ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
108
O’ZBEK ADABIYOTI TARIXIDA SHE’RIY QISSACHILIK
XOLIS VA SHAMSIDDIN O’ZGANDIY SHE’RIY QISSALARI
Kentayeva Gulmira Ismadiyarovna
Tashkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti magistranti
Email:aytkulovaguli47gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13744801
Annotatsiya
. Xolis va Shams O’zgandiyning she'riy qissalari,
Xolis she’riy
qissalari va Shamsiddin O’zgandiy she’riy qissalaridagi badiyylik, umumiy va
o’xshash jihatlarining yoritib berilishi.
Tayanch so'z va iboralar:
Turkiy adabiyot, she'riy qissachilik, islom
tarixi, turkiy xalqlar, axloqiy didaktika.
Shamsiddin O’zgandiy va Xolis she’riy qissalarining o’ziga yarasha juda
ko’plab bog’liqliklari bor. She’riy qissalar mazmun va mohiyatan
payg’ambarimiz hayot yo’llari ularning oila a’zolari, xalifa, sahobalari hayotlari
to’g’risida yoritiladi. Tarixiy voqealar badiiy tarzda adabiyotga kirib keladi. Har
bir qissalar bizni ma’nan tarbiyalaydi. Didaktik tarbiyaviy jihatdan hayotimizni
to’g’ri yo’lga qo’yishga o’z hissasini qo’shadi. Bu ikki ijodkorning she’riy
qissalarni yozishdagi mahoratlari ham bir biriga o’xshaydi. Chunki ular Yassaviy
maktabi shogirdlari qatoriga kiradi. Yassaviy maktabi ijodkorlari pand nasihat
yuklovchi didaktik adabiyotga yuzlanishgan. O’sha davr ijodkorlari va undan
keyingi Yassaviy izdoshlari o’zlarining bir qator she’riy qissalari yozish bilan
bizgacha yetib kelgan. She’riy qissalar hozirgi o’zbek adabiyotida deyarli
o’rganilgan emas. Xolis va Shamsiddin O’zgandiy she’riy qissalari va ijod
namunalari yetarlicha bizgacha o’rganilgan emas.
ʻʻXolis va Shamsiddin O’zgandiy ijodini va she’riy qissalarini taqqoslab
o’rganadigan bo’lsak, ularning o’xshash jihatlari talaygina. Xolis va Shamsiddin
O’zgandiy ijodiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ular o’sha davr Qo’qon ijodiy
maktabida faoliyat yuritganliklari ko’zga tashlanadi. Xolis o’zi tug’ilib o’skan
Sayram shahridan vodiy tomonlarga Farg’ona vodiysiga kelib qolganligi va
Yassaviy maktabi izdoshi sifatida ko’rsatilib, she’riy qissalar yozib qoldirgan.
Shamsiddin O’zgandiy ham Farg’ona vodiysidan bo’lib, Qo’qon adabiy muhitidan
kelib chiqib she’riy qissalar yozib qoldirgan’’
1
. Ularning umumiy va o’xshash
jihatlari nafaqat she’riy qissalarida balkim, hayotiy faoliyatlari ham o’xshashdir.
Har ikkala ijodkor ham she’riy qissalar yozishda tarixiy faktlar, joy nomlari va
badiiy tasvir vositalaridan keng foydalanishadi. She’riy qissalarning voqealar
bayoni turlicha bo’lsa ham, ularning tili bir-biriga yaqin. Yozish uslublari ham
1
Haqqul Ibrohim. Tasavvuf va she’riyat. – T.: Adabiyot san’at nashiriyoti, 1991. -184 b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
109
o’xshashdir. ʻʻShamsiddin O’zgandiyning ʻʻBibi Fotima’’ qissasi, Xolisning ʻʻ
Ibratnoma’’ sidagi she’riy qissalar mavzu jihatdan farqlansa ham ularning yozish
uslublari bir biriga yaqin. She’riy qissalar mavzu jihatidan pand nasihat,
didakttik uslubda yozilib, hadislarga o’xshab o’qigan o’quvchida tarbiyaviy
xulosaga boshlaydi’’
2
. Har ikkala ijodkorning ham she’riy qissalari islom dinidagi
farz va sunnat amallar, yaxshilik va yomonlik, mehr- oqibat, qarindoshlik
rishtalari, ota-onaga, farzandga muhabbat kabi insoniy tuyg’u va amallarni
o’zida singdirgan. ʻʻPayg’ambarimiz Muhammad s.a.v hayot tarzlari, tarixiy
voqealar, ularning oila a’zolari, farzandlari, xalifalari, sahobalari haqidagi tarixiy
haqiqatlar ushbu she’riy qissalarda badiiy tarzda yoritilgan. Buni tahliliy
jarayonda ham ko’rish mumkin’’
3
.
