ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
103
RIM YO‘LLARI TARIXI VA HOZIRGI KUNDAGI HOLATI O‘RGANISH.
Isayev Jahongir Azamat o‘g‘li
Assistent, Toshkent davlat transport universiteti
Amanov Atabek Abdumalik o‘g‘li
2-kurs YMAQ-12 guruh talabasi, Toshkent davlat transport universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13789016
Annotatsiya:
Bu maqolada asosan Rim yo‘llariga murojaat qilingan bo‘lib,
qadimda Rim imperiyasida yo‘llari va ko‘piriklarni qurilishi, tanlangan
kanstruksiyalari, rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi mavjud bo‘lgan
zamonaviy holati o‘rganilgan.
Kalit so‘zi:
rim imperiyasi, rim yo‘llari, savdo yo‘li, ko‘priklar.
Rim imperiyasi ushbu yo‘llar orqali mustamlaka davlatlardan natural
ko‘rinishda soliqlar g‘alla, tilla va kumush, mis va temir, hayvonlarni haydab
borish, yangi egallangan joylardan qullarni haydab kelish, bezak taqinchoqlari,
mo‘yna, shoyi, fil suyagidan tayyorlangan buyumlari, marvarid, olmos,
davlatlardan shirinliklar tashilgan bo‘lib, Rim ular bilan savdo aloqalarini yo‘lga
qo‘ygan.
1- rasm. Rim imperiyasining yo‘l tarmog‘i.
1-asosiy yo‘llar, 2-savdo yo‘llari, 3-ikkinchi darajali yo‘llar.
Rim yo‘l tarmog‘i sekin asta bosqichma-bosqich tiklangan va rivojlangan
Davlat qo‘shni davlat hududini bosib olishi bilan kengaya borishi bilan birga
uning alohida elementlarining vazifalari ketma-ket o‘zgarib borgan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
104
Qadimgi Rim yo‘llari keng ma’noda xalq ichida “Yo‘l - bu hayot” so‘zida o‘z
aksini topgan bo‘lib, xalqaro yo‘lchilar birlashmasi - yo‘lchilar assotsatsiyasi
kongresi - PERMAMENT INTERNATIONAL ASSOSIATION ROAD CONGRESSES -
PIARC ning ishlariga aylangan.
2-rasm. Rim yo‘llari. 1-Avreliev yo‘li; 2-Korneniya yo‘li; 3-Klovdiya yo‘li; 4-
Kassiya yo‘li; 5-Flameniya yo‘li; 6-Tibr yo‘li; 7-Solyan yo‘li; 8-Nument yo‘li; 9-
Taburten yo‘li; 10-Valeriev yo‘li; 11-Sublok yo‘li; 12-Kollatsiya yo‘li; 13-Prepistin
yo‘li; 14-Labik yo‘li; 15-Tuskul yo‘li; 16-Lotin yo‘li; 17-Appiev yo‘li; 18-Ardey
yo‘li; 19-Lavin yo‘li; 20-Lavrent yo‘li; 21-Severian yo‘li; 22- Ostiy yo‘li; 23-
Kampan yo‘li; 24-Port yo‘li; 25-Vittelliya yo‘li; 26-Triumfal yo‘li.
Rim yaqinida saqlanib qolgan Appiev yo‘lining bo‘lagi Rim yo‘llari haqida
tasavvur qilish uchun etalon bo‘lib qolgan.
Appiev uni bu yerga boshqa viloyatlardan maydalab olib kelgan. Bunday
mahsulot bu mamlakatda bo‘lmagan. Bu toshlar silliq va ravon qilib, chetlari
to‘g‘ri burchakli qilingan, ularni bir-biriga zich qilib joylashtirilgan bo‘lib, ularni
mustahkamlashda sement yoki boshqa xom-ashyolar qo‘shilmagan. Ular
shunday zich qo‘yilganki, uning ustidan har kuni ko‘plab aravalar va har xil
hayvonlar o‘tsa ham birorta tosh buzilmagan ham joylaridan ko‘chib chiqmagan,
shuningdek ularning yaltirashi ham yo‘qolmagan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
105
3- rasm. Rim yo‘llari qoplamasi tuzilmasiga misollar. a-v-N.Berje bayon
qilgan Reymsa shahri atrofidagi yo‘llar. g,d va y,e-Keln shahri tomonidagi
yo‘llar. j-Redstok shahri yaqinidagi Britaniyadagi yo‘l. z-Quyi Reyndagi yo‘l. i-
Parijdagi shimoliy Yakov ko‘chasi (qatlamaning qalinligi ko‘rsatilmagan). 1-
chaqiq tosh; 2-sementlangan yo‘l; 3-shag‘al yoki qum shag‘al; 4-oxak toshli yoki
qumli qattiq bo‘lak (plita); 5-sementlangan qattiq bo‘lak (plita); 6- sementlangan
shag‘al; 7-soz tuproq; 8-sementlangan qum chaqiq tosh; 9-sementlangan
ohaktosh-chaqiqtosh; 10-yirik tosh; 11-maydalangan g‘isht va shag‘al
aralashmasi; 13-loy; 14-yupqa qattiq bo‘lakcha qo‘yilgan sementli chaqilgan
tosh.
