ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
50
GENDER YONDASHUVLAR ASOSIDA XOTIN-QIZLAR SPORTINI
RIVOJLANTIRISHDA IQTIDORLILAR SPORTCHILARNI TANLASH
VA ANIQLASH
Xojimurodova Mahliyoxon Kenjavoy qizi
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti
E-mail: maxliyoxonxojimurotova96@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15706967
Kalit so‘zlar:
sport orientatsiyasi, gender tenglik, xotin-qizlar sporti,
jismoniy tarbiya, sport, salomatlik, jismoniy mashqlar, tanlov.
Dunyoning qator ilmiy tadqiqot markazlarida ilm - fan va jamiyatni
rivojlantirishda ayollarning o’rni va rolini oshirish, yangi avlodni shakllantirish
va rivojlantirish zaruriyatini anglagan holda gender yondashuvlar asosida xotin -
qizlar sportini rivojlantirish, ayollarning reproduktiv salomatligini ta’minlash
jarayonining pedagogik - psixologik mexanizmlarini takomillashtirish, ularning
individual qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish borasida izlanishlar olib
borilmoqda.
Mamlakatimizda ham
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda
shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida
yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish,
mavjudlarini rekonstruksiya qilish ishlari [1], amalga oshirilmoqda
Mamlakatimizda har bir soxaga raqamli texnalogiyalar kirib kelmoqda.
Sport sohasiga ham raqamlashtirishni keng joriy qilish orqali iqtidorli
sportchilarni aniqlash, saralash va ularni tayyorlash bo’yicha yang tizimi yo’lga
qo’yilib alohida raqamli platforma ishga tushiriladi. Umumta’lim maktablarida
o’quvchilarning malum bir sportga qobiliyati aniqlanib, elektron platformaga
kiritiladi. Sport maktablari bu mezonlar asosida o’ziga yoshlarni tanlab, jismoniy
va psixologik tayyorlab boradi. Sportchilarning kundalik natijalari, erishayotgan
yutuqlari ham yagona elektron tizimga joylashtiriladi sport federatsiyalari eng
yaxshi natija ko’rsatgan yoshlarni terma jamoa yig’inlariga chaqirib tanlab
olishadi. Terma jamoaga jalb qilingan yoshlar uchun jismoniy ko’rsatkichlarni
monitoring qiladigan raqamlashgan tizim yaratiladi. Natijada sportchilarning
ko’rsatkichlari xorijiy yoki tor soha mutaxassislariga onlayn yuborilib, tavsiyalar
olish imkoni yaratiladi, sportchilar kasal bo’lganida, ular qanday dori vositalarini
iste’mol qilishi mumkin yoki mumkin emasligi bo’yicha platformada onlayn
konsultatsiyalar berib boriladi. Eng muhimi, bu tizim nafaqat sportchilar, balki
ular bilan yelkama yelka ishlayotgan murabbiylari faoliyatini ham baholab
borishga xizmat qiladi [2].
Zamonaviy sportning xarakterli xususiyati - iqtidorli yoshlarni izlash, ilmiy
asoslangan sport oriyentatsiyasini tashkil qilish hisoblanadi. Sportning har xil
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
51
turlari, gavdaning tuzilishiga, alohida harakat sifatlarining rivojlanish darajasiga,
organizmning funksional imkoniyatlariga o’ziga xos talablarni qo’yadi.
Chidamlilik sifati ustun hisoblangan bir qator sport turlarida, aerob ish
unumdorligiga katta talablar qo’yiladi. V.B.Shvarsning ma’lumotlariga
qaraganda, maksimal kislarod istemoli kattaligi 80% genetik omillarga bog’liq va
faqat 20% tashqi muhitning, xususan mashq qilishning ta’siriga bog’liq. Shuning
uchun, yosh sportchilarning maksimal kislarod istemolini aniqlash, chidamlilik
mashqlaridagi, ularning kelajakdagi natijalarini prognoz qilish uchun ishlatilishi
mumkin. O’rta masofalarga yuguruvchi ko’pchilik taniqli sportchilar, kislorod
yetishmovchiligini yengishning yuqori rivojlangan qobiliyatiga ega ekanligi bilan
ajralib turadi. Shuning uchun, sport faoliyatining anaerob turlarida, kislorod
yetishmovchiligini yengish qobiliyatini baholash, sportchilarni tanlashning
ishonchli mezoni bo’lishi mumkin. Baholashning eng oddiy usuli - gipoksemik
sinab ko’rish (nafasni ushlab turish, berk bo’shliqda nafas olish, gaz
aralashmalari bilan nafas olish va h.k.), ancha murakkab usuli - maksimal
kislorod qarzini aniqlash. Sportning ayrim turlarida (og’ir atletika, kurash,
gimnastika, yengil atletik uloqtirishlar) sport natijalari, ma’lum bir mushak
guruhlari kuchini rivojlanishining darajasi bilan ancha ko’proq belgilanadi.
