ravshan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi siyosatida yoshlarni siyosiy-

ijtimoiy jarayonlarga jalb qilish, ularning islohotlardagi faol ishtirokini ta

’minlash

orqali ularning demokratik yangilanish jarayonlarining ishtirokchisi sifatidagi roli
yanada ortdi. Bu quyidagilar bilan belgilanadi:

- yangi asrga kelib, yoshlarga munosabat masalasida dunyo taraqqiyoti uchun

umumiy bo‘lgan qonuniyatning mavjudligi ayon bo‘ldi, ya’ni, yoshlar endi nisbatan
ustuvor ahamiyatga ega shaxsdan jamiyat taraqqiyotini belgilaydigan, uni amalga
oshiradigan yetakchi kuchga aylanmoqda;

-

yoshlarning intellektual qobiliyatlari, kasbiy malakasi, ma’nan va ruhan

barkamollik kab

i ijtimoiy sifatlari butun jamiyatning rivojlanish darajasiga ijobiy ta’sir

ko‘rsatmoqda. Bunday tendensiyalar yoshlarning alohida ijtimoiy demografik qatlam
sifatida siyosatning faol sub’ektiga aylanib borayotganini ko‘rsatadi. Bugun
yoshlarning jamiyat h

ayotidagi o‘rni va mavqeini yanada yuksaltirish o‘ta muhim

masaladir.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

234

Demokratik jamiyatda inson birinchi darajali masala ekanligi e’tiborga olinib,

Konstitutsiyada inson xuquqlari, erkinliklari va burchlari masalasiga alohida
ahamiyat beri

ladi. Konstitutsiya O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqorolari bir xil

huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida teng ekanligiga
alohida

urg‘u beriladi. Bu o‘rinda “Inson huquqlari to‘g‘risida”gi xalqaro huquqiy

hujjatlardagi me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Harbiy xizmatchilar axloqi —
vatanparvarlik, mardlik, eng zamonaviy jang qurollari va vositalarini bilish, har
qanday sharoitda

qo‘llay olish, jangovar o‘rtoqlik qoidalariga sodiq bo‘lib, jang

maydonlarini tashlab ketmaslik, Harbiy qasamyodga sodiq qolib, harbiy burchni
hayotining so‘nggi daqiqalariga qadar bajarish kabi xususiyati bilan ajralib turadi.

Harbiy xizmatchilarning axloqiy qoidalari Harbiy qasamyod va Umumharbiy

nizomlarda o‘z ifodasini topgan. Harbiy xizmatchilar axloqining jamiyat rivojida tutgan
o‘rni mazkur mamlakat aholisining tinch-totuv yashashlari uchun har tomonlama sharoit
yaratib berish, ya’ni ularni tashqi xavf-xatar — dushman tajovuzidan himoya qilish bilan
belgilanadi.

Shu munosabat bilan hozirgi davrda o‘sib kelayotgan avlodning muammolarini

o‘rganish, tahlil qilish va shu asosda ularning yechimini topish ehtiyoji tobora ortib
bormoqda. Umuman olganda,

yoshlarga doir siyosat yo‘nalishi bir qancha

rivojlangan davlatlarda XX asrning 60-70-yillarida mustaqil soha sifatida shakllandi.
Biroq 1985-

yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Samarali yoshlar siyosatini

shakllantirishning asosiy qoidalari to‘g‘risida” rezolyutsiya qabul qilinganidan so‘ng
bu masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. har bir mamlakatda o‘ziga xos, davlat
qurilishi va boshqaruv tizimiga mos ravishda yoshlar siyosatini yuritishning turli
mexanizmlari va tizimlari qaror topa boshladi.

Mustaqillik davlat siyosatining harakteri, maqsad va vazifalariga bevosita ta’sir

ko‘rsatadigan o‘ziga xos milliy yoshlar siyosatini belgilab olish va amalga oshirish
uchun mustahkam zamin tug‘diradi. Shu nuqtai-nazardan yondashganda,
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi davlatning yoshlarga doir
siyosatida muhim bosqich hisoblanib, siyosatda yoshlar muammosiga alohida
ahamiyat qaratish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi Yoshlarning jamiyatdagi o‘rni
va mavqeining tobora ortib borishi mamlakatimiz uchun xos xususiyatdir. Bugun
mustaqillik tufayli yangicha dunyoqarash, demokratik tafakkurga ega bo‘lgan
yoshlarning yangi avlodi shakllanmoqda. Ular respublikamiz kelajagining
mustahkam tayanchi bo‘la olishi shubhasizdir. Zero, yoshlarning huquqlari va
faoliyat kafolatlari bosh qomusimizda belgilab qo‘yilgan.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqarolarga taalluqli

me’yorlardan tashqari, aynan yoshlarga tegishli bo‘lgan qoidalar ham mavjud.

