Авторы

  • Axmed Primbetov
    Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti stajyor o’qituvchisi.
  • Dauletbay O'teniyazov
    SPETSMONTAJ" xususiy korxonada Geodezik ishlar bo'yicha muhandis

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.49878

Аннотация

Turli toifadagi mulklarni (ko‘chmas va ko‘char) ma’lum bir maqsad uchun (sotish, garovga qo‘yish, ijaraga berish va shu kabilar) baholashning ilmiy-uslubiy va amaliy asoslari chet el tadqiqotchilari ishlarida keng yoritilgan. Mulk qiymatini baholash asosida takror ishlab chiqarish xarajatlari va undan foydalanishdan olinadigan daromadlarning bahosi yotadi. Mulk obyekti narxlarining dinamikasi talab va taklifning o‘zaro nisbati va shu kabi boshqa bozor iqtisodiyoti qonunlari ta’siri ostida shakllanadi. Har bir mulk o‘z egasiga foydalanishidan ma’lum daromad keltiradi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

137

QIYMAT VA NARX MIQDORLARINI ANIQLASH TARTIBINI

URGANISH.

Primbetov Axmed Maxsetbay uli

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti stajyor o’qituvchisi.

O'teniyazov Dauletbay Orinbay uli

SPETSMONTAJ" xususiy korxonada Geodezik ishlar bo'yicha muhandis

https://doi.org/10.5281/zenodo.13789688

Turli toifadagi mulklarni (ko‘chmas va ko‘char) ma’lum bir maqsad uchun

(sotish, garovga qo‘yish, ijaraga berish va shu kabilar) baholashning ilmiy-
uslubiy va amaliy asoslari chet el tadqiqotchilari ishlarida keng yoritilgan. Mulk
qiymatini baholash asosida takror ishlab chiqarish xarajatlari va undan
foydalanishdan olinadigan daromadlarning bahosi yotadi. Mulk obyekti
narxlarining dinamikasi talab va taklifning o‘zaro nisbati va shu kabi boshqa
bozor iqtisodiyoti qonunlari ta’siri ostida shakllanadi. Har bir mulk o‘z egasiga
foydalanishidan ma’lum daromad keltiradi. Turli toifadagi mulk qiymatini
aniqlash baholanayotgan obyektning o‘ziga xos xususiyatlarining ko‘pligi, shu
bilan birga mulkni baholashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan belgilanadigan
g‘oyat murakkab va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.

Baholash faoliyatida «qiymat», «narx» va shu kabi tushunchalar asosiy

hisoblanadi. Qiymat - bu xaridor qanday dir buyum yoki obyektga almashish
uchun tayyor turgan pul yoxud pul ekvivalenti yoki bu gipotetik xaridor
baholanadigan qiymatga qancha to‘lash uchun tayyor bo‘lishining o‘lchovi. Narx
esa - bu avvalgi bitimlarda shunga o‘xshash obyektlarni xarid qilish uchun
qancha sarflanganligini aks ettiruvchi tarixiy fakt. «Narx» atamasi, shuningdek,
sotuvchi so‘raydigan narxni belgilashda ham ishlatiladi. Avvalgi bitimlar
narxlari va sotuvchining narxlari baholash sanasidagi qiymatning asoslangan
o‘lchamini namoyon etishi shart emas. Xarajatlar - baholanayotgan mulkka
o‘xshash mulk obyektini yaratish uchun zarur bo‘lgan chiqimlar o‘lchovi
hisoblanadi.

Biroq, ma’lumki, haqiqiy sotish narxi va bozor qiymati tushunchalari

orasida tafovutlar mavjud.

Mulk obyektining narxi - bu aniq amalga oshgan oldi- sotdi bitimining

haqiqiy pul miqdori. Istalgan real yoki ko‘zda tutilayotgan bitimdagi narx mulk
obyekti qiymati bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, ko‘pincha, bu atamalardan
sinonimlar sifatida foydalaniladi.

Bitimning narxi bozor qiymatidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

Bitimga tuzatish kiritish deb nomlanuvchi, bu tafovut bir qator sabablarga


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

138

bog‘liq (masalan, analoglar soni, bozor muvozanati va h.k.).

Qiymat - bu mulkning pul ekvivalentidir.
Ko‘chmas mulk obyektining bozor qiymati - bu raqobatchilik sharoitida,

ochiq bozorda obyekt sotilishi mumkin bo‘lgan eng ehtimoli yuqori pul miqdori.
Bunda, nazarda tutilishicha:

bitim tomonlaridan biri mulk obyektini sotishga, ikkinchisi sotib

olishga majbur emas;

tomonlar bitim predmeti haqida aniq ma’lumotlarga ega va o‘z

manfaatlari yo‘lida harakat qiladilar;

baholash obyekti ochiq bozorga ommaviy oferta shaklida taqdim

etilgan;

bitim narxi baholash obyekti uchun ma’qul mukofotni ifodalaydi va

bitimni tuzishga hech qaysi tomon majbur qilinmagan;

mulk obyekti uchun to‘lov pul shaklida amalga oshiriladi.

Shu tariqa aniqlangan bozor qiymati savdo predmeti bo‘lib
hisoblanadi va u ko‘tarilishi ham, tushishi ham mumkin.
Narxlar sotuvchi narxi, iste’molchi narxi va realizatsiya narxlariga bo‘linadi.
Sotuvchi narxi - bu sotuvchining, bitimni amalga oshirish orqali, oladigan

pul mablag‘i.

