Авторы

  • Abdurasul Mirzohamdamov
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti BHA-76 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49511

Ключевые слова:

Yashil iqtisodiyot yashil energiya yashil texnologiya ekologik suv atrof-muhit sanoat qishloq xo‘jaligi chiqindilar resurs moliyaviy investitsiya.

Аннотация

Bizga ma’lumki, ko‘z o‘ngimizda insoniyatning bugungi turmush tarzi, yashash sharoiti va erishgan yutuqlari bir necha ming yillar davomida shakllangan hayotiy tajribalarning pirovard samarasi hisoblanadi. Asrlar davomida inson o‘zining aql-idroki, tafakkuri, mehnati bilan buyuk kashfiyotlarni amalga oshirdi va uni amalda keng ko‘lamli tadbiq etish orqali hayot turmush farovonligini ta’minlamoqda. Sanoatni rivojlantirishning fundamental asoslari Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida, o‘lkamizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘bek tomonidan yaratildi. XIX asr o‘rtalaridan sanoat Yevropada rivojlandi. XX asr boshlarida Amerika dunyoda sanoati eng taraqqiy etgan hududga aylandi. Xo‘sh, bunday taraqqiyot, ixtirolar kashfiyotlar inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni qay darajada o‘zgartirdi? Ushbu maqolada shu kabi savollarga javob topishga harakat qilaman.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

174

YURTIMIZDA “YASHIL IQTISODIYOT”GA O‘TISH STRATEGIYASI:

MAVJUD MUAMMO VA ISTIQBOLLI IMKONIYATLAR

Mirzohamdamov Abdurasul Ravshan o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti BHA-76 guruh talabasi

mirzohamdamov01@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14214991

Annotatsiya:

Bizga ma’lumki, ko‘z o‘ngimizda insoniyatning bugungi

turmush tarzi, yashash sharoiti va erishgan yutuqlari bir necha ming yillar
davomida shakllangan hayotiy tajribalarning pirovard samarasi hisoblanadi.
Asrlar davomida inson o‘zining aql-idroki, tafakkuri, mehnati bilan buyuk
kashfiyotlarni amalga oshirdi va uni amalda keng ko‘lamli tadbiq etish orqali
hayot turmush farovonligini ta’minlamoqda. Sanoatni rivojlantirishning
fundamental asoslari Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida, o‘lkamizda yashab o‘tgan
buyuk allomalarimiz Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Mirzo Ulug‘bek
tomonidan yaratildi. XIX asr o‘rtalaridan sanoat Yevropada rivojlandi. XX asr
boshlarida Amerika dunyoda sanoati eng taraqqiy etgan hududga aylandi. Xo‘sh,
bunday taraqqiyot, ixtirolar kashfiyotlar inson va tabiat o‘rtasidagi
munosabatlarni qay darajada o‘zgartirdi? Ushbu maqolada shu kabi savollarga
javob topishga harakat qilaman.

Kalit so‘zlar:

Yashil iqtisodiyot, yashil energiya, yashil texnologiya,

ekologik, suv, atrof-muhit, sanoat, qishloq xo‘jaligi, chiqindilar, resurs, moliyaviy,
investitsiya.

Аннотация:

Мы знаем, что на наших глазах сегодняшний образ

жизни, условия жизни и достижения человечества являются конечным
результатом жизненного опыта, сформировавшегося на протяжении
нескольких тысяч лет. На протяжении веков человек своим умом,
мышлением и трудом делал великие открытия и, широко применяя их на
практике, обеспечивает благополучие жизни. Фундаментальные основы
индустриального развития были созданы нашими великими учёными
Аль-Фаргани, Аль-Хоразми, Аль-Беруни, Мирзой Улугбеком, жившими в
нашей стране на перекрёстке Великого Шёлкового пути. Промышленность
развивалась в Европе с середины 19 века. В начале 20 века Америка стала
самым промышленно развитым регионом мира. Итак, в какой степени
такой прогресс, изобретения и открытия изменили взаимоотношения
человека и природы? В этой статье я постараюсь найти ответы на такие
вопросы.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

175

Ключевые слова

: Зеленая экономика, зеленая энергия, зеленые

технологии, экология, вода, окружающая среда, промышленность,
сельское хозяйство, отходы, ресурсы, финансы, инвестиции.
Abstract: We know that before our eyes today's lifestyle, living conditions and
achievements of mankind are the final result of life experiences formed over
several thousand years. Over the centuries, man has made great discoveries with
his intelligence, thinking, and work, and by applying them in practice on a large
scale, he is ensuring the well-being of life. The fundamental foundations of
industrial development were created by our great scholars Al-Farghani, Al-
Khorazmi, Al-Beruni, Mirza Ulugbek, who lived in our country at the crossroads
of the Great Silk Road. Industry developed in Europe from the middle of the 19th
century. At the beginning of the 20th century, America became the most
industrially developed region in the world. So, to what extent did such progress,
inventions and discoveries change the relationship between man and nature? In
this article I will try to find answers to such questions.

