Авторы

  • Lobarxon Anvarova
    Turon universiteti o‘qituvchisi, PhD
  • Iroda Doniyorova
    Turon universiteti 3-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.132010

Ключевые слова:

Tejamkorlik mehnat unumdorligi mehnatning samaradorligi Zamonaviy iqtisodiyot zamonaviy firma tashkilot kompaniya va firmalardagi mehnatning samarasi.

Аннотация

Maqolada mehnatning samaradorligini aniqlash imkonini beradigan mezon – tejamkorlik xususida fikr yuritadi. Chunki barcha davrlarda ham amalga oshirilgan mehnat samarasi yaratilgan mahsulotlar hajmi bilan resurslarning sarflarini meyori o‘rtasidagi muvofiqlikka, isrofgarchilikka barham berilgani xolatiga bog‘liq bo‘lgan. Zamonaviy iqtisodiyotda esa tejamkorlik korxona va tashkilot, kompaniya va firmalardagi mehnatning samarasini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlardan biriga aylandi. Chunki “hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri tejamkorlikdir.Maqolada muallif tejamkorlikka erishish imkonini beradigan tavsiyalarni ham ilgari suradilar. O‘z faoliyatini zamonaviy tavsiyalar asosida yo‘lga qo‘yishga odatlangan firmalar ekologik jihatdan toza uskuna va jihozlarni xarid qilishga, ularning imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga, shu yo‘l bilan resurslarni tejashga intilib kelishayotganini ham ta’kidlaydi. Ayrim muassasalarda esa resurslarni boshqarish va tergash imkonini beradigan butun boshli dasturlar va tadbirlar majmui ishlab chiqilib, ularni uzoq muddat davomida izchil va tizimli ravishda amalda qo‘llashga kirishilmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

11

ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA TEJAMKORLIKNING O‘RNI

Anvarova Lobarxon

Turon universiteti o‘qituvchisi, PhD

Doniyorova Iroda Bahodirovna

Turon universiteti 3-kurs talabasi

lobaranvarova1998@mail.com

+998977895005

UDK 10:331(021)

orcid.org/0009-0001-7189-5097

https://doi.org/10.5281/zenodo.16757534

Annotatsiya:

Maqolada mehnatning samaradorligini aniqlash imkonini

beradigan mezon – tejamkorlik xususida fikr yuritadi. Chunki barcha davrlarda
ham amalga oshirilgan mehnat samarasi yaratilgan mahsulotlar hajmi bilan
resurslarning sarflarini meyori o‘rtasidagi muvofiqlikka, isrofgarchilikka
barham berilgani xolatiga bog‘liq bo‘lgan. Zamonaviy iqtisodiyotda esa
tejamkorlik korxona va tashkilot, kompaniya va firmalardagi mehnatning
samarasini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlardan biriga aylandi. Chunki “hozirgi
bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
samaradorligini

oshirishning

muhim

yo‘nalishlaridan

biri

tejamkorlikdir.Maqolada muallif tejamkorlikka erishish imkonini beradigan
tavsiyalarni ham ilgari suradilar. O‘z faoliyatini zamonaviy tavsiyalar asosida
yo‘lga qo‘yishga odatlangan firmalar ekologik jihatdan toza uskuna va jihozlarni
xarid qilishga, ularning imkoniyatlaridan kengroq foydalanishga, shu yo‘l bilan
resurslarni tejashga intilib kelishayotganini ham ta’kidlaydi. Ayrim
muassasalarda esa resurslarni boshqarish va tergash imkonini beradigan butun
boshli dasturlar va tadbirlar majmui ishlab chiqilib, ularni uzoq muddat
davomida izchil va tizimli ravishda amalda qo‘llashga kirishilmoqda.

Kalit so‘zlar:

Tejamkorlik, mehnat unumdorligi, mehnatning samaradorligi,

Zamonaviy iqtisodiyot, zamonaviy firma, tashkilot, kompaniya va firmalardagi
mehnatning samarasi.

