ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
29
AHOLI TURMUSH DARAJASI TUSHUNCHASI HAQIDAGI ASOSIY
ILMIY KONSEPSIYALAR
Sharibayev A.M.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13729451
Annotatsiya:
Ushbu maqolada aholi turmush darajasi haqidagi asosiy
ilmiy konsepsiyalar, aholi turmush darajasi tushunchasining turmush sifati va
turmush tarzi kabi kategoriyalardan farqini yoritib berish bilan bir qatorda aholi
turmush darajasiga berilgan turli ta’riflar haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar:
Aholi turmush darajasi, turmush sifati, turmush tarzi,
kambagʻallik, qashshoqlik, toʻkin-sochinlik, farovonlik.
Harqanday davlatning siyosiy va ijtimoiy faoliyati birinchi navbatda aholi
manfaatlari, uning turmush darajasini yaxshilash, yetakchi davlatlar qatoridan
joy olishga qaratiladi. Aholi turmush darajasini oshirish bozor iqtisodiyotining
asosiy maqsadi va davlatning ijtimoiy siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan
biridir. Aholi turmushini ifodalash uchun «aholi farovonligi», «yashash
sharoitlari», «turmush tarzi», «turmush sifati», «turmush darajasi» kabi
birqancha tushunchalar qoʻllaniladi. Ushbu tushunchalar bir-biriga oʻxshash
boʻlib koʻrinsa da mazmuni jihatidan birqancha farqlarga ega. Shuningdek ushbu
kategoriyalar oʻzaro bogʻliqdir. Aholi farovonligi kategoriyasi insonlarning
ehtiyojlarining rivojlanishi, turmush faoliyatidagi asosiy muhit: ish joyi, iste’mol,
ijtimoiy-siyosiy turmushta ularning qanoatlantirilish yoʻllari va sharoitlarini oʻz
ichiga oladi.
Oʻtgan asrning 70-80-yillarida «turmush tarzi» atamasi keng qoʻllanilgan.
Bunda turmush faoliyatining sifat koʻrsatkichlari «turmush tarzi», miqdoriy
koʻrsatkichlari esa «turmush darajasi» bilan ifodalangan. Turmush tarzi, odatta
insonlarning yashashi, mehnat qilishi, sogʻligi va hulq-atvori kabilar orqali
ifodalanadi. Aholining turmush tarzi ularning yashash oʻrni, milliy urf-odatlari,
kundalik ishlari asosida shakllanib, tarixiyb davrlar davomida oʻzgarib boradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholining turmush darajasi insonlarning moddiy
va manaviy ehtiyojlarini qanoatlantirish darajasi sifatidagi nuqtai nazarlar
ustuvor boʻlgan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida aholining
iste’moli haqidagi tushunchalar oldingi oʻringa chiqdi. Turmush darjasini
baholashdagi iste’molning ustuvorligi I.I.Eliseyeva, V.M.Jerebin, A.N.Romanov
tomonidan taklif etilgan [1;2]. Masalan, I.I.Eliseyevaning takidlashicha, «turmush
darajasining asosida aholining zarur moddiy buyumlar va xizmatlarga boʻlgan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
30
talabining yuqori darajada ta’minlanishi hamda turli ratsional iste’molning
qanoatlantilishi yotadi.
B.K.Gʻoyibnazarov, Y.Abdullaevlarning ta’riflariga koʻra, «Aholi tumush
darajasi – ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya boʻlib, insonlarning mofddiy va madaniy,
hayotiy ehtiyojlarining qanoatlantirilishi, ijtimoiy sharoitlarining yaxshilanishi
kabi tushunchalarni oʻz ichiga qamrab oladi [3].
«Aholi turmush darajasi» tushunchasiga D.Tojibayeva tomonidan berilgan
ta’rifda iste’molning miqdor va sifat koʻrsatkichlariga alohida e’tibor qaratilgan
boʻlsa, Q.X.Abduraxmonov, S.Alibekovlarning fikricha, bir tomondan aholi
iste’nolining rivojlanishi uchun imkoniyatlar darajasi, ikkinchi tomondan, ularni
qanoatlantirish uchun foydalaniladigan hayotiy buyumlar va xizmatlarning
miqdor va sifati deya qaraladi [4]. Ayrim olimlar esa, jumladan R.F.Djumanova
aholi turmush darajasini yanada toʻligʻiroq ochib berish uchun inso
rivojlanishining koʻrasatkichlaridan biri boʻlgan, mamlakatning rivojlanish
darajasini ifodalovchi asosiy iste’mol koʻrsatkichini, aholi jon boshiga ishlab
chiqarilgan yalpi ichki mahsulotni ham kiritish maqsadga muvofiq deb
hisoblaydi.