Keywords:

Green economy, green energy, green technology,

environmental, water, environment, industry, agriculture, waste, resource,
financial, investment.

O‘zbekiston iqtisodiyoti so‘nggi yillarda muhim o‘zgarishlarni boshdan

kechirmoqda. Global iqlim o‘zgarishlari, tabiiy resurslarning cheklanganligi va
atrof-muhit muammolari zamon talablariga mos ravishda yangi iqtisodiy
modelga o‘tishni taqozo etmoqda. Ushbu sharoitda O‘zbekistonning “yashil
iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Yashil
iqtisodiyot”,

tabiiy

resurslardan

barqaror

foydalanishni,

energiya

samaradorligini oshirishni va atrof-muhitni muhofaza qilishni nazarda tutadi.
Bu strategiya O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishida nafaqat iqtisodiy, balki
ijtimoiy va ekologik jihatdan ham muhimdir. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish
jarayoni davomida mamlakatda yangi ish o‘rinlari yaratish, barqaror
taraqqiyotni ta’minlash va ekologik holatni yaxshilash imkoniyatlari paydo
bo‘ladi. Ushbu masala dolzarbligi kundan kunga oshirib borganligi boisidan ham
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev butun dunyo e’tiborini
ushbu og‘riqli masalaga qaratdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan
mamlakatimizning barcha hududidan texnika va mutaxassislar jalb etilib,
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muvozanatni yaxshilashga kirishildi. Orol
dengizining qurib qolgan yer maydonlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib
borildi, hudud xususiyatlariga mos daraxtlar ekildi va bu jarayon izchil davom
etmoqda. Qayd etilganidek, ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida dunyoda jadal


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

176

iqtisodiy o‘sishga erishildi. Ammo sanoat, qishloq xo‘jaligining rivoji, aholi
sonining keskin ko‘payishi insoniyat uchun ko‘plab ekologik muammolarning
kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Boisi talab va ehtiyojlarni qondirish
maqsadida chuqur o‘ylanmasdan qilinayotgan ishlar tufayli tabiiy o‘rmonlar
qisqarib bormoqda, suv muammosi, atrof-muhitning buzilishi kuzatilyapti.
Birinchidan, global darajada “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish katta miqdordagi
moliyaviy mablag‘larni talab etadi. Xalqaro energetika agentligining 2050
yilgacha CO2 emissiyasini ikki baravarga kamaytirish bo‘yicha turli ssenariylari
shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu maqsadga erishish uchun “yashil iqtisodiyot”ga
qo‘shimcha investitsiyalar miqdori dunyo YaIMning 1-2,5% darajasida bo‘lishi
talab etiladi. Ahamiyatlisi shundaki, mazkur investitsiyalarning katta qismi
qurilish va transport sohasini “yashillashtirish” uchun yo‘naltirilishi kerak
bo‘ladi. Ikkinchidan, moliya, bank va sug‘urta investitsiyalari “yashil
iqtsodiyot”ga kiritilayotgan xususiy investitsiyalarning bosh manbasiga
aylanmoqda. Moliyaviy xizmatlar va investitsion sektorda katta miqdorda
kapital aylanadi va bu “yashil iqisodiyot”ga investitsiyalar kiritishning potensial
manbalari sifatida qaralishi mumkin. Bugungi kunda “yashil iqtisodiyot”ga
investitsiyalar kiritishga davlat va xususiy sektorning institutsional investorlari,
banklar va sug‘urta kompaniyalari ekologik, ijtimoiy va boshqaruv risklarini
kamaytirish maqsadini ko‘zlagan holda “yashil texnologiyalar”dan foydalanishga
o‘z qiziqishlarini bildirishmoqda. Mikromoliyalashtirish jamoat va qishloq
darajasidagi loyihalar uchun salohiyatli, muhim o‘rin egalaydi. U past daromadli
aholiga o‘z mablag‘larini resurs va energiya tejashga joriy qilish imkonini hamda
ushbu faoliyatning xavf-xatar darajasini pasaytirish imkonini beradi.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda amaliy sa’y harakatlar hamda qarorlar bilan
hukumatning ishtiroki va qo‘llab quvvatlashi juda muhim dastak vazifasida
xizmat qilishi mumkin. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi esa keng ko‘lamli
islohotlarni amalga oshirishda muhum vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Unga
ko‘ra 2024-yilda yurtimiz bo‘ylab, belgilangan maqsad va vazifalarni samarali
amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish
bo‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish, “yashil iqtisodiyot”
tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ekologik
holatni yaxshilash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish
standartlarini keng joriy qilish hamda xalq manfaatlariga yo‘naltirilgan
boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsad qilib olinganligi davlatimiz
tomonidan sohaga qanchalar katta e’tibor berilayotganining yaqqol isbotidir .
Adabiyotlar tahlili