Shimoliy Afrika (Karfagen, Antioxiya, Aleppo, Efezus) shaharlarining
ko‘chalari va shahar atrofidagi yo‘llari ko‘p qirrali va to‘g‘ri burchakli qilib juda
noziktablik bilan o‘rnatilgan tosh bo‘laklaridan to‘g‘ri, ko‘ngdalang, qatorli qilib
o‘rnatilishi, ammo bo‘ylama choksiz bir-biriga bog‘lanishi tasniflidir. Bu katta
toshlar yo‘nilgan, ishlov berilgan toshga o‘xshaydi. Bu yo‘llarda tantanali
yurishlar o‘tkazilgan.
Ayrim tarixchilarning fikricha Rim yo‘llari qoplamasida beton bilan
bog‘langan beton qoplama yoki toshning mavjudligini taxmin qilinadi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
106
4-rasm. Rim yo‘llarining gepotetik tuzilmasi.
1-qattiq bo‘lak (plita, summa dorsum) yoki sementlangan shag‘al (summa
crusta); 2-j-kattalikdagi yong‘oqli (nucleus) tosh; 3-musht o‘lchamli tosh
(rudus); 4-2-qavat qattiq bo‘lak plita (statumen).
Rim yo‘llarining qoplama tuzilmalari o‘rganilganda shunisi xarakterliki,
holatni bayon qiluvchi mualliflar qattiq tosh bo‘laklari (plita) qorishmaga
qo‘yilgan, ularda sement qorishmasi mavjudligini ko‘rsatishgan, qoida bo‘yicha
yo‘l qoplamalari ma’lum qalinlikda, ya’ni 1metrdan oshiq va ko‘p qatlamli
bo‘lgan (5-rasm). Rim yo‘llari “tuproqdagi devor”dan tashkil topgan deb nemis
muhandisi Matshoss (S.Matchoss) 1911 yilda o‘z fikrini bildirgan. Ularni
mustahkam monolit yaxlit qilish uchun nisbatan qalin bir necha qatlamda
qurishgan. Bundan maqsad mustamlaka davlatning aholisi qo‘zg‘alaganda uni
shikaslantirmasligi yoki buza olmasligidir.
5- rasm. Rim yo‘lining tuproq bilan qoplangan ko‘ngdalang kesimi. 1-
tuproq yuzasi; 2-tosh bilan qoplangan ariqcha; 3-yirik toshlar; 4-shag‘al; 5-
yonboshdagi toshli suv arig‘i; 6-tayanch devorlar; 7-suv ariqcha; 8-ohakli
shag‘al; 9-ohakli qattiq bo‘lak; 10- botqoqlik.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
107
Qadimgi dunyoning eng yirik tizimli yo‘l quruvchilari rimliklar bo‘lib, ular
yaxshi yo‘l tizimining harbiy, iqtisodiy va ma’muriy afzalliklarini yaxshi
bilishgan.
Rimliklar o‘z tajribalarini asosan toshqoplamali, ayniqsa sement bilan
mustahkamlangan qoplamalar ko‘chalarda yotqizish texnologiyasida olishgan,
garchi ular, ehtimol, yunonlar (tosh ishlari), Kritliklar, Karfageniyaliklar (yo‘lka
qurilishi), Finikiyaliklar va Misrliklardan (o‘lchov ishlarini) o‘rganishgan.
Sementdan ishlab chiqarilgan beton Rimning ko‘plab qurilish yutuqlarini
ta’minlagan muhim rivojlanish edi.
Uzoq muddatli yo‘l qurilish -
Rim yo‘llarini qurishning “universal”
texnikasi yo‘q edi. Ularning loyihasi yer va mahalliy qurilish materiallariga qarab
o‘zgarib turardi. Masalan, botqoqli va tik yonbag‘irlarda yo‘llar qurilishi turli
yechimlarni talab qiladi. Biroq ma’lum standart qoidalarga rioya qilingan[3].