Аннотация:

В статье рассматривается критерий, позволяющий

определить эффективность труда – бережливость. Потому что во все
времена эффективность труда зависела от соответствия объема созданной
продукции темпам потребления ресурсов, а также от устранения отходов.
В современной экономике эффективность стала одним из основных
критериев оценки эффективности труда на предприятиях и в
организациях, компаниях и фирмах. Поскольку «в современных рыночных
условиях одним из важных направлений повышения эффективности
общественного производства и предоставления услуг является экономия».


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

12

В статье автор также выдвигает рекомендации, которые помогут достичь
экономии. Он также отмечает, что компании, привыкшие вести свою
деятельность на основе современных рекомендаций, стремятся закупать
экологически чистое оборудование и расходные материалы, шире
использовать их возможности и тем самым экономить ресурсы. В
некоторых учреждениях разработан целый комплекс программ и
мероприятий, позволяющих управлять ресурсами и проводить
исследования, которые последовательно и систематически реализуются в
течение длительного периода.

Ключевые

слова:

Экономика,

эффективность

труда,

производительность труда в современной экономике, организациях,
компаниях и фирмах.

Abstract:

The article discusses the criterion that allows determining the

efficiency of labor - economy. Because in all periods, the effectiveness of labor
has depended on the correspondence between the volume of products created
and the rate of resource consumption, and on the elimination of waste. In the
modern economy, economy has become one of the main criteria for indicating
the effectiveness of labor in enterprises and organizations, companies and firms.
Because "in the current market economy, one of the important directions for
increasing the efficiency of social production and service provision is economy.
The author also puts forward recommendations that allow achieving economy.
He also emphasizes that companies that are accustomed to conducting their
activities on the basis of modern recommendations are striving to purchase
environmentally friendly equipment and devices, use their capabilities more
widely, and thus save resources. In some institutions, a whole set of programs
and activities that allow for resource management and research have been
developed and are being implemented consistently and systematically over the
long term.

Keywords:

Economy, labor efficiency, labor productivity in modern

economy, organizations, companies and firms.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng tarmoqli

islohotlar amalga oshirilmoqda, mehnat unumdorligini yuksaltirish uchun real
imkoniyatlarni vujudga keltiriladi. Ayni payda uni yanada oshirishga xalal berib
turgan qator muammolar ham mavjudki, ularni tizimli ravishda bartaraf etish –
yaqin kelajakdagi ahamiyatli ijtimoiy vazifalardan biridir. Mehnatning
samaradorligini aniqlash imkonini beradigan mezon bu – tejamkorlik
hisoblanadi. Chunki barcha davrlarda ham amalga oshirilgan mehnat samarasi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

13

yaratilgan mahsulotlar hajmi bilan resurslarning sarflarini meyori o‘rtasidagi
muvofiqlikka, isrofgarchilikka barham berilgani xolatiga bog‘liq bo‘lgan. Bugungi
kunda zamonaviy iqtisodiyotda tejamkorlik korxona va tashkilot, kompaniya va
firmalardagi mehnatning samarasini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlardan biriga
aylandi. Chunki “hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri
tejamkorlikdir. Milliy iqtisodiyot o‘sishining jadal sur’atlarini ta’minlash uchun
ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy negizlarini mustahkamlash,
qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish, ishchi kuchi resurslarining samarali
bandligini ta’minlash kabi dolzarb muammolarning yechimi ham ko‘p jihatdan
tejamkorlikka bog‘liq”.

Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‘jaligi doirasida ro‘y

kitoblarida iqtisodiyot – uy xo‘jaligi va uni yuritish qonunlari deb
tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan,
chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan.
individual xo‘jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki
iqtisodiyot – yirik xususiy xo‘jalik, jamoa xo‘jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat
xo‘jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo‘jaliklararo, davlatlararo
birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, davlatlar
o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy

Tejamkorlik ishlatiladigan resurslarga bo‘lgan oqilona munosabatni

ifodalaydi. Bu munosabat resurslar shakliga qarab, ko‘plab yo‘nalishlarda
namoyon bo‘lishi mumkin. Mazkur yo‘nalishlarning asosiylari quyidagilardan
iborat:

-turli uskunalar, vositalar va xom ashyolarni o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy

resurslar tejamkorligi. Uskuna va vositalar korxona faoliyatining xarakterini
belgilab beradi. Umuman, uning o‘z maqsadiga erishishi imkoniyatlari ham
shundan kelib chiqadi. Ularning oqilona sarflanishi, bu boradagi
isrofgarchiliklarning bartaraf qilinishi mazkur yo‘nalishdagi tejamkorlikning
asosini tashkil etadi. Natijada yaratilayotgan mahsulotlarning sifati va xaridorligi
yuksaladi. Shuningdek, korxona jamoasi a’zolarining ish joyidagi faoliyati
mahsuldor tus oladi. U ishlab chiqarish bilan bog‘liq yo‘qotishlarni
kamaytirishda ham qo‘l kelishi mumkin. Biroq tejab-tergash deganda ma’nan
eskirib bo‘lgan hamda biror bir naf keltirmay qo‘ygan jihozlaru inshootlarni ham


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

o‘jarlik bilan saqlash tushunilmaydi. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan ashyolarni
hech bir asossiz kamaytirish ham tejamkorlik emas. Bunda turli resurslardan
ularning yaroqliligi muddati davomida oqilona foydalanish, xam ashyo
isrofgarchiligining oldini olish nazarda tutiladi. Resurslarning bunday unumli
sarf-xarajati rentabellikni oshirishning asosiy yo‘li hisoblanadi;

-tashkilot ixtiyoridagi mablag‘lar majmuini o‘zida mujassam qilgan

moliyaviy resurslar tejamkorligi.Bunday munosabat negizini mablag‘larning
maqsadga muvofiq xarajati tashkil qiladi. Moliyaviy resurslarning oqilona
sarflanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Mutaxassislarning mulohazalariga
qaraganda, mavjud moliyaviy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, ular
sarfini atigi 1 foizga qisqartirish orqali iqtisodiy samaraning milliardlab so‘mga
oshishiga erishish mumkin. Korxona o‘z sarflariga oqilona tus bera olsa,
tergalgan mablag‘ hisobiga yangi texnika vositalarini o‘zlashtirish va shu orqali
xodimlarning ish joyidagi faoliyati natijadorligini oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, mablag‘larning unumli xarajat qilinishi mehnatga jalb etilgan
kishilar uchun qulay sharoitlar yaratishga, ular faoliyatini moddiy jihatdan
tizimli ta’minlashga zamin yaratadi. Mablag‘lar oqilona sarfining uzoq muddatli
mahsuli ham shuning bilan bog‘liq:

-muayyan mahsulot hajmini ishlab chiqarish yoki aniq bir xizmat shaklini

amalga oshirish uchun ketgan say-harakatlarni mujassam qiluvchi mehnat
resurslari tejamkorligi. Ularning uquv bilan yo‘lga qo‘yilishi tejamkorlik sifatida
tavsiflanadi. Buning natijasida qisqa muddatda ko‘proq vazifalarni ado etib
ulgurish imkoni paydo bo‘ladi. Mazkur intensivlik yaratilgan mahsulotlar
hajmiga ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Ta’kidlash mumkinki, ushbu tejamkorona
yondashuv mahsuldor mehnatni yuzaga keltiruvchi bosh omillardan yana biri
sanaladi. Shu boisdan ham ko‘plab korxonalar o‘z faoliyatining samarasini
oshirishda tejamkorlikning bu yo‘nalishiga alohida e’tibor beradilar;