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

177

O‘zbekiston yashil energiyani energiya ishlab chiqarish majmuasiga kiritish
yo‘lida muhim qadamlar tashlamoqda. Mamlakatda quyosh va shamol resurslari
ko‘p bo‘lib, ular energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun foydalanilmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston an’anaviy qazib olinadigan yoqilg‘iga bog‘liqligini
kamaytirish maqsadida quyosh va shamol elektr stansiyalarini rivojlantirish
bo‘yicha bir qancha loyihalarni amalga oshirdi. Hukumat qayta tiklanadigan
energiya manbalariga investitsiyalarni jalb qilish uchun tariflar va soliq
imtiyozlari kabi turli imtiyozlarni joriy qildi. Bundan tashqari, energiya ishlab
chiqarish uchun biomassa va gidroenergetika resurslaridan foydalanishga
qiziqish ortib bormoqda. Zamonaviy ekologiyani asrashning bosh
maqsadlaridan biri bo‘lgan qayta tiklanish xususiyatiga ega manbalar va atrof-
muhitga zararli bo‘lgan chiqindilardan oqilona foydalangan holda olinadigan
biogazlardan mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida keng foydalanishdir.
Shuni aytish mumkunki, O‘zbekiston yanada barqaror va ekologik toza
energetika sektori yo‘lida ishlamoqda va energiya portfelida qayta tiklanadigan
manbalar ulushini oshirishga faol intilmoqda. O‘zbekiston turli sohalarda
barqaror va ekologik toza amaliyotga e’tibor qaratib, “yashil” iqtisodiyotni
rivojlantirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlamoqda. Mamlakat ekologik toza
resurslardan tejamkor sanoat jarayonlarini rivojlantirish, uglerod chiqindilarini
kamaytirish va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha sa’y harakatlarni
kuchaytirishga harakat qilyapti. Xususan, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida suvni
tejaydigan sug‘orish usullari joriy etilmoqda, organik dehqonchilik amaliyoti
targ‘ib qilinmoqda va atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirish uchun ekologik
toza texnologiyalarga sarmoya kiritilmoqda. Sanoatda va binolarda energiya
tejamkor texnologiyalardan foydalanish, transport tizimini rivojlantirish “yashil
iqtisodiyot” shakllanishida muhim o‘ringa ega. Ushbu choralar nafaqat energiya
sarfini kamaytirish orqali atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqarilishini
kamaytiradi va energiyaga sarflanayotgan xarajatlar qisqarishiga olib keladi.
Hukumat, shuningdek, uglerod gazini kamaytirish va energiya samaradorligini
oshirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni
rag‘batlantirib kelmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston chiqindilarni
kamaytirish, yashil infratuzilmani rivojlantirish va ekoturizmni rivojlantirish
bo‘yicha tashabbuslarni o‘rganishda ham faol bo‘lmoqda. Mamlakat, shuningdek,
fuqarolarning atrof muhitni muhofaza qilish va barqarorlik haqida
xabardorligini oshirish va mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish shakllarini
rag‘batlantirish choralarini ko‘rmoqda.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

