ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
150
AVTOMOBIL YO‘LLARIDA TA’MIRLASH VA QAYTA QURISH
HUDUDLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Sayfutdunova R.A.
Xomidov R.
Muydinov B.
talabalar (TDTU)
https://doi.org/10.5281/zenodo.13789982
Tayanch so‘z va iboralar:
Ta’mirlash, jixozlash, yo‘l belgilari, harakat
xavfsizligi, texnik vositalar, yo‘l bo‘laklari.
Transport vositalarining harakat jadalligini kundan-kunga yuqori
darajada, jadal suratlarda o‘sib borishiga muvofiq ravishda avtomobil
yo‘llarini qurish, qayta qurish va ularni ekspluatatsiya qilishni ta’minlash
bugun hukumat darajasidagi eng dolzarb masalalalardan biridir. Zamonaviy
avtomobil yo‘llari murakkab muxandislik inshooti bo‘lib, bugungi kun talabidan
kelib chiqib avtomobil yo‘llarida transport vositalarini xavfsiz va yuqori tezliklar
bilan harakatlanish imkoniyatlarini ta’minlash uchun sohani innovatsion
texnologiyalar va yuqori ish unumdorligiga ega zamonaviy texnika, mashina-
mexanizmlar, intelektual salohiyatli mutaxassislar bilan ta’minlash orqali
erishish mumkin.
Асосий қисм
: Ta’mirlanayotgan yoki qayta quriliyotgan yo‘l bo‘laklarida
harakat xavfsizligini ta’minlash juda muhim vazifalardan biri bo‘lib, agarda
texnik boshqaruv vositalari me’yoriy talablar darajasida o‘z vaqtida o‘rnatilmasa
bir qator muommolarni keltirib chiqaradi. Masalan, transport vositalarini
ushlanib qolishlarni, tirbandliklarni keltirib chiqaradi va yo‘l-transport
hodisalarini (YTH) sonini ortishlari kuzatiladi.
Shuning uchun ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilishga ajratilgan
uchastkalarda avvalombor mazkur yo‘l uchastkalarida transport oqimi
yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha “Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi” bilan
kelishilgan holda havfsizlikni ta’minlash bo‘yicha “Transport oqimini harakatini
tashkil etish sxemasi” ishlab chiqiladi.
Ta’mirlanayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan yo‘l bo‘laklari harakat
tezliklariga bog‘liq holda “Transport oqimini harakatini tashkil etish sxemasi”
me’yoriy talablarga asosan ma’lum masafada oldindan yo‘l harakati
ishtirokchilarga yo‘lning holati bo‘yicha ma’lumotlar berish uchun panolarda aks
ettirililsa maqsad muvofiqdir.
Aholi yashash punktlarida yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borilayotgan
joylarda transport vositalari va piyodalarning harakatini tashkil etish, yo‘l
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
151
ishchilari va yo‘ldagi harakat ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibini
belgilash lozim. Yo‘ldagi ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan joylarda harakat
xavfsizligini tashkil etishda yo‘lning toifasi, ahamiyatidan qat’iy nazar barcha
yo‘llar va ko‘chalarda amalga oshirilishi kerak. Avtomobil yo‘llarida harakat
xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarda keltirilgan
talablarga amal qilish kerak.
Kunning qorong‘ida vaqtida me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilagn talablarga
muvofiq yoritilishi kerak. Qurilish maydonchalarini yoritish standartlari va
ishlatilgan to‘siq va qurilmalar doimiy qizil signalli chiroqlar bilan jihozlangan
bo‘lishi kerak. Yo‘l harakatini tashkil etish va yo‘lda ta’mirlash ishlari olib
borilayotgan joylarini to‘siqlar bilan to‘sish ishlarini tashkil etishdan asosiy
maqsad transport vositalari va piyodalar oqimining xavfsizligini, shuningdek,
ushbu hududda ta’mirlash ishlarini amalga oshiruvchi yo‘l ishchilarining
xavfsizligini ta’minlashdir. Ushbu maqsadga erishishning asosiy vazifalari:
-ish joylarida transport vositalari va piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport
hodisalarining oldini olish;
-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo‘l uchastkalarining ish sur’atini,
transport vositalarini va piyodalar oqimini harakatlanishini ta’minlash uchun;
-ta’mirlash ishlari olib boriladigan hududda quruvchi va yo‘l xizmati
xodimlarining xavfsizligini ta’minlash.
Belgilangan vazifalar transport vositalarining harakatini boshqarishning
vaqtinchalik texnik boshqaruv vositalari va yo‘l to‘siqlari yordamida hal qilinadi
va ularning turi ishning turi va yo‘l sharoitlariga muvofiq tanlanadi.
Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan yo‘l uchastkasi deganda - yo‘lda olib
borilayotgan ishlar to‘g‘risida ogohlantiruvchi birinchi yo‘l belgisidan avtomobil
harakati rejimlarida uchastkaga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladigan oxirgi
belgisigacha bo‘lgan yo‘l qismi tushuniladi.
Ta’mirlash hududini shartli ravishda beshta funksional zonaga bo‘lish
mumkin, ularning har biri tashkilot uchun muayyan vazifalarni hal qiladi va
harakat xavfsizligini ta’minlaydi (1-rasm).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
152
1-расм. Йўл таъмирлаш ишларини ҳудудини ажратиш схемаси.
Ushbu ҳудудlarga quyidagilar kiradi:
-ogohlantirish hududi;
-transport oqimini qayta tizilish hududi;
-bufer hudud;
-Ta’mirlash ishlari olib borilayotgan hudud;
-Transport oqimini barqarorlashtirish hududi.
Ogohlantirish hududi yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘l ishlari
maydonchasi mavjudligi, olib borilayotgan ta’mirlash ishlar bilan bog‘liq xavf-
xatarlar va yo‘l ishlari maydonida transport vositalarining xavfsiz harakatlanish
rejimini o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirish uchun mo‘ljallangan.
Agar yo‘lning yuklanganlik koeffitsienti Z>0,6 bo‘lsa, ogohlantirish
hududining boshida 3.27 belgisini o‘rnatish kerak. Ushbu hududda, bajarilgan
ishlarning xususiyatiga qarab, bitta yo‘l belgisidan yoki rangli mayoqchali
ogohlantirish vositalari orqali boshqarish mumkin.
Transport vositalari ta’mirlash ishlari bo‘layotgan hudud yo‘l belgi
chiziqlari yoki yo‘l to‘siqlaridan foydalanib, belgilangan yo‘llardan harakatlanishi
lozim.
Bu hududda harakat traektoriyasi haydovchilar uchun aniq bo‘lishi kerak,
shuning uchun ish davomiyligi uch kungacha bo‘lganida, transport oqimini
boshqarish uchun yo‘l to‘siqlar, konuslar, plastik bordyurlar, vaqtinchalik
belgilar kabi texnik boshqaruv vositalardan foydalanish mumkin. Ta’mirlash
hududlarida harakat oqimini boshqarishda qo‘llaniladigan konuslar, to‘siqlar,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
153
yo‘l belgi chiziqlari yoki yorug‘lik ishoralari bilan jixozlangan yo‘l belgilari
kompleks o‘rnatilishi mumkin.
Agar ishning davomiyligi uch kundan ortiq bo‘lsa, transport oqimini
boshqarish uchun parapet tipidagi beton to‘siqlardan foydalanish kerak.
Ta’mirlash hududining uzunligi (L) haydovchilar ushbu hududda bajaradigan
manevr xususiyatiga bog‘liq (1-jadval).
1-жадвал
Harakatni o‘zgartirish turlari
Qayta tizilish hududini
uzunligi
Avtomobillarni yonidagi keyingi qatorga o‘tishi
Kam emas L*
Avtomobillar oqimiga qo‘shilmasdan keyingi
qatorga o‘tish
Kam emas 1/2 L
Turli
yo‘nalishdagi
avtomobillarning
o‘zgaruvchan harakati bilan hudud oldida qayta
tuzilish
20-30 m
Yonidagi qatordagi oqimini barqarorlashtirish
z’hududidan o‘z qatoriga o‘tish
20-30 m
* 1 - avtomobillar oqimini qo‘shni bo‘lakka qayta tizilish sharti uchun
harakatlanish zonasining minimal uzunligi
Yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari yo‘l harakati
ishtirokchilarini turli xil xavflar to‘g‘risida ogohlantirib, ularga to‘g‘ri yo‘nalish
va harakat rejimini tanlashda yordam beradi. Ta’mirlash ishlari olib
borilayotgan maydonlarga avtomobillarni kirib ketishini oldini olib, qurilish
maydoniga begonalarni kirishi chegaralaydi. Transport vositalarini yo‘lning
qisqargan bo‘laklaridan harakatlanish navbatini belgilab, qulayliklar yaratadi.
Texnik vositalar ichida eng muhimi ma’lumotlar beruvchi yo‘l belgilaridir.
Yo‘l belgilaridan eng asosiylari quyidagilar:
Harakat ishtirokchilarini yo‘lning xavfli joylarini yaqinlashayotganligi
to‘g‘risida ogohlantiruvchi (1.23. “Ta’mirlash ishlari”) belgisi;
-haydovchilarga harakat yo‘nalishini o‘zgarishi bo‘yicha ma’lumotlar
beruvchi (3.1. “Kirish taqiqlangan”, 5.31 “Aylanib o‘tish tasviri”, 5.32.1., 5.32.2.