Qisqa masofalarga yuguruvchi sportchilarni tezlik-kuch tayyorgarligi
ko’rsatkichi - 0,1 soniyadagi kuch impulsi hisoblanadi. U, qisqa muddatda
sportchi tomonidan katta kuchlanishlarni namoyon qilish qobiliyatini tavsiflaydi
va sprinterning maxsus tayyorgarlik darajasini nazorat qilish uchun test sifatida
ishlatilishi mumkin. Yosh kattalashib, sportchi mukammalashgan sari, kuch
impulsining kattaligi ortadi. Chaqqonlik va tezlik-kuch sifatlarini kishining
harakat qobiliyatlarini konservativ ko’rinishidan biri, deb hisoblashadi. Masalan,
yengil atletik sakrashlarda depsinish vaqti, sportchining yoshiga va uning
malakasiga kam bog’liq. Ancha katta “keskin kuchlanishi” bilan ajralib turadigan
yosh sportchilar, ushbu sifatlarni keyingi tayyorgarlik jarayonlarida ham saqlab
qoladi. Shuning uchun, sakrashning depsinish fazasida kuchni konsentratsiya
qilish qobiliyati, sportning ushbu turi bilan shug’ullanishga potensial
imkoniyatlarni ijobiy prognoz qilish uchun mezon sifatida qaraladi. Genetik
omilning ahamiyatinini tan olgan holda, tashqi muhitning rolini pasaytirish
kerak emas. Genetik axborot, agar har bir yosh davrida, muhitning ma’lum bir
sharoitlari bilan optimal o’zaro harakatda bo’lgandagina amalga oshirilishi
mumkin.
Pedagogik ta’sirning aksentlari, sportchining ushbu yoshi davridagi
individual anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan to’g’ri kelganda sport jihatdan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
52
mukammallashish samaradorligi ancha yuqori bo’lishi aniqlangan. Organizm
rivojlanishining turli davrlarida, muhitning ma’lum bir omilining ta’siri bir xil
emas. Har bir davr uchun, eng katta samara beradigan kuchli ta’sir qiluvchi
omillarning «o’z majmuasi» xarakterlidir. Yoshi 12-16 da bo’lgan sportchilarda
harakat sifatlarining rivojlanishi, nafaqat uning pasportdagi yoshi, balki biologik
yoshiga ham bog’liq bo’ladi. Bir xil pasport yoshidagi bolalar rivojlanishining
har xil sur’atlari, ularning haqiqiy qobiliyatlari to’g’risida trenerning fikrini
chalg’itishi mumkin. Bolalik va o’spirinlik yillarida yuqori sport natijalariga
erishish sport iqtidorligi bilan emas, balki ancha erta biologik yetilishning
genetik muddatlari bilan belgilanishi mumkin. Shunday qilib, sportda tanlash
paytida, akselerat bolalarga aksent qilish har doim ham maqsadga muvofiq
bo’lmaydi. Individual rivojlanishining sur’ati sust bo’lgan o’spirinlarning ham
potensial qobiliyati yuqori bo’ladi, lekin kechroq yuzaga chiqishi mumkin.
Sport natijalari, bir tomondan, dastlabki natijalarning darajasi bilan,
ikkinchi tomondan — sportda mukammallashish paytida ularning o’sish sur’ati
bilan belgilanadi. O’sish sur’ati har xil bo’lganligi tufayli, ilk ko’rsatkichlar bilan
erishilgan yakuniy yutuqlar (definitiv ko’rsatkichlar) o’rtasida har doim ham
moslik bo’lmaydi. Shuning uchun, nafaqat yutuqlarning dastlabki darajalarini,
balki funksional imkoniyatlarning o’sish sur’atlarini, harakat sifatlarining
rivojlanishini ham hisobga olish zarur. Yosh suzuvchilar, yengil
atletikachilarning 2-3 yil shug’ullanganda erishgan natijalari, ularning dastlabki
boshlang’ich natijalariga bog’liq emasligi aniqlangan. Bo’lg’usi sportchi qizlarni
tarbiyalash-nafaqat maxsus jismoniy sifatlarni individual rivojlantirish, balki
shaxsni va bo’lg’usi sportchining fe’l-atvorini shakllantirish hamdir [4].
