ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
111
MA`LUMOTLAR BAZASINI TASHKIL ETISHNING DASTURIY
VOSITALARI
Nosirova Sh.E.
BuxDU 1-bosqich doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13789064
Mamlakatimiz ishlab chiqarish sohalarini axboratlashtirish jamiyat
rivojlanishining ob’ektiv jarayonini hamda zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish,
saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir. Iqtisodiy,
ishlab chiqarish, aloqa,ilmiy -tadqiqot, ta’lim, tibbiyot va biznes sohalaridagi
mehnat sifati,mehnat unumdorligi va samaradorlik daraja soni yuksaltirish
ularda tadbiq qilinayotgan eng zamonaviy axborot- kommunikatsiya
texnologiyalari bilan bog’liq.
Umumiy holda axborot bazasini yuritishning dasturiy vositalarga servis
dasturiy vositalar, umumiy maqsad uchun universal amaliy dastur vositalari va
ixtisoslashgan amaliy dasturlar kiradi.
Berilganlar bazasini boshqarish tizimi(BBBT) – axborotlar bazasini yaratish
va yuritish uchun alohida ahamiyatga ega. BBBT umumiy maqsadlarga
mo`ljallangan universal amaliy dasturiy vositalarga mansub. BBBT- bu mashina
tashuvchida mantiqiy o’zaro bog`langan ma‘lumotlarni tashkil etish va yuritish
uchun mo`ljallangan nisbatan keng tarqalgan va samarali universal dasturiy
vosita sanaladi.
BBBT yagona ma’ lumotlar bazasida dubl qilinmaydigan ma’ lumotlarni
integratsiyalashni va ulardan ko`p maqsadlarda foydalanishni, bazadagi barcha
ma’ lumotlar butunligini va to`g’riligini ta’ minlaydi va ma’ lumotlarga ruxsatsiz
kirishdan himoyalaydi.
BBBT berilganlar bazasidan so`rovlarni tashkil etishning moduli dasturiga
ega bo`lmagan foydalanuvchiga mo`ljallangan qulay vositalarga ega.
BBBT asosida AB (axborot bazasini)ni ishlab chiqish, ma’ lumotlar bazasini
tashkil etish tuzilmasi bo’yicha masalalarni tayyorlashga mo`ljallangan. Bu
masalalar bevosita axborot ta`minotining mashina tashqarisidagi sohasi bilan
bog`langan. Ishlab chiqilgan ma’ lumotlar bazasiga muvofiq uni BBBT vositalari
bilan tashkil etish va uni ishga tushirish amalga oshiriladi.
Axborotlarni kiritish va nozoratlashning mahsus dasturiy vositalaridan -
yirik axborot bazasi uchun birlamchi massivlarni yaratish va ma’ lumotlarni
bazaga to`plashdan oldin qayta ishlash bosqichida
foydalaniladi.
Bazani
yaratishdan oldingi qayta ishlash vositasi kompyuterga kiritiladigan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
112
axborotning xaqqoniyligini va katta massivdagi ma’ lumotlarni yuklashga
tayyorgarlikni avtomatlashtirilgan nozoratini ta’ minlaydi.
Berilganlarni qayta ishlashning servis vositalari - axborot bazasiga xizmat
ko’rsatish bo’yicha ko` makchi vazifalarni
ta’minlashi lozim. Ular bazaning
dasturiy vositalariga tegishli. Bular ma’ lumotlar fayllari va mashina axborot
tashuvchi vositalari
bilan ishlash bo’yicha turli utilitlardir.
Ularga
quyidagilar mansub: nusxa olish, arxivlash, tiklash, antivirus vositalari, tarmoq
utilitlari va boshqalar.
