ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
193
YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING KONTSEPTUAL
ASOSLARI
Sotvoldiev Nodirbek Jurabaevich
University of Business and Science dotsenti,
iqtisodiyot fanlari doktori
Kodirov Javlonbek Nematullayevich
Namangan davlat texnika universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15730656
Annotatsiya.
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot va barqaror
rivojlanishning mamlakatimizda yaratilgan huquqiy asoslari tahlili, shu
jumladan davlat siyosatining yo’nalishlari, qonun hujjatlari va xalqaro
shartnomalarning ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, huquqiy asoslar,
resurs, ekologik xavfsizlik, ijtimoiy tenglik, ijtimoiy adolat, me`yoriy hujjatlar,
energiya samaradorligi.
Аннотация.
В данной статье анализируются правовые основы
зеленой экономики и устойчивого развития в нашей стране, включая
направления государственной политики, законодательные акты и роль
международных соглашений.
Ключевые слова:
Зеленая экономика, устойчивое развитие, правовые
основы, ресурс, экологическая безопасность, социальное равенство,
социальная справедливость, нормативные документы, энергетическая
эффективность.
Abstract.
In this article, the legal foundations of green economy and
sustainable development established in our country are analyzed, including the
directions of state policy, legislative acts, and the role of international
agreements.
Key words:
Green economy, sustainable development, legal foundations,
resource, environmental safety, social equality, social justice, regulatory
documents, energy efficiency.
Yashil iqtisodiyot – bu jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan global tendensiyalar bo'lib, ular
mamlakatlarning kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etiadi [9]. O’zbekiston
Respublikasida ham ushbu yo’nalishlarni rivojlantirish uchun qo’shimcha
huquqiy asoslar yaratish, takomillashtirish va amalga oshirish zarurati tobora
ortib bormoqda.
Yashil iqtisodiyot, o’z navbatida, atrof-muhitni himoya qilish, resurslardan
samarali foydalanish va ijtimoiy rivojlanishni muvozanatlashga qaratilgan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
194
iqtisodiy faoliyatdir [8]. Shu o’rinda barqaror rivojlanish esa, ekologik
xavfsizlikni ta’minlab, iqtisodiy o’sishni davom ettirish va ijtimoiy tenglikni
o’rnatishga intilishdir [7]. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida ona tabiatni
asrash, atrof muhitga chiqindilarni chiqarishni minimallashtirish va mavjud
tabiiy resurslardan oqilona foydalangan holda iqtisodiy o’sihsga erishish yo’lida
ulkan ko’lamdagi ishlar bajarildi va bularning barchasi davlat tomonidan
huquqiy asoslantirildi va shu asosda tartibga solib kelinmoqda.
Xususan, 1992 yil 9-dekabirdagi №754-XII-sonli «Tabiatni muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi tom ma’noda
tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un
muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim
obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga
ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir [1]. Ushbu qonun bilan, davlat
hokimiyati va boshqaruv idoralarining tabiatni muhofaza etishga taalluqli
huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari, aholining tabiatni
muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari, tabiiy resurslardan
foydalanishni tartibga solish, ekologik nazorat, tabiatni muhofaza qilishni
ta’minlashning iqtisodiy chora-tadbirlari, xo‘jalik faoliyati va boshqa yo‘sindagi
faoliyatga doir ekologiya talablari va tabiatni muhofaza qilishga doir
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, tabiatni muhofaza qilishga oid
nizolarni hal qilish kabi masalalar aniq va lo’nda qailib asoslab berildi va ushbu
qonun orqali bu yo’nalishga huquiy poydevor yaratildi.
Shunindek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 19-
sentyabrdagi №212-sonli «2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining
atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida»gi qarorida atrof
muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy tizimlarni,
ularning biologik rang-barangligini hamda o‘zini o‘zi to‘g‘rilash qobiliyatini
saqlash va qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan oqilona va kompleks
foydalanishni ta’minlash, tabiatdan foydalanishni boshqarishning samarali
iqtisodiy metodlarini joriy etishni davom ettirish, atrof muhitning ifloslanish
darajasini kamaytirish, tabiiy muhitni saqlashni ta’minlashning huquqiy
mexanizmini takomillashtirish, ekologik ilm-fanni rivojlantirish, ekologik
bilimlarni keng targ‘ib qilish, shuningdek ekologik madaniyatni oshirish chora-
tadbirlari kompleksini amalga oshirish ushbu dasturning maqsadi va vaziflari
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
195
qilib belgilandi [2]. Va o’sha yillarda ushbu qaror ijrosini bajarish orqali ushbu
sohaning asosi mustaxkamlandi.
Barchamizga ma’lumki, rivojlangan davlatlarda biznes sub’ektlari o’z
faoliyatlarini yashil iqtisodiyot kontsepsiyasi asosida tashkil etmoqdalar va
bunda muvofaqqiyatga erishgan kompaniyalar xorijiy davlatrga ushbu
kontsepsiya asosida sarmoya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda.
Mamlakatimizga shunday xorijiy investorlarni keng ko’lamda jalb qilish ekologik
xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni ishlab chiqishni taqozo etdi.
Shu sabali, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18-
fevraldagi №95-sonli «Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik
reglamentni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi va mahsulotlarni ishlab
chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish jarayonlarida ekologik
xavfsizlikning umumiy talablari, atmosfera havosini muhofaza qilishni
ta’minlovchi ekologik xavfsizlik talablari, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni
amalga oshirish sohasida ekologik xavfsizlik talablari, mahsulotlar va
chiqindilarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish
jarayonlarining ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash kabi
reglamentlar aniq ko’rsatib o’tildi [3].