Iste’molchi narxi - bu iste’molchining uyni sotib olishga qilgan barcha

xarajatlarining umumiy yig‘indisi.

Realizatsiya narxi - bu iste’molchining sotuvchiga uy uchun to‘lagan pul

miqdori.

Bu narxlar vositachilar xizmati uchun to‘lovlar va bitimni rasmiylashtirish

xarajatlari miqdoriga farqlanadi. Vositachi mulk sotuvchisida va iste’molchisida
bir xilda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Bitim sug‘urtalanishi yoki
sug‘urtalanmasligi, uni rasmiylashtirish xarajatlari bitim ishtirokchilari
o‘rtasida turlicha taqsimlanishi va bu xarajatlar bitimlarda bir-biridan sezilarli
darajada farqlanishi mumkin. Shuning uchun realizatsiya narxi uyni o‘zicha
tavsiflaydi, iste’molchi va sotuvchi narxlari esa bitim shartlariga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda, agar sotuvchining vositachisi bo‘lsa, uning xizmat haqi realizatsiya
narxidan olinadi va sotuvchining narxini kamaytiradi. Va aksincha, iste’molchi
tomonidan o‘z vositachisi (agar u bo‘lsa) xizmatlariga haq to‘lashi
iste’molchining narxini realizatsiya narxiga nisbatan oshiradi. Analogik tarzda
bitimni rasmiylashtirish to‘lovlari bu narxlarga ta’sir qiladi. Shunday qilib,
sotuvchining narxi va iste’molchining narxi sezilarli darajada (15% gacha va
undan yuqori) farq qilishi mumkin. Ammo realizatsiya narxi oldi-sotdi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

139

mexanizmining aniq xususiyatlari va bitimni rasmiylashtirishga minimal
darajada bog‘liq bo‘ladi va uyning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq
belgilanadi.

Yuqoridagi narxlarning har biriga minimal, maksimal yoki o‘rtacha narx

sifatida qarash mumkin. So‘zsiz, baholash uchun bozor holatining eng muhim
jihatlarini hamda talab va taklif muvozanatini aks ettiruvchi narx sifatida
o‘rtacha narx qulay.

Mulk qiymati tushunchasi turli pozitsiyalardan talqin qilinadi. Shu o‘rinda,

bozor qiymati, o‘rindoshlik qiymati, iste’molchi qiymati, tiklash qiymati,
investitsion qiymat, sug‘urta qiymati; soliq solish maqsadidagi qiymat, tugatish
qiymati, birlamchi qiymat, qoldiq qiymat, garov qiymati va h.k.lar farqlanadi.

Iste’molchi qiymati (mavjud foydalanishdagi qiymat) mulkni bozorga olib

chiqish maqsadi bo‘lmagan, aniq mulkdor uchun shu obyektning qiymatini aks
ettiradi.

Tiklash qiymati baholanayotgan obyektning aniq nusxasini ko‘rish uchun
sarflanadigan joriy narxlardagi xarajatlar bilan aniqlanadi. Bunda xuddi shunday
arxitekturaviy

yechimlardan

foydalaniladi,

xuddi

shunday

qurilish

konstruksiyalari va materiallari qo‘llaniladi, hattoki qurilish-montaj ishlarining
sifati ham bir xilda bo‘ladi; o‘xshash holda baholanayotgan obyektning ma’naviy
eskirishi va arxitekturaviy yechimlarining kamchiliklari aks ettiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Respublikasining shaxarlar va posyolkalaridagi kup kvartirali
turar uy-joylarning tiklash narx kursatkichlarining yaxlitlashtirilgan tuplami. I
va II Kitob. (GKKYMK-18-076-03), T. Uzgeodezkadastr, 2003.
2. Bino va inshootlarni bozor uslublari bilan iktisodiy baxolash buyicha uslubiy
tavsnyalar. GKKYMK-18-026-99, Toshkent, Uzgeodezkadastr, 1999 y.
3. Daromad keltiruvchi kuchmas mulkni bozor narxlari usulida baxolash
tugrisida uslubiy tavsiyalar. GKKYMK-18-045-02, Toshkent, Uzgeodezkalastr,
2002 y
4.O‘zbekiston Respublikasining “Baxolash faoliyati tugrisida”gi konuniga
Uzgartirish va kushimchalar kiritish tugrisidagi O‘zbekiston Respublikasining
konuni (09.04.2009 y. № ZRU-208).
5. Kuchmas mulkni baxolash fanidan Ukuv-uslubiy majmua- UzMU ichki
tarmogi. 2018.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining shaxarlar va posyolkalaridagi kup kvartirali turar uy-joylarning tiklash narx kursatkichlarining yaxlitlashtirilgan tuplami. I va II Kitob. (GKKYMK-18-076-03), T. Uzgeodezkadastr, 2003.

Bino va inshootlarni bozor uslublari bilan iktisodiy baxolash buyicha uslubiy tavsnyalar. GKKYMK-18-026-99, Toshkent, Uzgeodezkadastr, 1999 y.

Daromad keltiruvchi kuchmas mulkni bozor narxlari usulida baxolash tugrisida uslubiy tavsiyalar. GKKYMK-18-045-02, Toshkent, Uzgeodezkalastr, 2002 y

O‘zbekiston Respublikasining “Baxolash faoliyati tugrisida”gi konuniga Uzgartirish va kushimchalar kiritish tugrisidagi O‘zbekiston Respublikasining konuni (09.04.2009 y. № ZRU-208).

Kuchmas mulkni baxolash fanidan Ukuv-uslubiy majmua- UzMU ichki tarmogi. 2018.