Jumladan,

41-moddada:

“har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat

tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”;

45-moddada:

“Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz

keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir”;

64-moddada:

“Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va

tarbiyalashga majburdirlar”;

66-moddada:

“Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari

haqida

g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”;


background image

STARS International University

235

117-moddada:

“O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan

fuqarolari saylash huquqiga egadirlar” kabi me’yorlar belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda, eng avvalo, mustaqillikka erishgan sobiq SSSR

respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib, 1991 yilning 20 noyabrida “O‘zbekiston
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunning
qabul qilinganini alohida qayd etib o‘tish joiz. Ushbu huquqiy hujjat bosh islohotchi
bo‘lgan davlatning yoshlar masalasiga doir strategik yo‘nalishlarini izchil va tizimli
ravishda bosqichma-

bosqich amalga oshirish yo‘llarini beglilab berdi. Ushbu

qonunda quyidagilar ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yildi:

•Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni tashkiliy-moddiy jihatdan

ta’minlash;

•Yoshlarga doir qonunchilikda va hukumat tomonidan belgilangan chora-

tadbirlarni yangilanish va islohotlar jarayoniga mos ravishda bosqichma-bosqich
amalga oshirish;

•Yoshlar siyosatini yurituvchi nodavlat tuzilmalari tarmog‘ini kengaytirish va

takomillashtirish, ularning yoshlar tarbiyasidagi faoliyatini kuchaytirish;

•Mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol

ishtirokini ta’minlash:

•O‘zbekistonning buyuk kelajagini qurish yo‘lida yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini

to‘laroq namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

•Yoshlar muammolarini hal etishga ularning o‘zlarini ko‘proq jalb etish,
ularda tashkilotchilik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini shakllantirish;
•Yoshlarni siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish

mexanizmlarini takomillashtirish.

Ushbu qonunga ko‘ra, davlat yoshlar siyosatini amalga oshirar ekan, avvalo,

millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’iy
nazar, yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish,
milliy-

madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy

aloqalarini ta’minlash, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi

va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish

yo‘llarini erkin tanlab olishlarini kafolatlash, jamiyat va yoshlar hayotiga oid siyosat
va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok
etishini ta’minlashni o‘ziga vazifa qilib olishi belgilab qo‘yilgan.

Jamiyatni tubdan isloh etish sharoitida yoshlarda vatanparvarlik ruhini tarbiyalash

davlat institutlari faoliyatining ustuvor yo‘nalashlaridan biri hisoblanadi.

Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qon

i to‘kilgan muqaddas

dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi,
madaniyati, urf-

odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib

boradigan zamindir. “Hozir O‘zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning vatanimiz
nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun
jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu-fuzalolar,
siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan.

Diniy va dunyoviy ilmlar

ning asoslari ana shu zaminda yaratilgan”. Darhaqiqat,

vatan deganda, hamisha o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib ko‘rgan, ta’lim-tarbiya olib
voyaga yetgan, necha-necha avlodu-

ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aql-idroki,

mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga keladi. Vatan ona kabi aziz va mukarramdir.
Vatan insonga baxt-iqbol beradigan zamindir.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

236

Har bir g‘oya va mafkura asosida Vatan yotadi. Vatan – har bir o‘zligini anglagan,

avlod va ajdodlarini qadrlagan kishining eng muqaddas joyidir. Inson o‘zining
ma’naviy kamolotini yuksaltirish uchun yuksak mas’uliyatni his etishi, o‘z
manfaatlarini Vatan va xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashi asosida
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantiradi. Vatanparvarlik kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan,
kamol t

opgan joy, zamin, o‘lkaga bo‘lgan muhabbatini, munosabatini ifoda etadigan

ma’naviy axloqiy fazilatdir. Vatanparvarlik insonda tarixiy taraqqiyot jarayonida
paydo bo‘lib, tashqi muhit va davrlar ta’sirida shakllanib: “Ma’naviyat, mafkura
borasida chetdan k

o‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirib, biron natijaga erishib bo‘lmaydi.

Chunki, bizning dunyoqarashimiz, xalqimizning tafakkuri, turmush-tarzi nihoyatda
o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Barpo etayotgan davlatimiz kelajagimiz ildizi teran
tariximizga, betakror m

adaniyatimizga, yuksak maqsadlarimizga monand bo‘lishi

lozim”.