Hukumatning «2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish
sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2022 yil 21-fevraldagi №83-
sonli Qaroriga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va milliy
barqaror
rivojlanish
maqsadlarini
amalga
oshirishda
koronavirus
pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish hamda milliy
barqaror rivojlanish maqsadlarida nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarning sifatli
bajarilishi, shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish
sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishilishini ta’minlash maqsad qilib
belgilandi [4].
Hozirgi globallashuv davrida atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim o'zgarishi
va tabiiy resurslarning kamayishi kabi muammolar insoniyat uchun eng dolzarb
masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Ushbu holat iqtisodiyot va ekologiyaning
o'zaro bog'liqligini yanada kuchaytirish bilan birga "yashil" iqtisodiyotga o'tish
jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega va bu
"yashil" iqtisodiyotga o'tishning zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Uning
zaruriyati quyidagi omillar bilan izohlanadi:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
196
atrof-muhitni muhofaza qilish: sanoat faoliyati natijasida yuzaga keladigan
ifloslanish va resurslarning haddan tashqari ishlatilishi ekologik muammolarni
keltirib chiqarmoqda;
iqtisodiy barqarorlik: qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o'tish va
energiya samaradorligini oshirish iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlaydi;
ijtimoiy farovonlik: "yashil" iqtisodiyot ish o'rinlarini yaratish, sog'liqni
saqlash va ta'lim tizimini yaxshilash orqali ijtimoiy farovonlikni oshiradi.
Bu borada, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarga
“yashil” iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga,
issiqxona gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya
barqarorligiga imkon beruvchi mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019-2030-yillar davrida
O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019 yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-sonli qarori qabul
qilindi [5].
Joriy yilga «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot» yili deb nom
berilishi bu sohani yanada rivojlantirish naqadar muhimligini ko’rsatmoqda.
Xususan, 2025 yil 30-yanvardagi PF-16-sonli «O‘zbekiston-2030” strategiyasini
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat
dasturi to‘g‘risida»gi O’zbekiston Resbublikasi Prezidentining farmonining
imzolanishi gapimizning yaqqol isbotidir. Ushbu farmonda asosiy maqsad qilib,
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida va Oliy Majlis palatalarining majlislarida
belgilangan vazifalarning ijrosini og‘ishmay tashkil etish, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida hadli konvensiyasining Kioto protokoli
va Parij bitimi doirasida mamlakatning global hamjamiyat oldida olgan
majburiyatlarini bajarishda tarmoq va sohalarning uyg‘un “yashil
transformatsiya”sini amalga oshirish, ularning raqobatbardoshligi va resurs
tejamkorligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga
moslashish hamda aholining yashash sifatini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishning
yangi “yashil rivojlanish” modeliga o‘tish belgilandi [6]. 2018-yilda O‘zbekiston
Respublikasi Parij bitimini (Parij, 2015-yil 12-dekabr) ratifikatsiya qildi va uni
amalga oshirish yuzasidan milliy miqyosda belgilanadigan hissa bo‘yicha- 2030-
yilga qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan
solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish miqdoriy
majburiyatini qabul qildi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O'zbekistonda "yashil" iqtisodiyot
va barqaror rivojlanish kontsepsiyalarining huquqiy asoslari so'nggi yillarda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
197
sezilarli darajada mustahkamlandi. Davlat tomonidan qabul qilingan
strategiyalar va qarorlar, jumladan, 2019-yilda tasdiqlangan "yashil"
iqtisodiyotga o'tish strategiyasi, mamlakatni barqaror rivojlanish yo'lida muhim
qadamlar tashlamoqda. Ushbu hujjatlar atrof-muhitni muhofaza qilish, qayta
tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va energiya samaradorligini
oshirish kabi ustuvor yo'nalishlarga e'tibor qaratmoqda. Ammo, qilingan ishlar
bilan to’xtab qolmasdan, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, ya’ni
"yashil" iqtisodiyot va barqaror rivojlanish sohasidagi mavjud qonun hujjatlarini
xalqaro standartlarga moslashtirish, shu jumladan, ekologik soliq tizimini joriy
etish va yashil obligatsiyalar bo'yicha qonunchilikni takomillashtirish,
institutsional tuzilmani rivojlantirish, bunda "yashil" iqtisodiyot va barqaror
rivojlanish bo'yicha maxsus vakolatli organlar tashkil etish, ularning faoliyatini
moliyaviy va kadrlar bilan ta'minlash, xalqaro tashkilotlar va rivojlangan
mamlakatlar bilan tajriba almashish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish orqali
"yashil" iqtisodiyotga o'tish jarayonini tezlashtirish, "yashil" iqtisodiyot
tamoyillarini keng targ'ib qilish, biznes va fuqarolarni ushbu jarayonga jalb etish
orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish muhim ahamiyatga ega. Ushbu
takliflarni amalga oshirish O'zbekistonda "yashil" iqtisodiyot va barqaror
rivojlanish kontsepsiyalarining samarali tatbiqini ta'minlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9-dekabirdagi №754-XII-sonli
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni
2.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 19-
sentyabrdagi №212-sonli «2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining
atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori
3.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18-fevraldagi
№95-sonli «Ekologik xavfsizlik to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni
tasdiqlash haqida»gi qarori
4.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21-fevraldagi
№83-sonli «2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy
maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori
5.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2019-2030-yillar davrida
O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019 yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-sonli qarori
6.
O’zbekiston Resbublikasi Prezidentining 2025 yil 30-yanvardagi PF-16-
sonli «O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil
iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmoni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
198
7.
Vahobov A.V., Xajibakiev Sh.X. “Yashil iqtisodiyot” darslik//- Toshkent:
“Universitet”, 2020 - 262 b.
8.
UNEP (United Nations Environment Programme). "Towards a Green
Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication")
(2011).
9.
Meet the world's largest movement for green and fair economies.
https://www.greeneconomycoalition.org/