Foydalanuvchining amaliy dasturlari universal algaritmlash tillaridan birida
yaratiladi.Bunday dasturlarda,odatda ularda ishlab chiqiladigan ma’
lumotlardan mustaqil bo`lishi ta’minlanmagan. Ayrim joylarda bitta muammoli
sohasining turli masalalariga oid axborot massivlarida ma’ lumotlar
takrorlanadi. Bu xil turli masalalar bo’yicha bir hil ma’ lumotlarni bir necha
marta kiritishga olib keladi va dastlabki ma‘lumotlarga o’zgartirishlar kiritganda
ancha muammolarni keltirib chiqaradi. SHuningdek, amaliy dasturlar BBBTda
universal algaritmik tilda yarata olishi mumkin.
Berilganlarning mustaqilligi - BBBTga qo`yilgan asosiy talab, talablarning
kuchli tili esa foydalanuvchining talablarini qondirishning muhim shartidir. Bu
tillar assotsiativ manzillashtirish va ma‘lumotlar to`plami bilan amallar bajarish
vositalariga ega. Bu esa
o’z navbatida
EHMlardan samarali
foydalanishga sharoit yaratadi.
BBBT ikki tartibda: interpretatir va kompilyator tartibda ishlashi mumkin.
Interpretatir tartibda dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich,
birin
ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nozorat qilinadi, so`ngra mashina tiliga
aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar bajarilgandan keyin,
ular
xotiradan o`chiriladi, tizim qayta ishlash bosqichiga o`tadi va keyingi
buyruqni bajarishga kirishadi, interpritatir tartibida «Exe» kengaytirmali fayl
hosil qilinmaydi. Bunday faylni hosil qilish uchun kapilyator tartibida
foydalaniladi. Kompilyator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular
«exe» faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat
bo`ladi: boshlang’ich dasturni nozorat qilish va uni ijobiy turga aylantirish; matn
muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe faylning bajarolishi
uchun BBBT ning mavjud bo`lishi shart emas, Interpretatir tartibida ishlaydigan
BBBTga dBase III Plus, FixBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper,
panelь tartibida esa Clarii ishlaydi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
113
BBBT foydalanuvchi bilan ma’ lumotlar bazasi o`rtasidagi aloqani
ta’minlovchi
dastur
sifatida
ishtirok
etadi. Uning
funktsiyalari
menyu
va dasturlar ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Menyu tartibi BBBTning funksiyalari ekranda tasvirlanadi. Foydalanuvchi
kursorni harakatlantirish orqali tegishli
funksiyani
aniqlashi
va
bajarishga chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan funksiyalarni bajarib bo`lgandan
so`ng yana menyu holatiga qaytadi.
Dasturiy tartibda tegishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar qayta ishlanadi va
bajarishga chaqiriladi. Bu holda BBBT interpritator tartibida ishlaydi va
foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi.
BBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir
satrda quyidagilar ham qo`yiladi:
tilning to`liq bo`lishi;
-vazifalarni bajarish uchun tegishli vositalarning bo`lishi;
-aniqlangan ma‘lumotlarni to`liq qayta ishlash va boshqalar. Dasturlash
tillari bir satr belgilarga ko`ra turkumlarga ajratiladi.
o’zgaruvchanlik;
jarayonlilik;
foydalanilayotgan matematik aparat va boshqalar
BBBT dagi dasturlar tegishli buyruqlarning
to`plamidan tashkil topadi.
Echilayotgan masalalarning qiyinligiga qarab, dasturlar oddiy yoki murakkab
tuzilishiga ega bo`ladi. Oddiy tuzilishga ega bo`lgan dasturlarda buyruqlar ket-
ma-ket joylashadi.
