ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
56
TILDAGI SEGMENT BIRLIKLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
O‘rinboyeva Guluzro Dushayevna
Andijon davlat chet tillari instituti
Tel: +998883388848
201 – guruh talabasi
Raimjonova Mushtariy
https://doi.org/10.5281/zenodo.14190118
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi ingliz va o‘zbek tillarida tildagi segment
birliklarning umumiy tushunchasi haqida fikr va mulohazalar bayon qilingan.
Bunda diqqat markazda ingliz va o‘zbek tillarida tildagi segment birliklar haqida
umumiy tushunchasi qiyosiy tahlili asosiy tadqiqot materiali sifatida o‘rganilgan.
Maqolani tayyorlash jarayonida muallif ingliz va o‘zbek tilshunoslarining
qarashlariga tildagi segment birliklar haqida umumiy tushunchalarni dadil
sifatida bayon qilgan. Maqola ingliz va o‘zbek tili leksikologiyasini o‘rganuvchilar
uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
segment, fonema, nutq, tilshunoslik, fonetika, intonatsiya,
tushuncha, tovush, fonologiya, bo’g’in, urg’u.
Til inson muloqotining eng muhim vositasi sifatidagi vazifasini faqat
tovushlar tili sifatida bajara oladi, chunki dunyoning barcha tillaridagi so‘zlar
nutq tovushlaridan iborat, so‘zsiz nutq esa imkonsiz. Harflar faqat og'zaki
so'zlarni yozma ravishda ifodalash uchun xizmat qiladi. Ammo alohida talaffuz
qilingan yoki yozilgan so’zlar to’liq fikrlarni ifoda eta olmaydi. To'liq fikrlar faqat
tilning grammatik qoidalariga muvofiq birlashtirilgan va to’g’ri intonatsiya bilan
talaffuz qilinadigan bir yoki bir nechta so’zlardan iborat jumlalarda ifodalanishi
mumkin. Demak, fonetika tilshunoslikning mustaqil bo‘limi bo‘lib, u tilning
fonetik tuzilishi bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi tilshunoslik sohasida fonema nazariyasi I.A.Boduen de Kurtene va
uning shogirdlari nomi bilan uzviy bog‘liqdir. Fonologiyaning tilshunoslikning
alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishida va fonemani tovushdan (fonema
variantidan) ajratish mezonlarini belgilashda N.S.Trubetskoyning xizmatlari ham
alohida e’tirof qilinadi. Fonologiya termini tilshunoslik fanida XIX asr oxirida nutq
tovushlarining akustik artikulyatsion tomonidan funksional tomonini farqlash
ehtiyoji tufayli paydo bo‘ldi. Keyinroq esa fonologiya tilshunoslikning alohida
bo‘limi sifatida fonemalarning farqlovchi belgilarini o‘rganadigan fan sifatida
e’tirof etildi. Nutq jarayonida fonemalarning reallashuvi fonetikaning o‘rganish
obyektiga aylandi.
Tovush materiyasi nutq tovushlari, bo’g’inlar, urg’u va intonatsiya shaklida
amalga oshiriladi. Fonetik birliklarning murakkab birikmasi fonetik tuzilmaning
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
57
tarkibiy qismlarini tashkil qiladi. Bu birliklar fonologik ma’noda, ya’ni farqlovchi
birlik sifatida qo‘llanilganda fonema, sillabema, aksentema va intonema deb
ataladi. Bu barcha fonologik birliklarning murakkab birikmasi til tuzilishining
tarkibiy qismlarini tashkil etadi.
Ma’lumki, har qanday tilning fonetik va fonologik birliklari dastlab ikki
guruhga ajratiladi. Ular segment va supersegment birliklardir. Segment birliklar
nutq tovushlari ya’ni fonemalarni o’z ichiga oladi. Ushbu birliklar morfema yoki
so’zlar tarkibida ketma-ketlikda keladi hamda gorizontal holatda ulanib, zanjir
shaklida joylashadi. Masalan, bahor so’zidagi 5 ta tovush (b,a,h,o,r) segment
birliklardir va ular shu so’zning tarkibiy qismlari hisoblanadi.Tildagi segmental
birliklar so’z hosil qiluvchi alohida tovushlarni bildiradi. Bu birliklar talaffuzda va
har qanday tildagi so’zlarni tushunishda muhim ro’l o’ynaydi. Ular nutqning
asosiy qismi bo’lib, samarali muloqot uchun zarurdir. Segment birliklarini
tushunish talaffuzni o'zlashtirishga, o'xshash tovushlarga ega bo'lgan so'zlarni
farqlashga yordam beradi.
Tildagi segmentlarga undoshlar va unlilar kiradi, shuningdek, ular
tovushlarning bo'g'inlar va morfemalardagi joylashuv tartibini ham o’z ichiga
oladi. Segment birliklar fonetika va fonologiyani tushunish, shuningdek, til
o'rgatish va o'rganish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari,
segment birliklarni o'rganish artikulyar va akustik xususiyatlarini, nutq
tovushlari, shuningdek, ularning o'ziga xos jihatlarini tahlil qilishni o’z ichiga
oladi. U tilning tuzilishi, tillar ichida va tillarda paydo bo'ladigan turli tamoyillar
haqida tushuncha beradi. Segmental birliklarni har tomonlama tushunish
fonologik tahlil uchun asos bo'ladi va lingvistik tadqiqotlar, nutq texnologiyasi va
tilni o'zlashtirish sohasidagi yutuqlarga hissa qo'shadi.