Sport bilan shug’ullanuvchi shaxslarni saralash, sport bilan shug’ullanish
uchun imkoniyati va qobiliyati borlarni tanlash va kelajakda yuqori malakali
sportchi bo’lib yetishi uchun qilinadi. Sportchining sport turida, qaysiki
kelajakda yuqori malakali bo’lishiga qobiliyati bor bo’lsa shu turni tanlashi
kerak. Ko’p yillik tayyorgarlik bosqichlarining optimal yosh chegaralari
o’rnatilgan, ular yuqori malakali sportchilarni muvaffaqiyatli tayyorlash
imkonini beradi.
Ko’p yillik tayyorgarlikning har bir bosqichida maqsadining, vazifasining va
tanlash usullarining hamda sportchining tanlovining o’zaro xosligi mavjuddir.
Sportda tanlov va orientatsiya tuzilishi zamonaviy sportda kelajakda yuqori
natijalarga erisha oladigan shaxslarni aniqlash eng muhim malasadir. Sportdagi
qobiliyat quyidagi komponentlardan iboratdir:
a) benuqson morfologik ko’rsatgichlar;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
53
b) jismoniy va ruhiy imkoniyatlarning o’zaro mos kelishi;
v) organizm uchun chegarali bo’lgan yuqori o’zgarish va adaptatsiya;
Tabiatan bo’lgan mos kelishlar kam uchraydi, shuning uchun tanlov
muommosi va sport turida to’g’ri orientatsiya qilish sportchining ko’p yillik
tayyorgarligi jarayonida aktual vazifa hisoblanadi. Sportdagi tanlov (seleksiya) –
iste’dodli insonlarni izlash va bilib olish (diagnostika), ular konkret sport turida
yuqori natijalarga erishishlari mumkin. Sport tanlovi sport seksiyalari,
klublarida shug’ullanuvchi bog’cha bolalari va umumta’lim maktabi o’quvchilari
hamda sportchilar orasida o’tkaziladi.
Sport tanlovi 4 ta bosqich bor
:
1.
Birinchi bosqich
– sport bilan shug’ullanishi maqsadga muvofiqligini
aniqlash, uning shug’ullanishi mumkinligi, perspektivani borligi. Ko’p yillik
tayyorgarlikning birinchi (boshlang’ich) bosqichida hal etiladi.
2.
Oraliq bosqich
– aniq sport turida shug’ullana olishga layoqati
borligini aniqlash (tor sport ixtisosi), kuchli trenirovka jarayonida qobiliyatni
effektiv
takomillashtirish.
Ko’p
yillik
tayyorgarlikning
avvalgi
va
maxsuslashtirilgan bazali bosqichida hal etiladi.
3.
Yakunlovchi bosqich
– sportchilarda halqaro natijalarga erisha olish
imkoniyatini aniqlash. Sportchining individual imkoniyatlarini maksimal amalga
oshirish bosqichida hal etiladi.
4.
Takomillashuv bosqich
– sportchilarda yuqori natijalarni saqlab
qolishni imkoniyati va perspektivasi. Yutuqlarni saqlab qolish bosqichida yuqori
malakali sportchining boshqa sport turiga, dissiplinasiga, boshqa dasturga yoki
boshqa ampula(himoyachi, hujumchi)ga o’tishi hal etiladi [3].
Sport orientatsiyasi – trenirovka jarayonining perspektiv yo’nalishi bo’lib,
sportchining imkoniyatlarini hisobga olib uni maksimal amalga oshirishdir.
Qobiliyati bor sportchilarni morfofunksional va ruhiy imkoniyatlarini
jismoniy tarbiya vositasi bilan maqsadga muvofiq shakllantirish tabiiy
qobiliyatni borligi sport bilan shug’ullanishning zarur asosi hisoblanadi, uni
amalga oshirish ko’p yillik tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilishi mumkin
[3]. Boshlang’ich bosqichda tanlash va orientatsiya
birinchi tanlov bolalar va
o’smirlar sport maktablariga, sport seksiyalariga va klublarga qabul qilishda
o’tkaziladi endilikda maktablardan boshlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi PF-4947-
sonli Farmoni 07.02.2017
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
54
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 13-fevral “2028 yilgi
Olimpiya va Paralimpiya o’yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy
sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan” videoselektor
nutqi
3.
Xonkeldiev Sh, Abdullaev A., Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.
(1tom) Farg’ona – 2016 Darslik.
4.
Sh.I.Allamuratov FIZIOLOGIYa VA SPORT FIZIOLOGIYaSI Toshkent —
«Turon-Iqbol» — 2010 Darslik 141 betl
5.
JISMONIY
FAOLLIKNING
INSON
RUHIYATIGA
VA
SHAXS
KOMPETENSIYASIGA TA’SIRI: 10.53885/edinres. 2022.97. 51.132 MK
Xojimurodova Qo ‘qon davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat
metodikasi kafedrasi stajyor-o ‘qituvchisi