“Chetlab o‘tish yo‘nalishi”) va harakatlanish uchun yopiq hududni aylanib o‘tish
tartibga soluvchi (5.34.1, 5.34.2. “Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning
boshlang‘ich ko‘rsatkichi”) belgilari;
-haydovchilarga yo‘lning torayish qismlari to‘g‘isida (1.18.1, 1.18.2, 1.18.3
“Yo‘lning torayishi”, 3.14. “Cheklangan kenglik”, yo‘lni tor qismlarida 2.6.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
154
“Ro‘para harakatlanishining ustunligi”, 2.7. “Ro‘paradagi harakatlanishga
nisbatan imtiyoz”) belgilari;
-harakat tezligini cheklash (3.24. “Yuqori tezlik cheklangan”, yoki 3.20
“Quvib o‘tish taqiqlanadi”,) belgilari;
-qurilish
ishlari
olib
borilayotgan
joyga
yaqinlashayotganda
avtomobilllarni to‘xtashi va to‘xtab turishini taqiqlovchi (3.27. “To‘xtash
taqiqlangan” yoki 3.28. “To‘xtab turish taqiqlangan”) belgilari;
-yo‘lning qisqargan joyidan o‘tgandan keyin barcha cheklovlarni bekor
qilinganligini bildiruvchi (3.31. “Barcha cheklovlarning oxiri”) belgisi.
Yo‘l belgilarini bitta asosda 3tadan ko‘p o‘rnatmaslik va ustunlar orasidagi
masofa avtomobil yo‘llarida 50 mdan, aholi yashash joylarida 25 m dan kam
bo‘lmaslik kerak.
Ushbu belgilarni o‘rnatishda yo‘ldagi harakat tezligiga bog‘liq holda hisob-
kitoblar asosida o‘rnatiladi (2-rasm).
2-rasm. To‘rt tasmali avtomobil yo‘lining ikkita tasmasida
ta’mirlash ishlari olib borilganda harakat tashkil etish va yo‘l to‘siqlarini
o‘rnatish sxemasi
Real sharoitdagi ta’mirlanayotgan yo‘l bo‘laklarida yo‘l to‘siqlarini va
harakat xavfsizligini ta’minlanish holatlari o‘rganilganda, me’yoriy hujjatlarga
mos holatda jixozlanmaganligini ko‘rishimiz mumkin (3-rasm).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
155
3-rasm. Ta’mirlanayotgan yo‘l bo‘lagidagi yo‘l belgi va to‘siqlarni o‘rnatilgan
holati.
Yuqoridagi rasmlarda ta`milanayotgan yo‘l uchastkalarida yo‘lni texnik
boshqaruv vositalari bilan jixozlanishdan ko‘rinib turibdiki, bu jixozlarni
o‘rnatilishi me’yoriy talablarga javob bermasligi ko‘rib turibmiz.
Хулоса
: Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda ta’mirlash va qayta
qurish ishlarini olib borilayotgan hududlar o‘rganilganda avtomobil yo‘llarida,
shahar ko‘cha-yo‘l bo‘laklarida ham qurish ishlari olib borilayotgan
mintaqalarda harakat xavfsizligi ta’minlash me’yoriy talablarga javob bermasligi
ko‘rishimiz mumkin. Ta’mirlash hududlarida transport vositalarining tartibsiz
harakati qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Masalan: Birinchi navbatda
ekologiyani ifloslantirish: chiqindi gazlar, shovqin, chang-tuzon ko‘tarilishi,
tirbandlik, ushlanib qolishlar, yo‘l harakati ishtirokchilarining psixofiziologik
holatini buzilishi va h.z
Bundan tashqari tamirlash va rekonstruksiya ishlari yakunlangandan keyin
vaqtinchalik yo‘l belgilarni o‘z vaqti olib tashlash kerak, aks holda bu belgilar
harakat ishtirokchilarini chalg‘itishi va xavfsizligiga katta xavf tug‘dirishi
mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Azizov Q.X. Harakt xavfsizligini tashkil etish asoslari.-T. “Fan va
texnologiya”, 2009-244 b.
2.
V.V. Silyanov “Organizatsiya dvijeniya i ograjdenie mest proizvodstva
dorojnыx rabot naselennыx punktaxanizatsiya” - g. Moskva, 2009 . 60 st.
3.
Azizov Q.X. Shahar yo‘llarida harakt xavfsizligini tashkil etish.-T. “Fan va
texnologiya”, 2021-221 b.