Авторы

  • Farangis Hoshimova
    Sharof Rashidov nomidagi SamDU magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.131996

Ключевые слова:

Polisemiya turkologiya omonimiya metafora lingvistik ta’sir evfemizm disfemizm ko‘chma ma’no Baxtiyor Abdushukurov “Qissasi Rabgʻuziy leksikasi” asari struktura.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligidagi ko‘p ma’noli so‘zlarning vujudga kelishi, ularning ishlatilish o‘rinlari hamda strukturasi haqida fikr-mulohazalar beriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

84

OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI KOʻP MA’NOLI SOʻZLAR

Hoshimova Farangis Qobil qizi

Sharof Rashidov nomidagi SamDU magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16760837

Annotatsiya

: Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligidagi ko‘p ma’noli

so‘zlarning vujudga kelishi, ularning ishlatilish o‘rinlari hamda strukturasi
haqida fikr-mulohazalar beriladi.

Kalit so‘zlar

: Polisemiya, turkologiya, omonimiya, metafora, lingvistik

ta’sir, evfemizm, disfemizm, ko‘chma ma’no, Baxtiyor Abdushukurov “Qissasi
Rabgʻuziy leksikasi” asari, struktura.

Annotation

: This article provides insinghts into the emergence, use and

structure of polysemous words in Uzbek linguistics.

Keywords

: Polysemy, turkology, homonymy, a metafhor, linguistic

influence, euphemism, dysphemism, Bakhtiyor Abdushukurov’s work “The
Lexicon of the Story of Rabguz”, structure.

Dunyo xalqlari orasida oʻzining boy va rang-barang badiiy ogʻzaki ijodiy

merosga egaligi bilan Oʻzbek xalqi boshqa xalqlardan ajralib turadi. Prezident
Shavkat Mirziyoyev: “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili
xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho
maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir”- deydi

1

. Shu tufayli, oʻzbek tilini ilmiy

jihatdan oʻrganish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Soʻzning koʻp ma’no anglatishi tilda mustaqil tizim boʻlib, umumiy

tilshunoslikda polisemiya termini bilan nomlanadi. Soʻz dastlab bir ma’noni
atash uchun qoʻllanilib, davrlar oʻtishi va turli lingvistik ta’sirlar vositasida bir
necha ma’noni bildiradi. Polisemiya bir turkum doirasida leksik ma’nolardan
tarkib topishi, ularning oʻzaro bogʻliq boʻlishi, ma’nolarning ayni soʻzning oʻziga
oidligi bilan boshqa hodisalardan ajralib turadi.

Turkologiyada koʻp ma’noli soʻzlar bir qator ishlarda yoritilgan. Oʻzbek

tilidagi koʻp ma’noli soʻzlarni vujudga keltiruvchi hodisalarning koʻpi shu tilning
oʻziga xosdir. Ammo bu hodisaning shundaylari ham borki, ularni deyarli barcha
tillarda uchratish mumkin. Shuning uchun ham “tilshunoslikka kirish” uchun
bagʻishlangan barcha darsliklarda bu haqda aytilgan fikrlar uchraydi.

Tilshunoslikda koʻp ma’noli soʻzlarni vujudga keltiruvchi birdan-bir hodisa

koʻchma ma’noning hosil boʻlish hodisasi deb koʻrsatiladi. Haqiqatda ham
koʻchma ma’no hosil boʻlishi koʻp ma’nolikning yuzaga kelishi uchun asosiy
hodisalardan biri hisoblanadi. Ba’zi tilshunoslar ma’no kengayish hodisasini

1

https://prezident.uz/uz/lists/view/2953


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

85

ham koʻp ma’nolikning yuzaga kelishi uchun sabab boʻluvchi hodisalardan biri
deb qaraydilar. Biroq bu fikrga qoʻshilib boʻlmaydi. Chunki koʻp ma’nolikning
yuzaga kelishi birdan ortiq leksik ma’noning hosil boʻlish natijasi boʻlgani holda,
ma’no kengayishi faqat birgina ma’noning ichki oʻzgarishidir. Ular alohida
semantik hodisalar ekani tilshunoslar tomonidan qayd etilgan. Ya’ni koʻp ma’noli
soʻz bir soʻz hisobida birdan ortiq leksik ma’no yuzaga kelishi hisobiga vujudga
kelgan boʻlsa, ma’no kengayishi esa faqat ma’lum ma’no doirasidagina sodir
boʻladi. Oʻsha ma’no anglatgan tushuncha doirasi kengayadi.

