Авторы

  • Nasiba Umarova
    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoranti Toshkent, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49508

Аннотация

Zamonaviy arab romani uzoq tarixga ega va hozirgi kungacha u juda kop`lab o`zgarishlarga uchrab, takomillashib o`zgacha qiyofa kasb etgan. Hozirgi kundagi barcha arab davlatlari adabiyoti kundan kunga yangi shakliy o`zgarishlarga uchramoqda, jumladan, epik turga mansub roman janrining ham turli shakllari ommalashmoqda.Dunyo adabiyotshunosligida hozirgi kunda so`zlar soniga qarab nasriy janrlarni turlarga ajratish juda urfga aylangan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

189

ZAMONAVIY ARAB ROMAN JANRI SHAKLLARI

Umarova Nasiba Abduvali qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

tayanch doktoranti

Toshkent, O‘zbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.14216142

Zamonaviy arab romani uzoq tarixga ega va hozirgi kungacha u juda

kop`lab o`zgarishlarga uchrab, takomillashib o`zgacha qiyofa kasb etgan. Hozirgi
kundagi barcha arab davlatlari adabiyoti kundan kunga yangi shakliy
o`zgarishlarga uchramoqda, jumladan, epik turga mansub roman janrining ham
turli shakllari ommalashmoqda.Dunyo adabiyotshunosligida hozirgi kunda
so`zlar soniga qarab nasriy janrlarni turlarga ajratish juda urfga aylangan.
Weekend Publisher nashrida Mayrid Bisonning “How many Pages in a Novel,
Novella, Novellete and short story?” “ Roman, qisqa roman, juda qisqa roman va
hikoyada odatda necha sahifa bo‘ladi?” nomli maqolasida so`zlar soniga qarab
nasriy janr turlarini keltirib o`tgan unga ko`ra: juda qisqa hikoya: 300 dan 1500
so‘zgacha, qisqa hikoya: 1500 dan 10 000 so‘zgacha, juda qisqa roman: 7 500
dan 20 000 so‘zgacha, qisqa roman :30 000 dan 50 000 so‘zgacha, roman: 50
000 dan 110 000 so‘zgacha bo`lishini ta`kidlab o`tgan. Lekin nasriy janrning
mavzusiga ko`ra esa bu ko`rsatkich yana o`zgarganini qayd etadi. "Amazon"ning
har bir janr bo‘yicha 100 ta eng yaxshi sotilgan kitoblari ma’lumotlari asosida
romanlar uchun quyidagi o‘rtacha so‘zlar soni aniqlandi. Bir sahifada 250 so‘z
bo‘lishi mezoniga asoslanib, quyida yozuvchilarimiz uchun eng mashhur
janrlarning so‘zlar soni va sahifalar soni keltirilgan: Ishqiy-romantik 90 000 ta
so‘z yoki 360 sahifa, mistika, triller 91 000 ta so‘z yoki 364 sahifa, sarguzasht 96
000 ta so‘z yoki 384 sahifa, ilmiy fantastik 98 000 ta so‘z yoki 392 sahifa,
dahshatli 102 000 so‘z yoki 408 sahifa, fantastik 109 000 ta so‘z yoki 436 sahifa,
tarixiy 102 000 so‘z yoki 408 sahifa, zamonaviy fantastik- 96 000 ta so‘z yoki
384 sahifa. Bundan ko`rinib turindiki, mavzu ko`lami va so`zlar soni bir biriga
mos kelmasligi mumkin. Yozuvchi o`zi ifodalamoqchi bo`lgan g`oyadan kelib
chiqqan holda voqealar bayoni va vaqt o`lchami nuqtayi nazaridan nasriy janrni
tanlaydi. Xoh kichik hikoya bo`ladimi, xoh katta hajmli roman bo`ladimi eng
asosiysi yozuvchi ilgari surgan g`oya va mavzu kitobxonga to`la to`kis badiiy
so`z orqali mahorat bilan yetkazilmog`i va har bir o`quvchi bundan estetk zavq
va

olam-olam

taassurot

olmog`i

zarur.

Hozirgi

globallashgan,

integratsiyalashgan, tezlashgan zamonamizda esa insonlarning ehtiyojidan kelib
chiqib, barcha xalqlar adabiyotida ixchamlikka va qisqalikka intilish kuchayib


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

190

bormoqda. Chunki, vaqt masalasi hamma jabhalarda eng muhim masalaga
aylanib ulgurdi. Shu sababli arab adabiy jarayonlarida ham roman shakllarida
ham yangilanishlar kuzatilmoqda.