178

Barchamizga ma’lumki, 2023 yil 11 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-158-son “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida
Farmoni tasdiqlandi va oradan bir kun o‘tib 12 sentabr sanasida kuchga kirdi.
Ushbu Qonun doirasida amalga oshirilishi rejalashirilayotgan muhim rejalar
orasida ikkinchi ustuvor yo‘nalish tarkibidagi 51-maqsad doirasida “yashil
iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan
foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish muhim vazifa sifatida belgilangan.
Unga ko‘ra 2030 - yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming
mega-vattga yetkazish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami
iste’moldagi ulushini esa 40 foizga ko‘tarish ko‘zda tutilgan. Umuman olganda,
O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotni barpo etish borasidagi sa’y-harakatlari
uning ekologik barqarorlik va resurslarni mas’uliyatli boshqarishni qo‘llab-
quvvatlashini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston “yashil” energetika va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishda bir
qancha muammolarga duch kelmoqda, biroq bu muammolarni hal qilish uchun
quyidagi bazi muammolarga tegishli yechimlarni tavsiya qilamiz:
Mamlakatda kutilgan va kutilayotgan islohotlarni amalga oshirishning zaruriy
sharti bu infratuzilmadir: mavjud infratuzilma qayta tiklanadigan energiya
manbalarini milliy tarmoqqa integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash uchun
to‘liq jihozlanmagan, shuning uchun infratuzilmani yangilash va kengaytirish
yashil energiyani keng joriy etish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
“Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari,
energiya tejaydigan infratuzilma va barqaror amaliyotlarga katta sarmoya
kiritishni talab qiladi. Bunday loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiya va
moliyalashtirishni jalb qilish asosiy muammo hisoblanadi. Bundan tashqari
respublika bo‘ylab keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda jamoatchilik va
biznes vakillari yashil energiyaning afzalliklari va “yashil iqtisodiyot”ning
salohiyati haqida xabardorlik va tushunchaning yetishmasligi bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlash joizki faqatgina bir tomonlama harakat bilan natijaga erishib
bo‘lmaydi yani qo‘llab-quvvatlovchi siyosat va mustahkam me’yoriy huquqiy
bazani amalga oshirish orqali yashil energiyaga sarmoya kiritishni
rag‘batlantirish mumkin. Hukumatning sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish
maqsadida qayta tiklanadigan energiya loyihalari uchun moliyaviy imtiyozlar,
subsidiyalar va soliq imtiyozlarini taqdim etishi investitsiyalarni jalb qilish va
yashil energiya infratuzilmasini rivojlantirishni tezlashtirishi mumkin. Hozirda
shiddat bilan rivojlanayotgan axborot asrida sohadagi yutuqlardan uzoqlashib
qolmaslik uchun muhandislar, texnik xodimlar va korxonalarga yashil


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

179

texnologiyalar va barqarorlik amaliyotlari bo‘yicha ko‘nikmalar va tajribalarni
rivojlantirish uchun o‘qitish va ta‘lim dasturlarini taqdim etish lozim. Har
qanday sohada bo‘lgani kabi bunda ham xalqaro tashkilotlar va hamkorlar bilan
birdamlikda harakat qilish “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash uchun tajriba, texnologiya va moliyalashtirishni olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga aholini xabardor qilish kampaniyalari yani yashil energiya va
barqaror amaliyotlarning afzalliklari haqida xabardorlikni oshirish uchun ta’lim
kampaniyalarini boshlash jamoatchilikning munosabatini o‘zgartirishga yordam
beradi va yashil texnologiyalarni kengroq qabul qilishni rag‘batlantiradi.
Natijalar
Shiddat bilan yangilanib va o‘zgarib borayotgan bugungi davrda “yashil”
iqtisodiyotga o‘tish muhim hayotiy ehtiyojga aylandi. O‘zbekistonning “yashil
iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi hali boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, uzoq
muddatli istiqbolga ega deyishimiz mumkin.
Quyida keltirilgan jadvalga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlariga tayangan holda 2016-2023 yillar
oralig‘ida yurtimiz hududlari kesimida atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi
moddalar miqdorini ko‘rishimiz mumkin. Jadvalga asoslanib ayta olamizki bu
salbiy ko‘rsatgich yil sayin tushib borgan, yani o‘z maksimumini 2016-yilda qayd
etgan bo‘lsa, 2023-yilda eng past ko‘rsatgichga erishilgan.