Soʻzlarning yangi ma’no orttirilishi hisobiga taraqqiy etishi koʻp ma’nolik

uchun asos boʻladi. Soʻzlarning yangi ma’no orttirilishi faqat koʻchma ma’no hosil
boʻlishi hisobiga emas, evfemizm va disfemizm hisobiga ham sodir boʻladi. Bu
ham tilshunoslikda qayd etilgan. Biroq keltiruvchi hodisa sifatida keltirilmagan.
Buning oʻz sababi bor. Chunonchi, evfemizm va disfemizm natijasida, ba’zi
adabiyotlarda trop (okkozional ma’no)lar hosil boʻladi, deyilsa, ba’zilarida
uslubiy vositalar yuzaga keladi, deb koʻrsatiladi. Aslida bu fikrlarning har
ikkisida ham bir narsani, ya’ni evfimizm ham, disfemizm ham okkozional
ma’nolarni hosil qilishi nazarda tutilgan. Okkozional ma’no esa polisemantik
soʻzlarni vujudga keltirmasligi tilshunoslikda asoslab berilgan.

Til birliklarining koʻp ma’noligi aloqa jarayonida sanoqli til vositalari

yordamida son-sanoqsiz mazmunlarni (ma’nolarni) ifodalashda insonlar uchun
katta imkoniyat yaratadi. Koʻp ma’nolilik tilga xos ijobiy hodisa boʻlib, u aloqa
jarayonida insonlarga xalaqit bermaydi, balki yordam beradi.

Baxtiyor

Abdushukurov

“Qissasi

Rabgʻuziy

leksikasi”

asarida

polisemiyalarga alohida toʻxtalib oʻtadi. Qissa tilidagi polisemiya hodisasini
tatqiq etishda bir qancha an’analarga tayanadi. Soʻz ma’nolarini oʻrganishning
xilma-xil yoʻllari bor. Shulardan biri soʻzning semantik strukturasini ma’noli
qismlarga ajratib tahlil qilishdir. Koʻp ma’noli leksemalarning har bir
sememasini semalarga ajratib tatqiq etish ularning leksik ma’nosini nisbatan
aniq belgilashga yordam beradi. Sememaning mazmuni faqat leksik
ma’nodangina iborat boʻlmaydi, unga stilistik, nutqiy xoslanish kabi belgi-
xususiyatlar kiradi, bularning barchasi semantik strukturani tashkil qiladi.

Soʻzning leksik ma’nosi umumiy va farqlovchi semalarning oʻzidangina

tashkil topmaydi. Leksik ma’no tarkibida ikkinchi darajali, hatto fakultativ
semalar ham boʻlishi mumkin. Bunday semalar qoʻshimcha semalar deb
yuritiladi. Ma’lumki, tilshunoslikda leksik ma’nolar bosh va hosila ma’nolarning
ajratiladi. Bosh ma’no leksemaning boshqa ma’nolari taraqqiyotiga asos boʻladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

86

Shu oʻrinda unutmaslik kerakki, hosila ma’nolarning hammasi ham bosh
ma’noga bogʻlanishi shart emas.

Sir emaski, nutqimizda koʻpgina soʻzlar bir necha sememalarda ishlatiladi.

Muayyan leksema ifodalaydigan ma’nolar yigʻindisi mazkur soʻzning
sememalarning mundarijasini tashkil etadi. Semema til birligi sifatida abstrakt
hodisa. Semema nutqda boshqa leksemalar (sememalar) qurshovida keladi.
Mana shunday qurshov leksik qurshov deyiladi.

Polisemiya har qanday tilda ham salmoqli oʻrin tutadi. Til boyligi faqat

soʻzlar, iboralar bilangina emas, soʻzlarning leksik ma’nolari bilan ham
oʻlchanadi. Demak, soʻzlarning koʻp ma’noliligi — polisemiya til boyishida oʻz
oʻrniga ega. Tildagi polisemiya hodisasi juda qadimdanoq olimlar diqqatini
oʻziga jalb qilib keldi. Eramizdan avval uni falsafa va uslubiyat jihatdan
oʻrganishdi. Tilshunoslarning qayd etishicha, bu masala bilan xitoy va hind
olimlari, eramizning boshlarida esa yunonlar ham shugʻullanishgan. Oʻrta
Osiyoning buyuk leksikografi Mahmud Qoshgʻariy ham oʻzining mashhur
“Devonu lugʻatit turk” kitobida turkiy polisemantik soʻzlarni qayd etadi.

