Авторы

  • Jamshidbek Sobirov
    Andijon davlat pedagogika instituti akademik litseyi Tarix fani oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.133553

Ключевые слова:

Boburiylar imperiyasi yer egaligi xolisa jogir zamindorlik iqto madadi maosh.

Аннотация

Ushbu maqolada Hindistondagi buyuk imperiya hisoblangan Boburiylar sulolasi davrida mavjud boʻlgan yer egaliklari, ularning qanday nomlar bilan yuritilganligi haqida so‘z yuritiladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

195

HINDISTONDA BOBURIYLAR SULOLASI DAVRI YER EGALIGI

Sobirov Jamshidbek Zokirjon o‘g‘li

Andijon davlat pedagogika instituti akademik litseyi

Tarix fani oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16810111

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Hindistondagi buyuk imperiya hisoblangan

Boburiylar sulolasi davrida mavjud boʻlgan yer egaliklari, ularning qanday
nomlar bilan yuritilganligi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Boburiylar imperiyasi, yer egaligi, xolisa, jogir, zamindorlik,

iqto, madadi maosh.

Boburiylar imperiyasi - Hindiston hududining juda katta qismini egallagan

buyuk bir davlat edi. Shubhasiz bu davlatda yer egaliklari mavjud boʻlganligi
tarixiy haqiqat hisoblanadi. Hindistonda Boburiylar sulolasi davrida yer egaligi
tizimi bir necha asosiy shakllarga bo‘lingan bo‘lib, u davlat tuzilishi va ijtimoiy
qatlamlarning shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Boburiylar imperiyasida yer
egaligining asosiy uch shakli quyidaglar edi: xolisa, jogirdor va zamindor.

Yer va yer mahsulotlari hisobidan davlat byudjetining asosiy manbasi edi.

Mazkur soliq turli shakllarda olingan. Boburiylar davlatida yerlar ikki turga:
xolisa ya‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri podshohga yoki xazinaga daromat keltiruvchi va
xizmat evaziga turli kishilarga berilgan jogir yerlarga bo‘lingan. [1.215]

Xolisa yoki davlatga qarashli yerlar podshohning shaxsiy mulki hisoblanib,

ular XVI asrning ikkinchi yarmi XVII asrda barcha hosildor yerlarning sakkizdan
bir qismini tashkil qilar va bu yerlardan tushgan daromat shoh hamda shoh
oilasining ehtiyojlariga, saroy va shoh qo‘shinini ta‘minlash uchun sarf qilinardi.

Jogir yerlar Iqto ham deyilgan. Har ikki yerlarda ikki ko‘rinishda soliq

to‘plangan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri ma‘murlar tomonidan, agar jogir bo‘lsa jogir egasining

odamlari tomonidan soliq to‘langan.

Soliq to‘plash yoki maxsus kishilar tomonidan olib borilgan. [2.217]

Mamlakatdagi dehqonchilikka yaroqli asosiy yerlar jogirdorlar tasarrufida

bo‘lgan. “Jogirdor” so‘zi lug‘aviy jihatdan “joy egasi” yoki “joy olgan” ma’nosini
bildiradi. “Jogir” esa odatda harbiy xizmatlar evaziga berilgan yer mulkini
anglatgan. Bunday yerlar meros tariqasida o‘tmas edi. Jogirdorlar o‘zlariga
biriktirilgan yer hajmiga qarab ma’lum miqdorda qo‘shin saqlash va ta’minlash
hamda zarurat tug‘ilganda shu qo‘shin bilan shohga yordam berish
majburiyatiga ega bo‘lishgan. Jogir yerlarining miqyosi turlicha bo‘lib, hatto
butun boshli pargana yoki tumanlar ham jogir sifatida in’om etilgan holatlar
mavjud edi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

196

Boburiylar davri yer egaligining uchinchi shakli “zamindorlik" deb atalgan.

Zamindor – katta yer egasi, xolisa egasi va jogirdorlardan farqli o‘laroq, u
yerning haqiqiy egasi bo‘lgan. Avvaldan kelishilgan shart bo‘yicha zamindor
davlat xazinasiga yillik soliq to‘lagan va qolgan masalalarda o‘zi mustaqil ish
yuritgan: dehqonlarni yollash yoki ularga ijaraga yer berish, yetishtirilgan
hosildan olinadigan ulush va boshqalar. Zamindorning yeri uning o‘zidan keyin
o‘g‘illariga meros bo‘lib o‘tgan va bu holat davlatning tegishli idorasida
rasmiylashtirilgan. [3.136-137]

Yuqorida tilga olingan yer egaligining uch asosiy turi bilan bir qatorda, hind

ruhoniylari, shuningdek roja va roylarga qarashli kichik yer mulklari hamda
jamoa yerlari ham bo‘lgan. Jogirdorlar va zamindorlar o‘z hududlarida to‘la
hukmronlik qilgan, yer solig‘i sifatida belgilanganidan ancha ko‘p ulushni
undirib olganlar. Ba’zan bu ulush hosilning yarmidan ham oshib ketgan holatlar
uchragan.

Akbarshoh o‘tkazgan islohotlar orasida sh6 ham bor edi. Ba‘zi yerlar iqlim

sharoitiga ko‘ra viloyatlarning xususiy quvvatiga qarab belgilangan. Har
viloyatning qancha miqdorda soliq berishi yerlarning unumdorligiga qarab
belgilangan. Xolisa va jogir yerlar bilan bir qatorda yana ikki xil yerlar ham
bo‘lgan. Ulardan biri suyurg‘ol yerlaridir. Yer mulkining bu shakli ba‘zan
“madadi maosh" deb ham atalgan. “Oyiniyi Akbariy"ga ko‘ra bu kabi yerlar
buyuk ulamolarga, dunyo ishlaridan o‘zini tortganlarga (shayx, qalandar, darvish
va hokazolar), yo‘qsinlarga buyuk xonadonlarning faqirlashgan a‘zolariga
berishgan. Bu kabi yerlarga oid ishlar bilan devonlar emas, sadirlar
shug‘ullanganlar. [4.217]

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Rustambek Shamsutdinov, Fazliddin Abdullayev, Muzrobjon Abdullayev,

Buyuk Boburiylar Saltanati. – Andijon: Meros, 1995. 215-bet.
2.

Rustambek Shamsutdinov, Fazliddin Abdullayev, Muzrobjon Abdullayev,

Buyuk Boburiylar Saltanati. – Andijon: Meros, 1995. 217-bet.
3.

N. G‘. Nizomiddinov, Buyuk Boburiylar Tarixi (XVI – XIX asr). – Toshkent:

Fan va texnologiya, 2012. 136-137 betlar.
4.

Rustambek Shamsutdinov, Fazliddin Abdullayev, Muzrobjon Abdullayev,

Buyuk Boburiylar Saltanati. – Andijon: Meros, 1995. 217-bet.

Библиографические ссылки

Rustambek Shamsutdinov, Fazliddin Abdullayev, Muzrobjon Abdullayev, Buyuk Boburiylar Saltanati. – Andijon: Meros, 1995. 215-bet.

Rustambek Shamsutdinov, Fazliddin Abdullayev, Muzrobjon Abdullayev, Buyuk Boburiylar Saltanati. – Andijon: Meros, 1995. 217-bet.

N. G‘. Nizomiddinov, Buyuk Boburiylar Tarixi (XVI – XIX asr). – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. 136-137 betlar.

Rustambek Shamsutdinov, Fazliddin Abdullayev, Muzrobjon Abdullayev, Buyuk Boburiylar Saltanati. – Andijon: Meros, 1995. 217-bet.