V.N.Salin, E.P.Shpakovskaya, M.G.Nazarovlar «aholi turmsh darajasi – bu
insonlarning hayotiy faoliyati eng dastlab, real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar
yigʻindisini ifodalovchi murakkab va koʻp qirrali kategoriya boʻlib, ijtimoiy
rivojlanishning muhim koʻrsatkichidir», deb koʻrsatishgan [5;6].
Turmush sifati – inson ehtiyojlarining tarkibi va ularni qanoatlantirish
darajasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy muhit bilan oʻzaro olaqalari, hayottan
qanoatlanish tuygʻusini sifatlab beruvchi omillar majmuasidir [7]. Aholi turmush
sifatini moddiy boylik va sharoitlardan tashqari salomatlik, ma’lumotlilik
darajasi, madaniyatning rivojlanish darajasi, atrof-muhitning yashash uchun
qulayligi kabi omillar ham belgilab beradi. Demak, insonning yaxshi yashashi
uning moddiy ehtiyojlari yuqori darajada qanoatlantirilganligi bilan birga,
zamonaviy sivilizatsiya, ilm-fan, texnika va texnologiyaning yutuqlaridan keng
foydalanish imkoniyatlariga ega ekanligini nazarda tutadi.
Oʻzbekistonda
aholining
moddiy,
ruhiy,
ijtimoiy
ehtiyojlarini
qanoatlantirish darajasini anglatuvchi «turmush darajasi» nomi kengiroq
qoʻllaniladi. Bunday ta’rif koʻproq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi.
Shuning bilan birga turmush darajasi – koʻplab omillarning yigʻindisi tasirida
oʻzgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi doimiy tarzda oʻzgarib boruvchi turli
mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan,
ehtiyojni qanoatlantirish imkoniyati, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
31
aholining daromatlari, ishchilarning ish haqi bilan belgilanadi. Biroq ish haqi
miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish
sohalari samaradorligining koʻlami, ilmiy-texnik rivojlanish darajasi, aholining
madaniy-ruhiy darajasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga
bogʻliq.
Turmush darajasi – aholining bevosita moddiy yashash sharoitlari, moddiy
ehtiyojlarining qanoatlantirilishi masalalari tushiniladi. Bunda koʻproq miqdoriy
kórsatkichlar, moddiy ta’minot, daromat va xarajatlarning koʻlami hamda tarkibi
asosiy ahamiyatga ega [8]. Demak, turmush darajasi aholi turmushining moddiy
tomonlarini oʻzida aks ettirsa, turmush sifati, oʻz navbatida, odamlarning
yashash sharoitini birqancha murakkab tarzda, majmuali koʻrsatib beradi va
baholaydi. Ayrim holatlarda turmush darajasi aholining moddiy ta’minlanishi,
ya’ni daromatlari va xarajatlari oʻrtasidagi tafovutlar orqal belgilanadi.
Turmush darajasi inson (aholi) turmush faoliyatining maılum bir tomoni
haqida tushuncha beruvchi koʻrsatkichlar tizimi bilan belgilanadi. Turmush darajasi
haqida toʻliq ma’lumot olish uchun aholining daromatlari va ehtiyojlari, istemol
darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-hayotiy buyumlar va boshqalar bilan
ta’minlanganlik darajasini chuqur oʻrganish lozim. Turmush darajasini aks ettiruvchi
koʻrsatkichlar har xil boʻlib, turmush darajasi konsepsiyasi bilan tigʻiz bogʻliq.
Aholi turmush darajasini miqdor va sifat jhatidan tahlil qilish uchun ilmiy
tomondan asoslangan koʻrsatkichlar boʻlishi shart. Turmush darajasi murakkab
va koʻp qirrali mazmunga ega boʻlganligi bois uni bitta koʻrsatkich bilan emas,
balki aholi daromatlari va turmushining turli tomonlarini ifodalovchi
koʻrsatkichlar tizimi bilan xarakterlanadi.