Murakkab tuzilishli dasturlarda esa buyruqlar
modullar holatida,
ya’ ni asosiy
modul
va quyi dasturlar
to`plamidan
iborat bo`ladi. Ma‘lumotlar bazasini hosil qilishda modullik
tamoyilidan foydalanish qulay va samaralidir.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi quyidagilarga imkon beruvchi
dasturiy vositalarning to`plamidir foydalanuvchilarni ma’ lumotlarni aniqlash va
amallar bajarish tili vositalari bilan ta’minlaydi. Bunday vositalarga ma’
lumotlarni aniqlash tili (MAT) va ma’ lumotlar bilan amallar bajarish(MABT)
kiradi. Ma‘lumotlar tili atamasi aytib o`tilganlarining har ikkalasini yoki ulardan
birini angla tadi. Ma‘lumotlar so’zi ma’ lumotlar tilini C++, Python va h.k. kabi
tillar turidan farqlaydi. Lekin ma’ lumotlar tili universal tilga, masalan C++,
Pythonga kirita olishi mumkin. Bunday holatda dasturlashning universal tili va
ma’lumotlar tili tegishli ravishda (kirituvchi) til va ma’ lumotlarning til osti deb
ataladi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
114
Foydalanuvchining ma’ lumotlar modelini qo`llab-quvvatlashni ta’minlaydi.
Ma‘lumotlar modeli - ba’zi ilovaga tegishli fizik ma‘lumotlarning mantiqiy
taqdim eta olishini aniqlash vositasidir.
v) aniqlash, yaratish va ma’ lumotlar bilan mantiqiy amallar bajarish (ya’ ni
tanlash, yangilash, kiritish va yo`q qilish)ga imkon beruvchi MAT va MABT
funksiyalarini amalga oshiruvchi dasturlar.
ma‘lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta’minlaydi. Tizimdan foydalanish
faqat shunga huquqi (himoyasi) bo`lgan foydalanuvchigagina ruxsat etiladi.
Foydalanuvchilar ma’ lumotlar
ustida
operatsiya
bajarayotganlarida saqlanayotgan ma’ lumotlarning
muvofiqligi
(yaxlitligi) ta’minlanadi. Gap shundaki, BBBT ko`plab foydalanuvchilar
jam bo`lib ishlash rejimiga asosan tuziladi.
BBBTning tasniflanishini muhim belgilaridan biri bo`lgan ma’ lumotlar
modeli (tarmoqli, ierarxik yoki relyatsion) turlaridan biri tanlash imkonini
beradi. BBBT ma’ lumotlar bazalarining ko`p maqsadli tavsifini, ma’lumotlarni
himoyalash va qayta tiklashni amalga oshiradi. Rivojlangan muloqat vositalari va
yuqori darajali talablar tilining mavjudligi BBBTni oxirgi foydalanuvchi uchun
oson vositaga aylantiradi.
To`liq variantda BBBT quyidagi komponentlardan tuza olishi mumkin:
Klaviatura orqali ma’ lumotlarni to`g’ridan-to`g’ri boshqarish imkonini
beruvchi foydalanuvchining muhiti;
Interpretator sifatida ish yurituvchi, ma’ lumotlarga ishlov berish amaliy
tizimini dasturlashning algoritmik tili. Interpretator dasturlarni tez tuzish va
maromiga yetkazish imkonini beradi;
Mustaqil EXE-fayl shaklidagi tayyor tijorat maxsulotiga tugallangan dastur
ko`rinishini beruvchi kompilyator;
Ko`p mehnat talab qiluvchi amallarni tez dasturlovchi utilit-
dasturlar(hisobotlar, shakllar, jadvallar, darchalar, menyu va boshqa ilovalar
generatorlari).
Hususan BBBT–bu foydalanuvchining aslahaviy qobig`i hisoblanadi.