Vatanparvarlik tuyg‘usi xalqning o‘z tarixini chuqur bilishi va undan

g‘ururlanishida, buyuk ajdodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy merosni
ko‘z qorachig‘idek asrab, kelgusi avlodlarga yetkazishda, ajdodlar urf-odat, rasm-
rusum va udumlarni, meroslarni o‘rganib, uning qadriyatiga aylangan qismini davom
ettirishda, ayniqsa, davlatimiz kelajagi, istiqlolining barqarorligi, kelajagining
buyukligini chin dildan his etish, shunday kelajakni barpo etishga astoydil
ko‘maklashish kabi yuzlab fazilatlarda o‘z aksini topadi.

Zero, barcha zamonlarda har qanday millatning taqdiri uning kelajagi bo‘lgan

yoshlar tarbiyasi bilan belgilanadi. Inson, jamiyat hayotida tarbiyaning o‘rni qanchalik
muhimligiga jadid mutafakkirlari ham e’tibor qaratishgan. Xususan, Abdulla Avloniy
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo
falokat masalasidir”, deganda tarbiyaning nafaqat alohida shaxs, balki jamiyat
taraqqiyotida

ham naqadar katta rol o‘ynashini ta’kidlagan edi.

Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat organlari, jamoa tashkilotlari va

birlashmalarining yoshlarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashidagi maqsadli, tizimli
va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir. Bundan asosiy maqsad

— yoshlar ongida

fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy qadriyatlarni va konstitutsion burchlariga nisbatan
sadoqat hissini shakllantirishdir.

“O‘zbekiston fuqarosining vatanparvarligi –bu qayta o‘zgarish yo‘lini ko‘rsatuvchi,

ko‘zlagan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo‘lchi yulduz, ishonchli kompasdir.
O‘zbekistonga, uning yeriga, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat,
o‘lkaning tarixi, madaniyati, an’analarini teran bilib olishga intilish, respublikaning
qudrati va yutuqlaridan fahrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun
qayg‘urish ko‘p millatli o‘zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi”.
Shu nuqtai-

nazardan qaraganda, vatanimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni,

uning tarixini, xalqning boy merosini milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tub
mohiyatini, respublikamiz imkoniyatlarini chuqur anglagan holda, yuksak istiqbolga
erishish yo‘ldia fidoyilik namunalari ko‘rsatmagan kishi haqiqiy vatanparvar
bo‘lmaydi. Tarixiy madaniy meros insonda vatanparvarlik, milliy tuyg‘usini uyg‘otadi.
Ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga intilish hissini paydo qiladi. Tarixiy tafakkur
orqali idrok qilingan madaniy meros o‘zida katta ma’naviy qudratni, boylikni,
iste’dodni namoyon qiladi.



background image

STARS International University

237

Xulosa qilib aytganda, xalqimiz o‘z oldiga ezgu maqsadlarni qo‘yib, tinch-

osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib,
demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga
kiritayotgan zamonda ya

shamoqda. Bugungi kunda o‘zbek xalqi o‘z taqdirimizni

o‘zimiz belgilab, azaliy qadriyatlarimizga tayanib, rivojlangan davlatlar tajribasini
hisobga olgan holda, istiqbolli, olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz
asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz,
barcha imkoniyatlarimiz va bu yo‘lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro
hamjamiyat tan olganligi - aynan, mustaqillikning sharofati ekanligini anglayapmiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Kari

mov I.A. O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Toshkent:

O‘zbekiston, 1996. – 82 b.

2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent: Fan, 2001.
3. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot

– pirovard

maqsadimiz.

– Toshkent: O‘zbekiston. 2000. – 471 b.

4. Abdulla Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: Adolat, 1992.

– 44-b.

5. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. –Toshkent:

O‘zbekiston, 1992. - 76 b.

6. Xasanov N.X. Harbiy xizmatning axloqiy asoslari va O

‘zbekiston Respublikasi

Qurolli Kuchlarida axloqiy tarbiya /

Н. Х. Хасанов. — Текст: непосредственный //

Молодой ученый. — 2020. — № 24 (314). — С. 552-554.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 82 b.

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent: Fan, 2001.

Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot – pirovard maqsadimiz. – Toshkent: O‘zbekiston. 2000. – 471 b.

Abdulla Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: Adolat, 1992. – 44-b.

Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. –Toshkent: O‘zbekiston, 1992. - 76 b.

Xasanov N.X. Harbiy xizmatning axloqiy asoslari va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida axloqiy tarbiya / Н. Х. Хасанов. — Текст: непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 24 (314). — С. 552-554.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов