ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
183
ILK ADABIY TA’LIM TARBIYALANUVCHILARDA MILLIY
QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISH ASOSI SIFATIDA
Ergasheva Umrinisso Komilovna
University of business and science Maktabgacha,
boshlang‘ich ta’lim va jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13336050
Annotatsiya :
Ushbu maqolada qadriyat, adabiyot, san’at va madaniyat ,
millat va xalq, butun insoniyat, mantiqiy qadriyat xaqida so ‘z uyritilgan.
Kalit so‘zlar
:qadriyat, mantiqiy qadriyat, milliy qadriyatlar,kattalar
maktabgacha ta’lim va tarbiya.
Аннотация:
В данной статье речь идёт о ценностьях, литературе,
искусстве и культуре, нации и народе, всём человечестве, логической
ценности.
Ключевые слова
: ценность, логическая ценность, национальные
ценности, дошкольное образование и воспитание
.
Annotation:
In three articles, a word was taught about value, literature,
art and culture, nation and people, all humanity, logical value.
Key words:
value, logical value, national values, adult preschool education
and upbringing.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek mumtoz
va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning
dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga
yo‘llagan tabrigida “…bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi,
yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Biz milliy tiklanishdan – milliy
yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik.
Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo‘lib yashash, ochiq
demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga
hurmat tuyg‘usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini
biz yaxshi anglaymiz. Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek mumtoz va
zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali
bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim
jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar
chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga
ega” [1] - deb ta’kidlab o‘tgan edilar.
Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li
– Cho‘lpon «Adabiyot yashasa, millat yashar!» degan otashin da’vat bilan
maydonga chiqqan edi. Hayot va tarix sinovlaridan o‘tgan teran ma’noli bu
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
184
so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyati va qimmatini yo‘qotgan emas. Darhaqiqat,
adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol
yashaydi. Ayni paytda ular milliy qadriyatlarning badiiy ifodasi sifatida ulkan
ma’rifiy ahamiyat kasb etadi.
Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma’noda turli sohalarda
qo‘llaniladi. Qadriyatlar to‘grisidani fan bu aksiologiyadir. Bu atama ilmiy
bilimlar sohasiga o‘tgan asrning ikkinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va
fransuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat»
va «fan», «ta’limot» tushunchalariga asoslanadi. Qadriyatni aksiologik nuqtayi
nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, obyektiv asosi va
subyektiv jihatlari, namoyon bo‘lish shakllari va xususiyatlarini o‘rganishga
imkon beradi[4].
Qadriyatlar inson bisotida turli-tuman ehtiyojlarning va his-tuyg‘ularning
mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo‘layotgan voqealarni, hodisalarni
turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun g‘oyat
qadrli, g‘o‘yat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yoki bu hodisa, boshqa birovlar
uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Xuddi shuning uchun
ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyati kamroq,
qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, obyektiv va subyektiv qadriyat-
larga bo‘lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-
riyatlariga bo‘lish mumkin. Shuningdek, haqiqatni, ezgulikni, go‘zallikni
ulug‘lovchi qadriyatlarga ajratiladi. Badiiy adabiyotida, xususan, bolalar uchun
yaratilgan so‘z san’ati namunalarida ushbu tasnifdagi barcha qadriyat
ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ularni faoliyat markazlaridagi mashg‘ulotlarda
singdirib borishning metodik mexanizmini yo‘l qo‘yish lozim [2, 442].
Birgina mazmuniy tasnifga ko‘ra shakllarining badiiy adabiyotda aks etishi
tahlili ham bu san’at turning imkoniyatlari ochib beradi.
Birinchisi mantiqiy qadriyat. Bu turli yosh davrida tur va janr jihatdan
muayyan namunalardan foydalanishni taqozo qiladi. Maktabgacha davrda
mantiqiy qadriyat o‘laroq topishmoqlar, ertaklar, maqollardan eng sara
asarlarni tanlab olish lozim bo‘ladi. Masalan, quyidagi topishmoqni olaylik:
Onam, singlim, opamning
Qo`llarida o`ynaydi,
Hovli uyni har kuni
Tozalaydi, to`ymaydi.
Kichik yoshdagi bolalar hayotiy kuzatishlaridan onalar, opalar, singillar
qo‘llarida o‘ynaydigan va tozalikka sabab bo‘ladigan narsa supurgi ekanligini
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
185
mantiqiy mushohada bilan topa oladilar. Ayni paytda tarbiyachi milliy
qadriyatlar bu topishmoqda ifodalanganini bolalarga yo‘naltiruvchi savollar va
olib boriladigan kichik suhbat vositasida anglatishi lozim. Xonadon tozaligi,
sarishtaligi asrlar davomida ayol-qizlar zimmasidagi qadriyat bo‘lib kelgani va
bu tozalik va poklik zahmatkashlari qadriga yetish tuyg‘usi singdiriladi. Mana
shu tuyg‘uga egalikning o‘zi axloqiy tarbiya negizidir.
