ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
140
ARTISHOK (S.SCOLYMUS L.) O‘SIMLIGINING FOYDALI
XUSUSIYATLARI.
Ahmedova Iroda Asliddin qizi
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13789844
Annotatsiya:
Maqolada Artishok o‘simligining kelib chiqishi, tarqalishi,
anatomiyasi, morfologiyasi, ko‘payish usullari, dorivorlik xusussiyati to‘g‘risida
fikr yuritiladi.
Abstract:
The article discusses the origin, distribution, anatomy,
morphology, reproduction methods, and medicinal properties of the artichoke
plant.
Kalit so‘zlar:
acteracea oilasi, cynara-scolymus, cynara turkumi,
dicotyledones sinfi, angiospermae bo‘limi, flora.
Key words:
family acteracea, cynara-scolymus, genus cynara, class
dicotyledones, section angiospermae, flora.
Artishok (arabchadan yer tikan deb tarjima qilinadi)- murakkabgullilar
oilasiga mansub ko‘p yillik sabzavod o‘simlikgidir. A.A. Tavernete fikricha,
artishok bundan 2000 yil muqaddam sabzavot o‘simliklari orasida keng
tarqalgan. Italiyada (Rim imperiyasi) 5000 yildan buyon artishokni madaniy
o‘simlik sifatida ekib, oziq-ovqat maxsuloti sifatida yetishtirib kelinmoqda.
Artishok haqidagi dastlabki ma’lumot eramizdan avvalgi 100-yillarga to‘g‘ri
keladi. Artishok (S.scolymus L.) madaniy holda u dastlab Sisiliya, keyinchalik
Gretsiya va Italiyada keng tarqala boshlagan. Eramizdan 77 yil avval rimlik olim
Pliniy artishokni yerdagi “bahaybat maxluq” deb atagan. Yil davomida badavlat
rimliklar artishokning bargini ko‘proq asalga aralashtirib, sirkaga solib istimol
qilishgan. Eramizdan 800 yil avval shimoliy Afrikalik murlar Grenada va
Ispaniya yaqinida artishokni yetishtira boshlagan. Boshqa qabilalar - arablar,
sarasinlar artishok bilan Sisiliyada tanishishgan va istimol qila boshlagan.
Artishok arabcha «Al-karshuv» so‘zidan olingan bo‘lib, “Yertikan” degan ma’noni
bildiradi.
Artishokni Kaliforniyaga 1600-yilda ispaniyaliklar olib kelgan bo‘lsada,
sabzavod ekinimiz aholi o‘rtasida oziq-ovqat maxsuloti sifatida keng tarqala
olmagan. 1922-yilda Andru Molera Kaliforniyadagi Salina vodiysida, San-
Fransiskoning janubiy tomonida fermerlarga sabzavod ekinini yetishtirish
uchun yer ajratib bergan. O‘simlikning aholi o‘rtasida oziq-ovqat va dorivor
mahsuloti sifatida keng tarqalishiga sababchi bo‘lgan. Kaliforniyada
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
141
o‘stiriladigan artishok plantasiyalarining o‘rtasida joylashgan Kastrovil shahrida
artishokni qayta ishlash maqsadida zavod ham qurishgan.
Artishok Rossiyaga 1715-yilda Gollandiyadan olib kelib ekila boshlangan.
Lekin u Rossiya iqlimiga moslashmaganligi tufayli keng tarqalmagan. XX asr
boshlarida artishok Qora dengiz hududlarida asosan manzarali o‘simlik sifatida
oz miqdorda ekilgan. Artishok (S.scolymus L.) haqida amerikalik faylasuf Ralf
Emersan shunday degan, uning so‘zlariga ko‘ra “Har qanday begona o‘t qadr
qimmatga ega bo‘lgan o‘simlikdir”deb tarif berib, sabzavod ekinining qanchalik
foydali ekanligini haqida o‘z fikirlarini bayon etib o‘tgan. Bu o‘simlikning asil
tug‘ilgan joyi Kaneyeriklar orollari hisoblanadi. Klassfikatsiyasi Tur-species-
cynara; scolymus; Turkum-Genus-cynara Oila-Family-Asteraceae Sinf-clases-
Dicoltyledones (ikki urug‘ pallalilar). Bo‘lim-Divisio-Angiospermae (yopiq
urug‘lilar) turkumiga mansub o‘simlik hisoblanadi. M.A.Ragimovning
ta’kidlashicha, artishok Ozarbayjonga birinchi marta manzarali o‘simlik sifatida
1914-yilda keltirilgan, 1943-yildan boshlab esa, sabzavot o‘simligi sifatida
madaniylashtirilgan. Fransiya, Italiya, Kanada, Ispaniya, Argentina, AQSh kabi
mamlakatlarda ko‘plab yetishtiriladi.Oʻrta dengiz mamlakatlarida 10 dan ortiq
turi oʻsadi. Rossiyaning janubiy, Moldaviya, Ukrainada tikanli Artishok
(S.scolymus L.) turi koʻproq yetishtiriladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
Yetishtirish texnologiyasi.