6-rasm. Qadimgi rim yo‘llarining qurilish jarayoni.
Rim yo‘llari uchta qatlamdan iborat bo‘lgan - pastki qismidagi asosiy
qatlam, o‘rta qatlam va yuqoridagi sirt qatlami. Poydevor qatlami ko‘pincha tosh
yoki tuproqdan iborat edi. Ushbu qatlamni yaratish uchun ishlatiladigan boshqa
materiallarga quyidagilar kiradi: tabiiy shag‘al, maydalangan g‘isht, gil material
va hatto botqoqli yerlarda yo‘llar qurilganda yog‘och qoziqlari. Keyingi qatlam
qum yoki mayda shag‘al kabi yumshoqroq materiallardan iborat bo‘ladi. Bu
qatlam bir necha ketma-ket qatlamlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.
Nihoyat, sirt ba’zan ohak bilan aralashtirilgan shag‘al yordamida qilingan.
Fon Xagen takidlashicha Rimliklarda 2000-ortiq tosh ko‘priklar bor deb
hisoblaydi.
Tuzilishi bo‘yicha ko‘prikka yaqin bo‘lgan akveduklarga katta ahamiyat
berilgan, ular orqali Rimliklarga uzoq kilometrdan shaharlariga suv keltirilgan.
Eramizdan avvalgi 142 yilda Tibr daryosi orqali birinchi tosh ko‘prik qurilgan
(7-rasm).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
108
7-rasm. Rimliklarning eramizdan avvalgi 88-100 yillarda qurilgan ko‘pirikgi.
Rimda 9ta yoki 10ta ko‘prik bo‘lib, ulardan oltitasi qayta qurilib shu
kungacha saqlanib kelinmoqda. Rim ko‘priklari va anveduklari uchun
arxitekturasi inshootning monumentligidir, u imperiyaning yuksakligini va
boyligini ifodalaydi.
8-rasm. Qadimgi rim ko‘piriklarining qurilish jarayoni
Savdo va madaniy almashinuv yo‘llari -
Rim imperiyasida yo‘llar hal
qiluvchi rol o‘ynagan. Birinchidan, yo‘llar odamlar va tovarlarning imperiya
bo‘ylab tez harakatlanishiga imkon berdi. Misol uchun, eramizdan avvalgi 9-
yilda bo‘lajak imperator Tiberiy bu yo‘llardan foydalangan holda, vafot
etayotgan ukasi Drusning yonida bo‘lish uchun 24 soat ichida deyarli 350 km
(217,48 mil) masofani bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, Rim
qo‘shinlari favqulotda vaziyatda, ya’ni ichki qo‘zg‘olon yoki tashqi tahdidlarda
imperiyaning turli qismlariga tezda joylashtirilishi mumkinligini anglatardi. Bu
yo‘llar Rim armiyasiga dushmanlarini yengib o‘tishga imkon berishdan tashqari,
butun imperiya bo‘ylab katta va qimmat garnizonlarga bo‘lgan ehtiyojni ham
kamaytirdi.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
109
9-rasm. Qadimgi Rim yo‘li va Zamonaviy avtomobil yo‘lining bugungi kundagi
ko‘rinishi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Q.H.Azizov va boshqalar. Avtomobil yo‘llarini rivojlanish tarixi va aloqa
yo‘llari. 1-kitob. Darslik. Toshkent, 2020, 154 b.
2.
I.S.Sodiqov va boshqalar. Avtomobil yo‘llarini rivojlanish tarixi va aloqa
yo‘llari. 2-kitob. Darslik. Toshkent, 2020, 295 b.
3.
https://en.wikipedia.org/wiki/Roman_roads.
4.
Azamat o‘g‘li, Isayev Jahongir, Xamroqulov Jasurbek Faxriddin o‘g‘li, and
Qahhorov Jasur Ilhom o‘g‘li. "“BUYUK IPAK YO ‘LI” DA BARPO ETILGAN
KARVONSAROYLARNI O ‘RGANISH." JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND
TEACHING 3.3 (2024): 48-51.
5.
O‘Roqov, Asliddin Xushvaqtovich, Qurbon Ochilovich Mo‘Minov, and
Jahongir Azamat O‘G‘Li Isayev. "AVTOMOBIL YO’LLARINI TA’MIRLASHDA
BITUM IMULSIYASINING O’RNI." Academic research in educational sciences
3.TSTU Conference 1 (2022): 342-345.
