ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
170
TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA PSIXOLOGIYANING ROLI
Mannopova Bibisora Lazizbek qizi
Adchti 108-guruh talabasi
Maxsudova Xosiyatbonu Utkirbek qizi Adchti ingliz
tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15649175
Annotatsiya:
Avvalo bolaga, talabaga va rivojlanayotgan avlodga ta’lim-
tarbiya berishda biz,avvalo shuni tushunib yetishimiz kerakki,ya’ni unga qanday
qilib? Va qaysi yo’l bilan tarbiya va ta’limni berishni bilish lozim. Va bunda
asosiy ro’l o’ynaydigan asos bu : bolaning psixoanalizini o’rganib chiqish, ya’ni
bolaga qanday narsalar yoqadi, qanday subyektlar uning aqliy faoliyatiga ta’sir
o’tkazadi va uning nimalarga nisbatan qiziqishlari ko’proq. Aynan shu va
boshqa turli yo’llar bilan uning qiziqishlarini uyg’otish mumkin, bu ta’lim-
tarbiyani berish yo’li osonroq kechishini keltirib chiqaradi. Nafaqat ta’lim-
tarbiya va barcha jarayonlarda psixologiyaning o’rni juda katta rol o’ynaydi,
ya’ni turli hil jarayonlarda insonlarga ta’sir ko’rsatish bilan o’z ishingizni
samarali butkaza olasiz. Bunda eng muhim narsa, ikkinchi shaxsning ichki
dunyosini o’rganish, uning temperamenti va xarakterlaridan ozmuncha bo’lsada
xabardor bo’lish orqali siz u bilan yaxshi chiqishib keta olasiz va uning noodatiy
harakatlariga tayyor turasiz, chunki siz uni bilasiz.
Kalit so’zlar:
ta’lim-tarbiya,
psixologiyani bilish, pedagogik psixologiya,
Ijtimoiy psixologiya, o’qituvchi va o’quvchi, psixodiagnostika, psixokorreksiya,
Ta’lim va tarbiya jarayoni har bir inson hayotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Bu jarayonlarning muvaffaqiyatli kechishi yoshga oid psixologik xususiyatlar va
shaxsiy taraqqiyot qonuniyatlarini chuqur bilishga bog‘liqdir. Shu jihatdan, yosh
va pedagogik psixologiya fanlari ta’lim-tarbiya tizimining ilmiy asoslari bo‘lib
xizmat qiladi. Bu fanlar orqali o‘quvchilarning bilish faoliyati, emotsional
rivojlanishi, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatlari va ijtimoiy moslashuv
jarayonlari chuqur o‘rganiladi. Psixologiyaning bilish, ma`lumot olish ahamiyati
shulardan iboratki, shu bilan birga (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar
amaliy faoliyatining har xil turlarida - ta`lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat,
tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san`at va boshqa sohalarda ham
katta ahamiyatga egadir.
Pedagogika ishida, ya`ni yosh avlodni o`qitish va tarbiyalashda
psixologiyaning ahamiyati, ayniqsa, katta. Pedagog o`quvchilarga biron
materialni tushuntirar ekan,
shu materialni bolalar qanday o`zlashtirayotganini -
ko`ruvchilar qanday idrok etayotganini, eslab qolayotganini, fikrlayotganini,
diqqat-e`tibor, hissiyot qanday namoyon bo`layotganini, bolalarning yosh
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
171
xususiyatlariga qarab bu jarayonlar qanday ro`y berayotganini bilish lozim.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish, ishlab chiqarish ta`limi va mehnatni tashkil
etishning har xil turlarida psixologiyadan keng foydalanilmoqda. Psixik hayot
hodisalari haqidagi ilmiy bilimlarni egallash shaxs dunyoqarashining
shakllanishida katta ahamiyatga egadir.
