INTEGRATED INNOVATIVE DEVELOPMENT OF ZARAFSHAN REGION: ACHIEVEMENTS, CHALLENGES AND PROSPECTS
346
Tafakkurning mahsuli sifatida anglash, mushohada, shuur, tafakkurdan iborat ijodiy
ishlar, ixtirolar, kashfiyotlarni ta’kidlash joizdir. Ushbu omillar yoshlarni mustaqil fikrlashida
zaruriy psixologik asoslardir. Yoshlarning mustaqil fikr yuritishida o‘z oldiga aniq
maqsadni qo‘ya olishi, uni amalga oshirish uchun amaliy va nazariy fikr yuritishi, natijani,
o‘z aqliy izlanishi tufayli turli yo‘l, usul, vositalar orqali muammoni hal etishi asosiy
omillardir. Mustaqil fikr yuritish insonning tafakkurini charxlaydi va mustahkamlaydi.
Mustaqil fikrlovchi erkin fuqaro jamiyat faxri va taraqqiyot manbai desak, aslo mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Zero O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev uqtirganidek, ”Yoshlarimizning mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli
bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.”
Muxtasar qilib aytadigan bo‘lsak, yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda ta’lim-
tarbiya jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish va izchil faoliyat yuritish muhim omillardir.
NUROTA TUMANIDA AMALGA OSHIRILGAN IQTISODIY ISLOHOTLARNING
TARIXIY TAHLILI (2017-2024)
Sh.S.Norov, M.Z.Toshpo‘latov
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Nurota tumanida 2017-202
4
-yillarda amalga oshirilgan iqtisodiy
islohotlarning tarixiy tahlili, ularning samaradorligi hamda sohalar kesimida erishilgan yutuq va kamchiliklar
yuzasidan tarixiy-tahliliy fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiyot, sanoat, turizm, tadbirkorlik, bandlik, yoshlar, bo‘sh ish o‘rinlari
Nurota tumanida ayni paytda yangilik va kata o‘zgarishlar hukmron. Aytish joizki,
sanoatni, tadbirkorlikni, turizm sohasini jadal rivojlantirish hudud aholisi hayotining
farovonligi hamda barqaror iqtisodiyotning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qiladi[1]. Hudud
iqtisodiyotni rivojlantirish imkonini beruvchi 15 ga yaqin yerosti konlari, turizm va xizmat
ko‘rsatish sohasida 70 ga yaqin me’moriy, arxeologik va ekoturizm obyektlari mavjud
[2].
Qishloq xo‘jaligida bog‘dorchilikni rivojlantirish, yirik va mayda shoxli mollar sonini
ko‘paytirish hamda baliqchilikni rivojlantirishda qulay nuqta hisoblangan Aydarko‘l suv
havzasi mavjudligi tumanda har qanday sohada turli hajmlardagi loyihalarni tashkil etish
imkoniyati beradi
[3].
Masalaning o‘rganilganlik darajasini tahlil etar ekanmiz, ushbu soha yuzasidan
X.Qurbonov, R.Axmedov, Sh.Ismoilzoda, U.Narzullayev, Z.Tog‘ayevlar tadqiqot olib
borishgan [
4
]. Tadqiqot Nurota tumanini kompleks rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan
normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ijrosi to‘g‘risida mas’ul idoralarning ochiq
manbalariga joylashtirilgan hujjatlari hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari materiallari
asosida olib borilgan. Maqolada tarixiy-xronologik, qiyosiy-tarixiy tahlil va xolislik kabi
ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Nurota tumani iqtisodiyotini rivojlantirish hamda unda sanoatning ulishini oshirish,
aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va bandlik ko‘rsatkichlarini oshirishda muhim
ahamiyatga ega. Shu maqsadda tumanni kompleks rivojlantirish hamda aholi bandligini
ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra, tumanda
joylashgan foydalanilmay bo‘sh yotgan davlat obyektlarini ushbu obyektlar negizida
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga yangi ish
o‘rinlari yaratish sharti bilan “nol” stavkasi bo‘yicha o‘n yil muddatgacha ijaraga berilishi,
korxonalarga tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 100 ta
asbob-uskunalarni taqdim etish orqali ularda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va ushbu
SECTION №6. INDUSTRIAL ECONOMY AND REGIONAL HISTORY OF INDUSTRIAL HERITAGE
347
maqsadlar uchun binolar (ishlab chiqarish maydonlari)ni ajratish hamda sanoat, xizmatlar va
servis infratuzilmasini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi sohalarida belgilangan loyihalarni
amalga oshirish hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan [5].