Artishok juda sershox boʻlib, boʻyi 2 m gacha
boradi. Gullari koʻk-binafsha rangda, yirik toʻpgul hosil qiladi (bir toʻpguli
ogʻirligi 100-200 g). Seret gulbandi va savatcha toʻpguli ovqatga ishlatiladi.
Artishokda qand, oqsil (2,5-3%), uglevod (7-15%), S (0,4 mg%), V,V2
vitaminlari, karotin, urugʻida 30% gacha moy bor. Xom va konservalangan,
qaynatilgan Artishok souslar bilan isteʼmol etiladi, salatlar tayyorlanadi.
Uglevodlari tarkibida diabet kasalliklari uchun foydali boʻlgan inulin bor. Janubiy
zonalarda 3-4 yillik, sovuq kuchli zonalarda bir yillik ekin, 100×80 cm sxemada
ekiladi. Hosildorligi 50-250 s/ga (15-50 ming toʻpgul). Artishok odatda koʻp
yillik ekin tarzida ekilgandan soʻng ikkinchi yili gullaydi. Artishokning o‘suv
davri 120-130 kunli bo‘lib, ko‘p yillik o‘simlik xisoblanadi, bo‘yi 120-150 cm.
Barglarining rozetkasi vertikal, diametiri 80-100 cm. Bargi yirik, yashil,
tikanli, 50 cm uzunlikda, 20 cm kenglikda. Birinchi yili 5-7 ta to‘pgul, ikkinchi
yilida 12-15 ta to‘pgul xosil qiladi. Artishok urug‘lari +15 C da una boshlaydi.
+20 +25 C xaroratga yetganda esa o‘sadi va rivojlana boshlaydi. Katta yoshdagi
o‘simliklarni o‘sib rivojlanishi uchun +18 +25 C xarorat zarur bo‘ladi.
Shuningdek, qisqa muddatli -0 -1 C sovuqqa bardosh beradi, lekin -2 -3 C
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
142
xaroratda o‘simliklar butunlay nobud bo‘lishiga olib keladi. Bu o‘simlikni
urug‘laridan ko‘paytirayotganda, sotib olingan urug‘lar 6,8 soat davomida
namlanishi lozim. Ekish uchun 15 cm uzunlikdagi urug‘larni ajratib olish yaxshi
samara beradi. Ekkandan so‘ng zaharli hasharotlardan himoya qilish lozim
bo‘ladi. Artishok hozirgi vaqtda mo‘tadil subtropik iqlimiga ega bo‘lgan
Kavkazorti davlatlari, Qora dengiz atrofida ko‘p yillik o‘simlik sifatida o‘stirilib
kelinmoqda. Artishok (S.scolymus L.) haqida Fernandez J.A., Migliaro D., Esteban
A. va boshqalar (2011) ma’lumotiga ko‘ra Ispaniyada 10000 ga maydonda
artishok yetishtiriladi va yalpi hosil 200 000 tonnani tashkil etadi. Ispaniyaning
Mursia provinsiyasida artishok an’anaviy ekin hisoblanadi va bu yerda 88 000
tonna artishok yetishtiriladi. Bu yerda eng keng tarqalgan nav Blanca de Tudela
hisoblanadi. Amerika Qo‘shma Shtatalarida eng ko‘p artishok yetishtiriladigan
mintaqa Kaliforniya shtati hisoblanib. Bu yerda har yili artishok festivali tashkil
etiladi. Artishokni parvarish qilishga ilmiy asosda yondashish har xil tuproq-
iqlim sharoitida begona o‘tlarga kasalliklarga qarshi kurashda, kerakli
ko‘chat qalinligiga ega bo‘lish hamda o‘simliklarni suv va ozuqa elementlari
bilan ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Shu maqsadda artishokni yеtishtirishda
quyidagi agrotexnik tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi; qator oralarini
kultivasiya qilish, ekinni oziqlantirish, sug‘orish, begona o‘tlarga,
zararkunandalarga, kasalliklarga qarshi kurash choralarini ko‘rish zarurdir.
Artishok sabzavotdan tashqari asal beruvchi, manzarali, dorivor va
xashaki ekin ham hisoblanadi. Vegetativ yo‘l bilan va urug‘i orqali
ko‘patiriladigan, O‘rta-Yer dengizi mamlakatlari va dunyoning boshqa joylarida
yetishtirilayotgan artishok navlarini to‘liq aniqlash, tavsiflash ancha qiyin
masala bo‘lib, bitta nav bir necha nom bilan atalishi bilan boshqa
sabzavodlardan alohida ajralib turadi. Masalan, Italiyada yetishtirilgan
artishokning Catanese navi 14 ta sinonimga ega bo‘lib, artishok navlarining
nomlari yetishtirilayotgan navlar soniga nisbatan anchagina ko‘pdir. Bundan
tashqari Italiya, Ispaniya, Fransiyada artishok navlari juda yaxshi o‘rganilgan
bo‘lsada, boshqa O‘rta-Yer dengizi mamlakatlarida deyarli bu sabzavotimiz
o‘rganilmagan.Shunga qaramasdan artishokning yetishtirilayotgan navlari soni
80-100 tadan oshmasligi manbalarda keltirilgandir. Italiyaning Bari shahrida 37
ta artishok navlarini 20 ta belgilari bo‘yicha alohida alohida izlanishlar olib
borilib ilmiy asoslangan tajribalar olib borilgan. Shulardan 11-12 tasigina bozor
talabiga javob bera olishi aniklangan. Artishokning madaniy navlari kam sonli
bo‘lsada, ular ko‘pgina belgilari bo‘yicha bir-biridan keskin farq qilishi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
143
aniqlangan. Bari shahridagi artishok jahon kolleksiyasidan 78 ta artishok
navlarini 27 ta belgisi bo‘yicha har tomonlama o‘rganilgan.
Dorivorlik xususiyatlari.
Artishok (S.scolymus L.) ning sermag‘iz gul
o‘rni iste’mol qilinadi. U yangiligicha iste’mol qilinganda yong‘oq ta‘mini beradi.
Undan salatlar, souslar, pyurelar tayyorlashda foydalaniladi va konservalangan
holda ham iste‘mol qilinadi. Artishok tarkibida 3% gacha oqsil, 0,1% moy,
10 -15% uglevodlar, 11-110 mg askorbin kislotasi, V guruhiga kiruvchi
vitaminlar, sinarin, inulin kabi moddalar mavjud.
U aterosleroz, jigar va buyrak kasalliklari bilan og‘rigan kishilarga tavsiya
etiladi. Artishok qonda xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega. Uning
siydik haydovchi xususiyati ham mavjud.
Jamiyatimizda va jahonda dorivor o‘simliklarga juda katta e‘tibor
qaratilmoqda, chunonchi ularni ko‘paytirish, tarqalgan joylarini aniqlash hamda
foydali xususiyatlarini aniqlash, ularni tabiatga tadbiq qilish chora tadbirlari
bo‘yicha qarorlari tasdiqlangan. Shuningdek, O‘rmon xo‘jaligida davlat qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, sog‘liqni saqlash
vazirligi va fanlar akademiyasining Shifobaxsh dorivor o‘simliklarni yetishtirish
va qayta ishlash markazi negizida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida
davlat muassasi shaklidagi dorivor o‘simliklarini yetishrirish va qayta ishlash
ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etish to‘g‘risida qarori mavjuddir.
Artishok qimmatbaho o‘simlik bo‘lib, oziq-ovqat va farmasevtika
sanoatida hamda chorva mollariga ozuqa sifatida foydalaniladi.
Jigar, qabziyat, qandli diabet, ateroskleroz, psoriaz, ekzema, oshqozon osti
bezi kasalliklarini davolashda artishokdan sinariks, xofitol, artichoke kabi
preparatlar tayyorlanadi. Artishok tarkibida oqsillar, uglevodlar, vitamin C,
karotin, vitamin B1 B2, inulin tarkibida kaliy, rux, selen, mis, marganes, natriy,
magniy, fosfor, kalsiy va temir, taninlar, shuningdek, organik kislotalar mavjud.
