Авторы

  • Nodiraxon Hamidova
    Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.105880

Ключевые слова:

Yurisdiksiya chet elliklar xalqaro fuqarolik protsessi huquqiy maqom xorijiy tajriba xalqaro yurisdiksiya.

Аннотация

Ushbu keltirilgan ilmiy ishda chet ellik fuqarolar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha yurisdiksiya masalalari tahlil qilinadi. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohadagi qonunchiligi, xalqaro shartnomalar va ayrim xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, AQSh, Rossiya Federatsiyasining qonunchilik tajribalari qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganiladi. Shuningdek, yurisdiksiya muammolari yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

176

CHEL ELLIKLAR ISHTIROKIDAGI ISHLAR BO’YICHA YURISDIKSIYA

MASALALARI MILLIY VA XALQARO TAJRIBA

Hamidova Nodiraxon Hamidjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15653978

Annotatsiya.

Ushbu keltirilgan ilmiy ishda chet ellik fuqarolar ishtirokidagi

ishlar bo‘yicha yurisdiksiya masalalari tahlil qilinadi. Bunda, O‘zbekiston

Respublikasining mazkur sohadagi qonunchiligi, xalqaro shartnomalar va ayrim

xorijiy davlatlar, xususan, Germaniya, AQSh, Rossiya Federatsiyasining

qonunchilik tajribalari qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganiladi. Shuningdek,

yurisdiksiya muammolari yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab
chiqilgan.

Kalit so‘zlar.

Yurisdiksiya, chet elliklar, xalqaro fuqarolik protsessi,

huquqiy maqom, xorijiy tajriba, xalqaro yurisdiksiya.

Аннотация.

В данной научной работе анализируются вопросы

юрисдикции по делам с участием иностранных граждан. В частности,

рассматривается законодательство Республики Узбекистан в данной

сфере, международные договоры, а также сравнительно-правовой анализ

проводится с учетом законодательства некоторых зарубежных стран,

таких как Германия, США и Российская Федерация. Кроме того,

разработаны практические предложения и рекомендации по решению

юрисдикционных проблем.

Ключевые слова:

юрисдикция, иностранцы, международный

гражданский процесс, правовой статус, зарубежный опыт, международная

юрисдикция.

Annotation.

This scientific work analyzes jurisdictional issues in cases

involving foreign nationals. It examines the legislation of the Republic of

Uzbekistan in this field, international treaties, as well as the legislative practices

of certain foreign countries, including Germany, the United States, and the

Russian Federation, through a comparative legal perspective. In addition,

practical proposals and recommendations are developed to address

jurisdictional challenges.

Keywords:

jurisdiction, foreign nationals, international civil procedure,

legal status, foreign experience, international jurisdiction.

Hozirgi kunda davlatlar o’rtasida o’zaro savdo aloqalarining kengayib

borishi natijasida, turli davlat fuqarolari ishtirokidagi fuqarolik, iqtisodiy va shu

kabi ishlari soni oshmoqda. Mazkur vaziyatda yuzaga kelayotgan

munosabatlarda qaysi davlat sudining mazkur ishni ko‘rib chiqishga vakolatli

ekanligini belgilovchi yurisdiksiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Garchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligida chet

elliklar ishtirokidagi ishlar uchun maxsus yurisdiksiya normalari mavjud

bo’lsada, ammo ular xalqaro standartlarga to‘liq mos emas.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

177

Chet ellik shaxslarning fuqarolik ishlari bo‘yicha yurisdiksiya masalasi

xalqaro xususiyatga ega bo‘lib, huquqiy tartibga solishning dolzarb jihatlaridan

biri hisoblanadi. O’zi aslida Xalqaro yurisdiksiya bu – bir davlat sudlarining

boshqa davlat fuqarolari yoki yuridik shaxslari ustidan ish yuritish vakolatini

aniqlashga oid huquqiy normalar yig‘indisidir. Ushbu masala xalqaro fuqarolik

protsessual huquqining markaziy institutlaridan biri bo‘lib, u orqali suverenitet,

tenglik, adolat va fuqarolarning huquqiy kafolatlari ta’minlanadi. Xalqaro

huquqiy amaliyotda yurisdiksiya quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi:

Umumiy yurisdiksiya (general jurisdiction) – fuqaro yoki kompaniyaning

yashash yoki ro‘yxatdan o‘tgan joyiga asoslangan yurisdiksiya.