6.
Касымходжаев, Б. К., М. Б. Тўхтаев, and Ж. А. Исаев. "АНАЛИЗ
СУЩЕСТВУЮЩИХ МЕТОДОВ ОЦЕНКИ РОВНОСТИ ДОРОЖНОГО ПОКРЫТИЯ
АВТОМОБИЛЬНЫХ ДОРОГ." Экономика и социум 6-1 (97) (2022): 625-631.
7.
Исаев Дж., А. Юлдашев и Н. Раджапов. "ПРОВЕДЕНИЕ
ДИАГНОСТИЧЕСКИХ
РАБОТ
НА
АВТОМОБИЛЬНЫХ
ДОРОГАХ
И
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
110
СОСТАВЛЕНИЕ РЕЕСТРА ДЕФЕКТОВ". Наука и инновации 3.A5 (2024): 76-
79.
8.
Исаев, Ж. А., and А. Т. Юлдашев. "ТОШКЕНТ ШАХРИДАГИ Ш.
РУСТАВИЛИ
КУЧАСИНИ
ТРАНСПОРТ-ЭКСПЛУАТАЦИОН
КЎРСАТКИЧЛАРИНИ БАҲОЛАШ." ARXITEKTURA, MUHANDISLIK VA
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR JURNALI 2.1 (2023): 3-5.
9.
Эргешев, K. X., Д. В. Ташев, and Ж. А. Исаев. "RESEARCH OF THE
INFLUENCE OF TRAFFIC FLOW SPEED ON TRAFFIC SAFETY IN THE AREA OF
FERGHANA VALLEY: RESEARCH OF THE INFLUENCE OF TRAFFIC FLOW SPEED
ON TRAFFIC SAFETY IN THE AREA OF FERGHANA VALLEY."
Ресурсосберегающие технологии на транспорте 2023.2023 (2023): 15-17.
10.
Исаев Дж., Худайбергенов С. и Тохтаев М. "ИЗУЧЕНИЕ КОЛИЧЕСТВА
(СКОРОСТИ) ДВИЖЕНИЯ НА ГОРОДСКИХ УЛИЦАХ (НА ПРИМЕРЕ УЛИЦЫ
ШОТА РУСТАВИЛИ)". Наука и инновации 2.A1 (2023): 43-46.
11.
Исаев, Дж., А. Ахраров и С. Собирджонов. "КОЛИЧЕСТВО И СТРУКТУРА
ДВИЖЕНИЯ ПЕШЕХОДОВ И ВЕЛОСИПЕДИСТОВ В СЕРГЕЛИЙСКОМ И
ЯНГИХАЙОТСКОМ РАЙОНАХ ГОРОДА ТАШКЕНТА". Наука и инновации 3.A5
(2024): 267-270.
12.
Матчон, Тухтаев, Исаев Джахонгир и Маматмуминов Алишер. "ОПЫТ
ЮЖНОЙ АФРИКИ, ЗАПАДНОЙ ГЕРМАНИИ, ИСПАНИИ, ЯПОНИИ, США В
СТРОИТЕЛЬСТВЕ
ЦЕМЕНТОБЕТОННЫХ
ПОКРЫТИЙ".
Universum:
технические науки 3-4 (108) (2023): 59-62.
13.
МЎМИНОВ, ҚО, МБ ТЎХТАЕВ, and ЖА ИСАЕВ. "ОСОБЕННОСТИ
ВЫПОЛНЕНИЯ БЕТОННЫХ РАБОТ ПРИ ВЫСОКИХ ТЕМПЕРАТУРАХ."
ЭКОНОМИКА: 736-738.
14.
Ўроқов, А. Х., Қ. О. Мўминов, and Ж. А. Исаев. "AВТОМОБИЛЬ
ЙЎЛЛАРИНИ МУСТАҲКАМЛИГИНИ ЎЛЧАШНИ МАВЖУД УСУЛЛАРИ:
AВТОМОБИЛЬ ЙЎЛЛАРИНИ МУСТАҲКАМЛИГИНИ ЎЛЧАШНИ МАВЖУД
УСУЛЛАРИ." Ресурсосберегающие технологии на транспорте 2021.2021
(2021): 294-297.
15.
Khudaybergenov, S. K., J. A. Isaev, and M. B. Tukhtaev. "ASSESSMENT OF
THE ROUGHNESS OF ROAD PAVEMENTS." Экономика и социум 6-1 (97)
(2022): 137-140