Zamonaviy arab romani o‘z shakli va mavzulariga ko‘ra hikoya qilishning

ko‘plab mavzularini o‘z ichiga oladi. Buning sababi, balki, o‘tgan asrning ikkinchi
yarmida arab romannavislarini qamragan asar yozishda tajriba o‘tkazish ehtiyoji
bilan bog‘liqdir. Arab nasriy janrida burilish nuqtasi deb hisoblanadigan eng
muhim mavzular quyidagilardir: tarixiy va realistik nasr, afsonaviy va feministik
nasr, hujjatli va merosga oid nasr. Arab romannavislari matn tuzilishida va
nasrda ijod qilish nuqtai nazaridan yangilik kiritish, shuningdek, roman
yozishning universal uslubiga yetib olish uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga
oldilar.
Tunis xalqaro kitob ko‘rgazmasining 33-sessiyasida Livan faoliyati doirasida
faxriy mehmon sifatida tanlangan, livanlik yozuvchi G‘asson ad-Dayri "Arab
romanining rivojlanishi" mavzusida ma’ruza o‘qidi. U o‘z nutqida arab
romanining yaratilishi va shakllanishidan boshlab bugungi kundagi holatigacha
bo‘lgan turli bosqichlarni tahlil qildi. Yozuvchi G‘asson ad-Dayri o‘z nutqini
dunyoda romanning paydo bo‘lish tarixi haqida fikr yuritish bilan boshladi. U
romanning adabiy san’at sifatida Yevropada o‘n sakkizinchi asrda paydo
bo‘lganini, ammo uning ildizlari tarixda chuqur ekanligini ta’kidladi. Aslida
yunon va rim asosiga ega bo‘lgani sababli, u afsonalarning paydo bo‘lishi bilan
vujudga kelgan, o‘rta asr Yevropa romanlari va XIX asr ingliz romani orqali
rivojlanib, keyinchalik XX asr romaniga yetib kelgan. Bu esa zamonaviylik va
taraqqiyotning ifodasi hisoblanadi. Zamonaviy arab romanining umumiy
xususiyatlarini to‘rtta bandda umumlashtirdi. Birinchidan, zamonaviy arab
romani yozuvchining tasavvurida tarjimayi holi yoki uning elementlaridan birini
romannavis xarakteri va hayotdagi insonga o‘xshash omil sifatida, ya’ni maxsus
etalon tasvirni yaratuvchi vosita sifatida qo‘llaydi. Ikkinchidan, zamonaviy arab
romani ko‘p ovozli hikoya qilish texnikasidan etalon voqelik bilan bog‘liq bir
nechta alohida ma’noda foydalanadi. Uchinchidan, u zamonaviy ijtimoiy shaxs,
milliy qahramon obrazini yaratishda guvoh-hikoyachi texnikasiga tayanadi.
O‘ttizinchi, qirqinchi va ehtimol ellikinchi yillar romanlarida odamlarni
kamsitadigan, insonni butun borlig‘i bilan namoyon etadigan tipik shaxs obrazi
bo‘lgan bu qahramon, keyinchalik bir qator arab romanlarida o‘z o‘rnini
tashvishli, azob chekayotgan va ehtimol ojiz shaxs obraziga bo‘shatib berdi. Bu
obraz unda yashiringan sirli va murakkab ziddiyatni ko‘rsatish uchun yetarli
bo‘lib, uni yana o‘zi haqida bilish masalasini ko‘tarishga undaydi. To‘rtinchidan,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

191

u arab romanining zamonaviy tarix voqeligi bilan bog‘liqligi va haqiqat
tushunchasining yo‘qolishi, tanqidiy qarashning yetishmasligi, g‘arblashuv va
ikki ma’nolilikka qaramasdan, boshqa ba’zi asarlarda realizm tushunchasining
yangicha ifodalanishiga olib kelganini tushuntirdi. Bu esa ta’rifdagi ko‘p so‘zlilik
o‘rniga iboralarni tejash,ixchamlash va personajni to‘g‘ri tasvirlashga intilishda
namoyon bo‘ladi.
Arab adabiyotida hikoya “Al qissa al qosira” “

ةصقلا

ةريصقلا

” deb ataladi. Hikoya

kichik nasriy janr bo`lib, u o‘quvchini o‘ziga jalb qiladigan maxsus tizim asosida
joylashtirilgan voqealarning qisman ketma-ketligidan iborat. Bunda yozuvchi
voqealarni va ularning izchilligini qahramonlaridan birining tilidan eng sodda va
tushunarli tarzda bayon etadi. Bu usul "birinchi shaxs uslubi" deb ataladi.
Hikoyalar hayotning ma’lum bir jihatiga bag‘ishlangan bo‘lib, alohida mavzuga
birlashtirilgan qismiy unsurlar, personajlar va tarkibiy qismlardan tashkil
topadi. Qisqa roman “

