8-sinf o‘quvchilariga geografiya sohasiga oid terminlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
36-42
5

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Исакулова, Н. (2024). 8-sinf o‘quvchilariga geografiya sohasiga oid terminlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish. in Library, 1(2), 36–42. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/34944
Нилуфар Исакулова, Узбекский государственный университет мировых языков
доктор педагогических наук, профессор
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье анализируются эффективность и результаты использования интерактивных методов в обучении географии учащихся 8-х классов. Кроме того, описаны проекты использования интерактивных методов в обучении терминам, связанным с топливно-энергетическим комплексом, цветной и черной металлургией, машиностроением, географическим положением, картами, природными условиями.


background image

36

X

alq

a’limi

T

Maqolada 8-sinf o‘quvchilarida geografiya sohasiga oid bilimlarni o‘qitishda interfaol

metodlardan foydalanish samarasi va natijalari tahlil qilinib, yoqilg‘i-energetka majmua, rangli

va qora metallurgiya, mashinasozlik, geografik о‘rni, xaritalar, tabiiy sharoitiga oid terminlarni

о‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish loyihalari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar.

Geografiya, tarix, tushunchalar tahlili metodi, blits-so‘rov metodi, toifalash

jadvali, tadqiqot.

В статье анализируются эффективность и результаты использования интерактивных

методов в обучении географии учащихся 8-х классов. Кроме того, описаны проекты

использования интерактивных методов в обучении терминам, связанным с топливно-

энергетическим комплексом, цветной и черной металлургией, машиностроением,

географическим положением, картами, природными условиями.

Ключевые слова.

География, история, метод концептуального анализа, метод

блиц-опроса, классификационная таблица, исследование.

The article analyzes the effectiveness and results of using interactive methods in teach

-

ing geography to 8th grade students. In addition, projects for the use of interactive methods

in teaching terms related to the fuel and energy complex, non-ferrous and ferrous metallurgy,

mechanical engineering, geographical location, maps, natural conditions are described.

Key words.

Geography, history, conceptual analysis method, blitz survey method, clas-

sification table, research.

Nilufar ISAKULOVA,

O‘zDJTU pedagogika fanlari doktori, professor

8-SINF O‘QUVCHILARIGA GEOGRAFIYA SOHASIGA

OID TERMINLARNI O‘QITISHDA INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISH

G

eografik nomlar tо‘g‘risida eng qadimgi ma’lumotlar ham dastlabki geog

-

rafik bilimlar kabi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” asarlari

-

da berilgan, sharqdagi dastlabki yozma manba sifatida noma’lum muallif

tomonidan yozilgan “Hudud al-olam” (X asr) asarini keltirish mumkin.

Termin va terminologiya tushunchalari ilm-fanning kalitidir; termin ilmiy fikrning rav

-

shanligi va aniqligini ta’minlaydi. Biroq, ushbu tushunchalarning ilmiy bilimlar va ko'plab

tadqiqotlar tizimidagi eng muhim joyiga qaramay, hali ham bir terminologiyaning asosiy

masalalari organilganligi mavjud emas: terminning umume'tirof etilgan ta’rifi mavjud

emas, termiga qo'yiladigan talablar, uning grammatik tuzilishi haqidagi munozaralar hal

qilinmadi, til tarkibidagi terminologiyaning o'rni va boshqalar o`rganilmagan.

Toponimik tadqiqotlarda geografiya, tilshunoslik va tarix fanlarining yutuq va

usullaridan samarali foydalangandagina yuqori natijalarga erishishi mumkin. Ta’kid

-

lash joizki, oxirgi yillarda ilmda toponimikaning uch yо‘nalishi paydo bо‘ldi: geografik

toponimika, tarixiy toponimika, lingvistik toponimika. Barcha yо‘nalishlarning obyek

-

ti - ma’lum bir hudud yoki tildagi joy nomlari tizimi va majmui. Maqsadi ham bitta

– joy nomlarini tadqiq qilish. Barcha yо‘nalishlarga xos bir umumiy xususiyat ham

mavjud, uning hududiyligi va qanday geografik obyektning nomi ekanligi, ya’ni nom

-

Annotatsiya

TA’LIM VA TARBIYA METODIKASI


background image

37

ning pasporti. Geografik nomlar va ularning inson hayotidagi о‘rni yuqoridagilardan

ta shqari geologiya, biologiya, sotsiologiya, demografiya, iqtisodiyot kabi tabiiy-ijtimoiy

fanlarda, pedagogika va ma’naviyat, milliy g‘oya, xorijiy tillar, adabiyot va san’at kabi

sohalarda ham о‘rganilmoqda.

