Авторы

  • Dilxushbek Yaxshiyev
    Shahrisabz Davlat Pedagogika institutining pedagogika fakulteti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 3-kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49494

Ключевые слова:

Dars Axborot texnologiyalar Boshlangʻich taʼlim oʻquvchilari oʻqituvchining kompitensiyasi Axborot texnologiyalarda qoidalar va dars jarayonida oʻrni.

Аннотация

Ushbu maqola Dars jarayonini tashkillashtirish. Dars jarayonida Axborot texnologiyalarning oʻrni va afzalliklari haqida soʻz boradi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

59

DARS JARAYONINI TASHKILLASHTIRISHDA AXBOROT

TEXNOLOGIYALARINING AFZALLIKLARI.

Yaxshiyev Dilxushbek

Shahrisabz Davlat Pedagogika institutining

pedagogika fakulteti

Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi

3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14229313

Annotatsiya:

Ushbu maqola Dars jarayonini tashkillashtirish. Dars

jarayonida Axborot texnologiyalarning oʻrni va afzalliklari haqida soʻz boradi.

Tayanch soʻzlar:

Dars, Axborot texnologiyalar, Boshlangʻich taʼlim

oʻquvchilari, oʻqituvchining kompitensiyasi, Axborot texnologiyalarda qoidalar
va dars jarayonida oʻrni.

Hozirgi kunda talim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va

axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor
kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu
vaqtgacha ananaviy ta’limda o’quvchirni faqat tayyor bilimlarni egallashga
o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini
o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni
ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi hamda
shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.
Ta’lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagogik texnologiya va
pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchilarni
bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini taminlaydi.
Dars. Oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi bogʻlanishdir. Dars – bu bilimlarlar
aksiomalari. Dars tufayli oʻqituvchi bilimini oʻquvchilarga yetkazadi. Hozirgi XXI
asr, Axborot Texnologiyalar asriga bir nazar tashlasak. Hozirgi zamon talabisiz,
dars jarayoni tashkillashtirish qiyin.
Eng avval Kompyuter nima ekanligi, uni kim yaratganini bilib olsak.
Tarixda birinchi haqiqiy kompyuter ixtirochisi bu Charlz Bebbij boʻlgan. U
yaratgan kashfiyot butun dunyoni lol qoldirgan. Charlz Bebbij — ingliz
matematigi, birinchi avtomatik raqamli kompyuter ixtirochisi. U zamonaviy
ingliz pochta tizimini yaratib, dastlabki ishonchli aktuar jadvallar ishlab chiqqan,
turli xil spidometrlar va temir yo‘llarni tozalagich qurilmasini ixtiro qilgan.
Zamonaviy texnologiyalar orqali dars ham samarali, ham tushunarli, oson va
maʼlumotlarni eslab qolish qiyin emas. Oʻquvchi monitorda koʻrsatilayotgan
maʼlumotlar bilan tanishishganda, eslab qolishadi. Ming eshitgandan, bir koʻrgan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