Bugungi kunda tumanda jami 4032 ta tadbirkorlik subyekti mavjud bo‘lib, 2024-yilning
o‘tgan davrida 243 ta tadbirkorlik subyekti yangidan tashkil etilgan.
Birgina 2020-yilda jami 334 milliard 600 million so‘mlik 130 ta loyihani amalga
oshirish natijasida 870 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 2020-yil 1 avgust holatiga jami 139
milliard 600 million so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 49 ta loyiha foydalanishga qabul
qilindi hamda 242 ta doimiy yangi ish o‘rni yaratildi. Natijada byudjetga 1,6 milliard so‘m
qo‘shimcha mablag‘ tushumi ta’minlandi. [4, 13-b].
Nurota tumanida “Pistali” konining o‘zlashtirilishi va uning negizida 6-
gidrometallurgiya zavodining qurilishi natijasida 2023-yil davomida qazib chiqarilgan tog‘
jinslari hajmi 10 mln kubometrni tashkil etib, shundan 2,3 mln tonnasi oltin maʼdanidir.
Bugungi kunda “Pistali” konida 1,3 ming nafar ishchi-xizmatchi, muhandis-texnik xodim
faoliyat ko‘rsatmoqda [6].
Nurota tumani iqtisodiy salohiyatining yuksalishida kichik tadbirkorlik subyektlarining
ham o‘rni juda yuqori. Yaratilgan imkoniyatlar natijasida ushbu davr davomida kichik
tabirkorlik subyektlari soni 3,2 barobarga oshgan
[7]. (1-rasm)
Yillar kesimi
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
Kichik tadbirkorlik
subyektlari soni (
ta
)
505
602
765
1167
1389
1407
1655
1799
Yangi tashkil etilgan
tadbirkorlik subyektalri soni (
ta
)
73
118
211
482
272
230
313
243
Oldingi yilga nisbatan o‘sish
ko‘rsatkichi (
foizda
)
0,8
19,2
27,1
52,5
19,0
1,3
17,6
8,7
Bu kabi iqtisodiy islohotlarning barchasi zamirida xalq manfaati, ularning farovon
hayoti va ertangi yorug‘ kelajagini bunyo etish yotibdi. Shunday ekan, ushbu yo‘lda dadil
qadam tashlab, ushbu izchil islohotlarni davom ettirish zarur
[
8
].
Shu o‘rinda qayd etish kerak, barcha natijalar Nurota tumanining qadim boy tarixi bilan
chambarchas bog‘liq. Bugun erishilgan har bir ko‘zlangan maqsadda shu hududda yashagan
ajdodlarimizning o‘rni ham beqiyos [9].
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan birga ijtimoiy islohotlar ham yaqin
kelajakda o‘z mevasini berib aholi turmush darajasini yanada oshirish imkoniyatini beradi
[10]. Butun respublikada dolzarb muammoga aylanayotgan aholini toza ichimlik suvi hamda
sug‘oriladigan yerlarni suv ta’minotini bilan ta’minlash masalasi ham ushbu islohotlarga
bog‘liq ravishda olib borilib, ko‘zlangan natijalarga erishish juda zarur. Bu mintaqada aholi
salomatligini yaxshilash hamda iqtisodiyotda qishloq xo‘jaligining ulushini yanada orttirishga
xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
[1] Toshpo‘latov, M. (2023). HISTORY OF CIVIL SOCIETY CONSTRUCTION: CHANGES AND
PROSPECTS. Modern Science and Research, 2(9), 9-13.
[2] Toshpo‘latov, M. (2023). CHARACTERISTICS OF CIVIL SOCIETY IN THE MODERN ERA.
Modern Science and Research, 2(9), 13-19.
[3] Zayniddin o‘g, T. L. M. (2023). ZAMONAVIY FUQAROLIK JAMIYATININI
YARATISH-DAVR TALABI. MODERN EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE
TEACHING SOLUTIONS, 5(5), 18-20.
