ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
130
XAYRIDDIN SULTONOV QISSALARIDA DENOTATIV VA
KONNOTATIV STRUKTURA
Shohsanam Tursunova
Navoiy davlat universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15726858
Annotatsiya
Ushbu maqolada Xayriddin Sultonov qissalaridagi denotativ va konnotativ
ma’no qatlamlari haqida fikr yuritiladi. Maqolada Xayriddin Sultonovning
“Ko‘ngil ozodadir qissasi asosida denotativ va konnotativ ma’no strukturalari
tahlil qilinadi. Badiiy til vositalari orqali semantik ko‘p qatlamlilik tahlil etilib, bu
qatlamlarning badiiy obrazlar yaratishdagi o‘rni yoritiladi.
Kalit so’zlar:
denotat, konnotatsiya, signal, konsept, semiotika,
personifikatsiya, struktura, kontekst, leksik birliklar, ijtimoiy yuklama, badiiy
niyat.
Annotation
This article explores the denotative and connotative layers of meaning in
the stories of Xayriddin Sultonov. Specifically, it analyzes the semantic structure
of denotation and connotation in his story "Ko‘ngil ozodadir". Through the use of
artistic language devices, the article examines the multilayered semantic depth
and highlights the role of these layers in the creation of literary imagery.
Keywords:
denotation,
connotation,
signal,
concept,
semiotics,
personification, structure, context, lexical units, social implication, artistic
intention.
Аннотация
В данной статье рассматриваются денотативные и коннотативные
смысловые пласты в повестях Хайриддина Султонова. Основное внимание
уделяется анализу структур денотативного и коннотативного значения на
примере повести «Ko‘ngil ozodadir» («Свободна душа»). С помощью
художественно-выразительных средств исследуется семантическая
многослойность текста и раскрывается роль этих смысловых уровней в
создании литературных образов.
Ключевые слова: денотат, коннотация, сигнал, концепт, семиотика,
олицетворение, структура, контекст, лексические единицы, социальная
нагрузка, художественное намерение.
1. Kirish (Introduction).
Badiiy matnning ma’no qatlamlari ko‘p hollarda ikki asosiy struktura
orqali namoyon bo‘ladi: denotativ va konnotativ. Denotativ ma’no — bu so‘zning
asosiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohli lug‘atlardagi ma’nosi bo‘lsa, konnotativ ma’no —
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
131
bu so‘zning kontekstda hosil qiladigan qo‘shimcha, emotsional, stilistik va
assotsiativ ma’nolaridir. Bu ikki qatlam orasidagi farq ilk bor Ferdinand De
Sossyur tomonidan til belgilarining “signal” va “kontsept” uyg‘unligi orqali
izohlangan. U til belgisini ikkiyoqlama birlik deb qaraydi, bu yondashuv
keyinchalik R. Bart tomonidan chuqurlashtirilib, badiiy matnlar “konnotativ
sistema” sifatida talqin qilingan. asoschisi R. Bart ta’kidlaganidek: “Konnotatsiya
– bu madaniy, ideologik va psixologik qatlam bo‘lib, u har bir belgining orqasida
yashiringan ikkilamchi mazmunga asoslanadi. Ayniqsa, badiiy matnda
konnotatsiya asosiy estetik vositaga aylanadi.” Ayniqsa, badiiy matnda
konnotatsiya ko‘p hollarda muallifning estetik maqsadi, obraz yaratish niyati va
o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish niyatiga xizmat qiladi. Konnotatsiya — bu so‘zning
individuallikka va emotsional baholovchanlikka yo‘naltirilgan funksiyasi bo‘lib,
ayniqsa badiiy nutqda asosiy ifoda vositasi hisoblanadi. So‘zning semantik
tuzilishi faqatgina lug‘aviy (denotativ) ma’no bilan cheklanmaydi. Konnotativ,
ya’ni qo‘shimcha, ko‘proq emotsional yoki madaniy yuklama — badiiy matn
semantikasining muhim qismidir. Adabiy matnda bu ikki ma’no qatlamining
uyg‘unligi o‘quvchida murakkab obrazlar va chuqur hissiyotlarni uyg‘otadi.
