Авторы

  • Shoxsanam Nurillayeva
    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.113118

Ключевые слова:

adresant diktum modus murakkablashtiruvchi komponent avtorizatsiya dialogizatsiya.

Аннотация

Sodda gaplarning shakliy va mazmuniy murakkablashuvi masalasi tilshunoslikning pragmatika sohasi uchun dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada sodda gaplar murakkablashuvining o‘ziga xos jihatlari, shakliy va mazmuniy murakkablashtiruvchi vositalar haqida so‘z boradi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

110

SODDA GAPLARNING SHAKLIY VA MAZMUNIY

MURAKKABLASHUVI

Nurillayeva Shoxsanam Anvarovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

e-manzil: shnurillayeva@gmail.com

+998973207112

https://doi.org/10.5281/zenodo.15726656

Annotatsiya

Sodda gaplarning shakliy va mazmuniy murakkablashuvi masalasi

tilshunoslikning pragmatika sohasi uchun dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Mazkur maqolada sodda gaplar murakkablashuvining o‘ziga xos jihatlari, shakliy
va mazmuniy murakkablashtiruvchi vositalar haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

adresant, diktum, modus, murakkablashtiruvchi komponent,

avtorizatsiya, dialogizatsiya.

Annotation

The issue of formal and substantive complexity of simple sentences is one

of the topical topics for the pragmatics field of linguistics. This article discusses
the specific aspects of the complexity of simple sentences, as well as the formal
and substantive complexity tools.

Key words:

addressee, dictum, modus, complicating component,

autarization, dialigization.

Tilshunoslik taraqqiyoti natijasida semantik jihatga asosiy e’tibor berila

boshlandi. Bu holat bir nechta voqea-hodisa nominatsiyasini ifodalovchi sodda
gaplarni, ya’ni murakkablashgan sodda gaplarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni
oshirdi. Boisi obyektiv borliqni to‘laligicha bevosita lisoniy vositalar bilan
ifodalashga zarurat bo‘lmaydi, so‘zlar vositasida o‘z ifodasini topmagan qismi
nutq vaziyati yoki kontekstdan anglashiladi. Buning natijasida gaplarda shakl va
mazmun nomutanosibligi yuzaga keladi. Ularni o‘rganish yo‘lidagi eng dastlabki
vazifa sodda gapni murakkablashtiruvchi sintaktik birliklarni aniqlashdir. Ba’zi
olimlar murakkablashuv faqat ajratish va parchalanish orqali yuz beradi, deb
hisoblashsa, boshqalari sodda gap tarkibiga kiruvchi tuzilmalargina
murakkablashuvga xizmat qiladi, gapdan tashqaridagi birliklar sodda gapni
murakkablashtira olmaydi, deb ta’kidlashadi.

1

O‘zbek tilshunos olimi

G’.Abdurahmonov sodda va qo‘shma gaplar orasidagi gaplarni “murakkab
gaplar” nomi bilan atab, ularga ajratilgan bo‘lakli, undalmali va kirishli gaplarni

1

Галлямов Ф.Г. Структурно- семантическое осложнение простого предложения в татарском языке.

Автореф.дисс….док-ра филол.наук. Уфа, 2007. С.11

.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

111

kiritadi.

2

Tilshunoslar A.G’ulomov va M. Asqarovalar uyushiq bo‘laklar,

ajratilgan bo‘laklar, kirish birliklar, kiritma konstruksiyalar va undalmalarni
murakkablashtiruvchi vositalar sifatida tadqiq etishgan.

3

Biz tilshunos

B.O‘rinboyev tavsifiga qo‘shilgan holda, sifatdoshli, ravishdoshli o‘ramlar,
harakat nomili tizimlar va ilova qurilmalarni sodda gaplarni ham
murakkablashtiruvchi vositalar sifatida tadqiq etdik.

4

Sodda gaplarni murakkablashtiruvchi vositalarning vazifaviy va

mazmuniy imkoniyatlari badiiy matnda o‘zini to‘la namoyon qiladi.
Murakkablashtiruvchi birliklarning bir qismi gap asosiy tarkibiga qo‘shimcha ,
potensial-predikativ ma’nolarni yuklashga xizmat qiladi. Bunday ma’nolarga
taktik, izohlovchi-aniqlashtiruvchi, tavsiflovchi, shartli ma’nolar kiradi.
Murakkablashtiruvchi vositalarning yana bir qismi vaziyatga yoki nutq
ishtirokchilariga nisbatan subyektiv munosabat, hissiy baho ifodalashga xizmat
qiladi.