60

afzaldir. Shunday ekan keling darslarda Axborot Kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari haqida fikr
yuritsak. Afzalliklari:
Birinchidan. Oʻqituvchining asab buzilishini kamaytiradi va oldini oladi.
Bilamizki boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari tez asabiylashdi. Bunaqa holatlar
yillar oʻtgan sayin kuchayaveradi. Baʼzi paytlarda qattiq gapirib, oʻquvchilarni
qoʻrqitib qoʻyishadi. Agar AKT dan foydalanilsa stressning oldini olishadi. Agar
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari AKT foydalanishsa chiroyli va aniq dars oʻta
olishadi. Dars oʻrtasida qisqa videorolik ( tarbiyaga doir, taʼlimga doir, ijtimoiy
hayotga doir videoroliklar) yoki metodlarni monitorda koʻrsata oladi. Bularda
tashqari qisqa besh minutlik musiqiy videoroliklar, qisqa multfilmlar (
o‘quvchilarga hordiq berish maqsadida) qoʻyib berish kerak. Ular yosh
boʻlishadi. Tez charchab qolishadi. Ularga bular foydalidir.
Dars mavzusi, oʻtgan mavzu, uyga vazifalari, koʻrgazma qurollarni namoyish qila
olish AKT ning ustunlik tomonidir. Siz AKT qancha koʻp foydalana olsangiz,
shuncha yangidan-yangi gʻoyalar kelishni boshlaydi. Yangi idea, yangi metod
yarata olasiz. Darsingizga juda koʻp yangilik olib kira olasiz. Oʻquvchilaringiz
ham, boshqa sinflar bilan raqobatlashganda, sizni uyaltirib qoʻymaydi.
Ikkinchidan: Vaqt tejash. Oʻqituvchilar baʼzi darslarda qiyinchilikka duch
kelishmoqda . Masalan: matematika darslarida. Ularga qisqa masala tuzish,
tenglama, tengsizlik kabi tushunchalarni videoroliklar orqali tushuntirish,
hamda, ular haqida misollarni yechishni, monitorlar koʻrsatish sizga qiyinchilik
tugʻdirmaydi. Qolaversa sinfdagi oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini
oshirishga yordam beradi. Undan tashqari hamma oʻquvchilarning nigohini bir
nuqtaga qarata olasiz. Ona-tili darslarida esa, matn, diktant, mashq kabi
tushunchalarni tushuntirish oson boʻladi. O‘quvchilarga koʻp yozdirishning ham
hojati qolmaydi. Kerakli joyinigina yozishadi xolos.
Oʻqish darslarida esa, ertak, hikoya, masal kabi tushunchalarni oʻrgatish oson
boʻladi. Qolaversa ularni kreativlikka ham undaydi. Ularga 3-4-sinflarda ertak,
hikoya, masallardagi obrazlarni sahna koʻrinishda qilib berishni ham soʻrab
boring. Birinchi ertak, masal, hikoya janrlaridagi obrazlarni yaxshilab
tushuntirib bering. Oʻquvchilar sahnalashtirgan obrazlarni yozib oling. Ularning
shu sohaga qiziqishini bilib olasiz.
Uchinchidan: Bolalar zamon bilan hamnafas boʻla oladi. Ular hozirgi zamonda
telefondan foydalanishni bilishadi. Boshlangʻich taʼlim oʻquvchilarga elementar
(sodda)

tarzda

Informatika

fani

oʻqitilmoqda.

Ularga

kompyuter

texnologiyalaridan foydalanish bilan bir qatorda, telefon va uy elektr


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

61

jihozlaridan ham foydalanish ham oʻrgatilmoqda. Bu esa har bir bolaning, AKT
dan toʻgʻri va aniq foydalanishga olib keladi. Zamonga boqadi. Texnologiyalardan
foydalanishni bilishadi. Imkonini topsalar, bolalariga kompyuter olib berishlari
kerak.
Toʻrtinchidan: Ota-onalar bilan oʻqiruvchi hamkorligining mustahkamlanganligi.
Ota-onalar bolalarining ertangi hayoti uchun hamma narsaga tayyor shaxslardir.
Ular hozirgi zamon talablarini televizordan, radiodan yoki boshqa joylardan
eshitishgan va bolalariga zamon talabiga mos boʻlishni oʻrgatishadi. Bu esa
bolaning ertangi hayotining belgilanib borishidan darak beradi. Oʻzbekiston
respublikasi uchun esa yosh bolalarga AKT bilan dars oʻtish, boshqa davlatlar
bilan raqobatda ekanidan darak beradi.
Kamchiliklari:
Birinchidan: baʼzi oʻqituvchilari Axborot texnologiyalar, kompyuterlardan
foydalanishni bilishmaydi. Chunki, shu vaqtgacha biron kishi kompyuter kursiga
boring demagan. Balki, vaqti boʻlmagandir, balki sharoiti yoʻqdir. Ammo biror
inson bir narsaga qattiq bogʻlansa, shu narsaga astoydil harakat qiladi.
Ikkinchidan. Dars tashkil qilishdagi uzilishlar. Baʼzida elektr energiyasining
boʻlmasligi, AKT bilan dars oʻtishda uzilishlarni olib kelishi mumkin.
AKT ni boshqa fanlarda qoʻllash.
AKT ni asosan matematika, chizmachilik, biologiya, geografiya, kimyo, fizika
kabi darslarda koʻp qoʻllaymiz. Biz doskada kimyoviy elementlar, formulalar,
masalalarni, chizmalarni, figuralarni koʻp yozamiz. Bu esa koʻp vaqtni oladi. 45
daqiqa vaqtimiz baʼzan chizma chizish bilan oʻtib ketadi. Oʻquvchilar katta sinf
boʻlsa ham zerikib qoladi. Ularga daftarga chizishga undaymiz. Toʻgʻri doskada
foydalanish kerak, faqat misol ishlash uchun, mavzu yozish uchun foydalansak
boʻladi. Bir mavzuga koʻp maʼlumotlar kitoblarda ham berilmaydi. Ammo AKT
foydalanib topsa boʻladi. Monitorda biz tayyor chizilgan shakllar, misollarni,
masalalarni, kimyoviy elementlarni tasvirlaymiz.
AKT ning qoidalar.
AKT ning ham bir qancha qoidalari bor:
Birinchidan. Maʼlumot berilgan mavzuga mos tushishi. Har bir oʻqituvchi bilishi
zarur boʻlgan qoida, siz oʻtayotgan darsga, berayotgan maʼlumotlarning mos
tushishi. Agar biz bergan maʼlumotga, dars mavzusi mos tushmasa,
oʻqituvchining pedagogik mahorati pastligidan, bundan tashqar Axborot
Kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olmasligidan darak beradi.
Ikkinchidan. Berilgan maʼlumotlar o‘quvchining yoshiga mos boʻlishi. Biz
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi boʻlib katta sinflarning maʼlumotlarini,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