1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida 2016-2023 yillar oralig‘ida atmosferaga
chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar (ming tonna)


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

180

Agarda mavzuni Jahon davlatlari miqyosida yoritadigan bo‘lsak yanada

chuqurroq izlanish olib bora olamiz. Masalan, Italiyada “yashil iqtisodiyot”ni
joriy etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda, xususan iqtisodiyotda
faoliyat

ko‘rsatayotgan

kompaniyalarning

qariyib

25

foizi

yashil

texnologiyalarga investitsion mablag‘lar ajratganlar va bu o‘z navbatida
resurslarni iste’mol qilish va qo‘shilgan qiymat o‘sishini ta’minlagan. Hozirgi
kunda aksariyat Yevropa davlatlarida turizm sohasiga bo‘lgan talab ancha
yuqori darajada, jumladan bularga Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Buyuk
Britaniyani kiritish mumkin. Tabiat resurslarini asrash va avaylash ular
iqtisodiyotining o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun, Yevropada mehmondo‘stlik
sohasini rivojlantirish uchun energiya va resurslarni jamg‘arish bo‘yicha katta
imkoniyatga ega .
Yevropa Ittifoqi davlatlari energiya manbalari umumiy hajmining 20 foizigacha
bo‘lgan miqdorda muqobil energiyadan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Daniyada energiya manbalari umumiy hajmining 21,3 foizini shamol energiyasi
orqali ta’minlanadi . Janubiy Koreyada asosiy e’tibor sanoat sohasini, energetika
va investitsiyalar orqali yashil transportni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash,
shaharga yaqin sohil bo‘ylarini rivojlantirishga qaratilgan. AQShda esa “yashil
iqtisodiyot”ni rivojlantirish konsepsiyasida asosiy e’tibor muqobil energetikaga
qaratilgan bo‘lib 2030 yilgacha mazkur tadbirlar asosida 65 foizga yetkazish
belgilangan .
Qator Yevropa davlatlari 2035-2050 yillarda uglerodsiz ishlash tizimiga o‘tish va
energiya tashuvchilardan butunlay xoli qilish mo‘ljallangan.