Xayriddin Sultonov — bu ikki qatlamni birgalikda ishlatgan zamonaviy
yozuvchilardan biridir. Uning qissalari so‘z va obraz semantikasi nuqtai
nazaridan sermazmun manbadir.
2. Tadqiqot usullari (Methods)
Tahlilda quyidagi usullardan foydalanildi:
Semantik tahlil — so‘z va iboralarning matndagi asl vazifasi va qo‘shimcha
ma’nosi tahlil qilindi. Asosiy misol sifatida “Ko‘ngil ozodadir” qissasidan parcha
va epizodlar tanlab olindi. Ushbu tadqiqot usuli yordamida qissalardagi leksik
birliklarning ifoda imkoniyati va qamrovi tahlilga tortiladi.
Kontekstual tahlil orqali matndagi emotsional va madaniy yuklamalar
aniqlashtirildi. So’zlarning asosiy lug'
4. Muhokama (Discussion)
“Ko‘ngil ozodadir” qissasida sarlavhaning o’zidanoq konnotativ yondashuv
ko’zga tashlanadi. “Ozodlik” tushunchasi denotativ jihatdan jismoniy erkinlikni
anglatgan bo‘lsa-da, asarda u ruhiy tozalik, ichki xotirjamlik ramzi sifatida
ishlatilgan (konnotativ qatlam). “Saodat sohili” qissasidagi “sohil” iborasi faqat
geografik joy emas, balki inson orzulariga erishish manzili sifatida talqin etiladi.
Sohil — hayot ma’nosi, baxt manzili sifatida konnotatsiyalangan. “Yozning
yolg‘iz yodgori” nomidanoq “yoz” fasli — yoshlik, shirin xotiralar, “yodgor” esa
vaqt o‘tishi va xotira bilan bog‘liq konnotativ yuklamalarni beradi. Asarda
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
132
“yoz”ning denotativ ma’nosi — fasl bo‘lsa, konnotativ ma’nosi — yo‘qotilgan
baxt, o‘tgan tuyg‘ular ifodasidir.
Adib so‘z tanlashda, ayniqsa, xalqona va obrazli birliklardan foydalanganda
ko‘pincha konnotativ ma’nolarni asosiy vosita sifatida ishlatadi. Bu holat uning
tilining emotsional boyligi va xalq og‘zaki nutqiga yaqinligida yaqqol ko‘rinadi.
Misol uchun, “Ko‘ngil ozodadur” qissasidagi quyidagi ibora e’tiborga molik:
“Og‘ziga so‘k solib olgan telefon tuyqusdan tilga kirib...”
Bu jumlada “telefon tilga kirdi” iborasi denotativ ma’noda “telefon
jiringladi” degan oddiy mazmunga ega bo‘lsa, konnotativ jihatdan — bu ifoda
telefonning uzoq vaqt jim turgani, xarakterga ega predmet sifatida
tasvirlanganini bildiradi. Bu holatda muallif “telefon” obrazini jonlantiradi
(personifikatsiya), unga emotsional va hatto kinoyaviy yuk beradi. “Og‘ziga so‘k
solib olgan” iborasi esa so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lib, juda kam gapiradigan
odam obrazini eslatadi. Shu iboraning o‘zidayoq asar qahramoni hayotiga oid
chizgilar, uning yolg‘izlik va Bu orqali yozuvchi zamonaviy hayotdagi oddiy
voqeani jonli va ifodali qilib ko‘rsatadi. Xayriddin Sultonov asarlariga oid
tadqiqotida o‘zbek tilshunosi T.S.Jumanova shunday fikrni bildirgan:
“Konnotatsiyalar badiiy matnda xalq tilining obrazli ifodaviy imkoniyatlari
orqali amalga oshadi. Xalqona ibora, kinoya, metafora va dialektal birliklar —
bular konnotatsiyaning badiiy ko‘rinishidir.”
Denotatsiyalardan farqli ravishda konnotatsiyalar individual va ijtimoiy
tajribalarga, madaniy stereotiplarga ham bog‘liq bo‘ladi. Xayriddin Sultonov
asarlarida ishlatiladigan ko‘plab leksik birliklar o‘zining birlamchi ma’nosidan
tashqari qo‘shimcha ijtimoiy yoki estetik yuklamaga ega. Masalan, “G‘ulom” ismi
qahramonning ijtimoiy ahvolini ko‘rsatibgina qolmay, “qul” konnotatsiyasini
ham beradi va bu orqali qahramonning holati va kayfiyati chuqurroq
ifodalanadi.