INTEGRATED INNOVATIVE DEVELOPMENT OF ZARAFSHAN REGION: ACHIEVEMENTS, CHALLENGES AND PROSPECTS
348
[4] Х.Қурбонов, Р.Ахмедов, Ш.Исмоилзода, У.Нарзуллаев, З.Тоғаев. Нурота тумани: кеча ва
бугун – Тошкент.: SAHHOF, 2020. – 360 бет.
[5] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi “Navoiy viloyatining Tomdi,
Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrini kompleks rivojlantirish hamda aholisi
bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3301-sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – https://lex.uz/docs/-3362726
[
6
]
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati rasmiy veb sayti –
https://www.ngmk.uz/uz/home/pressa/1689-pistali-konida-10-mln-kubometr-tog-jinslari-qazib-
olindi.html
[
7
] Navoiy viloyati statistika boshqarmasining kichik tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi hisoboti –
https://navstat.uz/files/297/registr/3723/Kichik-tadbirkorlik-subyektlari-dfx-dan-tashqari.pdf
[8] Zayniddin o‘g, T. L. M. (2023). FUQAROLIK JAMIYATINING MILLATLARARO
MUNOSABATLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASHDAGI O ‘RNI. MODERN
EDUCATIONAL SYSTEM AND INNOVATIVE TEACHING SOLUTIONS, 5(5), 14-17.
[9] Тошпулатов, М. З. (2023). Историческая роль молодежи в процессе построения
гражданского общества в Узбекистане. Актуальные исследования, (44 (174)), 94-97.
[10] Норов, Ш. С., Сувонова, Ж. Ш., & Тошпулатов, М. З. (2023). Государственная молодежная
политика и ее историческое значение в контексте Нового Узбекистана. Инновационный
потенциал молодежи: патриотизм, традиции, инновации.—Екатеринбург, 2023, 169-174.
БУХОРО ХОНЛИГИ ДАВРИ ИНШООТЛАРИ ҚУРИЛИШИ ТАРИХИДАН
Ш.Ш.Бабаярова
Навоий давлат педагогика институти
Бухоро хонлиги даври яъни XVI аср тарихимизда кўплаб мадрасалар,
масжидлар, тўғонлар, сув иншоотлари қуриб битказилган давр сифатида из
қолдирганлиги тарих саҳифаларидан маълум.Бухоронинг нуфузли хони Абдуллахон II
Бухоро хонлиги тарихида илм-фан, маданият, маърифат ҳомийси сифатида из
қолдирган. Унинг даврида Бухорода илм-фан, санъат, шаҳарсозлик, адабиёт, қурилиш
ва шу каби соҳалар гуллаб яшнади
.
Мана шундай тарихий иншоотлардан бири Бухоро хони Абдуллахон II
томонидан бунёд этилган Абдуллахон тими (усти берк савдо растаси) дир.
Абдуллахон тими бошқа тим ва тоқлар каби мамлакатдаги савдо-сотиқни
тартибга солиш ҳамда ривожлантириш мақсадларидан келиб чиққан ҳолда бунёд
этилган. Унинг қурилиши 1577 йилга тўғри келади. Меъморий иншоотнинг
қурилишида хом ва пишган ғишт, ёғоч, лой, цемент, ҳар хил ҳажмдаги тошлардан кенг
фойдаланилган. Меъморий обиданинг умумий кўриниши ҳақида тўхталадиган бўлсак,
иншоотнинг асоси мурабба (тўртлик) тарҳли (39х42 м), уч томони берк, бош тарзидаги
пештоқ орқали кирилади. Деворларнинг икки томонида равоқли токчалар жойлашган.
Баланд гумбазли бостирма тимни ўраб туради. Ўртадаги миёнсарой (диаметри -10 м)
баланд гумбаз билан ёпилган. Гумбаз остидаги равоқли тешиклардан ёруғлик тушади.
Абдуллахон тими Шарқ меъморчилигини ўзида мужассамлаштириб, гумбаз
услубида қурилган. Бу услуб жозибадорлиги билан ажралиб туради.
Абдуллахон тими кўҳна Бухоро шаҳридаги савдо расталари, чорсу тоқ бинолар
ичида энг каттаси ва мураккаб тури ҳисобланади.
Тарих саҳифаларига эътибор берсак, ушбу тимда шойи ва жун газламалар билан
савдо-сотиқ қилинган.Мазкур иншоот кун ёруғида фаолият юритган ва ёпиқ бозор
вазифасини бажарган.