Murakkablashtiruvchi

birliklarning

asosiy

vazifaviy

yuklamasi

so‘zlovchining matn tarkibidagi gaplarni intonatsion- grafik va semantik urg’usi
bilan bog’liq bo‘lgan maqsadini amalga oshirishdan hamda gapning shakliy-
mazmuniy tuzilishini tizimlashtirish, qolaversa, uzatilayotgan axborotning
adresant tomonidan to‘g’ri shakllantirilishi va adresat tomonidan to‘g’ri
tushunilishini ta’minlashdan iborat. Murakkablashtiruvchi vositalarning gapga
kiritilishi natijasida yangi grammatik birikmalar; yangi yarim predikativ, izohli,
bog’lovchili ma’nolar yuzaga keladi. Murakkablashtiruvchi komponentlarning
ishtiroki gapdagi qo‘shimcha va tematik-rematik markazlarning ta’kidlanishi va
gapning

tarkibiy

bo‘linishini

murakkablashishiga

xizmat

qiladi.

Murakkablashtiruvchilar diktum bilan bog’liq bo‘lgani kabi, uzatilayotgan
axborotning modusi bilan ham bog’liq bo‘ladi. Ular nutqni avtorizatsiya va
dialogizatsiya qilishda, matndagi so‘zlar orasida uyg’unlikni saqlashda muhim
rol o‘ynaydi. Nutq vaziyatining tarkibiy qismlari bo‘lmish adresant, adresat,
uzatilayotgan axborotning vaqti va o‘rnini aktuallashtirish vazifasini bajarib,
sintaktik deyksis vositasi hisoblanadi. Murakkablashtiruvchi vositalarning
xususiyatlari sifatdoshli va ravishdoshli o‘ramlarda yaqqolroq ko‘rinadi. Boisi
ravishdosh va sifatdosh o‘ramlar zamon morfologik kategoriyasi bilan
shakllangan so‘z shakllarini o‘z ichiga oladi. Quyida to‘ldiruvchi vazifasidagi
uyushiq sifatdosh o‘ram bilan murakkablashgan sodda gap berilgan bo‘lib,
sifatdosh o‘ram o‘tgan zamon ko‘rsatkichi bilan shakllangan:

Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995. -Б.57.

Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Тошкент: Ўқитувчи, 1987. – Б.157.

Ўринбоев Б. Синтактик муносабатлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2005. – Б.103.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

112

Shu dardi tufayli tog‘-u toshlar orasida sarson yurgani-yu, turqi sovuq

Shoyim yo‘g‘onga duch kelganini o‘yladi. N.Norqobilov. G’animlar. Qissa. 18-b.

Gapda 3ta propozitsiya ifodalangan:
1.

U(Sarvar)ning sarson yurganligi;

2.

Uning Shoyim yo‘g’onga duch kelganligi;

3.

Uning o‘yga tolganligi.

Yuqoridagi gapdan anglab olishimiz mumkin bo‘lgan yana bir qancha

presuppozitsiyalar ham bor bo‘lib, bu holat sodda gapning shakliy va mazmuniy
tuzilishi o‘rtasida kuchli nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Gapdan
tushuniladigan presuppozitsiyalar quyidagilar:

1.

U(Sarvar)ning qandaydir kasallik bilan og’rigani;

2.

Uning Shoyim yo‘g’onni yoqtirmasligi.

Quyidagi jumlada ravishdosh o‘ram asosiy predikatga sabab munosabati

bilan bog’langan bo‘lib, o‘tgan zamon ko‘rsatkichi bilan shakllangan:

Biroq bundan o‘ziga hech bir naf yetmasligini o‘ylab, tezda fikridan qaytadi.

N.Norqobilov. G’animlar. Qissa. 18-b.

Gapda birdan ortiq propozitsiyalar ifodalangan bo‘lib, asosiy propozitsiya

bosh predikatdan anglashiluvchi axborot (tezda fikridan qaytadi) hisoblanib,
qo‘shimcha propozitsiyalar ravishdosh o‘ram (naf yetmasligini o‘ylab) va uning
ichiga kiruvchi harakat nomili o‘ramdan (hech bir naf yetmasligi) anglashiladi.
Gapda umumiy holda 3ta propozitsiya ifodalanib, sodda gapning mazmuniy
murakkablashuvi yuz bergan.

Ajratilgan bo‘laklarni ko‘pchilik tilshunoslar murakkab gaplarning

qisqartirilgan, noto‘liq qismi sifatida ta’riflashgan.

Bu yerda ham o‘zlarini shunday tutishadi – ozod, erkin. E.A’zam. Chapaklar

va chalpaklar mamlakati. Qissa. 2-b.

Yuqoridagi gapda ajratilgan bo‘lak hol vazifasidagi shunday so‘zini izohlab,

aniqlab kelgan. Ajratilgan so‘zlar ham yuklamasi bilan birgalikda “Ular boshqa
joyda ham o‘zlarini ozod, erkin tutishadi” degan presuppozitsiyani ifodalagan.