Hududlar

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

O‘zbekiston Respublikasi

1 008,20 853,50

883,70

952,80

924,40

908,70

873,60

763,20

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

30,60

37,70

34,00

37,20

28,90

31,40

21,10

9,80

Andijon viloyati

36,70

15,80

15,90

14,30

11,50

4,90

17,30

10,50

Buxoro viloyati

58,50

63,80

74,80

69,10

37,10

44,80

35,60

30,70

Jizzax viloyati

63,40

5,20

11,80

4,30

3,40

2,90

27,00

29,50

Qashqadaryo viloyati

167,90

165,70

152,20

140,40

128,10

132,20

115,70

117,70

Navoiy viloyati

57,40

44,10

49,90

43,60

48,40

68,60

41,60

35,00

Namangan viloyati

15,80

15,90

15,20

15,80

15,00

24,00

7,40

5,00

Samarqand viloyati

51,60

37,20

52,10

44,20

52,70

39,40

38,70

39,40

Surxondaryo viloyati

3,20

3,20

5,10

6,90

6,50

7,10

7,30

7,40

Sirdaryo viloyati

68,90

59,60

60,50

47,80

71,80

45,70

49,10

3,10

Toshkent viloyati

318,70

302,90

336,60

397,90

430,00

425,40

438,00

430,10

Farg‘ona viloyati

103,20

60,10

53,20

49,60

50,50

46,50

49,50

26,40

Xorazm viloyati

5,20

9,20

7,10

7,20

6,80

7,20

4,50

3,40

Toshkent shahri

27,10

33,10

15,30

74,50

33,70

28,60

20,80

15,20


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

181

Umumiy natijalar ko‘rsatadiki, sayyoramizda shaharlar yiriklashib, aholisi
20−35 millionli megapolislar ko‘payib bormoqda. Bu energoresurslar, ayniqsa,
yoqilg‘iga bo‘lgan talabni kun sayin oshirib bormoqda. Inson omili tufayli oxirgi
yuz yilda yer sharida ekin ekiladigan yer maydoni to‘rtdan bir qismga, o‘rmonlar
uchdan ikki qismga qisqardi. Buning natijasida hayvonot olamining ko‘plab
turlari yo‘q bo‘lib ketmoqda. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘yicha
keyingi 30 yil ichida hayvonot olamining 8−10 foizi qirilib ketdi. Sayyoramizda
tropik o‘rmonlar 14 foizni tashkil qilar va hayvonot olamining 50 foizidan ortig‘i
shunday hududlarda yashardi. Hozir yer yuzida tropik o‘rmonlarning 6 foizi
qoldi, xolos. Shuningdek, oxirgi 50 yil ichida dunyoda aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan ichimlik suvi 60 foizga kamaydi. Har yili sanoatda foydalanilgan
150−160 km. kub suv daryolar, ko‘llarga oqiziladi. Turli falokatlar, texnik xatolar
tufayli har yili ummonlarga 25−30 million tonna neft tushadi. Sanoatda 1 tonna
po‘lat olish uchun 300 metr kub suv, 1 tonna qog‘oz ishlab chiqarishga 900 metr
kub suv ishlatiladi. Umumiy suvning 70 foizi qishloq xo‘jaligida, 20 foizi
sanoatda va 10 foizi uy xo‘jaliklarida sarflanadi. Taxminlarga ko‘ra, 2030 yilga
borib sayyoramizning 47 foiz aholisi suv tanqisligi muammosi bilan yuzma-yuz
bo‘ladi.

Xulosa. O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi, ekologik

barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni birlashtiruvchi muhim yo‘nalish bo‘lib, energiya
samaradorligini oshirish, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlash,
tabiiy resurslarni oqilona ishlatish va chiqindilarni kamaytirishni maqsad qilgan.
Bu jarayon, nafaqat iqtisodiy barqarorlikni, balki ekologik va ijtimoiy
barqarorlikni ham ta’minlashga yordam beradi. “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish,
O‘zbekistonning global iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishdagi rolini
kuchaytiradi hamda kelajak avlodlar uchun toza va sog‘lom muhitni saqlab
qolishga xizmat qiladi. Mavjud muammolar orasida infratuzilma, resurslarning
notekis taqsimoti, moliyaviy manbalar yetishmovchiligi va ijtimoiy ongning
pastligi mavjud. Biroq, yashil texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro
hamkorlikni kuchaytirish, ta’limni takomillashtirish va ekologik qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish orqali istiqbolli imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu jarayon,
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida yangi imkoniyatlar yaratadi va xalqaro
maydonda raqobatbardoshligini oshiradi. Ushbu strategiya mamlakatning
iqtisodiy va ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Umuman olganda, “yashil iqtisodiyot”ning xorij tajribasini o‘rganish milliy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

182

iqtisodiyotimizning eng ustuvor soha va tarmoqlarini qisqa fursat ichida
raqamlashtirish, aholi turmush farovonligining sifat jihatdan yaxshilanishiga
olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son

Farmoni.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi

to‘grisidagi Farmoni, 11.09.2023 yil PF-158-son.
3.

www.stat.uz- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika

agentligi
4.

Щетинина Н.И. «Зеленая» экономика в деятельности гостиничного

бизнеса стран ЕС // Вестник МГЦИО университета. 2013, с. 254 – 260
5.

Аскаров И.М., Егорова М.С. Проблемы финансирования перехода на

«зеленую» экономику // Молодой ученый. 2015. с. 396 – 399.
6.

Егорова М.С. Содержание «зеленой» экономики: цели и задачи //

Современная экономика: проблемы и решения, 2014, с.154 – 167.
7.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T.. Yashil

iqtisodiyot. darslik. T.: Universitet, 2020, 156-bet.
8.

Brown L.R. Eco-Economy. Building an Economy for the Earth. Earth Policy

Institute. W.W. Norton&Company. New York, London, 2019.
9.

www.uznature.uz- O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni

muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rasmiy veb sayti.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘grisidagi Farmoni, 11.09.2023 yil PF-158-son.

www.stat.uz- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi

Щетинина Н.И. «Зеленая» экономика в деятельности гостиничного бизнеса стран ЕС // Вестник МГЦИО университета. 2013, с. 254 – 260

Аскаров И.М., Егорова М.С. Проблемы финансирования перехода на «зеленую» экономику // Молодой ученый. 2015. с. 396 – 399.

Егорова М.С. Содержание «зеленой» экономики: цели и задачи // Современная экономика: проблемы и решения, 2014, с.154 – 167.

Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T.. Yashil iqtisodiyot. darslik. T.: Universitet, 2020, 156-bet.

Brown L.R. Eco-Economy. Building an Economy for the Earth. Earth Policy Institute. W.W. Norton&Company. New York, London, 2019.

www.uznature.uz- O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rasmiy veb sayti.