-kompaniya yoki firmadagi ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan

kadrlar va tarkibiy tuzilmalar, boshqarishda qo‘llanilayotgan uslublar va
usullarni o‘z ichiga oluvchi boshqaruv resurslari tejamkorligi. Ushbu kadrlar
salohiyati, tarkibiy tuzilmalar miqdori, boshqaruv uslublari va usullarining
korxona ishlab chiqarish ehtiyojlariga mutanosibligi boshqaruv resurslari
tejamkorligining asosini tashkil etadi. Bunday mutanosiblik muhim iqtisodiy
vazifalarni qisqa muddatda bajarish, korxona ichidagi ishlab chiqarish
munosabatlarini muvofiqlashtirish imkoniyatlarini yaratadi. Shuningdek,
boshqaruv resurslari tejamkorligi ishlab chiqarish jarayonini ortiqcha


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

byurokratik to‘siqlardan xalos qiladi, mehnat jamoasidagi ma’naviy-ruhiy
muhitni sog‘lomlashtiradi;

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Korxonadagi mehnatning unumi nafaqat iqtisodiy (oqilona marketing,

resurslardan ratsional foydalanish, ish unumi va h.k.), balki ijtimoiy-ma’naviy
(korxona jamoasining hamjihatligi, undagi ma’naviy-ruhiy muhit, jamoa a’zolari
o‘rtasidagi aloqalar xarakteri va h.k.) prinsiplar bilan shartlangan. Aniq bir ish
joyida amalga oshirilgan faoliyat natijadorligi va mahsuldorligi korxona
maqsadiga erishishning asosiy omilidir. Tushunchaning tor ma’nodagi talqinini,
masalan, Q.Abdurahmonov, A.Avazov, E.Starkova, S.Veretexina va boshqa
koʻplab iqtisodchi olimlarning asarlarida koʻrish mumkin. Mahsuldorlik va
natijadorlikning ma’naviy-madaniy qimmati jamiyatdagi muhitga ham ijobiy tus
berishda uni adolat va insonparvarlik tamoyillariga moslashtirishda namoyon
bo’ladi. Tushunchaning keng ma’nodagi talqinini, masalan, I.Aliev, N.Gorelov,
L.Il’ina, X.Galiullin, G.Ermakov, S.Xolmuratov va boshqa koʻplab faylasuf va
iqtisodchi olimlarning asarlarida koʻrish mumkin. Bu davrda M.Xayrullayev va
E.Yusupov kabi faylasuflar ijtimoiy taraqqiyotga nazariy asos bo‘ladigan
g‘oyalarni targ‘ib qilishni, Oybek va Abdulla Oripov kabi ijodkorlar kishilar
madaniy saviyasini yuksaltiradigan asarlar yaratishni, Y.G‘ulomov va
P.Habibullayev kabi olimlar ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan kashfiyotlar
qilishni, R.Choriev va Ch.Ahmarov kabi musavvirlar betakror san’at asarlari
tayyorlashni, H.Toshirov, T.Musayev, A.Mamaturdiyev, Y.Turg‘unov, S.Nishonov,
G‘.G‘osidinov kabi o‘z vaqtida butun mamlakat bo‘ylab nom qozongan dehqonlar
ulkan hosillar olishni kanda qilganlari yo‘q. Biroq samarali va natijador
mehnatga

ijtimoiy

ehtiyoj

mavjud

bo‘lmagan,

tashabbuskorlik

rag‘batlantirilmagan sharoitda bularning barchasi tipik holat emas, ayrimlik
sifatida qolaveradi. Shuni ham ta’kidlab o‘tmoq darkorki, iqtisodiyot sifatan
o‘zgarib borayotgan sharoitlardagina tejamkorlik haqida gapirish mumkin.
Miqdoriy o‘zgarishlarga erishish maqsad qilingan sharoitlarda mazkur omilga
jiddiy e’tibor qaratilmaydi. Chunki bunday vaziyatlarda o‘sish miqdoriy omillar
(ko‘p miqdordagi ishchi kuchidan foydalanish, yangi korxonalar qurish, ko‘p
miqdordagi jihoz va uskunalarni ishlatish, yangi yerlarni muomalaga kiritish,
yangi konlar ochish, tog‘-kon ishlab chiqarish hajmini oshirish, resurslar
miqdorini ko‘paytirish imkonini beradigan tashqi savdo va hokazo) evaziga
ta’minlanadi. Bunday sharoitda ishchilarning malakasi va ular mehnati
unumdorligi, asbob-uskunalar sifati va texnologiya o‘zgarmasdan qolaveradi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