62

misollarini, masalalarini, tenglamalari kabi matematika tushunchalarini
televizor monitoriga chiqarib qoʻysak ular tushunmaydi. Ularga boshlangʻichga
mos maʼlumotlar bilan tanishtirilishi kerak.
Uchinchidan: AKT. Kompyuterdan toʻgʻri foydalanishni oʻquvchilarga oʻrgatish.
Oʻquvchilarning hammasi ham kompyuterni ishlatishni bilishmaydi. Ularga eng
avvalo darsda qanday oʻtirish odobini oʻrgatgandek, kompyuterda oʻtirish
odobini oʻrgatishimiz kerak. Keyin klaviatura bilan ishlashni oʻrgatiladi.
Toʻrtinchidan: oʻquvchilarga toʻgʻri maʼlumotlarni tanlashni oʻrgatish.
Oʻquvchilar bu bosqichda internetdan toʻgʻri maʼlumotlarni topish va tanlashni
oʻrganishadi. Bilmasdan har qanday Diniy ekstremizm yoki boshqa bir behayo
saytlarga kirib, ongini bilmasdan zaharlab qoʻyishlari mumkin.
Beshinchidan: Oʻquvchilarga oʻrgatgan narsalaringizni soʻrash. Biz oʻquvchilarga
har doim maʼlumot bersak-da, uni ololmasak, oʻquvchilarning past
oʻzlashtirganidan darak beradi. Agar biz bergan bilimni yaxshi oʻzlashtirgan
boʻlsa, ular biz soʻragan narsalarga tutilmay javob berishadi. Hattoki AKT
darslarida ham bergan bilimlaringizni soʻrab boring.
Xulosa: Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarsiz biz yashayotgan
olam, maʼnosizdek goʻyo. Qayerga qaramay yosh bolalarning qoʻlida telefon.
Hech kim birovning bolasidan telefonni tortib ololmaydi, ammo boʻlajak
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari oʻquvchilariga telefondan toʻgʻri foydalanishda
ozgina boʻlsa ham, hissasini qoʻshsa, bolalarni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Maqola: Adiba Shamshidin qizi Isoqova

2.

Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti talabasi.

3.

Wikipedia.ocontent://org.aka.messenger.provider/media/Telegram/Tele

gram%20Files/Dars_jarayonini_tashkillashtirishda_axborot_texnologiyalarining
oʻrni.
4.

Akt sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar. https://daryo.uz/

Библиографические ссылки

Maqola: Adiba Shamshidin qizi Isoqova

Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti talabasi.

Wikipedia.ocontent://org.aka.messenger.provider/media/Telegram/Telegram%20Files/Dars_jarayonini_tashkillashtirishda_axborot_texnologiyalarining oʻrni.

Akt sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar. https://daryo.uz/