Geografik nomlar tarkibida uchraydigan geografik terminlar ifodalangan obyektni

bildiruvchi sо‘zlar (turdosh otlar)dan tashkil topgan. Ularni ayrim ilmiy adabiyotlarda

toponimik indikator, deb ham atashadi. Kо‘pincha, geografik terminlar (adir, ariq, bu

-

loq, daryo, jar, soy, kо‘l, tepa, tog‘, tosh, chо‘l, quduq, qishloq, kent, obod va boshq.)

joy nomlarining asosini tashkil etadi va geografik obyekt turini bildiradi.

Mintaqa toponimiyasida uchraydigan geografik terminlarni tahlil etish nafaqat

geografik nomning etimologiyasini tо‘g‘ri ochib beradi, balki о‘tmish landshaftlarning

tabiiy komponentlari - relyef shakli, suv, tuproq, о‘simlik va hayvonot dunyosining

tarqalish arealini hamda jamiyatning rivojlanish bosqichlarini, shu hududda yashagan

aholining iqtisodiy-ijtimoiy kо‘rsatkichlarini, kasb-korini, etnik tarkibini aniqlash va ta

-

dqiq qilish imkoniyatlarini ham yaratadi.

Mazkur maqolada yoqilg’i-energetka majmua, rangli va qora metallurgiya, mashi

-

nasozlik, geografik о‘rni, xaritalar, tabiiy sharoitiga oid terminlarni о‘qitishda interfaol

metodlardan foydalanish loyihalari tahlil etilgan.

Yoqilg‘i-energetka majmuaga yoqilg‘i (yoqilg‘ini qazib olish va unga ishlov be

-

rish) va elektroenergetika sanoatlari kiradi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va un

-

dan foydalanish mamlakat iqtisodiyoti yuksalishining muhim omili hisoblanib, olimlar

quyosh, shamol, geotermal energiya kabi bitmas-tuganmas energiya manbalaridan

keng miqyosda foydalanish yo’llarini izlamoqda.

Yoqilg‘i-energetika sohasiga oid terminlarni o‘qitishda “Toifalash jadvali” metodi

-

dan foydalanilsa sohaviy terminlarning toifasi va tasnifini anglashga yordam bera di

(1-jadvalga qarang):

1-jadval

“Toifalash jadvali” metodi loyihasi

Elektroenergetika

Yoqilg‘i sanoati tarmoqlari

Gidroelektrostansiyalar

Gaz

Issiqlik elektrostansiyalar

Neft

Atom elektrostansiyalar

Ko‘mir
Torf
Slanes

Yoqilg‘i-energetika sohasiga oid terminlarni o‘qitishda “Tushunchalar tahlili” me

-

todidan foydalanilsa sohaviy terminlarning mazmun-mohiyatini anglashga yordam

beradi (2-jadvalga qarang):

2-jadval.

“Tushunchalar tahlili” metodi loyihasi

Tushunchalar

Tushunchalar mohiyati

yoqilg’i-energeti-

ka balansi

turli xil yoqilg’ilarni qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan

energiya (kirim) hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish

(sarf qi lish) nisbati


background image

38

“XALQ TA’LIMI”

ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz

Gaz

yoqilg’ining juda arzon turi bo‘lib, sanoatda ham, maishiy hay-

otda ham foydalaniladi

mahsulot tan-

narxi

mahsulot birligini olish (aytaylik, 1 t neft qazib chiqarish) uchun

ketadigan pulda ifodalangan hamma xarajat

neftni qazib

chiqarish xarajati

ko‘mirni qazib chiqarish xarajatidan o‘rta hisobda 4 barobar

kam

ko‘mir tarkibi

nodir va tarqoq elementlar hamda ko'plab gilmoya uchraydi,

bir yo‘la ulardan foydalanish esa konning samaradorligini yana

ham oshiradi

Briket

ko‘mir kukunini bosim ostida yoki yopishqoq moddaga

ara lashtirib, zoldir shakliga keltirilgan mahsulot

issiqlik elektr

markazi (IEM)

bir vaqtda issiqlik energiyasi ham ishlab chiqaradigan elektr

stansiya

gidroelektrostan-

siyalar

energiya ishlab chiqarish tabiiy suv oqimi kuchiga asoslanadi

energetika tizimi turli xildagi elektr stansiyalarning yuqori voltli elektr uzatish

liniyalari bilan birlashtirib, bir markazdan boshqarib turilishi

kombinatlashti-

rish

sanoatning texnologik jarayon jihatidan o‘zaro bog’langan,

ba’zan turli tarmoqlarga taalluqli bo'lgan bir qancha ishlab

chiqarish korxonalarining bir korxonaga birlashtirilishidir

Rangli metallurgiya: a) rangli metall rudalarini qazib chiqarish; b) boyitish; d)

eritish; e) qotishmalar ishlab chiqarishni o‘zida birlashtiradi.