Eksklyuziv yurisdiksiya (exclusive jurisdiction) – faqat bitta davlat

sudlarigagina tegishli bo‘lgan yurisdiksiya (masalan, ko‘chmas mulk joylashgan
davlat sudlari yurisdiksiyasi).

Maxsus yurisdiksiya (specific jurisdiction) – javobgarning biror konkret

faoliyati, shartnoma tuzishi yoki huquqbuzarlik sodir etishi asosida

aniqlanadigan yurisdiksiya.

Shartnomaviy yurisdiksiya (prorogation of jurisdiction) – tomonlar o‘zaro

kelishuv asosida biror davlat sudini vakil qilib belgilashlari.

Shu o’rinda xalqaro yurisdiksiya masalasining mohiyatini tahlil qilishda

bunga doir xalqaro shartnomalarga ham urg’u berib o’tish joiz bo’ladi, bunda

,

xalqaro

yurisdiksiya

masalasi

ko‘plab

xalqaro

shartnomalarda

mustahkamlangan bo’lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi.

Bryussel I reglamenti– Mazkur shartnoma asosan, Yevropa Ittifoqi

davlatlari o‘rtasida sud yurisdiksiyasini tartibga soluvchi asosiy hujjat

hisoblanadi. Ushbu shartnomaga asosan, fuqarolik va savdo ishlari bo‘yicha

yurisdiksiya javobgarning doimiy yashash joyiga asoslanadi. Masalan, da’vogar

yashash manzili O’zbekistonda lekin javobgarning doimiy yashash manzili

Qozog’istonda bo’lsa u holda yurisdiksiya Qozog’istonda bo’ladi.

Gaaga konvensiyalari – 2005-yilda qabul qilingan "Choice of Court

Agreements" konvensiyasi orqali shartnomaviy yurisdiksiya bo‘yicha xalqaro

mexanizmlar ishlab chiqilgan.

BMTning xalqaro xususiy huquq komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan

model qonunlar va tavsiyalar.

Garchi O‘zbekiston yuqorida keltirib o’tilgan xalqaro hujjatlarga to‘liq

qo‘shilmagan bo‘lsa-da, ayrim prinsiplar milliy qonunchilikka qisman
inkorporatsiya qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik

protsessual kodeksining 360-moddasiga muvofiq, chet ellik fuqarolarning

huquqlari va majburiyatlari milliy fuqarolar bilan teng asosda himoya qilinadi

1

.

Chet ellik shaxslar ishtirokidagi fuqarolik nizolarini hal etishda har bir

davlat o‘zining huquqiy tizimiga mos yurisdiksiya qoidalarini ishlab chiqqan

bo’lib, quyida bir qator xorijiy davlatlar, jumladan Germaniya va AQSh misolida

ushbu qoidalar qiyosiy-huquqiy tahlil qilinadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

178


Germaniya Federativ Respublikasining tajribasi

Germaniya qonunchiligiga asosan, fuqarolik yurisdiksiyasi Federal

Fuqarolik protsessual kodeksi –

Zivilprozessordnung (ZPO)

bilan tartibga

solinadi. Chet elliklar ishtirokidagi da’volarda yurisdiksiya quyidagi asosiy

qoidalarga tayangan holda belgilanadi:

Umumiy yurisdiksiya – ZPOning 12–17-moddalariga muvofiq, da’vo

javobgarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Maxsus yurisdiksiya – 32–35-moddalar asosida javobgarning ma’lum

huquqiy harakati yoki shartnomaviy munosabat asosida Germaniyada amalga

oshirilgan ishlar asosida aniqlanadi.