16

Zaruriy resurslardan oqilona foydalanish, ularni tejab-tergash masalasi ham
soyada qolib ketadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Jamoalardagi funksional vazifalar samaradorligini oshirishga qaratilgan

konseptual yondashuvni yaratishda, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya
qilish va mehnatini muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha muvozanatli mehnat
munosabatlarini

qo‘llab-quvvatlash,

to‘sqinlik

qilayotgan

muammoli

masalalarga barham berishga oid islohotlarni amaliyotga tadbiq etish
jarayonlarida metodologik asos sifatida foydalanish mumkinligi bilan
belgilanadi. Xususan, ikkinchi jahon urushidan keyingi 30 yil davomida
mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana bordi. Lekin u jalb etilgan resurslarni
tobora ko‘proq xarajat qilishni taqozo etaverdi, ularni tejab-tergash esa
diqqatdan chetda qolaverdi. Natijada iqtisodiy, moliyaviy, mehnat, boshqaruv
resurslari mutlaqo tejalmay qo‘ydi. 1983 yilga kelib, SSSR iqtisodiyoti milliy
daromadning 1 birligi uchun neftni AQShga qaraganda 2,2 barobar, temirni – 3,7
barobar, sementni – 2,9 barobar ko‘p ishlatadigan bo‘lib qoldi.

E’tiborli tomoni shundaki, rivojlangan mamlakatlarda davlatning oʻzi

korxona va firmalarni resurslarni tejab-tergashga muttasil undab turadi. Bu
holat V.I.Sokolov va A.V.Korneevlarning maqolasida AQSh misolida ayniqsa
diqqatga sazovor tarzda ochib beriladi. Mualliflar ta’kidiga koʻra, mamlakat
bemisl resurslar hajmiga egaki, bu boylik yurtning uzoq muddatli ravnaqini
ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq bu boylik ulardan bamaylixotir foydalanish
mumkinligini anglatmaydi. Zamonaviy sharoitlarda ularni oʻta qat’iylik bilan
tejash zarurligi a’yon boʻlib bormoqda. Bunday vaziyatda tejamkorlik kayfiyatini
shakllantirish, korxonalarni shunday kayfiyatda faoliyat koʻrsatishga undash
vazifasi aynan davlatning zimmasiga tushmoqda.

Natijalar

Moliyaviy beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillar koʻpayib

borayotgan bir vaziyatda ravnaq topgan diyorlarda moliyaviy mablagʻlarni
tergashga tendensiyaviy tus berishga intilinmoqda. Hukumatlar shu maqsadda
mutaxassislar va ekspertlarga mamlakat korxonalarining moliyaviy ahvoliga
doir ma’lumotnomalar tayyorlashga, ularda tejamkorlikni ta’minlash imkonini
beradigan tavsiyalar majmuini shakllantirishga buyurtmalar bermoqdalar. Bu
buyurtmalarning natijalari muttasil ravishda e’lon qilib borilmoqda hamda
korxona rahbariyatiga taqdim qilinmoqda. Bu amaliyot ayniqsa Germaniya
hayotida yaqqol koʻrinmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