Rangli metallurgiya mamlakatni elektrlashtirish, uning mudofaa qudratini

mustahkamlash, atom texnikasi, samolyotsozlik, raketasozlikni rivojlantirish,

umuman, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir. Rangli metallurgiyaga

oid terminlarni Blits-so‘rov metodi asosida loyihalashitrildi (3-jadvalga qarang):

3-jadval.

Blits-so‘rov metodi loyihasi

Guruh bahosi

Guruh xatosi

To‘g‘ri javob

Yakka xato

Yakka baho

Tushunchalar

Tushunchalarga izoh

5

Og‘ir metallar

Uran, germaniy

4

Yengil metallar

Volfram, molibden

3

Qimmatbaho metallar

Oltin, kumush, platina

2

Qiyin eruvchi metallar

Aluminiy, magniy, titan

1

Nodir metallar

Mis, qalayi, qo‘r-

g’oshin, nikel, rux

Mashinasozlik majmuasi – iqtisodiyotning barcha sohalari uchun mashina va

asboblar ishlab chiqaruvchi, aholini televizor, muzlatkich singari xilma-xil iste’mol

buyumlari bilan ta’minlovchi sanoat tarmoqlari uyg'unligi bo‘lib, BBB metodi asosida

loyihalashitrildi (4-jadvalga qarang):


background image

39

4-jadval.

BBB metodi loyihasi

Bilaman

Bilishni hohlayman

Bilib oldim

Mashinasozlik mamlakat iqti-

sodiyotining ustuvor majmuasi

hisoblanadi.

Iqtisodiyotning hech bir tarmog'i

mashinalar bilan ta’minlanmay

turib rivojlana olmaydi.

Hozirgi zamon mashinasini

tayyorlash uchun ko‘p miqdorda

metall, plastmassa, bo'yoqlar,

rezina, gazlama, yog'och-taxta

kerak bo'ladi.

Mashinalar minglab detallardan

tayyorlanadi.

Bu qadar xilma-xil detal- larni bit-

tagina zavodda yasash noqulay

va samarasizdir.

Mashinasozlikda

detallar ya sashga ixtisoslashish,

ya’ni tayyor mahsulotning ayrim

detallari va qismlarini yasash

keng rivojlangan.

Mashinasozlik zavo-

dining tarkibini,

Asakadagi avtomobil

zavodining boshqa

korxonalar bilan alo-

qalarini

Metallurgiya mashina-

sozligi

Kimyo mashinasozligi

Energetika mashina

-

sozligi

Radioelektronika

Elektrotexnika

Asbobsozlik

Stanoksozlik

Qishloq xo‘jaligi mashi-

nasozligi

Traktorsozlik

Turli tarmoqlar uchun

jihozlar ishlab chiqarish

Avtomobilsozlik

Temiryo‘l mashinaso-

zligi

Samolyotsozlik

Yo‘lqurilish mashina-

sozligi

Qora metallurgiya – temir rudasi qazib chiqarish, choyan, po’lat eritish, prokat va

ferroqotishmalar ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, SWOT-tahlil metodi metallurgiyaga

oid terminlarni loyihalashtiramiz (5-jadvlaga qarang):

5-jadval.

SWOT-tahlil metodi loyihasi

S – kuchli tomonlari

Metalurgiya kombinatlarining xom-ashyo

mahsulotlarini ishlab chiqarish

W – kuchsiz tomonlari

Metallurgiya kombinatlari ko’p miq-

dorda xomashyo va yoqilg’i ishlatadi

O – imkoniyatlari

Metallurgiya kombinatlarida suv, elektr energi-

ya, tabiiy gaz bilan ta’minlash va tabiatni muho-

faza qilish imkoniyatlari ham e’tiborga olinadi.

Metallurgiya agregatlarining quvvati oshishi

ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiya-

lash va avtomatlashtirishga, texnologiyalarni

takomillashtirishga olib keladi, mahsulot tan-

narxini arzonlashtirib, mehnat unumdorligini

20-30 foizga ko’taradi.

