Авторы

  • Murodjon Xalmuratov
    (O‘zDJTSU “Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49540

Аннотация

Taktik tizim - bu har bir o’yinchining alohida xususiyatlari asosida futbol maydonida to’g’ri joylashtirilgan xolda jamoa bo’lib o’ynash xarkatlarini tashkil etishdir. Taktik tizim futbol o'yini taraqqiyotida bir necha bor o’zgarib kelgan. Taktik tizimning birinchi ko’rinishlari jamoalarda 2-5-3 tizimida qo’llanilgan. Ushbu tizimni tarix manbalarida italyancha tizim yoki bo’lmasa avstriya jamoalarning tizimi deb yuritilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

16

FUTBOLDAGI ENG YAXSHI SAMARALI TAKTIK TIZIMLARNI

O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH

Xalmuratov Murodjon Yuldashevich

(O‘zDJTSU “Qishki va murakkab-texnik sport turlari

nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14177382

Taktik tizim - bu har bir o’yinchining alohida xususiyatlari asosida futbol

maydonida to’g’ri joylashtirilgan xolda jamoa bo’lib o’ynash xarkatlarini tashkil
etishdir. Taktik tizim futbol o'yini taraqqiyotida bir necha bor o’zgarib kelgan.
Taktik tizimning birinchi ko’rinishlari jamoalarda 2-5-3 tizimida qo’llanilgan.
Ushbu tizimni tarix manbalarida italyancha tizim yoki bo’lmasa avstriya
jamoalarning tizimi deb yuritilgan. Futbol o’yin qoidalarning takomillasha
borishi taktik tizimlarga o’z ta’sirini o’tkaza boshlagan. Futbol o’yinga o’yindan
tashqari holat qoidasini kiritilishi, jamolarda 3-5-2 (dubl ve) taktik tizimini
yuzaga kelishga sabab bo’ldi. Dubl ve taktik tizimida qo’llash futbol jamolarning
maydonda muvaffaqiyatli xarakatlanishga olib keldi. Dunyo futbol sporti
bo’yicha yetakchi xisoblangan Braziliya terma jamoasi xam futboldagi 4-2-4
taktik tizimida xarakatlanishi bilan futbolga yangi taktik uslubni olib kelgan va
jaxon chempionati musobaqalarida g’oliblikka erishishgan.O’tkazilayotgan jahon
chempionatlarida terma jamoalarning tayyorgarliklari va futbol o’yining yangi
o’yin uslublarni ko’rsatishadi. Dunyoning yetakchi terma jamoalari o’z o’yinlari
bilan mutaxassislar etiborida bo’ldi. Har bir o’yinga aniq rejaga asosan
tayyorlangan, vaziyat taqozosiga qarab, o’z taktik tizimni, uslubini o’zgartirishga
qodir bo’lgan jamoagina yuksak natijalarni qayd etdi.

1 – rasm. 1-4-4-2 taktik tizimi

1-4-4-2 taktik tizimi zamonaviy futbol o’yinida jamoalar tomonidan eng

ko’p qo’llaniladigan taktik usuldir. Ushbu taktik tizim jamoaning hujumkor


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

17

taktikada harakatlanishinidan darak beradi. Ushbu taktik tizimda ikkita
hujumchi bir birlari bilan tandem hosil qilib hujumni yanada samarali ijro
etilishini ta’minlaydi. 1-4-4-2 taktik tizimini yevropaning M.Yunayted, Arsenal,
Bavariya, Yuventus kabi klublari deyarli har o’yinda qo’llashadi.

2 – rasm. 1-4-5-1 taktik tizimi

Ushbu taktik tizim ham futbol jamoalarning raqib ustidan g’alaba

qozonishida ishlatiladigan samarali usuldir. 1-4-5-1 taktik tizimida Angliyaning
Chelsi jamoasi ko’pgina uchrashuvlarida mufavvaqiyatli o’yin ko’rsatib
kelmoqda. Aynan shu taktik tizim orqali Chelsi klubi so’ngi vaqtlarda xalqaro
musobaqalarda g’olib bo’lib, dunyoning yetakchi klublar ro’yxatidan o’rin olgan.
2012 yildagi Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining bosh sovrini Chelsi
klubiga nasib etdi. Mutaxassislar e'tiroficha Chelsi klubi yarim ximoyachilari F.
Lempard, F. Maluda va markaziy xujumchi D. Drogba ushbu taktik tizimini
samarali, mazmunli ijro etilishni ko’rsatishgan. Toshkentning "Bunyodkor"
futbol jamoasi xam aynan 1-4-5-1 taktik tizimda xarakatlanadi. Taktik tizim
orqali Osiyoning yetakchi klublarni mag’lubiyatga uchrata olgan.

