ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
“SALOTI MAS’UDIY” ASARINING BOBLARGA KО‘RA TASNIFI
Usmanova Xulkar Mamatovna
О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti
https: //orcid.org/ 0009-0003-3726-0332
email: teacher8282@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.13766668
ANNOTATSIYA
Mas’ud Samarqandiyning (XIII asr oxiri va XIV asr boshlari) “Saloti
Mas’udiy” asari boshida keltirilgan aqida risolasi musulmonlarga о‘z
e’tiqodlarini mustahkamlashga yordam bersa, fiqhiy qismi esa ibodatlari,
xulqlari va hayot tarzlarini chiroyli qilib qurishlariga kо‘mak beradi.
Shuningdek, ularning diniy-huquqiy sohadagi kо‘plab savollariga yetarlicha,
asosli javob beradi. Mazkur maqolada asarning boblarga kо‘ra mavzulari yoritib
berilgan.
АННОТАЦИЯ
Произведение Масуда Самарканди (конец 13 - начало 14 века) «Салоти
Масуди» об акыде, упомянутый в начале произведения, помогает
мусульманам укрепить свою веру, а юриспруденционная часть помогает
им выстроить свое богослужение, поведение и образ жизни красиво. Он
также дает достаточные и разумные ответы на многие их вопросы в
религиозной и правовой сфере. В данной статье описаны темы работы по
главам.
SUMMARY
Mas'ud Samarqandi's (end of 13th and beginning of 14th century) "Saloti
Mas'udi" treatise on aqeedah mentioned at the beginning of the work helps
Muslims to strengthen their faith, and the jurisprudential part helps them to
build their worship, behavior and way of life beautifully. It also provides
sufficient, reasonable answers to many of their questions in the religious and
legal field. This article describes the themes of the work according to the
chapters.
KALIT SО‘ZLAR
Aqida, fiqh, bob, jild, mavzu, ibodat, muoamalot (fuqarolik huquqi), Mas’ud
Samarqandiy, “Saloti Mas’udiy” asari, huquqiy masalalar
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА
Акида, юриспруденция, глава, том, тема, поклонение, обращение
(гражданское право), Масуд Самарканди, «Салоти Масуди», юридические
вопросы
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
KEY WORDS
Aqidah, jurisprudence, chapter, volume, topic, worship, treatment (civil
law), Mas'ud Samarkandi, "Saloti Mas'udi", legal issues
Mas’ud ibn Mahmud ibn Yusuf Samarqandiyning “Saloti Mas’udiy” asari
XIII-XIV asrlardan buyon xalqimiz qadrlab kelayotgan qimmatli va mо‘tabar
asarlardan biridir. Mazkur asar dastlab 83 bobdan iborat[1] bо‘lib, keyinroq u
fiqhiy ma’lumotlar bilan tо‘ldirilib, 3 ta bо‘limga-jildga ajratilgan[2].
Mas’ud Samarqandiy о‘z davri an’anasiga kо‘ra fiqhiy masalalarni quyidagi
qismlarga ajratib bayon etadi:
1.
Ibodat masalalari;
2.
Muomalot (fuqarolik huquqi) masalalari.
Birinchi qismdagi masalalar asosan toat-ibodat mavzulari, ya’ni Alloh bilan
banda о‘rtasidagi munosabatlarni aks ettiradi. An’anaviy fiqh kitoblari tahorat
bobidan boshlansa, ulardan farqli ravishda, “Saloti Mas’udiy” kitobi namoz
bobidan boshlangan.
I.
Ibodat qismiga asardagi 5ta mavzu tanlab olindi.
1.
Islom dinining asosiy ruknlariga oid ibodat masalalari:
Namoz kitobi –
ةلاصلا باتك
Poklanish kitobi –
ةراهطلا باتك
Zakot kitobi –
ةاكزلا باتك
Rо‘za kitobi –
موصلا باتك
Haj kitobi –
جحلا باتك
Ikkinchi qismda esa banda bilan banda, ya’ni insonlar о‘rtasidagimuomalot
munosabatlari shar’iy hukmlar asosida bayon etiladi. Bu qism 3 xil masala va 18
ta mavzularga ajratilgan.
II.
Muomalot qismi:
2.
