Авторы

  • Boxodir Ilxamov
    Toshkent davlat O‘zbek Tili va Adabiyoti universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.108824

Ключевые слова:

shiorlarining lingvistik va madaniy xususiyatlari s ritmik va esda qolarli shiorlar saliteratsiya va takrorlash o‘zbek reklama shiorlarida kollektivlik shiorlarni tarjima qilishda auditoriyaning madaniy qadriyatlari

Аннотация

Reklama shiorlari har qanday marketing strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular iste’molchilarga mahsulot yoki xizmatning asosiy afzalliklarini qisqacha va esda qolarli tarzda yetkazish uchun xizmat qiladi. O‘zbek reklama shiorlari o‘ziga xos madaniy, lingvistik va psixologik xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni xorijiy reklamalar bilan qiyosiy tahlil qilish dolzarb ilmiy masalalardan biridir


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

34

REKLAMA SHIORLARIDA TIL BIRLIKLARINING ISHLATILISHI VA

O‘ZIGA XOSLIGI

Ilxamov Boxodir Baxtiyorovich

Toshkent davlat O‘zbek Tili va Adabiyoti universiteti

1-bosqich tayanch doktoranti

E-pochta manzili: bilhomov@inbox.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15705902

Annotatsiya:

Reklama shiorlari har qanday marketing strategiyasining

muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular iste’molchilarga mahsulot yoki
xizmatning asosiy afzalliklarini qisqacha va esda qolarli tarzda yetkazish uchun
xizmat qiladi. O‘zbek reklama shiorlari o‘ziga xos madaniy, lingvistik va
psixologik xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni xorijiy reklamalar bilan qiyosiy tahlil
qilish dolzarb ilmiy masalalardan biridir

Annotation:

Advertising slogans are an important component of any

marketing strategy. They serve to convey to consumers the main advantages of a
product or service in a concise and memorable way. Uzbek advertising slogans
have their own cultural, linguistic and psychological characteristics, and their
comparative analysis with foreign advertising is one of the current scientific
issues

Аннотация:

Рекламные слоганы являются важной составляющей

любой маркетинговой стратегии. Они служат для того, чтобы донести до
потребителей основные преимущества товара или услуги в краткой и
запоминающейся форме. Узбекские рекламные слоганы имеют свои
культурные, языковые и психологические особенности, и их
сравнительный анализ с зарубежной рекламой является одной из
актуальных научных проблем

Kalit so‘zlar:

shiorlarining lingvistik va madaniy xususiyatlari,s ritmik va

esda qolarli shiorlar, saliteratsiya va takrorlash, o‘zbek reklama shiorlarida
kollektivlik, shiorlarni tarjima qilishda auditoriyaning madaniy qadriyatlari

Keywords:

linguistic and cultural characteristics of slogans, rhythmic and

memorable slogans, alliteration and repetition, collectivity in Uzbek advertising
slogans, cultural values of the audience in translating slogans

Ключевые слова:

лингвокультурные особенности слоганов,

ритмичные и запоминающиеся слоганы, аллитерация и повтор,
коллективность в узбекских рекламных слоганах, культурные ценности
аудитории при переводе слоганов.

O‘zbek reklama shiorlari o‘ziga xos madaniy, lingvistik va psixologik

xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni xorijiy reklamalar bilan qiyosiy tahlil qilish


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

35

dolzarb ilmiy masalalardan biridir. Ushbu maqolada xorijiy nashrlarda
keltirilgan fikrlar asosida o‘zbek reklama shiorlarining lingvistik va madaniy
xususiyatlari tahlil qilinadi. M.Kosimbetova va N.Suyarova o‘zbek reklama
shiorlarining samaradorligi, tuzilishi va lingvistik birliklari asosida tahlil
qilinishini ta’kidlaydi. Ularning fikricha, qisqa, ritmik va esda qolarli shiorlar
ko‘proq e’tiborni jalb qiladi. Mualliflar mnemonik vositalarning – ritm,
aliteratsiya va assonansiyaning – ta’siri haqida shunday yozadilar: “Mnemonik
vositalar (qo‘shiq, ritm, aliteratsiya va assonansiya) shiorni yodda saqlashni
osonlashtiradi”.