3- rasm. 1-4-3-3 taktik tizimi

1-4-3-3 taktik tizimi xujumkor o’yin taktikasini namoyon etadi. Bu taktik tizimda
Barselona jamoasi samarali harakatlanib so’ngi yillarda barcha raqib jamoalarni


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

18

mag’lubiyatga uchrata olmoqda. Mutaxassislar e'tiroficha maydon markazida
yarim ximoyachilar Xavi, Iniyesta, Pedrolar xarbir xujumni tashkil etishda
xujumchilar Messi, Vilya, Fabregaslar bilan birgalikda qisqa to’p uzatishlarda xar
qanday raqib ximoya chizig’idan o’ta olishlarni ko’rsatishmoqda. Ushbu taktik
tizimda xarakatlanish orqali Barselona jamoasi 2006-2012 yillar oralig’ida
deyarli barcha musobaqalarda sovrinlarga ega bo’lishdi.
Yosh futbolchilarni nazariy bilimlarni oshirish va mustaxkamlashda metodik
xonalarning zamonaviy asbob-uskunalar ya'ni, futbol maydon maketlari,
doskalar, DVD, video proektor, kompyuter jixozlari bilan jixozlanganligi muxim
axamiyat kasb etadi. Futbol o’yinlardagi taktik uslublarni nazariy
mashg’ulotlarda ko’rsatib tushuntirishning afzalligi shundaki, kuchli
jamoalarning o’yinini ko’p marotaba o’rganishga imkon yaratadi. Bundan
tashqari o’z taktik harakatlarini taxlil etishga eng samarali yo’llaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. D.K.Karimov “O‘rta yoshli velosipedchilarning o‘ziga xos tayyorgarligi va
organizm holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar”. Maqola. Educational Research in
Universal Sciences 2 (14), 751-755. 2023 yil.
2. D.K.Karimov, A.K.Karimov “Importance of effective tactical systems at
football”. Ilmiy maqola. European Journal of Research and Reflection in
Educational Sciences. Vol. 7 No. 12, 2019 ISSN 2056-5852. 2019 yil.
3. R.R.Zakirova, I.N.Tuxfatullina, D.K.Karimov “Совершенствование методики
повышения мастерства велосипедистов - шоссейников на основе аспектов
физического развития при занятиях велоспортом”. Maqola. O‘zbekistonda
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning falsafiy, huquqiy va sotsiologik
muammolari konferensiyasi. 2020 yil.
4. D.K.Karimov “O'rta yoshli aholi uchun sog'lomlashtiruvchi yo'nalishdagi
mashg'ulotlarni o'tkazish xususiyatlari”. Maqola. Theoretical aspects in the
formation of pedagogical sciences, 1(7), 365-369, 2023 yil.
5. D.K.Karimov “Velosipedda yurish orqali o‘rta yoshli aholi orasida
o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining tibbiy-fiziologik asoslari”.
Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2 (15), 94-99. 2023 yil.
6. A.Yu.Atajanov, D.K.Karimov “Harakatli o‘yinlarning yosh sportchilar va
bolalarni tarbiyalashdagi nazariy ahamiyati”. Maqola. Educational Research in
Universal Sciences 2 (15), 174-178. 2023 yil.
7. D.K.Karimov “Velosiped sport turi bilan o’rta yoshli aholi uchun
sog’lomlashtiruvchi yo’nalishdagi mashg’ulotlarni o’tkazish xususiyatlari”.
Maqola. Fan sportga jurnali. 79-83 betlar. 2023 yil.

Библиографические ссылки

D.K.Karimov “O‘rta yoshli velosipedchilarning o‘ziga xos tayyorgarligi va organizm holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar”. Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2 (14), 751-755. 2023 yil.

D.K.Karimov, A.K.Karimov “Importance of effective tactical systems at football”. Ilmiy maqola. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 7 No. 12, 2019 ISSN 2056-5852. 2019 yil.

R.R.Zakirova, I.N.Tuxfatullina, D.K.Karimov “Совершенствование методики повышения мастерства велосипедистов - шоссейников на основе аспектов физического развития при занятиях велоспортом”. Maqola. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning falsafiy, huquqiy va sotsiologik muammolari konferensiyasi. 2020 yil.

D.K.Karimov “O'rta yoshli aholi uchun sog'lomlashtiruvchi yo'nalishdagi mashg'ulotlarni o'tkazish xususiyatlari”. Maqola. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 1(7), 365-369, 2023 yil.

D.K.Karimov “Velosipedda yurish orqali o‘rta yoshli aholi orasida o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining tibbiy-fiziologik asoslari”. Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2 (15), 94-99. 2023 yil.

A.Yu.Atajanov, D.K.Karimov “Harakatli o‘yinlarning yosh sportchilar va bolalarni tarbiyalashdagi nazariy ahamiyati”. Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2 (15), 174-178. 2023 yil.

D.K.Karimov “Velosiped sport turi bilan o’rta yoshli aholi uchun sog’lomlashtiruvchi yo’nalishdagi mashg’ulotlarni o’tkazish xususiyatlari”. Maqola. Fan sportga jurnali. 79-83 betlar. 2023 yil.