Xayriddin Sultonov matnlarida ba’zan ataylab oddiy, hatto qo‘polroq
iboralar tanlanadi, ammo ularning konnotativ yuki badiiy niyatga xizmat qiladi.
Bu orqali yozuvchi personajlarning dunyoqarashi, hissiyotlari va muhit bilan
bog‘liqligini aniq ko‘rsatadi. Shuningdek, muallif konnotatsiyani har doim so‘zlar
orqali emas, balki nutq konstruktsiyasi, intonatsiya va stilistik kontrast
vositalari orqali ham yaratadi. Xayriddin Sultonovning “Ko‘ngil ozodadur”
qissasida ishlatilgan til vositalari orasida denotativ va konnotativ
strukturalarning o‘zaro uyg‘unligi alohida e’tiborga molik. Quyidagi parcha bu
jihatdan ayniqsa badiiy kuchga ega:
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
133
“Ishxonadagi butkul faoliyatimni bir og‘iz qilib «ozgina» degan so‘z bilan
ifoda etib qo‘yaqolish mumkin… Xullas, ishdagi kun tartibi taxminan shunday:
ozgina salom-alik, ozgina gazetxonlik, ozgina kashandalik, ozgina g‘iybat, ozgina
hasad, ozgina xushomad, ozgina haqiqat, ozgina ovqat, ozgina sayr, ozgina
shaxmat. Shu.”
Bu parchada denotativ jihatdan “ozgina” so‘zi son jihatdan kam miqdorni
bildiruvchi oddiy birlik sifatida ko‘rinadi. Ammo konnotativ ma’noda u juda boy
emotsional va stilistik yuklamaga ega: muallif jamiyatdagi ishchanlik,
samimiylik, halollik kabi tushunchalarning formal va yuzaki ekanini istehzo
bilan fosh etmoqda. Har bir faoliyat — salomlashish, ovqatlanish, ish qilish —
hatto “haqiqat” ham “ozgina” bilan cheklanmoqda. Bu esa jamiyatdagi
samarasizlik, riyokorlik, loqaydlik singari muammolarni kinoyaviy tarzda ochib
beradi.
“Ishlamasdan tishlayotgandek sezardim” degan ibora esa so‘zma-so‘z
denotatsiyada ma’lum bo‘lishi mumkin — ya’ni biror ish qilmasdan foyda ko‘rish
holati. Biroq konnotatsiyada bu ibora muallifning vijdoniy noqulaylik,
jamiyatdagi axloqiy inqirozga nisbatan ichki noroziligini bildiradi. U o‘zini bu
tartibsizlikka ko‘nikayotgan, ammo unga qoniqmayotgan odam sifatida
tasvirlaydi. Shuningdek, quyidagi jumlalar ham ikki qavatli ma’noni ifoda etadi:
“Birov do‘konga jo‘naydi — go‘sht istab; birov bog‘chaga yo‘l oladi —
bolasini istab; birovlar esa shahar kezmoqqa tushadi — may istab... Ishqilib,
oqshom chog‘i har kim ham nimadir istab qoladi.”
Bu yerda har bir harakat “istab” shaklida yakunlanadi. Bu takror struktura
bir tomondan denotativ – ya’ni odamlar turli ehtiyojlar orqasidan yuguradi,
hayot davom etadi – degan mazmunga ega. Ammo konnotativ jihatdan, bu
iboralar hayotning ma’naviy bo‘shlig‘i, odamlarning istaklar bilan to‘la, ammo
mazmunsiz harakatlarini ifodalaydi. N.D.Arutyunova fikrlari bilan aytganda:
“Konnotatsiyalar matnning mazmuniy chuqurligini belgilovchi komponentdir.
Ular muallif pozitsiyasini yashirin tarzda anglatadi, obraz yaratish va o‘quvchiga
ta’sir qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.”