Germaniya Yevropa Ittifoqi doirasidagi Bryussel I Reglamenti (va

keyinchalik Bryussel I bis – Regulation (EU)) asosida xalqaro yurisdiksiyaga oid

umumiy normalarni qo‘llaydi. Bu esa, Germaniya sudlarining ko‘plab xalqaro

ishlarni ko‘rib chiqish tajribasini orttirishiga xizmat qilgan.

AQSh yurisdiksiya tizimi: shtatlar va federal yurisdiksiya o‘rtasidagi

farq

Amerika Qo‘shma Shtatlari yurisdiksiya tizimi murakkab bo‘lib, federal va

shtat sudlari vakolatlariga ajralgan. Chet elliklar ishtirokidagi fuqarolik ishlari

bo‘yicha yurisdiksiya quyidagi asosiy tamoyillar bilan belgilanadi:

Minimum contact doctrine – AQSh Oliy sudi qaroriga ko‘ra, agar javobgar

shtatda "asosli aloqaga ega" bo‘lsa, sudda yurisdiksiya mavjud bo‘ladi.

Diversity jurisdiction – AQSh Federal protsessual kodeksining 28-

moddasiga muvofiq, agar da’vogar va javobgar turli davlat fuqarolari bo‘lsa

hamda da’vo summasi 75 000 AQSh dollaridan oshsa, federal sud yurisdiksiyasi

mavjud bo‘ladi.

Forum non conveniens – agar boshqa sud yurisdiksiyasi qulayroq bo‘lsa,

sud da’voni ko‘rishdan bosh tortishi mumkin.

AQShda chet ellik yuridik shaxslar bilan bog‘liq ishlar ko‘pincha arbitraj

sudlar orqali hal qilinadi. Shuningdek, AQSh 1958-yilgi

Nyu-York Konvensiyasi

ishtirokchisi bo‘lib, xorijiy arbitraj qarorlarini tan oladi.

Ilmiy va amaliy muammolar tahlili

O‘zbekiston Respublikasininf fuqarolik-protsessual huquqi tizimida chet

ellik shaxslar ishtirokidagi fuqarolik ishlari yurisdiksiyasini alohida tartibda

belgilagan bo‘lsa-da, amaliyotda bir qator murakkabliklar va normativ
bo‘shliqlar mavjud. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual

kodeksining 359–363-moddalari xorijiy shaxslar ishtirokidagi da’volarni ko‘rib

chiqishda qo‘llaniladi. Biroq:

Fuqarolik protsessual kodeksi 360-moddasida chet el fuqarolari huquqiy

tenglik asosida himoya qilinishini belgilasa-da, bu prinsipni amaliyotda

ta’minlash bo‘yicha aniq mexanizmlar mavjud emas.

Yurisdiksiya kolliziyasi holatlarida qaysi davlat sudiga ustuvorlik berilishi

noaniq. Bu esa sudlarga noto‘g‘ri da’vo arizalarini yuborishga sabab bo‘lmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

179

Shu nuqtai nazardan qaralganda, O‘zbekiston qonunchiligida chet ellik

shaxslarning subyektiv huquqlarini himoya qilishda huquqiy aniqlik yetarli

emasligini ko‘rsatadi.

Taklif va tavsiyalar

Chet elliklar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha yurisdiksiya masalasini samarali

tartibga solish va xalqaro amaliyotga moslashtirish maqsadida quyidagi taklif va

tavsiyalarni ilgari suriladi:

Fuqarolik protsessual kodeksining 359–372-moddalarini kengaytirish va

ularga xalqaro shartnomalardagi yurisdiksiya prinsiplarini qo‘shish (masalan,

“forum non conveniens”, “minimum contact” kabi).

Shartnomaviy yurisdiksiya tamoyilining mustahkamlab qo‘yilishi –

tomonlar ixtiyoriy ravishda chet el yoki arbitraj sudini tanlagan hollarda, milliy
sudlar bu qarorni to‘liq tan olishi va hurmat qilishi kerak.

