Авторы

  • Dilfuza Nabiyeva
    O‘zbekiston – Finlandiya pedagogika instituti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.131997

Ключевые слова:

Ilmiy to‘garak to‘garak rahbari oliy ta’lim muassasasi to‘garak a’zolari to‘garak dasturi kasbiy-pedagogik yo‘naltirilganlik bilim ko‘nikma malaka rivojlantirish.

Аннотация

Ushbu maqola ilmiy to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish, boshqarishda uning rahbari (o‘qituvchi murabbiy)ning talabalarni qiziqishi, ehtijoji, yoshini inobatga olib to‘garak faoliyatini tashkil etishi. Loyiha, mustaqil ta’lim topshiriqlari, turli-tuman tadqiqotlar, debatlar, ya’ni baxs-munozara, fan kechalari, atoqli olim, shoir, yozuvchi san’atkor, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar uyushtirishi va ilmiy to‘garaklarni ta’limdagi ahamiyati haqida. 


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

79

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MA’NAVIY

FAOLIYATGA METODIK TAYYORLASHDA ILMIY TO‘GARAKLARNI

ROLI

Nabiyeva Dilfuza Temirovna

O‘zbekiston – Finlandiya

pedagogika instituti o‘qituvchisi

nabiyevadilfuza07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16760737

Annotatsiya:

Ushbu maqola ilmiy to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil

etish, boshqarishda uning rahbari (o‘qituvchi murabbiy)ning talabalarni
qiziqishi, ehtijoji, yoshini inobatga olib to‘garak faoliyatini tashkil etishi. Loyiha,
mustaqil ta’lim topshiriqlari, turli-tuman tadqiqotlar, debatlar, ya’ni baxs-
munozara, fan kechalari, atoqli olim, shoir, yozuvchi san’atkor, ishlab chiqarish
ilg‘orlari bilan uchrashuvlar uyushtirishi va ilmiy to‘garaklarni ta’limdagi
ahamiyati haqida.

Kalit so‘zlar:

Ilmiy to‘garak, to‘garak rahbari, oliy ta’lim muassasasi,

to‘garak a’zolari, to‘garak dasturi, kasbiy-pedagogik yo‘naltirilganlik bilim,
ko‘nikma, malaka, rivojlantirish.

Аннотация:

В статье рассматриваются вопросы эффективной

организации

и

управления

научными

кружками,

организации

деятельности кружка его руководителем (учителем-наставником) с
учётом интересов, потребностей и возраста учащихся. Проекты,
самостоятельные учебные задания, различные исследования, диспуты,
научные вечера, встречи с выдающимися учёными, поэтами, писателями,
художниками, руководителями предприятий, а также значение научных
кружков в образовании.

Ключевые слова:

Научный кружок, руководитель кружка, высшее

учебное заведение, кружковцы, программа кружка, профессионально-
педагогическая направленность, знания, умения, навыки, квалификация,
развитие.

Abstract:

This article is about the effective organization and management

of scientific circles, the organization of the activities of the circle by its leader
(teacher-mentor), taking into account the interests, needs, and age of students.
Projects, independent educational assignments, various research, debates,
science evenings, meetings with prominent scientists, poets, writers, artists, and
industrial leaders, and the importance of scientific circles in education.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

80

Key words:

Scientific circle, circle leader, higher education institution,

circle members, circle program, professional and pedagogical orientation,
knowledge, skills, qualifications, development.

Ilmiy to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etishda va boshqarishda uning

rahbari (o‘qituvchi murabbiy)ni tinimsiz faoliyati alohida ahamiyatga ega.
Chunki, u bir vaqtni o‘zida ham maslaxatchi (tyuter), ham talabalarning bilim,
ko‘nikma va malakalarini nazorat etuvchi (ingvigilator) bo‘la olgandagina
jamiyatimizning OTM oldiga talabalarni ma’naviy faoliyatga metodik tayyorlash
bo‘yicha vazifasini hal etishda munosib hissa qo‘sha oladi.

To‘garak rahbari talabalarni ijodiy faoliyatlarini tashkil etish uchun

quyidagi omillarga amal qilishi lozim;

-To‘garak dasturini tuzishda, o‘rganiladigan mavzularni tanlashda to‘garak

a’zolarining mayli, qiziqishlari, bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanganlik
darajalarini hisobga olishi;

-to‘garak a’zolari bajarishlari lozim bo‘lgan topshiriqlarni tanlashda ularni

individual xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, jismoniy imkoniyatlari, estetik
didlari, mehnatsevarligini hisobga olish asqotadi.

Mamlakatimizda “Uzluksiz ma’naviy tarbiyalash” dasturini amalga

oshirayotgan hamda talabalarni o‘sib borayotgan ma’naviy ehtiyojlarini
qondirish vazifasi to‘garak ishida rahbar murabbiyni ma’naviy mazmun bilan
boyitilgan ko‘rsatmalari va suhbatlari hamda to‘garakni faoliyatini kasbiy-
pedagogik yo‘naltirilganlik asosida bajarilgan amaliy ishlar, ma’ruzalar
tayyorlash, tinglash va muhokama qilishni ko‘zda tutadi.

“Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” fani bo‘yicha to‘garaklar tizim hosil

qiluvchi xususiyatga ega. Uning doirasida turli ob’yektlarda ekskursiyalar
uyushtirish, turli mavzularda kechalar, viktorinalar, uchrashuvlar o‘tkazish,
stendlar tayyorlash, devoriy gazetalar, qo‘lyozma jurnallar va b.q. chiqarish
mumkin.

Ilmiy to‘garaklarning faoliyati u yoki bu fan dasturi materiallarini

takrorlashdan yoki ma’lum bir fan bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar
o‘tkazishdan iborat bo‘lmasligi kerak. Ilmiy to‘garaklarning asosiy vazifasi
to‘garaklar a’zolarining ma’lum fanga qiziqishlariga tayangan holda talabalar
bilimlarini har tomonlama kengaytirish, chuqurlashtirish asosida ularning bilish
faoliyatlarini

o‘stirish,

mustaqil

ishlashga

o‘rgatish,

qobiliyatlarini

rivojlantirishdan iboratdir.

Ilmiy to‘garaklar ish rejasi va dasturlariga muofiq ravishda ularning a’zolari

tomonidan tayyorlangan referatlar va dokladlar tinglanadi va muhokama


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

81

qilinadi; muzey va ko‘rgazmalarga, ilmiy-tadqiqot institutlariga, ulug‘
ajdodlarimiz xotiralariga bag‘ishlab kechalar o‘tkaziladi, devoriy gazetalar
chiqariladi; ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar uyushtiriladi; turli-
tuman kuzatish, tajriba- sinov, izlanishlar olib boriladi; al’bom, xarita, sxema,
modellar, tayyorlanadi; konferensiyalar o‘tkaziladi; turli-tuman ijtimoiy foydali
va unumli mehnatga jalb qilinadi.

To‘garaklar a’zolarining mustaqil ishlashini yo‘lga qo‘yish uchun ularni

oddiy ilmiy-tadqiqot usul va metodlari, kitob va asl manbalar ustida ishlash,
bibliografiya tuzish, ma’lum maqsadga qaratilgan kuzatishlar olib borish,
birlamchi manbalarning izlab topish, o‘rganish, to‘plash va ularni qayta ishlash,
tizimlashtirish bilan tanishtirilib boriladi.

Ilmiy to‘garaklar ba’zasida uning a’zolarini faol ishtirokida turli-tuman

tadqiqotlar, debatlar, ya’ni baxs-munozara, fan kechalari, atoqli olim, shoir,
yozuvchi san’atkor, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar uyushtiriladi,
ko‘rik tanlovlar, daholar kuniga bag‘ishlab konferensiyalar o‘tkaziladi.

To‘garak rahbari mashg‘ulotlarda talabalarning ijodiy faoliyatlarini tashkil

etishi uchun quyidagi omillarga e’tiborini qaratishi lozim. U to‘garak va uning
dasturini tuzishda, o‘rganiladigan mavzularni tanlashda talabalarning qiziqishi,
hayotiy tajribasi hamda bilim, ko‘nikmalarining darajasini hisobga olgan holda
ularga bilimlar berishi asqotadi.

Ma’lumki, auditoriya mashg‘ulotlari jarayonida u yoki bu kursda asosan bir

xil yoshdagi talabalar tahsil oladilar. Bundan farqli o‘laroq to‘garak
mashg‘ulotlarida turli kurslarda ta’lim-tarbiya olayotgan bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilari qiziqishlari va layoqatlari bo‘yicha biriktirilib o‘qitiladi.
Chunki, ilmiy to‘garaklar mashg‘ulotlarini talabalarning o‘zlari, o‘z qiziqishlari,
intilishlari va loyihalash layoqatlariga ko‘ra tanlaydilar va mashg‘ulotlarda faol
ishtirok etadilar.

Shu asosda tashkil qilingan va faoliyat ko‘rsatayotgan to‘garaklarning

talabalarni-boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ma’naviy faoliyatga metodik
tayyorlash bo‘yicha yaratib bergan imkoniyati shundan iboratki, ularda yuqori
kurs talabalari kichik kurs talabalari oldida namunali xulq-atvor sohibi,
mashg‘ulotlarda egallagan nazariy bilimlari va yuqori amaliy ko‘nikmalari,
malakalari bilan topshirilgan ishga ma’suliyat bilan yondashishi, o‘rnak bo‘la
olishlari uchun shart-sharoit yaratishni taqoza etadi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, auditoriya mashg‘ulotlari o‘quv (dars) jadvaliga

muvofiq belgilangan vaqt, unda ko‘rsatilgan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Ilmiy
to‘garaklar esa tanlangan yo‘nalishiga mos ravishda belgilangan joylarda, ya’ni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

82

o‘quv mashg‘ulotlarida, tajribachilik maydonlarida, issiqxonalar va qo‘riq
xonalarda, tabiatshunoslik muzeylarida o‘tkazilishi mumkin.