ةياورلا

ةريصقلا

”” Ar rivaya al qosira” bu hikoya va roman

o‘rtasidagi oraliq shakl bo‘lib, unda hikoyalarga nisbatan kengroq jihatlar
yoritiladi. Qisqa roman muallifi syujet chiziqlarini ko‘rsatib o‘tish va voqealarni
yaxlit bir obraz atrofida birlashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega. Roman
arab adabiyotida“

ةياورلا

” “

ِ

Ar rivaya” termini bilan ifodalanadi. Romanga

kelsak, u hajmi jihatidan eng katta nasriy asar turi hisoblanadi. Biroq romanni
hikoya yoki qisqa romandan ajratib turadigan yagona belgi uning uzunligi emas.
Roman vaqt va muhitni o‘z ichiga oladi, ya’ni unda odatda uzoq davom etadigan
vaqt o‘lchovi mavjud. Bunda vaqt kengligi qahramonning yoshi yoki keyingi
avlodlarning umri hisobiga kengaytirilishi mumkin.
Texnika taraqqiyoti yuksak yutuqlarga erishayotgan zamonamizda insonlarning
tig`iz hayot tarzi adabiyotga va adabiy janrlarga ham o`z ta`sirini o`tkazmoqda.
Dunyo xalqlari qatori arab adabiyotida ham romanning yangidan yangi janrlari
urfga chiqmoqda. Arab adabiyotida Qisqa roman “Ar rivaya al qosira” va juda
qisqa roman “ar rivaya al qosira jiddan” shakllari salmog`i oshib bormoqda.
Arab dunyosidagi "juda qisqa roman" shakli haqida bir qancha juda qisqa
romanlar muallifi Iroqlik yozuvchi Hamid al-Hurayziy o‘zining "Juda qisqa
roman - paydo bo‘lish omillari va o‘zlashtirish shartlari" nomli maqolasida so‘z
yuritgan. Bu maqola 2024-yil 4-iyulda "Haqiqat" gazetasida chop etilgan. Unda
ta’kidlanishicha, "juda qisqa roman" - bu ko‘p ma’nolilik va tasdiqlashdan ko‘ra,
ko‘proq ishora va kinoyalarga asoslangan ajoyib asardir. Bunday romanning
ikkinchi darajali qahramonlari yengil soyalarga o‘xshash bo`ladi, qisqa jumlalar
orqali fikrlarni ifodalaydi va vaqtinchalik mavjudlikka ega bo‘ladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

192

Xulosa qilib aytish zarurki, tez sur`atlarda rivojlanayotgan hayotimizning barcha
sohalari qatori arab adabiy jarayonlari, xususan, zamonaviy arab romani ham
jadallik bilan rivojlanish bosqichida takomillashib bormoqda. Undagi nasriy
o`zgarishlar va janriy yangilanishlar kitobxonlar orasida iliq kutib olinmoqda.
Juda qisqa romanlarning hajmi qisqarib ixcham shaklga kelgan bo`lsa-da, asarga
yuklatilgan badiiy yuki sira kamaymagan. Juda qisqa romanlarda voqealar rivoji
voqeaband va juda keskin, tezlashgan bo`ladi. Shu bilan birga muallif o`ziga xos
qisqa, lekin ma`nodor jumlalardan foydalanadi. Yozuvchilar ilgari surgan
g`oyalarini ko`proq tagma`no, kinoya, majoz, ramz va tashbeh kabi badiiy
unsurlardan samarali foydalanib kitobxonga estetik zavq ulashmoqdalar. Bu
esa, albatta, kitobxonni ko`proq o`ylashga tafakkur qilishga majbur etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:

1.

Jayyusi S.K. Modern Arabic Fiction. An Antology. Columbia University

Press Publishers; 2005. 1046 p
2.

Кирпиченко В.Н. История египетской литературы ХІХ-ХХ веков. В 2-х

томах /Кирпиченко В.Н., Сафронов В.В. М.: Восточная литература РАН,
2003. Т. 1. 408 с. Т. 2. 269 с.
3.

https://www.weekendpublisher.com/how-to-make-a-book-trailer-to-get-

more-readers/
4.

http://www.misk.art/lire/9F

5.

https://en.wikipedia.org/wiki/Novella

Библиографические ссылки

Jayyusi S.K. Modern Arabic Fiction. An Antology. Columbia University Press Publishers; 2005. 1046 p

Кирпиченко В.Н. История египетской литературы ХІХ-ХХ веков. В 2-х томах /Кирпиченко В.Н., Сафронов В.В. М.: Восточная литература РАН, 2003. Т. 1. 408 с. Т. 2. 269 с.