2005-yilgi Gaaga konvensiyasi

va boshqa yurisdiksiya va sud qarorlarini

tan olishga oid konvensiyalarga qo‘shilish.

1958-yilgi Nyu-York Konvensiyasi

bo‘yicha milliy qonunchilikda aniq

protsessual mexanizmlar joriy qilish.

Chet elliklar ishtirokidagi ishlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudyalar

korpusini shakllantirish, ularning xorijiy huquq va xalqaro arbitraj bo‘yicha

bilimini oshirish;

Xalqaro arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish mexanizmlarini

soddalashtirish – arbitraj qarorlarini tan olishni rad etish asoslarini aniq va

chegaralangan holatlarga qisqartirish.

Xulosa

Chet ellik shaxslar ishtirokidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha yurisdiksiya

masalasi bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining huquqiy islohoti va

xalqaro huquqiy integratsiyasi jarayonida dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Germaniya va AQSh tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yurisdiksiya masalasida

aniq normalar, shaffof protsessual qoidalar va xalqaro hamkorlikka tayangan

mexanizmlar samarali ishlaydi.

O‘zbekiston qonunchiligi va sud amaliyotida bu yo‘nalishdagi mavjud

bo‘shliqlarni bartaraf etish, xalqaro shartnomalarga qo‘shilish, shartnomaviy
yurisdiksiyaga hurmat ko‘rsatish va xorijiy sarmoyadorlar uchun huquqiy
kafolatlar yaratish zarur.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Абдуллаев Н.С. Халқаро хусусий ҳуқуқ. – Т.: «Ҳуқуқ», 2023. – 520 б.

2.

Расулов М.А. Халқаро хусусий ҳуқуқ ва унинг амалиётда

қўлланилиши. – Т.: ТДЮУ, 2022.
3.

Dicey, A.V. Conflict of Laws. – London: Sweet & Maxwell, 2006. – Vol. 1. –

890 p.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

180

4.

Basedow, J. The Law of Open Societies: Private Ordering and Public

Regulation in the Conflict of Laws. – Oxford: Oxford University Press, 2015. –
412 p.
5.

Bogdan, M. Private International Law as Component of the Law of the

Forum. – The Hague: Kluwer Law International, 2012. – 294 p.
6.

Zivilprozessordnung (ZPO) der Bundesrepublik Deutschland. – Berlin:

Bundesministerium der Justiz, 2024.
7.

United States Code, Title 28: Judiciary and Judicial Procedure. – U.S.

Government Publishing Office, 2024.
8.

Code de procédure civile (France). – Paris: Dalloz, 2023.

9.

Арбитражный процессуальный кодекс Российской Федерации. – М.:

Проспект, 2024.

Библиографические ссылки

Абдуллаев Н.С. Халқаро хусусий ҳуқуқ. – Т.: «Ҳуқуқ», 2023. – 520 б.

Расулов М.А. Халқаро хусусий ҳуқуқ ва унинг амалиётда қўлланилиши. – Т.: ТДЮУ, 2022.

Dicey, A.V. Conflict of Laws. – London: Sweet & Maxwell, 2006. – Vol. 1. – 890 p.

Basedow, J. The Law of Open Societies: Private Ordering and Public Regulation in the Conflict of Laws. – Oxford: Oxford University Press, 2015. – 412 p.

Bogdan, M. Private International Law as Component of the Law of the Forum. – The Hague: Kluwer Law International, 2012. – 294 p.

Zivilprozessordnung (ZPO) der Bundesrepublik Deutschland. – Berlin: Bundesministerium der Justiz, 2024.

United States Code, Title 28: Judiciary and Judicial Procedure. – U.S. Government Publishing Office, 2024.

Code de procédure civile (France). – Paris: Dalloz, 2023.

Арбитражный процессуальный кодекс Российской Федерации. – М.: Проспект, 2024.