She’riy qissada payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. vafotlari xabarini
eshitib ahli ummatlariga qilgan vasiyat nasihatlari tarixiy voqea Xolisning she’riy
qissasi orqali bizga badiiy uslubda yetib keldi. Diniy tomonlama islom dini
nafaqat yaxshilikka chorlaydi, balkim yomonlarga ham yaxshilik qilishni, ularni
kechirishni, afv etishni buyuradi. Shunday mukammal din islom dini bizni
tarbiyalaydi. To’g’ri yo’lga boshlaydi. Qalbimizda iymonni uyg’otadi. Hayotdagi
vazifalarimizni yodimizga soladi. Inson bo’lib tug’ilib, bu olamga nima sababdan
kelishimiz, atrofdagilarga qanday munosabatda bo’lishimiz, yashab o’tgan
hayotimiz sarhisobi qanday bo’lishi kerakligini, bizga dinimiz, Qur’on kitobimiz,
payg’ambarimizning nasihatlari, ular yashab o’tgan umrlari bizga to’g’ri yo’l
ko’rsatadi. Inson turli xil vaziyatlarga tushadi. Turli xil sinovlarni boshdan
kechiradi. Ammo to’g’ri yo’lni tanlash uchun biz Allohdan madad kutamiz. Xuddi
shu kabi she’riy qissalar ham bizga hadislar singari ma’naviy ozuqa berib, yaxshi
va yomonni ajratishga, tarixiy voqealar asosida badiiy ko’rinish berib to’g’ri
yo’lga boshlaydi. ʻʻInsonni ma’nan tarbiyalashga yordam beradi. Xolis va
Shamsiddin Oʻzgandiy hayot va ijod yoʻlini oʻrganib, uning qissalariga toʻxtalib,
shularni xulosa qilib oʻtish mumkin. Inson yaratilishidan asosiy maqsad, uning
bu dunyodagi vazifalari, yaxshilik va yomonlik, iymon va e’tiqod masalalari,
Alloh taolo buyurgan ishlarga qaytish, yomonliklardan yiroq boʻlish, iymonni
mustahkam qilish va eng kerakligi Qur’oni karim sura va oyatlarini qalbimizga jo
qilishni oʻrgatadi, bizga eslatadi’’
4
. She’riy qissalar yozishda Xolis va Shamsiddin
2
Эшмуҳамедова М. Яссавий издошлари ижодининг манбашунослиги масалалари // Ислом нури. УзХИА, 2021,
№ 1. – Б. 60-69.
3
Javohirul hikoyat. Ibratli hikoyatlar, pandlar, o’g’itlar (so’z boshi. Saidbek Hasan). –T.: Yozuvchi, 1993. -112 b.
4
Ҳаққулов И. Тақдир ва тафаккур. –Т.: «Шарқ», 2007. − 336 б.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
110
Oʻzgandiy juda koʻp izlanishlar olib borishganligini va uni turkiy tilda yozishga
harakat qilishganligini biz yuqoridagi boblarda tanishdik. Xolis va Shamsiddin
Oʻzgandiy ijodi davomida didaktik tarbiya jihatidan juda katta ahamiyatga ega
boʻladigan she’riy qissalarni biz uchun yozib qoldirishdi. Xulosa oʻrnida yana
shuni aytib oʻtish kerakki, asosan Shamsiddin Oʻzgandiy Xolisning she’riy
qissalarining tili juda yengil va ravon.
Oʻqish jarayonida she’riy tartibda berilgan qissalar uzilishlarsiz bir tartibda
oʻqiladi. Bu yerda biz Xolis va Shamiddin Oʻzgandiy Yassaviy maktabi ijodkorlari
qatoriga kirishligini va ularning ijodida Yassaviyning yozish uslubi va
oʻxshashlik jihatlarini ham koʻrishimiz mumkin. Pandnoma ruhida berilgan
she’riy qissalar Yasavviy hikmatlariga bir muncha yaqinligi guvohi boʻlishimiz
mumkin.
Shamsiddin Oʻzgandiy va Xolis oʻz she’riy qissalari bilan katta tarbiyaviy
ahamiyatga molik boʻlgan she’riy qissalarni qoldirganligi guvohi boʻldik. Ushbu
she’riy qissalar nafaqat diniy bilim va tarixiy ma’lumotlarni, balkim oʻz oʻrnida
insonning hislatlari bu olamga nima sababdan kelib, oʻz burch va vazifalarini qay
darajada amalga oshirilayotganini, mehr-muhabbat, vafo, sadoqat kabi
insonning eng pok va goʻzal xulq atvorini namoyish eta oladigan qissalardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Эшмуҳамедова М. Яссавий издошлари ижодининг манбашунослиги
масалалари // Ислом нури. УзХИА, 2021, № 1. – Б. 60-69.
2. Haqqul Ibrohim. Tasavvuf va she’riyat. – T.: Adabiyot san’at nashiriyoti, 1991.
-184 b.
3. Ҳаққулов И. Тақдир ва тафаккур. –Т.: «Шарқ», 2007. − 336 б.
4. Javohirul hikoyat. Ibratli hikoyatlar, pandlar, o’g’itlar (so’z boshi. Saidbek
Hasan). –T.: Yozuvchi, 1993. -112 b.