T – tahdidlari

Qora metallurgiyani rivojlantirish

asnosida yurtimizda mavjud temir

rudasi konlarini o’zlashtirish, ru-

dalarni qayta ishlashning sama-

rador texnologiyalarini tanlash va

amaliyotda qo’llash bilan bog’liq

muammolar uchraydi.

Muayyan mamlakat, hudud, viloyat, shahar, tuman, mahalla va hatto hovlining o’ziga

xosliklaridan biri geografik o’rindir. Geografik o’rin mohiyatan tabiiy geografik o‘rin, iqtisodiy


background image

40

“XALQ TA’LIMI”

ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz

geografik o'rin va siyosiy geografik o‘rin tarzida guruhlanadi. Tabiiy geografik o‘rin, asosan,

okean, dengiz, daryo, tog‘, cho’l, o‘rmon, adir singari yirik tabiiy obektlarga nisbatan

joylashgan o’rniga ko’ra belgilansa, iqtisodiy geografik o‘rin jahonning erkin iqtisodiy

mintaqalari, jahon savdo yo’llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan

foydalanish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o‘rin esa muayyan davrda

alohida davlatning harbiy mojarolar ro‘y berayotgan yoki ro‘y berishi mumkin bo’lgan hudud

va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko’ra baholanadi (1-rasmga qarang):

Tabiiy geografik о‘rin

Okean

Dengiz

Daryo

Tog‘

Cho’l

O‘rmon

Adir

Iqtisodiy geografik о‘rin

jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari

jahon savdo yo‘llari

yirik savdo-sanoat markazlari tabiiy boy-

liklardan foydalanish imkoniyatlari

Siyosiy geografik о‘rin

muayyan davrda alohida davlatning

harbiy mojarolar ro‘y berayotgan yoki

ro‘y berishi mumkin bo’lgan hudud va

davlatlarga nisbatan qanchalik aloqa-

dorligiga ko’ra baholanadi

Xaritalar bilan ishlashda “Toifalash jadvali” metodi asosida loyilashitrilsa, xarita

toifalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi (6-jadvalga qarang):

6-jadval.

Xaritalarni “Toifalash jadvali” metodi bo‘yicha loyihasi

Ijtimoiy-iqtisodiy

xaritalar

Sanoat xaritalari Qishloq xo’jaligi xari-

talari

Aholi xaritalari

ijtimoiy, xo‘jalik,

hodisa va jara-

yonlarni aks etti-

radi. Bunday xari

-

talarning mavzu-

lari turli xil bo‘lib,

ular tarixiy, aholi,

xo‘jalik va uning

tarmoqlari, xizmat

ko‘rsatish sohasi,

ta’lim va mada-

niyat, rekreatsion,

transport, tashqi

iqtisodiy aloqalar

va boshqalarga

ajratiladi.

ular bir tarafdan,

har bir sanoat

turlari haqida

ma’lumot bersa,

ikkinchi taraf-

dan, alohida bir

hudud, mamlakat

yoki jahonning

sanoat ishlab

chiqarishi haqida

ma’lumot be-

radi. Shuningdek,

bunday xaritalar

sanoatning rivoj-

lanish tarixi va

bosqichlarini ham

aks ettira oladi.

mazkur sohaning geo-

grafik joylashuvi, uning

rivojlanish shart-sharoit-

larini, atrof-muhit bilan

o‘zaro ta’sirini ifoda eta-

di. Ushbu sohada deh-

qonchilik, chorvachilik

va kompleks xaritalarni

alohida o‘rganish mum-

kin. Bunday xaritalarda

qishloq xo‘jalik mahsu-

lotlari ekilgan yerlarning

maydoni, ekinlarning

hosildorligi, chorva-

chilik turlari va ularning

mahsuldorligi, qishloq

xo‘jaligini yuritish shart-

sharoitlari aks etadi.

aholi soni, din-

amikasi, geo-

grafik joylashuvi,

zichligi, aholin-

ing jins va yosh

tarkibi, demo-

grafik jarayonlar

(tug'ilish, o‘lim,

nikoh va boshq.),

aholi migratsiya-

si, uning kasbiy

faolligi va turli so-

halarda bandligi,

aholining mil-

liy tarkibi kabi

ma’lumotlarni o‘z

ichiga oladi.


background image

41

Mamlakatimiz hududini tabiiy sharoiti va xo’jalikdagi ahamiyatiga ko‘ra cho‘l, adir,

tog‘, yaylovlarga bo‘linadi. Mazkur ma’lumotlarni o‘zlashtirishda “Tushunchalar tahlili”

metodidan foydalanishni tavsiya qilamiz (7-jadvalga qarang):

7-jadval.