Sodda gaplarni murakkablashtiruvchi vositalardan bo‘lgan kirishlar va

undalmalar baho munosabatini, obyektiv mazmunga subyektiv munosabatni
ifodalaydi. Kirishlar va undalmalar bo‘linmas gaplar vazifasini bajara oladi.
Bunday holatda shakl va mazmun orasida nomuvofiqlik yuzaga kelib, birgina
so‘z modusni ham ifodalab, konteks bilan bog’liqlikda diktumni ham ifodalay
oladi.

Sodda gap tarkibida kelganda gapni ham shaklan ham mazmunan

murakkablashtiradi. Ular gap tarkibiga intonatsion ajratilgan ikkilamchi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

113

pronominal komponent sifatida kiritilgan bo‘lib, gapdagi asosiy bo‘laklarning
morfologik ifodasiga ta’sir ko‘rsatadi. M.:

Darhaqiqat, bu juda muhim ziyorat edi. . E.A’zam. Chapaklar va chalpaklar

mamlakati. Qissa. 26-b.

Yuqoridagi jumlada so‘zlovchining subyektiv modal munosabati shaklan

kirish so‘z vositasida ifodalangan. Kirish so‘z so‘zlovchining ziyoratning muhim
ekanligi haqidagi axborotiga o‘zining tasdiqlash shaxsiy munosabatini
qo‘shishiga xizmat qilgan.

Quyida undalma ishtirok etgan jumlaga e’tiborni qaratamiz:
Seni ovora qildim, genatsvali, pardon! E.A’zam. Bayramdan boshqa kunlar.

Qissa. 95-b.

Yuqoridagi gapda undalma vazifasini bajargan “genatsvali” so‘zi

gruzinchada “do‘st”, “aka”, “hurmatli kishi”, “qondosh” ma’nolarini bildirib,
suhbatdoshga nisbatan hurmat, iliqlik va mehrni ifodalovchi so‘z hisoblanadi.
So‘zning asl ma’nosidan ham ko‘rinib turibdiki, undalma bo‘yoqdorlikka ega
bo‘lib, so‘zlovchining tinglovchiga nisbatan subyektiv munosabatini ifodalaydi.
Qolaversa, undalma so‘zlovchi xarakteriga xos bo‘lgan turli tillarga oid so‘zlarni
nutqda aralashtirib qo‘llash va barchani o‘ziga yaqin olish jihatlarini ko‘rsatishga
ham xizmat qilgan.

Sintaksisning markaziy muammosi bo‘lgan shakl va mazmunning

aloqadorligi masalasini o‘rganishda kiritmalar ham muhim rol o‘ynaydi. M.:

Shohidalar( Bakirning singlisiga otdosh ekan) esa Beshqayrag’ochda

turisharkan. E.A’zam. Bayramdan boshqa kunlar. Qissa. 95-b.

Yuqoridagi gapda uzatilayotgan asosiy axborot Shohida va uning yaqinlari

Beshqayrag’ochda yashashlari haqida bo‘lsa, gapda kiritma vositasida
ifodalangan qo‘shimcha axborot ham mavjud bo‘lib, u Bakirning singlisining
ismi ham Shohida ekanligi haqidadir. Ushbu ikkinchi axborot adresantning yo‘l-
yo‘lakay paydo bo‘lgan nutqiy ehtiyoji sifatida adresatga uzatilgan.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, sodda gaplarni murakkablashtiruvchi

vositalar gapni ham shaklan, ham mazmunan, yoki faqat mazmun jihatidan
murakkablashtiradi. Obyektiv mazmun asosiy predikat orqali anglashiluvchi
axborot bo‘lsa, modus obyektiv mazmunga so‘zlovchining subyektiv munosabati
hisoblanadi hamda uning gapda mavjud bo‘lishi majburiy emas.
Murakkablashgan sodda gaplarda asosiy propozitsiya bilan birga qo‘shimcha
propozitsiya, ba’zida presuppozitsiya ham ifodalanadi va shakl va mazmunning
nomutanosibligiga sabab bo‘ladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

114

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1995.
2.Галлямов Ф.Г. Структурно- семантическое осложнение простого
предложения в татарском языке. Автореф.дисс….док-ра филол.наук. Уфа,
2007. С.11.
3.Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. –
Тошкент: Ўқитувчи, 1987. – Б.157.
4.Ўринбоев Б. Синтактик муносабатлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2005. –
Б.103.

Библиографические ссылки

Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1995.

Галлямов Ф.Г. Структурно- семантическое осложнение простого предложения в татарском языке. Автореф.дисс….док-ра филол.наук. Уфа, 2007. С.11.

Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Тошкент: Ўқитувчи, 1987. – Б.157.

Ўринбоев Б. Синтактик муносабатлар. – Самарқанд: СамДУ нашри, 2005. – Б.103.