Kafedralarda ma’naviy yo‘naltirilgan to‘garaklarni tashkil etishda milliy,

mahaliy xususiyatlarni, o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning uslubiy, moddiy-texnik
ta’minotini hisobga olish joiz. “Boshlang‘ich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
o‘qituvchi kadrlar tayyorlashda talabalarga individual va jamoaviy bajariladigan
topshiriqlar berish, ular ustida fenologik kuzatishlar olib borish, to‘plangan
natijalarni tahlil qilish, xulosa va qaror qabul qilish, ularda jamoada ishlash
ko‘nikmalarini, mehnatsevarlik kabi ma’naviy sifatlarni shakllantirish uchun
keng imkoniyatlar yaratiladi. Mazkur ma’naviy sifatlar ta’limni kasbiy-pedagogik
yo‘naltirilganlik asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalashga metodik tayyorlashga imkon
beradi.

Mamlakatimizda “Uzluksiz ma’naviy tarbiyalash” dasturini amalga

oshirilayotganligi hamda o‘quvchi yoshlarni o‘sib borayotgan ma’naviy
ehtiyojlarini qondirish vazifasi to‘garak ishida rahbar-murabbiyning ma’naviy
mazmun bilan boyitilgan suhbat va ko‘rsatmalari hamda to‘garaklarining kasbiy-
pedagogik yo‘naltirilganlik asosida ma’naviy yo‘g‘rilgan referat va ma’ruzalarni
tayyorlash, tinglash va muhokama qilishni ko‘zda tutadi [1].

D.U. Ergashev, D. Adilova “To‘garaklar faoliyati samaradorligini

oshirishning ayrim pedagogik-psixologik o‘ziga xosliklari” nomli maqolasida
to‘garak mashg‘ulotlarining talabalar va professor-o‘qituvchilar faoliyatidagi
ahamiyatini yoritgan, ya’ni to‘garak a’zolari uchun ahamiyatli jihatlar:

-bo‘sh vaqtni samarali va mazmunli o‘tkazish;
-tajriba ortirish, malaka oshirish;
-o‘zaro teng muloqotga kirishish;
-iqtidorini namoyon qilish;
-sohaga yanada qiziqtira olish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
-ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish;
-ijtimoiy faollikni oshirish;
-o‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish.
Professor-o‘qituvchilarga taqdim etiladigan imkoniyatlar:
-talabalar bilan samarali muloqotga kirishish;
-talabalarning qiziqishlaridan xabardor bo‘lish;
-ta’lim oluvchilarning yomon illatlarga berilishlarining oldini olish;
-ularning faoliyatlarini doimiy nazorat qilish;
-o‘quvchilarning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

83

-ta’lim

muassasasi

miqyosida

o‘tkaziladigan

tadbirlarda

ta’lim

oluvchilarning faol ishtirokini ta’minlash [2, 8].

To‘garak mashg‘ulotlarini oyiga ikki marta taxminan 2-2.5 soat davomida

o‘tkazish joiz. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqtini aniqlashda talabalarning
kundalik rejasi (tartibi)ni buzmaslikka harakat qilish lozim. To‘garaklar ishini
OTMda oxirgi mashg‘ulotdan keyin 1-1.5 soat o‘tishi bilan boshlash joiz. Bu
talabalarga ovqatlanish, dam olish va to‘garak mashg‘ulotiga tayyorlanish
imkonini beradi.

To‘garak mashg‘ulotlarida kasbiy-pedagogik uyg‘unlashtirilganlik asosida

talabalarni ma’naviy faoliyatga metodik tayyorlash, ta’limni innovatsion
pedagogik texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatish, bu sohada xorijiy
mamlakatlar tajribasi bilan tanishtirish, ko‘rgazmali vositalar yordamida yakka,
guruhli suhbat, maslahat, tushuntirish, hikoya qilish kabi metodlardan
foydalanish hamda tarixiy obidalarga, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish,
yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etish orqali amalga oshiriladi.

Adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1059-son.31.12.2019-

yil “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasi. https://lex.uz
2.

Ergashev D.U., Adulova D. To‘garaklar faoliyati samaradorligini

oshirishning ayrim pedagogik-psixologik o‘ziga xosliklari “Siddiq Rajabov
o‘qishlari” nomli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 2015 yil 20-
iyun.- T.: ToshDPU, 2015.
3.

Shodiyev N., Safarov A., Nabiyeva D. Tabiatshunoslik va uni o‘qitish

metodikasi fani bo‘yicha auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarni
ma’naviy faoliyatga metodik tayyorlash. Uslubiy qo‘llanma.-Samarqand: SamDU,
2023. 84.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1059-son.31.12.2019-yil “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” konsepsiyasi. https://lex.uz

Ergashev D.U., Adulova D. To‘garaklar faoliyati samaradorligini oshirishning ayrim pedagogik-psixologik o‘ziga xosliklari “Siddiq Rajabov o‘qishlari” nomli talabalarning ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 2015 yil 20-iyun.- T.: ToshDPU, 2015.

Shodiyev N., Safarov A., Nabiyeva D. Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda talabalarni ma’naviy faoliyatga metodik tayyorlash. Uslubiy qo‘llanma.-Samarqand: SamDU, 2023. 84.