17

Mehnat resurslarining tejalishini ta’minlaydigan amaliy tavsiyalar ham

talaygina. Iqtisodchi olimlar buning uchun eng avvalo ishlab chiqarish jarayonini
optimallashtirishni taklif etadilar. Ushbu jarayonning takomillashtirilishi
mehnat resurslaridan foydalanish samarasini benihoya oshiradi. Mehnat
resurslarini astoydil tejab-tergash niyatida bo‘lgan korxona va tashkilot
rahbarlari uning bilan bog‘liq ma’lumotlarni muttasil tahlil qilib boradilar.
Bunday monitoring muammoli vaziyatlarni aniqlash va bartaraf etish imkonini
beradi. Biroq mehnat resurslarini samarali tejab-tergash imkonini beradigan
eng maqbul yo‘l – jamoa a’zolariga bo‘lgan e’tiborning oshirilishidir. Yalpi e’tibor
jamoada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan kishilarning ham kasbiy, ham axloqiy
fazilatlarini takomil toptiradi. Ularning saviyasini yuksaltiradi, dunyoqarashiga
insonparvar tus beradi. Mazkur choralar turkumiga jamoa a’zolarining
salomatligini asrashga e’tibor, ularning ish joyidagi faoliyati bilan maishiy
turmushi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash masalalari ham kiradi. Bularning
barchasi xodim faoliyati mahsuldorligi va natijadorligini oshirishga xizmat
qiladi.

Muhokama

Umuman olganda, ravnaq topgan diyorlarda mehnat resurslari tanqisligiga

duch kelish xavfi yuzaga kelayotgan bir sharoitda ularni tejab-tergashga doir
tavsiyalarga e’tibor oshib bormoqda. Jumladan, Yevropa Ittifoqida bu tavsiyalar
asosida “Elning bandlikka doir rahbariy koʻrsatmalari” shakllantirilgan va qabul
qilingan. Unda mehnat sharoitlarini takomillashtirish orqali resurslarni asrab-
avaylash, katta yoshdagi ishga yaroqli kishilar faoliyati faolligini talab darajasida
saqlab turish masalaariga alohida e’tibor beriladi. Bu choralar hozircha korxona
va tashkilotlardagi mehnat mahsuldorligini saqlab turishga imkon yaratmoqda.

Yetakchi mamlakatlardagi subyektlarning boshqaruv bilan bog‘liq

resurslarni tergash borasidagi tajribalari ham e’tiborga sazovor. Yillar o‘tgani
sayin ushbu subyektlar turkumida boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan
xodimlarni aniqlashga qaratilgan choralarni tizimli ravishda amalga
oshirayotganlari ko‘payib bormoqda. Ilg‘or kompaniyalarda rahbarlik qilish
uchun tanlangan xodimlar bilan alohida ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu ishlar
davomida bo‘lajak rahbarlar to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga, korxona faoliyatini
tugal rejalashtirishga o‘rgatiladi. Ularning ko‘plab xodimlarning birgalikdagi
faoliyatlarini tashkil etishga doir uquvlari kengaytiriladi. Shuningdek, bo‘lg‘usi
rahbarlar mehnat bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilarning (jamoa a’zolarining)
faoliyatini muvaffaqiyatli nazorat qilishga tayyorlanadi.