BBBT tarkibida dasturlash tilining mavjudligi aniq masalalarni va aniq
foydalanuvchiga mo`ljallangan ma‘lumotlarga ishlov berishning murakkab
tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Berilganlar bazalarini loyihalashtirishda quyidagi tavsiflarni solishtirish va
tahlil qilishga asoslangan BBBTni asoslab tanlab olish muhim vazifa hisoblanadi:
dasturiy texnik bazasi (EHM turi va modeli, hisoblash vositalari
konfiguratsiyasiga qo`yiladigan talablar, IT versiyasi);
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
ma’ lumotlar bazalarining turlari (amaliy, muammoli, lokal, integrellashgan,
taqsimlangan);
foydalanuvchilarning malakalari (BBBT bilan ishlash uchun maxsus
tayyorgarlikga ega bo`lmagan foydalanuvchi, mutaxassisligi dasturchi bo`lmagan
darajadagi ma’ lumotlar bazasi bilan ishlashga tayyorgarligi bo`lgan muammoli
sohasining mutaxassisi –
foydalanuvchi, amaliy
dasturchi,
ma‘lumotlar bazalarining administratori);
ma’ lumotlar bazalari bilan foydalanuvchilarning muloqat qilish vositalari
(dasturlash tillarini o’z ichiga oluvchi ma’ lumotlar ustida ish olib borish va
tasvirlash tili);
ma’ lumotlarni qayta ishlash rejimi(paketli, interaktiv, tarmoqli);
ma’ lumotlarni mantiqiy va fizik mustaqilligi;
ma’ lumotlar bazalari axborot strukturalarining asosiy hossalari (mantiqiy
Tuza olishi - BBBT vositalari orqali amal qiladigan va tashkiliy tuzilmasini
o’zgartirmasdan uni modifikatsiya
qilish imkoniyati, ma’
lumotlar
turini kengaytirgan holda qarshiliksiz ishlov berishda);
havfsizlik darajasini ta’minlash va ma‘lumotlarning to`laqonligi;
xizmat ko’rsatishning standart vositalari mavjudligi (ma’ lumotlar
bazalarini kuzatishni doimiy dasturiy modullarini va ma‘lumotlar lug’atini, ma’
lumotlar bazalarini yengillashtiradigan (yukini tushiradigan), qayta tashkil
etadigan va qayta strukturalashtiradigan, tiklaydigan jurnalni yuritish, kiritish
va hisobotlar generatorlari va h.k.);
ishlatish tavsiflari (loyihachilar haqida, sarmoya egalari haqida, moddiy
texnik ta`minotga bo`lgan talablar, tarqatish shakli).
Tanlab olingan BBBT bir satr talablarni qondira olishi kerak. Bularga
muammo sohasining barcha
vazifalarini samarali bajara
olishi;
xotira resurslaridan samarali foydalanish uchun saqlanayotgan ma’
lumotlar hajmini minimallashtirish;
samarali axborot qarorlarini qabul qilishga imkon yaratish; havfsizlikni
ta’minlash jarayonini boshqarish; xodimlarga nisbatan ma‘lumotlar bazalarini
ishlatish bilan bog’liq qulaylikni yarata olishi, EHM ni ishlatish muammosini
soddalashtirish.
Umumiy olganda zamonaviy BBBT lar quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
ma‘lumotlarning mustaqilligi;
talablarning kuchli tili;
javob(sado berish) ning qisqa vaqti;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
ma’ lumotlar va kataliklarni qayta tashkil etishni qisqartirish yoki ulardan voz
kechish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.Sattorov. “Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi (Access windows-
9X/2000 uchun)”. Toshkent. “Fan va texnologiya” 2006. 304 b
2.
M.Aliyev. “Sistemnoe programmnoe obespechenie” Toshkent “Aloqachi”
2010. 160 b
3.
Sh.Nazirov, A.Ne’matov, R.Qobulov. “Ma’lumotlar bazasini dasturlash
chuqurlashtirilgan kursi”. Toshkent. “Sharq” 2007
4.
O‘.J.Yo‘ldoshev tahriri ostida “Umumiy pedagogika”. Toshkent. Fan va
texnologiya” 2017
5.
Buronova Gulnora. Analysis of intelligent methods and algorithms for
decision making under uncertainty based on neural networks and evolutionary
modeling // Universum: технические науки. 2024. №5 (122).
6.
Buronova G., Atayeva G. I. Methodology For Developing Students’ Skills By
Using The “4k” Model In Teaching Programming In School //2023 IEEE 18th
International Conference on Computer Science and Information Technologies
(CSIT). – IEEE, 2023. – С. 1-5.