Maishiy masalalar:
Nikoh kitobi –
حاكنلا باتك
Emizish kitobi –
عاضرلا باتك
Taloq kitobi –
قلاطلا باتك
Ozod qilmoq kitobi –
قاتعلا باتك
Qasamlar kitobi –
ناميلأا باتك
3. Iqtisodiy va moliyaviy masalalar:
Savdo va ribo kitobi –
اوبرلا و عويبلا باتك
Garov kitobi –
نهرلا باتك
Tasarruf qilishdan man qilish
رجحلا باتك
-
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
Tekinga olish kitobi
ةيراعلا باتك
-
Omonat kitobi
ةعيدولا باتك
-
Ijara kitobi –
تاراجلإا باتك
Qurbonliklar kitobi –
ةيحضلأ ا باتك
Sheriklik va muzoraba kitobi
ةبراضملا و ةكرشلا باتك
-
4. Huquqiy masalalar:
Jazolar kitobi
دودهلا باتك
-
О‘g‘irlik kitobi –
ةقرسلا باتك
(Majburlab) tortib olish kitobi –
بصغلا باتك
Guvohlik kitobi –
ةداهشلا باتك
Kafil bо‘lish va havola qilish –
ةلاوحلا و ةلافكلا بانك
Asardagi katta mavzular nafaqat kitob sifatida balki boblar va fasllarga
ham bо‘lingan holda batafsil yoritib berilgan. Shuning uchun ham katta hajmga
ega. Ahamiyatlisi shundaki, 3 ta jildning aksariyati, ya’ni 2 ta jildi - ibodat
qismining namoz hamda tahorat masalalarini qamrab oladi. Uchinchi jilddan
boshlab ibodat qismining qolgan masalalari - zakot, rо‘za, haj, qurbonlik
mavzulari bilan davom ettirilib, shundan sо‘ng muomalot qismining maishiy,
iqtisodiy-moliyaviy va huquqiy masalalari batafsil yoritib beriladi.
Ibodat masalalari asarning 3/2 qismini, asar hajmining 67 % ini tashkil
etadi[3]. Bu esa Movarounnahrda mо‘g‘ullar istibdodi davrida ibodat
masalalariga, ayniqsa, namozga qanchalik e’tibor berilganini kо‘rsatadi. Boshqa
fiqhiy asarlar tahorat va poklik mavzusidan boshlangan bо‘lsa, muallif namozga
urg‘u berib, asarini “Solati Mas’udiy” deb nomlagan. Kitobning “Saloti Mas’udiy”
deb nomlanishiga sabab “Namozdan ibtido qilib, bul kitob saloti Mas’udiyg‘a
shuru’ qilindi” [4].
Asarda nafaqat hanafiylik fiqhiga, balki moturidiylik ta’limotiga ham
ahamiyat berilgan. Zero, Mas’ud Samarqandiyning ijodiy faoliyati aynan
mо‘g‘ullar istilosidan keyingi davrlarga tо‘g‘ri keladi. Bu davrda mо‘taziliy,
qadariy, jabariy, qarmatiy kabi turli oqim vakillarining ta’siri kuchaygan edi.
Shuning uchun muallif furu’ul-fiqh (juz’iy masalalar)ga kirishishdan oldin
musulmonlarning e’tiqodlarini tо‘g‘rilash uchun ahli sunnat val-jamoat
aqoidining asoslarini ham bayon etadi[2].
Ikkinchi jildda ibodat qismining mash, tayammum, joyni pok tutish,
makruh makonlar, satri avrat, kiyimni pok tutish, namoz vaqtlarini bilish, qibla,
niyat, qiroat, sajda va ruku’ qilish, qa’da, vitr namozi, azon, jamoat fazilati,
imomlik, sajdai sahv, nafl namozlar, sajdai tilovat, musofirlar namozi, jum’a
namozi, taroveh namozi, ikki hayit namozlari, ayollarga imomlik qilish, bemor
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
32
odamning namozi, murdalarni yuvish, kafanlash, janoza namozi о‘qish, sajdalar
kabi masalalar batafsil yoritib berilgan.
Uchinchi jildda huquqiy jihatdan katta ahamiyatga ega bо‘lgan juz’iyotlar:
amaliy ibodatlar - zakot, rо‘za, haj mavzularidansо‘ng muomalot qismining
maishiy, iqtisodiy-moliyaviy va huquqiy masalalari beriladi. U asar hajmining
3/1 qismini, ya’ni 33 % ini tashkil etadi.