Turmush darajasi konsepsiyasi tamoyillar va koʻrsatkichlar tizimiga
asoslangan holda, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan gʻoyani
ifodalaydi. Turmush darajasi konsepsiyasi koʻzda tutilgan maqsadlarni amalga
oshirish strategiyasi va yoʻnalishlarini, bosqichlarini belgilab beradi va u tarixiy
xarakterga ham egadir.
Aholi farovonligi inson ehtiyojlarining, taraqqiyotining turmush
faoliyatidagi asosiy sohalariga mehnat, iste’mol, madaniyat, ijtimoiy-siyosiy
turmushdagi sohalarga qarat qoʻllanganida yuzaga keladi. Aholi turmush
darajasi deganda aholining zarur moddiy buyumlar va xizmatlar bilan
ta’minlanganligi, aholining iste’moli va talablarining qanoatlantirilganlik
darajasi tushunilib, uni quyidagi ikki variantta koʻrib chiqish mumkin:
a) tor ma’noda – aholining iste’mol darajasi va ehtiyojlarning
qanoatlantirilganlik darajasi, ya’ni daromat va xarajatlar orqali;
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
32
b) keng ma’noda – insonning rivojlanish darajasi (sogʻliq, aholi
ehtiyojlarining qondirilish imkoniyatlari) va aholining yashash sharoitlari (atrof-
muhit va xavfsizlik) orqali ifodalanadi.
Aholi daromatlari va uning istimoiy ta’minlanganligi, aholining moddiy
buyumlar va xizmatlardan foydalanish darajasi, yashash sharoitlari, boʻsh vaqti
va boshqalar aholi turmush darajasining tarkibiy qismlaridir.
Aholi turmush darajasini quyidagi darajalarga ajratish mumkin:
- toʻkin-sochinlik darajasi (aholining har tomonlama rivojlanishini
ta’minlab beruvchi imkoniyatlarning yaratilganligi);
- normal daraja (insonning jismoniy va intellektual qobiliyatlarining qayta
tiklanishini ta’minlovchi ilmiy asoslangan ratsional iste’mol darajasi);
- kambagʻallik (moddiy buyumlardan ishchi kuchini qayta tiklashning quyi
chegarasi doirasida foydalanish);
- qashshoqlik (moddiy buyumlardan biologik mezonlar boʻyicha minimal
darajada foydalanish).
Ta’kidlash joizki, aholi turmush darajasining yaxshilanishi, bevosita ishlab
chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari samaradorligining hajmi, ilmiy-texnik
rivojlanish, aholining madaniy-ma’rifiy darajasi va tarkibi, milliy xususiyatlar va
albatta hukumat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda amaliy
harakatlarning natijasiga bogʻliq boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Магомаев М.М. Качество жизни населения (теория, методология и
механизмы). – Махачкала: Издательство ДНЦ РАН, 2006. – 342 с.
2.
Дагбаева С.Д.-Н. Уровень жизни населения: пути решения проблемы
бедности. – Улан-Удэ: Изд-во ВСГТУ, 2004. – 146 с.
3.
Eliseeva I.I. redaktorlıǵında. Социальная статистика . Учебник. М.:
Финансы и статистика, 2002. –с.65.
4.
Жеребин В.М., Романов А.Н. Уровень жизни населения. –М.: ЮНИТИ,
2002. –с. 17.
5.
Ғойибназаров Б.К. Аҳоли турмуш даражасини статистик баҳолаш.
Монография. Т.: Фан, 2005. –б. 5
6.
Абдураҳмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. Дарслик. Т.: Меҳнат, 2004. –
б. 433.
7.
Салин В.Н., Шпаковская Е.П. Социально-экономическая статистика.
Учебник. М.: Эрист, 2001. –с.339.
8.
Курс социально-экономической статистики. Под.ред. Назаров М.Г.
Учебник. М.: Информ Финстат, ЮНИТИ-ДАНА, 2000. –б.576.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
33
9.
Дагбаева С.Д.-Н. Уровень жизни населения: пути решения проблемы
бедности. – Улан-Удэ: Изд-во ВСГТУ, 2004. – 146 с.