“Mavlono Gulxaniyning chindan ham go‘lax bo‘lganiga ba’zan ishonim
keladi…”
Bu jumlada “go‘lax” — denotativ jihatdan sodda, samimiy, sodda odam
ma’nosini bildiradi. Ammo konnotatsiyada u beparvo, hayotga loqayd,
mas’uliyatsiz kishi obraziga xizmat qiladi. Shuningdek, “matalgo‘y parrandalar”,
“mahmadona qushlar”, “bandai bechoralarni g‘iybat qilib o‘ltirgan” kabi obrazlar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
134
tasvirda jonlantirish, shuningdek, metaforik va konnotativ yondashuv orqali
hayotiy haqiqatlarni kulgili, biroq achchiq ohangda ifodalaydi.
3. Natijalar (Results)
Tahlillar ko‘rsatdiki, Xayriddin Sultonov qissalarida til vositalari ikki
qatlamda ishlaydi: denotativ (aniq) va konnotativ (emotsional, timsollik
asosida). Bu uslub yozuvchining real voqealar bilan birga ma’naviy, ruhiy olamni
ham tahlil etishga xizmat qiladi. Yozuvchi har bir obrazni ko‘p ma’noli qilib
yaratadi, bu esa o‘quvchini fikrlashga va his qilishga undaydi. Xayriddin
Sultonovning qissalarida denotativ va konnotativ ma’no strukturalari badiiy
obraz yaratishning asosiy vositalaridan biridir. U oddiy so‘z va obrazlarga
madaniy, emotsional, timsoliy yuklamalar berib, badiiy matnning semantik ko‘p
qatlamli tuzilishini yaratadi. Bu holat o‘zbek nasrida semantik estetikani yanada
boyitadi. Xayriddin Sultonov qissalarida bu ikki struktura o‘zaro uyg‘un holda
mavjud bo‘lib, ular asarning badiiy ifodaliligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Adabiy tilning badiiy kuchi aynan shunday konnotativ imkoniyatlarda namoyon
bo‘ladi. Xayriddin Sultonov bu imkoniyatlardan keng foydalanadi: u bir so‘z
orqali ikki yoki undan ortiq ma’noni yaratadi, bu esa o‘quvchini matnni faqat
o‘qishga emas, balki tushunishga va his qilishga undaydi. “Badiiy matnda
konnotativ qatlam — bu muallifning dunyoqarashi, bahosi va emotsional
pozitsiyasini ifodalovchi eng kuchli vositadir.”
Xulosa.
Yozuvchi tilida denotativ va konnotativ strukturalar o‘zaro
chambarchas bog‘liq holda, ma’no yaratishning ikki qatlami sifatida faol ishlaydi.
Bu qatlamlar asarning mazmuniy chuqurligi, estetik ta’siri va obrazlilik
darajasini belgilaydi. Xayriddin Sultonovning stilistik ustunligi ham aynan
shunda — u har bir so‘zni ichki ohang, badiiy niyat va kontekst asosida tanlaydi.
Shunday qilib, Xayriddin Sultonov badiiy matnlarida denotativ va
konnotativ qatlamlar uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘lib, bu orqali u jamiyatdagi
muammolarni badiiy-obrazli yondashuv orqali fosh etadi. Yozuvchining xalq
tiliga xos ifodalarni chuqur kontekstda ishlatishi matnning semantik va estetik
yukini kuchaytiradi. Bu jihatlar uni nafaqat lirik yozuvchi, balki ijtimoiy-
psixologik til hodisalarini badiiy ifodalovchi mahoratli tilshunos sifatida ham
namoyon etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sultonov, X. (2006). Ko‘ngil ozodadir: Qissalar. Toshkent: Adabiyot uchquni.
2. Sultonov, X. (2011). Saodat sohili: Qissa va hikoyalar. Toshkent: Yozuvchi.
3. Sultonov, X. (2019). Yozning yolg‘iz yodgori. Toshkent: Sharq.
4.Abduazizov, A. (2004). Semasiologiya. Toshkent: O‘zbekiston Milliy
universiteti nashriyoti.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
135
5. Nazarova, Z. (2018). Badiiy matnda konnotatsiya va timsollar tahlili. Til va
adabiyot jurnali, 3(1), 45–52.