Eng foydalisi glikozidsinarin, shuningdek, tibbiyotda ishlatiladigan kofein,
askorbin va xinin kislotalardir. Artishokning yumshoq (et qismi) o‘rta qismi
ishlatiladi. Artishok xom, qovurilgan va qaynatilgan holda iste’mol qilinadi.
Xalq tabobatida uning barglari va ildizlari o‘t yo‘llari, ateroskleroz va
revmatizmlarda ishlatiladi. Artishok - parхez sabzavot bo‘lib, oson
o‘zlashtiriladi, uning qayta ishlangan mahsulotlari qandli diabetda kraxmal
o‘rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Artishok ilon zahrini kesuvchi,
bolalarda stomatitni davolovchi, organizmni tozalovchi vosita va allergik
kasalliklarda foydalaniladi.
Xulosa.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
144
Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, Artishok o‘simligi insonga zararli
tomonidan ko‘ra foydali tomonlari ko‘proq chunki bu o‘simlik vitaminlarga boy
va bir qancha kasalliklarga qarshi foydali sabzavod ekan. U diabed bilan
og‘rigan bemorlarga tavsiya etiladi va dorivor o‘simlik sifatida arteroskleroz
rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi vosita sifatida foydalaniladi. Artishok
ekstrakti qonni tozalash xususiyatiga ega hisoblanib, yog‘lar va xolesterin
miqdorini kamaytirish, jigar va buyraklarni toksinlar ta’siridan yaxshi
himoya qilish, metobolizmni yaxshilash hamda tanani turli toksik moddalardan
tozalashga yordam bera olish xususiyatiga egadir. Olib borilgan adabiyotlar
taxlili va metodologiyasi asosida sabzavod o‘simligimizni O‘zbekistonning
janubida yaxshi o‘sib rivojlanishi va uning urug‘ mahsuldorligi yuqori bo‘lishi
aniqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoiti uchun qimmatli introdusent
mahsulot bo‘lib hisoblanidi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.Uslubiy qo‘llanma. Amirov Artishok qimmatli ozuqa.
2.Ma’ruza matn “Noananaviy ekinlar seleksiyasi va urug‘chikigi” AQXAI.
3.Egamov X., Abdumalikov U., Zaparov Z., Tillaboev A., Toshpo‘latov
A.Yaratilgan yangi g‘o‘za tizimlarining xo‘jalikka foydali belgilarini aniqlash.
Innovatsiya: fan, ta’lim, texnologiya. Ilmiy-uslubiy maqololar to‘plami. Sbornik
nauchno metodicheskix statiey No1. Andijon. 2018 y. 121-123-b.
4.MiraxmedovF.Sh., AbdumalikovU.Z., AbdumalikovI., TillaboevA. Минералные
удобрения и их ратсионалное применение на орошаемых землях
Узбекистана // Интегратсионные протсессы мирового научно-
технологического развития, Белгород, 2017. С. 19-21.
5.KimsanovI.X,
KodirovO.A,
RaximovA.D,
AbdumalikovU.Z.
Изучение
морфологических и хозяйственно-сенных признаков новых сортов
хлопчатника в условиях андижанского вилоята// Приоритеты
инновационно-технологического развития в условиях глобализатсии,
Белгород, 2019. С. 24-27.
6. Amirov B.A.Artishok qimmatli ozuqa o'simlik - Toshkent, fan 1976-17.
7. Namozova Z.B Artishok ko'p tomonlama foydali o'simlik. Ilmiy zakovatimiz
senga Ona - vatan: // ilmiy - amaliy anjumani materiali Farg'ona, 2002- B 13 -14
8. Tamashshun S.G Artishok - Cynara L. / Flora SSSR. T.XXVIII - l izd AN
SSSR.1963 - S- 225 - 226.
9. Normurodov X.N., Nomozova Z.B., Artishokning (cynara ) Samarqand viloyati
sharoitida ba'zi bir biologik xususiyatlari // O'zb biol. jurnal.- Toshkent 2001 -
No 4 -B 41 - 44.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
145
10. Ashurmetov A.A. Metodika izucheniya semennoy produktivnosti rasteniy na
primer vidov roda Glycyrrhiza L .// Uvelichinie kormoproizvodstva na nauchnoy
osnove. - Tashkent, 1982. -S. 50-51.