Polisemiya inson bilimining xarakteri bilan bogʻliq ekan, turli xalqlardagi

bilim xarakterining har xilligi ham oʻsha xalq tilidagi polisemiyalarda oʻz aksini
topadi. Aniqroq qilib aytsak, polisemiya milliy xarakterga ega boʻladi. Leksik
ma’nolarning, tilshunoslikda tan olinganidek, milliy xarakterga ega boʻlishi
polisemantik soʻzlarda oʻz aksini topmasdan iloji ham yoʻq. Chunki polisemantik
soʻzlar leksik ma’nolar hisobigagina tarkib topadi. Masalan, “tutilmagan” degan
leksik ma’no turli tillarda turli soʻzlarining semantik strukturasiga oid holatda
hosil boʻlgan. Oʻzbek tilida u “yangi” soʻzining semantik strukturasiga kiradi:
yangi daftar. Rus tilida esa “чистий” soʻzining semantik strukturasiga kiradi:
“чистая тетрадь”. Vaholanki, “чистий” soʻzi oʻzbek tiliga genetik ma’nosi
asosida tarjima qilinsa, “toza” soʻziga tengdir. Oʻzbek tilida esa mazkur leksik
ma’noni “toza” soʻzi orqali ifoda etib boʻlmaydi. Agar “toza daftar” birikmasini
tuzsak, u “yangi daftar” birikmasi kabi ma’no ifoda etmaydi. Chunki oʻzbek tilida
nihoyatda ozodalik bilan yozib toʻldirilgan daftar ham toza daftar deb
atalaveradi. Demak, oʻzbek tilida toza soʻzi “kirlanish” ma’nosi bilan bogʻliq
boʻlgan ma’noni ifoda eta olar, ammo tutilmagan leksik ma’nosini ifodalay olmas
ekan.

Biror tilda polisemantik soʻzlar vujudga kelish imkoniyatlarining koʻp

boʻlishi va tilda polisemiyaning nihoyatda, taraqqiy etganligi fikr ayirboshlash
uchun hech mahal qiyinchilik tugʻdirmaydi. Qaysi bir xalqda fan, texnika,
madaniyat, san’at, taraqqiy etgan boʻlsa, oʻsha xalq obyektiv borliqning oʻzaro


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

87

aloqasini shuncha koʻproq koʻradi, ularni bir-biriga koʻproq qiyos etadi va bular
tilida koʻproq oʻz aksini topadi. Soʻz ma’nolarini oʻzgartirib turuvchi
taraqqiyotlar ketma-ket sodir boʻlib turadi. Bu esa polisemantik soʻzlar
taraqqiyoti uchun sabab boʻladi, ya’ni insonning oʻz atrofini oʻrab turgan borliqni
umumlashtira olishi bilan bogʻliq holatda polisemiya mavjud va taraqqiy etadi.

Kattaroq koʻlamda omonimiya bir xil boʻlgan soʻz sifatida tavsiflanadi shakl

yoki boshqa soʻz bilan tovushda (gomofon sifatida) yoki imloda, yoki ikkalasi
ham, lekin undan ma’no jihatidan farq qiladi. Omonimiyani yuzaga keltiruvchi
hodisalardan biri polisemiyaning taraqqiyoti natijasidir. Demak, polisemiyaning
taraqqiyoti ba’zan omonimiya hodisasiga olib keladi. Mana shu ba’zi oʻtishi
ma’lum tilda belgilab chiqish bir biriga mos boʻlmagan fikrlarning paydo
boʻlishiga sabab boʻladi. V.I.Abayev “Bu ikki hodisa ma’nolari oʻrtasida hech
qanday yiroqlashish boʻlmaydi va omonimlarning polisemantik soʻzlardan kelib
chiqishi uchun ham asos emas.