Makhamadmusaeva stilistik vositalarning – metafora, inversiya, parallelizm

va boshqa uslublarning – reklamadagi ahamiyatiga urg‘u beradi. Uning fikricha,
“metaforalar reklama shiorlariga hissiy yuk beradi, aliteratsiya va takrorlash esa
yodda saqlanishiga yordam beradi”. Bundan tashqari, o‘zbek reklama shiorlarida
kollektivlik, oilaviy qadriyatlar va milliylik kabi madaniy omillar kuchli aks
etadi.Khidirova va Ismatova reklama shiorlarini tarjima qilishda faqat til jihati
emas, balki madaniy va ijtimoiy omillarni ham inobatga olish zarurligini
ta’kidlaydi. Ular yozadilar: “Tarjima – bu asl matnni qayta yaratish va talqin
qilish san’atidir. Tarjimon chuqur filologik bilimga ega bo‘lishi bilan birga,
yuqori ijodiylikka ham ega bo‘lishi kerak”. S.Nematovesa shiorlarni tarjima
qilishda auditoriyaning madaniy qadriyatlari va hissiyati alohida e’tibor bilan
ko‘rib chiqilishi kerakligini qayd etadi.

1. “Shedroye Leto – Pazanda bekalar siri” → “Oshpazlarning siri”
2. “Hot Lunch – ta’mi o‘zgacha mazali” → “Hot Lunch – betakror mazali”
3. “Makiz – muhabbat ila tayyorlangan” → “Sevgi bilan tayyorlangan”
4. “Artel – xalq tanlovi” → “Millat tanlovi”
5. “Artel – doimo birga” → “Doimo birga”
6. “Pantene Prove – Fantastic Smoothness” → “Fantastik yumshoqlik”
XXI asrda iqtisodiy to‘lqinlar avjida harakatlanayotgan ishlab

chiqaruvchilarning dunyo bozorida o‘z o‘rni va so‘ziga ega bo‘lishida
reklamaning ahamiyati, shakl va vazifasi kundan kunga ortib bormoqda.
Zamonaviy dunyo qiyofasini tashkil etayotgan, televideniya, radio, gazeta, jurnal,
ijtimoiy tarmoq, ko‘cha, binolarning asosiy daromad manbai, xattoki “pardozi”
bo‘lgan reklamalarga munosabat, bugungi kunda qanday ekanligi ko‘pchilikni
qiziqtirishi tabiiy. Amalga oshirayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy
o‘zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va
farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshirishga qay darajada ta’sir
ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi. Bozor tamoyillariga asoslangan kuchli


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

36

iqtisodiyotni barpo etishda, ishlab chiqaruvchi va istemolchining munosabatlar
darajasini belgilovchi, tovar yoki xizmatning turi, tarkibi, sifati kabi
ma’lumotlarni istemolchiga etkazuvchi omillarning eng muximi albatta reklama
hisoblanadi.

Inson dunyoga kelibdiki, shaxsiy extiyojlarini qondirish uchun ta’lim

oladi,mehnat qiladi, izlanadi. Amerikalik taniqli psixolog Abrahaam Maslouning
ehtiyojlar piramidasining poydevorini tashkil etgan insonning “asosiy ehtiyojlari
yoki fiziologik ehtiyojlari” bo‘lgan oziq-ovqat, suv, uyqu va boshqalar, kundalik
turmushimizda qondirilishi zaruriy xolat bo‘lib, A.Maslou nazariyasiga ko‘ra,
inson ierarxiyadagi ehtiyojlarni qondirgan holda ierarxiya darajasiga ko‘tarilsa,
oxir-oqibat o‘zini o‘zi anglashi mumkin. U asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun
ba’zi shartlar bajarilishi kerakligini yozgan. Masalan, so‘z erkinligi, o‘z fikrini
bildirish erkinligi va yangi ma’lumot izlash erkinligi bir nechta shartlardir.
Ushbu erkinliklarning har qanday amalga oshirilmagan qismi asosiy ehtiyojlarni
qondirishga to‘sqinlik qilishi mumkin.Demak inson extiyojlarini qondirish orqali
o‘zini o‘zi anglab yetib, komillikka tomon intilishi, bu yo‘lda esa barcha zaruriy
narsalarga ega bo‘lishga harakat qiladi. Bunda esa albatta ma’lumotlar olami
bo‘lgan reklama va e’lonlarning xizmati beqiyos.