“Tushunchalar tahlili” metodi loyihasi

Tushunchalar

Tushunchalar mohiyati

cho‘l mintaqasi

O‘zbekistonda dengiz sathidan 400 metr balandlikkacha

bo‘lgan joylar

adir mintaqasi

Respublikamizda dengiz sathidan 400-1200 metrgacha baland

bo’lgan qismi

tog‘ mintaqasi

O‘zbekistonda adirdan baland, ya’ni dengiz sathidan 1200

metrdan baland bo‘lgan joylar

yaylov mintaqasi baland tog‘larning yonbag‘irlarida, past tog‘larning tepa qismi

Sanoat – milliy iqtisodiyotning moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi muhim tarmog'idir.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida texnika taraqqiyoti sanoatga bog'liq. Sanoatning

rivojlanishi bilan yangi aholi punktlari, transport yo'llari vujudga keladi. Qishloq xo'jaligi,

qurilish, savdo-sotiqning taraqqiyot darajasi o‘sadi, sanoatning rivojlanishi bilan tabiat-

dan foydalanish ham jiddiy o'zgaradi. Sanoat tarmoqlarining mahsulot ishlab chiqarish

tarkibini Blits-sо‘rov metodi asosida loyihalashtirildi (8-jadvalga qarang):

8-jadval.

Blits-so‘rov metodi loyihasi

Guruh bahosi

Guruh xatosi

To‘g‘ri javob

Yakka xato

Yakka baho

Tushun chalar

Tushunchalarga izoh

7

oziq-ovqat sanoati

yoqilg‘ini qazib olish va

unga ishlov berish hamda

elektroenergetika sanoatlari

kiradi.

6

yengil sanoat

qora metallurgiya va rangli

metallurgiyani o‘z ichiga

oladi.

5

selluloza

O‘zbekistonda 1932-yilda

Sho‘r suv oltingugurt koni ish-

ga tushirilishi bilan boshlandi.

Uning mahsuloti ko‘proq

mashinasozlik (plastmassa,

oyna), to‘qimachilik sanoati

(tola, bo‘yoqlar), qishloq

xo‘jaligi (o‘g‘itlar, zaharli

ximikatlar), transport (mo-

tor yoqilg‘isi, surtish moyi,

sintetik kauchuk), qurilish

(yopishqoq plyonka, oyna,

plastik) kabilarda ishlatiladi.


background image

42

“XALQ TA’LIMI”

ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz

4

mashinasozlik

va metallni qayta

ishlash

iqtisodiyotning barcha so-

halari uchun mashina va

asboblar ishlab chiqaruvchi,

aholini televizor, muzlatkich

singari xilma-xil iste’mol

buyumlari bilan ta’minlovchi

sanoat tarmoqlari uyg‘unligi

3

kimyo sanoati

maydalangan va kimyoviy yo‘l

bilan ishlangan yog‘och mas-

sasi, u sun’iy tola va qog‘oz

ishlash uchun xomashyo

2

metallurgiya

sanoati

paxta tozalash, to‘qimachilik,

trikotaj, poyabzal, konchilik,

ipak ishlab chiqarish

1

yoqilg‘i-energetika

sanoati

dehqonchilik va chorvachilik

mahsulotlarini qayta ishlash

negizida shakllangan.

Xulosa qilib aytganda, geografiya sohasiga oid terminlarni о‘qitishda interfaol

metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ahmadaliyev Yu.I. Toponimika va geografik terminshunoslik. O‘quv qo‘llanma.

– Farg‘ona, 2018. – 136-b.

2. Лантюхова Н.Н., Загоровская О.В., Литвинова Т.А. Термин: определение

понятия и его сущностные признаки // Современные проблемы гражданской

защиты. 2013. №1 (6). URL: https://cyberleninka

3. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi: umumiy o‘rta ta’lim maktab-

larining 8-sinfi uchun darslik / Mualliflar: Musayev P. G‘., Musayev J.P. – T.: Sharq,

2019. - 176 b.

Библиографические ссылки

Ahmadaliyev Yu.I. Toponimika va geografik terminshunoslik. O‘quv qo‘llanma. – Farg‘ona, 2018. – 136-b.

Лантюхова Н.Н., Загоровская О.В., Литвинова Т.А. Термин: определение понятия и его сущностные признаки // Современные проблемы гражданской защиты. 2013. №1 (6). URL: https://cyberleninka

O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi: umumiy o‘rta ta’lim maktab -larining 8-sinfi uchun darslik / Mualliflar: Musayev P. G‘., Musayev J.P. – T.: Sharq, 2019. - 176 b.