Xulosa va takliflar


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

18

Yuqoridagi mulohazalardan xulosa chiqarish mumkinki, tejamkorlik

korxona va tashkilotlar faoliyatining, xodimlarning ish joyidagi say-harakatlari
mahsuldorligi va natijadorligini ko‘rsatuvchi ikkinchi mezondir. U jamoa
ixtiyoridagi turli resurslarga bo‘lgan oqilona munosabatda o‘z ifodasini topadi.
Mazkur mezon intensiv iqtisodiyot sharoitidagina jiddiy ahamiyat kasb qiladi.
Binobarin, tejamkorlik shunday tipdagi iqtisodiyotni qaror toptirayotgan
O‘zbekiston sharoitida ham ahamiyatlidir. Uning iqtisodiy amaliyotda chuqur
ildiz otishi uchun mazkur imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda iqtisodiy,
moliyaviy, mehnat, boshqaruv resurslarining isrofiga sabab bo‘layotgan
muammolarni bartaraf etish zarur bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shodmonov SH. Tejamkorlikning umumiqtisodiy kategoriya sifatidagi
mazmuni va undan amalda foydalanish.// Iqtisod va moliya, 2017, №3.- 4-b.
2. Aджиeвa A.И., Чoмaeвa С.У. Oптимизaция дeнeжныx сpeдств и дeнeжныx
эквивaлeнтoв пpeдпpиятия.// Eстeствeннo-гyмaнитapныe исслeдoвaния,
2021, №6.- 28-34-с.
3. Melenberg A. Dorogu stroili iz chelovecheskogo materiala.// Novaya gazeta,
2011, 8 iyulya.
4. Zahirova G.M., Qodirov S.M. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini
boshqarishda

mahalliy

hokimiyat

organlarining roli.//

Mamlakatni

modernizasiyalash sharoitida O‘zbekiston iqti-sodiyotini boshqarishning
dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.-
T.:O‘zMU, 2016.- B.21.
5. Anvarova L.Sh. Labor efficiency-life economic development factor //
International bulletin of Applied Sciences and Technology. –USA, 2023. -Vol.3,
Issue 05. -PP.918-922.
6. Abdullayeva D.K., Nurullayeva SH.T. Sanoat korxonalarida mehnat
samaradorligini

oshirish

mexanizmini

takomillashtirish

zaruriyati.//

O‘zbekiston statistika axborotnomasi, 2023, №4.
7. Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti.- T.: Mehnat, 2009.
8. Abulqosimov H.P., Ashurova M.X. Ishchi kuchi sifati va raqobatbardoshligini
oshirish yo‘llari.// Iqtisod va moliya, 2014, №9.- 18-27-b.
9. Axmedxodjayev X.T., Kazakov O.S., Axmedov R.M. Mehnatni ilmiy tashkil
etish.- T., 2010.
10. Choriyev A. Inson falsafasi. Ijtimoiy tarbiY. Uchinchi kitob.- Qarshi: Ilm-fan-
ma’naviyat, 2024

Библиографические ссылки

Shodmonov SH. Tejamkorlikning umumiqtisodiy kategoriya sifatidagi mazmuni va undan amalda foydalanish.// Iqtisod va moliya, 2017, №3.- 4-b.

Aджиeвa A.И., Чoмaeвa С.У. Oптимизaция дeнeжныx сpeдств и дeнeжныx эквивaлeнтoв пpeдпpиятия.// Eстeствeннo-гyмaнитapныe исслeдoвaния, 2021, №6.- 28-34-с.

Melenberg A. Dorogu stroili iz chelovecheskogo materiala.// Novaya gazeta, 2011, 8 iyulya.

Zahirova G.M., Qodirov S.M. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshqarishda mahalliy hokimiyat organlarining roli.// Mamlakatni modernizasiyalash sharoitida O‘zbekiston iqti-sodiyotini boshqarishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.- T.:O‘zMU, 2016.- B.21.

Anvarova L.Sh. Labor efficiency-life economic development factor // International bulletin of Applied Sciences and Technology. –USA, 2023. -Vol.3, Issue 05. -PP.918-922.

Abdullayeva D.K., Nurullayeva SH.T. Sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirish zaruriyati.// O‘zbekiston statistika axborotnomasi, 2023, №4.

Abduraxmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti.- T.: Mehnat, 2009.

Abulqosimov H.P., Ashurova M.X. Ishchi kuchi sifati va raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari.// Iqtisod va moliya, 2014, №9.- 18-27-b.

Axmedxodjayev X.T., Kazakov O.S., Axmedov R.M. Mehnatni ilmiy tashkil etish.- T., 2010.

Choriyev A. Inson falsafasi. Ijtimoiy tarbiY. Uchinchi kitob.- Qarshi: Ilm-fan-ma’naviyat, 2024