Polisemantik soʻz taraqqiyoti natijasi omonimlarning vujudga kelishi uchun

asos boʻla oladi. Agar polisemantik soʻz ma’nolari quyidagi yoʻllar bilan taraqqiy
etsa, uning ma’nolari oʻrtasidagi aloqa uziladi, ya’ni u birdan ortiq soʻzga
differensatsiya boʻlib, omonim vujudga keladi. Leksik ma’nolarning tobelilik
natijasidagi taraqqiyoti polisemantik soʻz ma’nolari oʻrtasidagi aloqaning
uzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Polisemantik soʻz ma’nolari faqat bosh ma’no
taraqqiyotidangina iborat boʻlmay, balki bosh ma’nodan hosil boʻlgan koʻchma
ma’nodan ham hosil boʻladi. Soʻz ma’nolarinnng bunday hosil boʻlishi jarayonida
oraliqdagi biror ma’no vazifadoshlikning natijasi boʻlib qoladi. Vazifadoshlik yoʻli
bilan koʻchma ma’no hayotda eskirib qolgan nomdoshlanuvchining
nomdoshlovchini siqib chiqarib yuborishi natijasida hosil boʻladi. Natijada,
nomdoshlovchini ifoda etuvchi koʻchma ma’no yoʻqolib, uning oʻrniga
nomdoshlanuvchini ifoda etuvchi boshqa koʻchma ma’no qoladi. Bu esa avvalgi
koʻchma ma’nolar bilan siqib chiqarib yuborilgan koʻchma ma’nodan keyingi
vazifadoshlik natijasida hosil boʻlgan koʻchma ma’no oʻrtasida aloqa, ya’ni
bogʻliqlikning uzilishiga sabab boʻladi. Polisemantik soʻz vazifadoshlik natijasida
hosil boʻlgan koʻchma ma’no oldidan differensatsiyaga uchrab, omonim vujudga
keladi

2

.

Mavzu yuzasidan quyidagi xulosalarga kelindi:
1.

Polisemiya bir turkum doirasida leksik ma’nolardan tarkib topishi,

ularning oʻzaro bogʻliq boʻlishi, ma’nolarning ayni soʻzning oʻziga oidligi bilan
boshqa hodisalardan ajralib turadi.

2

Mirtojiyev M. O’zbek tili semasiologiyasi. –T: Mumtoz so’z, 2010. – B. 288.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

88

2.

koʻp ma’noli soʻz bir soʻz hisobida birdan ortiq leksik ma’no yuzaga

kelishi hisobiga vujudga kelgan boʻlsa, ma’no kengayishi esa faqat ma’lum ma’no
doirasidagina sodir boʻladi. Oʻsha ma’no anglatgan tushuncha doirasi kengayadi.

3.

Polisemiya har qanday tilda ham salmoqli oʻrin tutadi. Til boyligi

faqat soʻzlar, iboralar bilangina emas, soʻzlarning leksik ma’nolari bilan ham
oʻlchanadi. Demak, soʻzlarning koʻp ma’noliligi — polisemiya til boyishida oʻz
oʻrniga ega.

Polisemiyaning taraqqiyoti ba’zan omonimiya hodisasiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Hakimov M. Semasiologiya. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2008. B.5

2.

Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent, 2022. –

B.87
3.

Mirtojiyev M. O’zbek tili semasiologiyasi. –T: Mumtoz so’z, 2010. – B. 288.

4.

Rahmatullayev Sh. Semema- mustaqil til birligi // O‘TA, 1984.№5. B. 18;

Rahmatullayev Sh, Yunusof R. Sememalarning semalar sostavi va semantic
bog‘lanish haqida // O‘TA, 1974. №1; Tursunov U, Muxtorov J, Rahmatullayev
Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 1992. – B. 173-147

Библиографические ссылки

Hakimov M. Semasiologiya. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2008. B.5

Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent, 2022. – B.87

Mirtojiyev M. O’zbek tili semasiologiyasi. –T: Mumtoz so’z, 2010. – B. 288.

Rahmatullayev Sh. Semema- mustaqil til birligi // O‘TA, 1984.№5. B. 18; Rahmatullayev Sh, Yunusof R. Sememalarning semalar sostavi va semantic bog‘lanish haqida // O‘TA, 1974. №1; Tursunov U, Muxtorov J, Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 1992. – B. 173-147