11. Amirov B.A. Artishok Qimmatli ozuqa. - Toshkent, Fan, 1976. - 17 b.
12. Lukanets V.N. Taqvim ogorodnika. - Alma-Ata: Qayner. Sarjaylov, 1992. -
S.57-59.
13. Medvedov P.F., Smetannikova A.I. Kormoviye rasteniya Evropeyskoy chasti
SSSR. Spravochnik. - L .: Kolos, 1981. -S.21-22.
14. Nomozova Z.B. Biologicheskie osobennosti Cynara scolymus L. v usloviyax
Samarqandskoy oblasti. Razvitie botanicheskoy nauki v Tsentralnoy Azii i eyo
integratsiya v proizvodstvo: Materyali mejdunarodnoy nauchnoy konferentsiya.
-Tashkent, 2004. - S. 175-177.
15. Nomozova Z.B. Cynara scolymus L. -stiqbolli o'simlik. Fan yutuqlari va
qishloq xo'jaligini rivojlantirish istiqbollari: Ilmiy - amaliy anjuman materiallari.
-Samarqand, 2005. - B. 49-50.
16. Nomozova Z.B. Samarqand viloyatida sharoitida Cynara scolymus L.
tupgullarining morfologik xususiyatlari. Botanika, ekologiya, zamonaviy
mavzular: Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. - Andijon, 2007. - B.
105-107.
17. Normormodov X.N., Nomozova Z.B. Artishokning (Cynara L.) Samarqand
viloyati sharoitida bazi bir biologik xususiyatlar // O'zb. biol. jurn. - Tashkent,
2001. -№4 - B.41-44.
18. Ragimov M.A. Artishok // Kolxozno - sovxoe proizvodstvo // - Tadjikistana,
1969. -№4. -S.18-19.
19. Ragimov M.A. Pyaty simozium po novym silosnym rasteniyam. Chast 1. -L .:
Nauka, 1970. -S.42.
20. Xaydarov R.S. Qishni menisimaydigan artistshok // Fan va hayot. - Tashkent,
1971.-№6. - S.8-9.
21. Xaydarov R.S. Artishok // Selskoe xozyaystva Uzbekistana. - Tashkent, 1971.
-№10.- S.50-51.
22. Xanlarova A.G., Ragimov M.A. Artishok, kak maslichnoe rastenie // AN AzSR.
-Baku, 1951. T.7. -№2.- S.69-71.
23. Chikov P.S., Laptev Yu.P. Vitaminnye va lekarstvennye rasteniya. - M .: Kolos,
1976.- S.58-319.
24. Hamdamova E.I., Nomozova Z.B., Qurbonova G. Adirlarda yasov tashkil
etishni texnologik usullari. // Dostijeniya biotexnologii i budushchee
chelovecestva. -Samarqand, 2001.- S.75.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
146
25. Foury C. Etude de biologie florale de Partichaut (Cynara scolymus L.); dastur
tanlovi. Ann. Amelior. Planetlar 17, 1967. - p. 357-373.
26. Ramazonov, B. R. (2021). CELSKOHOZYAYSTVENNYE KULTURY I IX
PRODUKTIVNOST V NIJNE AMUDARINSKOM REGIONE. Ta'lim fanlari bo‘yicha
akademik tadqiqotlar, 2 (1), 1001-1006.
27. Alimova, X. B., & Ramazonov, B. R. (2021). INTERFAOL TA^IM YORDAMIDA
MAKTAB O'QUVCHILARINING QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH. Ta'lim
fanlari bo‘yicha akademik tadqiqotlar, 2 (1), 937-943.21. Uz.crushingplants .info
28. Қўшоқович, Қ. С., & Сайфидинов, Х. З. (2024). САБЗИ (DAUCUS CAROTA L.)
ИЛДИЗМEВАСИНИНГ
ФОЙДАЛИ
ХУСУСИЯТЛАРИ.
Лучшие
интеллектуальные исследования, 15(1), 99-103.
29. Qoʻshoqovich, Q. S., & Ziyedullayevich, S. X. (2024). BAMIYA (Hibiscus
esculentus l.) SABZAVOT EKININING FOYDALI XUSUSIYATLARI, XALQ
XOʻJALIGIDAGI AHAMIYATI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. Лучшие
интеллектуальные исследования, 15(1), 88-94.