Xalq maqollarida ham ham mantiqiy, ham etik, ham estetik tarbiya asosi
bo‘ladi. Masalan:
To‘g‘ri yurdim — yetdim murodga,
Egri yurdim — qoldim uyatga.
Bu maqol bilan tanishtirilgach, bolalardan to‘g‘ri yurishning ma’nosi nima-
yu, egri yurishning ma’nosi nima ekanligi haqida suhbat uyushtiriladi. Maqol
katta yosh yoki maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari bilan muhokama
qilinadi – bu yosh kesimidagi bolalar uni tarbiyachi yetovida tahlil qila oladilar.
Maqoldagi o‘zaro ziddiyatda bo‘lgan “to‘g‘ri” – “egri” hamda “murodga” –
“uyatga” so‘zlari taqqoslash vositasida axloqiy, ma’naviy voqeliklarni chuqurroq
tushunishga yordam beradi. “Taqqoslash insonning ijtimoiy faoliyatida,
bilimlarning o‘zlashtirilishida, voqelikni to‘liqroq aks ettirishda bir-biriga
o‘xshash jihatlar tafovutini, shuningdek bir-biridan farq qiladigan tomonlar
o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishdan iborat fikr yuritish operatsiyasi bo‘lib, u katta
ahamiyatga ega. Taqqoslash operatsiya vositasida obyektiv dunyodagi narsa va
hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi. Taqqoslash
operatsiyasi ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy (muayyan
narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (tasavvur qilinayotgan obrazlarni va
narsalarni ongda fikran taqqoslash)”[3,61].
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga milliy qadriyatlarning etik –
axloqiy mezonlarini singdirishda o‘zbek xalq ertaklari imkoniyatlari g‘oyat keng.
Barchaga birdek tanish “Zumrad va Qimmat”, “Oltin tarvuz” ertaklarida bolalar
etik jihatdan ertak qahramonlarini yaxsh va yomon obrazlarga ajratadilar,
ularning tafakkur va tasavvurlarida ezgulik timsolidagi ideal shakllana boradi.
Qadriyatlar insonning orzulari-istаklari, niyatlari-umidlari, bir so‘z bilan
aytganda, ideal sifatida namoyon bo‘ladi. Xuddi shuning uchun ham buyuk nemis
faylasuflari V.Vindelüband, G.Rikkert ta‘kidlaganidek, qadriyatlar hech qachon
obyektga ham, subyektga ham bog‘liq bo‘lmagan musatqil olamni vujudga
keltiradi. Bu olam makon va zamon qonunlaridan ustun turadi. Shuningdek,
insoniyatning buyuk ma‘naviy xazinasi bo‘lgan qadriyatlar hech qachon
o‘zgarmaydi, balki M.Sheler, N.Gartman aytganidek, insonning qadriyatlar
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
186
haqidagi tasavvurlari o‘zgaradi[4]. Butun olam qadriyatlar bilan to‘lib-toshgan
bo‘ladi va borliqqa hamisha yangi ma‘no ato etadi. Shuning uchun ham butun
voqelik qadriyatlarning «o‘ziga xos namoyishi»dan iboratdir. E’tiborga molik
tomoni shundaki, bolalikda shakllangan qadriyatlar mohiyati bir umr inson
tafakkurida muqim bir ma’naviy voqelik o‘laroq saqlanib qoladi. Shu bois ham
insoniyatga eng maqbul va zarur bo‘lgan qadriyatlar bolalikning dastlabki
yillaridan singdirilishi zarur.
Yuqoridagi fikrlarimizdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yoki narsaning o‘ziga xos xususiyati yoki
xossasi emas, balki uning mohiyati, o‘z navbatida borlikning u yoki bu
ob‘ektining yashashi, mavjud bo‘lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy
shartidir. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga
qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yoki diniy, shuningdek kishilarning yoshi,
professional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo‘lish mumkin. Milliy
qadriyatlar, har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari,
alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan
ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga
qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Umuminsoniy qadriyatlar esa barcha
millat vakillariga xos bo‘lgan qadriyatlarni ifodalaydi. Milliy va umuminsoniy
qadriyatlar bolalikdan boshlab shakllantirilsagina butunlik va muntazamlik kasb
etadi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek mumtoz va
zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb
masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi.
https://kknews.uz/oz/21772.html
2. Qodirov Valijon. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikirlashga
o‘rgatish yuzasidan nazariy yondashuvlar haqida mulohazalar. NamDU Ilmiy
xabarnomasi. 2021-yil, 4-son.
3. Sirliyev B.N., Beknazarov A.A., Arziqulov D.N. Psixologiya: ma’ruzalar to‘plami.
T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2005.
4.https://genderi.org/milliy-va-umuminsoniy-qadriyatlar-dialektikasi.html