Psixologiyani bilish, psixikani chinakamiga ilmiy asosda tushunish kishilar
ongidagi har xiI diniy taassub va xurofotlarga qarshi kurashda juda kuchli qurol
bo`lib xizmat qiladi. Odam psixologiyani o`rganar ekan, o`zidagi psixik hayotni
va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo`lib qoladi. Bu bilim esa boshqa
kishilarni va o`zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Hozirgi zamonda oliy
ta`lim, kollej, texnikum o`quv rejalariga o`qituvchilar uchun zarur bo`lgan
pedagogik psixologiya va yosh davrlari psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya,
psixodiagnostika, psixokorreksiya singari fanlar kiritilmaganligi ma`lum. Ayni
paytda psixologiyaning o`qituvchilar uchun mutlaqo zarur bo`lgan bu sohalari
bo`yicha yetarli bilim olmagan bitiruvchilarning 90 foizdan ortiqrog`i
maktablarga o`qituvchilik qilish uchun borishmoqda. Pedagoglarning asosiy
vazifalari tushuntirish, uqtirish va shu usullar yordamida o`quvchilarga bilim
berish va tarbiyalashdan iborat. Ta`lim jarayoni qisman, tarbiya jarayoni esa,
asosan, ong ostiga ta`sir o`tkazish orqali amalga oshiriladi. Ong ostiga ta`sir
qilmay ham ta`lim va tarbiya tadbirlarini o`tkazsa bo`ladi. Lekin bunda
tadbirlarning samaradorligi juda past bo`lib qoladi. Ta`lim-tarbiya jarayonida
uqtirishning muhimligi shundaki, o`quvchilarda uning yordamida ijobiy
sifatlarning zarurligiga ishonch hosil qilish orqali bu sifatlar Ong ostiga
singdiriladi. Bu ishlarga faqat pand-nasihat qilish yo`li bilan erishib bo`lmaydi.
Yosh o'sishi jarayonida boladagi barcha xulq va faoliyat o'zgarishlari o'rganish
omillari bo'lib hisoblanadi. O'rganish ma'lum bir maqsadga erishishga imkon
beruvchi faoliyat va xulqdagi tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) o'zgarishlarni
talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rganish tashqi va ichki faoliyat (xulq-
atvor)dagi maqsadga muvofiq o'zgarishlarda namoyon bo'ladi. Ayni vaqtda
pedagogik faoliyatning ushbu komponenti maktab oldida turgan asosiy vazifasi
o'sib kelayotgan avlodning faol fuqarolik holatida tarbiyalash o'qituvchi shaxsiga
ma'lum bir talablarni qo'yadi. O'qituvchi o'quvchilarning bilimlarini
chuqurlashtirishga intilishi kerak, buning uchun esa u eng qiyin nazariy
savollarni oson o'zlashtirilishi uchun o'quv materialni tanlash va qayta ishlashi
lozim. Birinchi navbatda ta'lim oluvchilarning faoliyati faol bo'lmasa, chuqur
bilim va o'zlashtirish jarayoni amalga oshirilmaydi.
Xulosa
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
172
Bolalar ta'lim-tarbiyasida bo'ladigan kamchiliklarning asosiy sabablaridan
biri o'qituvchining psixologiyasiga bog'liq. Lekin bunga ko'pincha e'tibor
berilmaydi. Shuning uchun o'qituvchilar jamoasini psixologik nuqtai nazardan
o'rganish, uni muvaffaqiyatli boshqarishning psixologik yo'llarini ishlab chiqish
dolzarb ahamiyatga egadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G'oziyev, E. (2010). Umumiypsixologiya. Yangi asr avlodi.
2. Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.
3. Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the
Factor of Increase of Education's Efficiency. Theoretical & Applied Science,
53(9), 79-82.
4. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.T.: Nizomiy,
5. Yosh va pedagogik psixologiyadan praktikum. T.1991.
https://inlibrary.uz
https://uzresearchers.com
https://ibratprint.uz