Reklamaning asosiy vazifasi xaridorni qiziqtirish, mijoz, xaridorlarni

yo‘qotmaslik va ularning kengaytirishga qaratilgan.Reklama turlari, ularning
umumiy tavsifi va qo‘llanilish usullariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi;
ko‘rgazmali reklama, matbuotdagi reklama, bosma reklamalar, plakat-grafika
reklamalar, kino reklamalar, radio reklamalar, yoritish reklamalari. Mazmuniga
qarab esa maqsadli va hissiy turlarga bo‘linadi. Maqsadli reklamada iste’molchi
ushbu maxsulotni sotib olishdan oladigan o‘ziga xos foydani tavsiflasa, hissiy
reklama esa odamlarning his-tuyg’ulariga ta’sir qilib maxsulot haqida ijobiy
fikrlarni uyg‘otish uchun mo‘ljallangan. Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib,
uning insonlar ichki olamiga, jamiyatning axloqiy normalariga ta’sir etuvchi
kuch sifatida ko‘rish mumkin. Reklama to‘g‘risidagi ushbu zamonaviy ta’rif
qadimda ham axamiyatli bo‘lgan. Aslida bu so‘z 1850 yillardan nutqimizga kirib
kelgan.

Jamiyat murakkab tuzilma bo‘lib, insonning ma’naviy kamolotida katta o‘rin

egallaydi. Insonning reallikka chiqadigan barcha xislat va tuyg‘ulari ong osti
qatlamida shakllanadi. Jamiyat doim rivojlanishda davom etar ekan, har bir
inson yangilikka intiladi. O‘zi uchun notanish bo‘lgan, qiziqarli va noodatiy xatti-
harakatlarga intilish orqali boshqa madaniyat ishqiboziga aylanadi.Jamiyatga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

37

kirib kelgan o‘zgacha madaniyatga oid barcha yot unsurlarni jamlab “ommaviy
madaniyat“ deb ataymiz.

“Tuya karvoni yoxud kema yukxonasida olib kelinayotgan tovar yonida

hamisha muhim siyosiy “mahsulot” — g‘oya ham bo‘lgan va u boshqa mollar
qatori eksport qilingan. Ana shu taktika hozir ham madaniyatlar eksportida faol
qo‘llanilayotir. Farqli jihati shundaki, avvallari bu missiya tovar eltuvchi
savdogar vositasida bajarilgan bo‘lsa, bugun bu vazifani tovarning o‘zi ado etadi.
Ya’ni, g‘oya tovarga “yorliq” bo‘lib kirib keladi. Masalan, sifati-yu chiroyi o‘ziga
mahliyo etadigan bejirim libos ortiqcha izoh va sharhsiz ham bemalol ajnabiy
madaniyatning targ‘ibotchisi bo‘la oladi, uni kiygan iste’molchi esa tap-tayyor
reklama afishasi! Eng dahshatlisi, bu holni o‘sha kishining o‘zi hamisha ham
sezavermaydi. Yoki yarim yalang‘och badaniga ko‘pik surayotgan oyimchaning
nozli surati aks etgan iroqi sovunning o‘ziyoq milliy axloqqa “o‘lat” tushirish
qudratiga ega ekani anglanmaydi ham.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Eshonjonova, F. (2012). Reklama haqida tushuncha va uning tarixi. O‘quv qo‘l
lanma, Toshkent.
2.Harweg, R. (1974). Textlinguistik – Yn: Prospektiken der Linguistik, Bd.2. –
Stuttgar
3.Kotler, F. (1998). Marketing– menedjment. Sankt-Peterburg: Izdatelstvo Piter
Kom
4.Internet manbalari

Библиографические ссылки

Eshonjonova, F. (2012). Reklama haqida tushuncha va uning tarixi. O‘quv qo‘l

lanma, Toshkent.

Harweg, R. (1974). Textlinguistik – Yn: Prospektiken der Linguistik, Bd.2. –

Stuttgar

Kotler, F. (1998). Marketing– menedjment. Sankt-Peterburg: Izdatelstvo Piter Kom

Internet manbalari