Dastlab, amaliy ibodatlarga tegishli mavzular quyilagi bob va fasllarga
bо‘lib yoritib berilgan:tuyadan, qoramoldan, qо‘ydan zakot berish; kimlarga
zakot berish afzal; otga zakot vojibligi; rо‘zadorning turlari; rо‘zani buzadigan
narsalar; nafl rо‘za; nazr rо‘zasi; zihor kafforati.
2-jildning davomida muomalot qismining maishiy masalalariga tegishli
oila huquqi - nikoh, razo’, taloq, idda mavzulariga e’tibor beriladi.Ular ham bob
va fasllarga bо‘lib yoritib beriladi. Jumladan, nikoh lafzlari; valiylar; fosid
nikohlar; nikohda shubha; emizish; taloqning turlari; fosid nikoh iddasi kabi bob
va fasllarga bо‘lingan. Bu masalalar asar hajmining 12,6 % ini qamrab oladi.
“Aytish mumkinki, X asrlarda asosiy e’tibor iqtisodiy-moliyaviy, tijoriy
masalalarga qaratilgan, XI-XII asrlarga kelib tijoriy masala hali ham e’tiborda
bо‘lgan, lekin maishiy masalalar birinchi о‘ringa kо‘tarilgan” [5]. “Saloti
Mas’udiy”da ham shu tartibda berilgan. Bunga sabab о‘sha davrda turli maishiy
muammolarning yuzaga chiqa boshlagani va ularning oldini olishga katta e’tibor
berilgani, deb xulosa qilish mumkin.
Asarda maishiy masalalardan sо‘ng iqtisodiy-moliyaviy masalalar - oldi-
sotdi, ribo, garov, tasarruf qilishdan man qilish, tekinga olish, omonat, ijara, vaqf,
qurbonlik, sheriklik va muzoraba kabi masalalar batafsil yoritib berilgan.U asar
hajmining 13,6 % ini qamrab oladi.
Iqtisodiy-moliyaviy masalalardan keyin huquqiy masalalar asar umumiy
hajmining 6,8 % ini tashkil etadi. Unda hudud jazolari - Alloh tomonidan
belgilangan jazolar, jinoyat turlari, о‘g‘irlik, sud, da’vo, guvohlik, qasos, sulh,
jihod, vasiyat, meros va boshqa kо‘plab fiqhiy mavzu va masalalarni о‘z ichiga
olgan.
Xulosa qilib aytganda, Mas’ud Samarqandiy о‘z asarida fiqh ilmining barcha
masalalarini atroflicha yoritib beradi. Biroq mо‘g‘ullar istibdodi davrida
Movarounnahrda xalq ibodat masalalariga sustkashlik qilgani uchun, turli
firqalar о‘rtasida ixtiloflar mavjudligi sababli muallif о‘zining asarini kо‘proq
ibodat masalalariga bag‘ishlab hanafiy mazhabida yozgan. Shuning uchun ham
omma orasida xalqchil asar sifatida ommabop bо‘lgan. Hanafiy mazhabi fiqhini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
33
о‘rganishda hamda bu mazhabni boshqa mazhablardan eng ravon tarzda farqlab
ochib berishda “Saloti Mas’udiy” asarining ahamiyati katta.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:
1. Mas’ud as-Samarqandiy. Saloti Mas’udiy. О‘zR FASHI № 4041. 1333 y.
Samarqand shahrida kotib Nosir ibn Muhammad ibn Umar al-Kirmoniy al-
G‘aznaviy tomonidan suls xatida kо‘chirilgan. 244 v. Qо‘lyozma jildlarga
bо‘linmagan.
2. О‘zR FA SHI qо‘lyozmalar fondi inv. № 2639. - Hijriy 1061 (m. 1650-1651) yil
kо‘chirilgan.
3. О‘zR FA SHI qо‘lyozmalar fondi. R: 8338. Asarning umumiy hajmi 524 bet.
4. Mas’ud Samarqandiy. Saloti Mas’udiyi turkiy. О‘zR FASHI. № 10401. 1910.-B.
12.
5. Kamilov M. B. Movarounnahr fiqh ilmi rivojida Alouddin as-Samarqandiyning
о‘rni va “Tuhfat al-fuqaho’ asarining ahamiyati”. Tar. fan. nom... dissertatsiY.-
Toshkent, 2000. B. 116