Fonemalar tildagi eng kichik tovush birliklari boʻlib, ularning har biri alohida
tovush yoki tovushlar to'plamini ifodalaydi. Ushbu tovushlar so'zlarni
shakllantirish uchun ishlatiladi. Fonemalarni tushunish to'g'ri talaffuz uchun hal
qiluvchi ahamiyatga ega. So'zlarni farqlashda fonemalar muhim rol o'ynaydi.
Masalan, Ingliz tilida "bat" va "pat" so’zlari o'rtasidagi farq boshlang'ich
fonemalar /b/ va /p/ tovushlari o’rtasida yotadi. Fonemalarda allofonlar deb
nomlanuvchi oʻzgarishlar ham bor, ular muayyan kontekstda bir xil fonemaning
turlicha talaffuz etilishidir. Masalan, “butter” so’zidagi “t” tovushi talaffuzi
“stutter” so’zidagi “t” tovushidan farq qiladi.
Fonema til fonologik (fonetik) sathining birligi bo’lsa, fonemaning real
talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan shakli fon (allofon) yoki tovush
hisoblanadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
58
Tilshunoslikda fonema va tovush tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Nutq
jarayonida real talaffuz qilingan hamda qulog’imiz bilan eshitgan eng kichik,
boshqa mayda bo’lakka bo’linmaydigan nutq parchasi tovush hisoblanadi. Bir
nechta tovushlar orqali talaffuz qilinadigan so’z va uning ma’noli birliklarini
shakllantirish hamda farqlash vazifasini bajaradigan, ketma-ketlik jihatdan
boshqa mayda bo’laklarga bo’linmaydigan tilning eng kichik birligi fonemadir.
Bir fonema bir nechta tovushlar ishtirokida ro’yobga chiqadi. Fonemalar ikki
yoki undan ortiq ma‘noli birliklarni bir-biriga nisbatan zidlash orqali aniqlanadi.
Fonema ma‘no farqlovchi tovushdir. Ma‘no farqlovchi tovushlar paronim
so‘zlardagi bitta-bitta tovush hisoblanadi. Bunday paytda qolgan bir xil
tovushlarning joylashuv o’rni ham bir xil bo‘lishi lozim. Masalan: bir-pir, bayt-
payt, bob-bop.
Biz nutqimizni harflar ketma-ketligi orqali yozma bayon qilishimiz mumkin.
Fonema (tovush)ning yozuvdagi ifodasi harf hisoblanadi. Har bir harf o‘sha
tildagi fonemalar asosida olinadi. Ba‘zan bir fonemani ifodalash uchun bir
harfdan, ba‘zan esa ikki harfdan ham foydalanish mumkin (sh,ch,ng).
N.S.Trubetskoyning fikriga ko’ra, fonetikaning o‘rganish obyekti hisoblangan
tovush ko‘p miqdordagi akustik hamda artikulyatsion belgilarga egadir va
ularning hammasi fonetika uchun muhimdir. Boisi faqat ularning barchasi
e’tiborga olinsagina, u yoki bu tovushning talaffuzi haqida to‘g‘ri javob berish
imkon bo’ladi. Fonologiya odatda fonetika bergan materiallarga asoslangan holda
ish ko‘radi. Har qanday fonolog ayni vaqtda fonetist ham hisoblanadi. Buning
asosiy sababi fonologik oppozitsiyalarning konkret tovushlarga tayanishidir.
Bundan tashqari fonetika mutaxassislarining barchasi ma’lum ma’noda fonolog
ham hisoblanadi. Chunki fonetika sohasidagi tadqiqotchilar har qanday
tovushlarni emas, balki nutq tovushlarini va ularning ma’lum bir tildagi farqli
belgilarini o‘rganadilar. Fonologiya sohasining o‘rganish birligining asosi ijtimoiy,
umumiy xususiyatga ega bo‘lgan fonemalardir. Fonema umumiylik hisoblanadi.
Fonemalar bevosita kuzatish orqali turli xil variantlarda namoyon bo‘lishi
mumkin. Shu uchun ham fonema bugungi kunda til va nutqni farqlovchi
tilshunoslar tomonidan so‘z va morfemalarni shakllantiruvchi va ularning
ma’nosini farqlash uchun xizmat qiladigan, boshqa moddiy hamda mayda
bo‘laklarga bo‘linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi deb e’tirof etiladi.
I.A.Boduen deKurtene fonema atamasi va uning tilning eng kichik tovush birligi
ekanligini tilshunoslikda birinchi marotaba bayon qilgan.
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:
1. Abdullaeva F.S. Ingliz tilida qonunga oid terminlarni o‘qitishning lingvodidaktik
asoslari. Toshkent, 2015-y. 3-b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
59
2. Abduazizov A.S. Tilshunoslikka kirish. – T.: "O‘qituvchi", 1982-y. 266 -b.
3. Buronov J. va boshqalar “Ingliz tili grammatikasi” – Toshkent, 1978-y. 124-b.
4. Bushuy T., Safarov Sh. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. –
Toshkent, 2007-y. 43-b.
5. Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. – T.:
“Fan”, 1977-y. – 162 - b.
6. Qosimov N.A. “O‘zbek tili ilmiy-texnikaviy terminologiyasi masalalari” –
Toshkent, Fan, 1985-y. - 157-b.
7. Qambarov N.M. Tarjima transformatsiyalari va til kontaktlari (nazariy
masalalar). Fledu.uz. O‘zbekistonda xorijiy tillar elektron jurnali. –Toshkent,
2016-y.
8. Safarova M. Tilshunoslikda kompyuter terminosferasi ifodalanishiga doir ilmiy
nazariy qarashlar. Toshkent, 2022- y. - 95- b.