Авторы

  • Arofatxon Abdullayeva
    Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti v/b, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.50129

Ключевые слова:

tarbiya fazilat axloq milliy tarbiya milliy xarakter g‘oya mafkura.

Аннотация

Mazkur  maqolada  milliy  tarbiya  masalasining  sharq mutafakkirlari  tomonidan  o‘rganilishi,  yoshlarda  ijobiyfazilatlarni tarbiyalashnig metodologik jihatlari bilan tanishishingiz mumkin.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

114

SHARQ MUTAFAKKIRLARI ISHLARIDA MILLIY TARBIYA

MASALASI

Abdullayeva Arofatxon Abduvaxobovna

Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti v/b,

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13325289

Annotatsiya:

Mazkur maqolada milliy tarbiya masalasining sharq

mutafakkirlari tomonidan o‘rganilishi, yoshlarda ijobiyfazilatlarni
tarbiyalashnig metodologik jihatlari bilan tanishishingiz mumkin.

Tayanch tushunchalar:

tarbiya, fazilat, axloq, milliy tarbiya, milliy xarakter,

g‘oya, mafkura.

Milliy tarbiyamiz ota-onalarning go‘daklar bilan juda yumshoq

munosabatda bo‘lish kerakligini taqozo qiladi. Onaxon va otaxonlar “Bolani
uch yoshga qadar faqat erkalatish va yumshoq muomalada bo‘lish kerak,
aksincha, qattiq gapirsa bola o‘jar va qaysar bo‘ladi”, deyishadi. Ko‘pchilik
zamondosh ota-onalarning fikricha ham, uch yoshga qadar bolani o‘z erkiga
qo‘yish, unga faqat yaxshi gapirish kerak, agar go‘dak yoshida bola urib-
so‘kilmasa, unga yaxshi muomala qilinsa, bola kattalarni gapini tinglaydigan,
itoatli va yuvosh bo‘lib o‘sadi.

Umuman, bobo-moolarimiz yosh bolaning o‘ta ta’sirchan, histuyg‘ularga

beriluvchan bo‘lishini anglaganlar. SHuning uchun ularga juda yumshoq
muomalada bo‘lganlar, to esini tanimaguncha ko‘nglini cho‘ktirmaslikka,
sindirmaslikka harakat qilganlar. Demak, badjahllik, o‘ta qattiqqo‘llik va hamma
narsaga qat’iy talab qo‘yib chegaralash, go‘daklarning ma’naviyatiga, axloqiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishini o‘z tajribalarida kuzatgandirlar.

O‘zbeklarning yosh go‘daklarga e’zoz bilan munosabatda bo‘lganliklarini

Markaziy Osiyo xalqlarini o‘rgangan ko‘p tadqiqotchilaryozib ketishgan[1].

Tarbiyaning mayin, mehrli usullari orqali inson ruhiyatida bag‘rikenglik,

bosiqlik, his-tuyg‘ularini jilovlay olish kabi xislatlar shakllantirilgan. Yosh
bolalarga “podsho” kabi e’zoz bilan munosabatda bo‘lish nafaqat o‘zbeklarga,
balki butun sharq xalqlariga xos xususiyatdir. Masalan, yaponlar ham o‘zbeklar
kabi go‘dakni iloji boricha yig‘latmaslikka harakat qilishadi. Ayniqsa, o‘g‘il
bolalarni besh yoshga qadar sira ham tergashmaydi[2].

Psixologlar va pediatr-shifokorlarning tajribasiga ko‘ra, uch yoshgacha

bo‘lgan bolalarning bir necha oy ota-ona mehri-muhabbatidan mahrum
qilishning o‘zi unga katta ma’naviy zarba bo‘lib, uning aqliy, axloqiy va hissiy
rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazar ekan. Aynan kattalar bilan muloqotda


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

115

go‘dak nutq va fikrlash ko‘nikmalarini o‘rganadi. Go‘dak hayotining ikki yoshga
qadar bo‘lgan davridagi ota-ona bilan muloqot jarayonida shaxsning muhim
xususiyatlaridan biri – yaqinlik tuyg‘usi tarbiyalanadi[3]. Amerikalik mashhur
vrach-pedagog Benjamin Spok ham go‘daklarga hamma narsadan ham ota-ona
muhabbati kerak, deydi[4]. Demak, yaqinlik, samimiy muhabbat, g‘amxo‘rlik
go‘dak ruhiyatiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi va keyingi taraqqiyotida,
go‘dakni jismonan va ruhan ijtimoiy hayotga tayyorlaydi.

Sharq allomalarining ilmiy merosida shaxsning kamolotga yetishi, sog‘lom

shakllanishi, unga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berish, shuningdek, shaxsning sog‘lom
xulq-atvor fazilatlariga ega bo‘lib, ezgu va sog‘lom g‘oya hamda mafkura
asosida o‘z yo‘lidan adashmay o‘z hayotini qurishi lozimligi haqida juda qimmatli
fikr-mulohazalarni uchratish mumkin. Jumladan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Unsurulmaoliy Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy va Husayn
Voiz Koshifiy kabi allomalarimizning asarlarida hamda “Avesto” va “Qur’on” kabi
muqaddas kitoblarimizda ham shaxs kamoloti, go‘zal xulqli insonning chiroyli
fazilatlari, ezgulikka va bunyodkorlikka yo‘g‘rilgan g‘oya va mafkuralar asosida
yomondan, yomon ishlardan hazar qilish, yomon ishlar qilguvchilarni to‘g‘ri
yo‘lga solish, sog‘lom bo‘lmagan xulq egalarini zamon, jamiyat hamda Olloh
kechirmasligi bois, shaxsni kelajakda har xil yomon, yovuz yo‘llar, buzg‘unchi
fikr va g‘oyalarga chalinmasligi uchun barkamol qilib tarbiyalashyuzasidan
qimmatli fikrlarni ilgari surganlar.

Kishilik jamiyatining ko‘p ming yillik tarixi barcha davrlarda ezgulik va

bunyodkorlikka yetaklovchi qarashlar, g‘oya vamafkuralar bilan bir qatorda,
ularga qarama-qarshi bo‘lgan, inson hayotini izdan chiqarish, jamiyat va ijtimoiy
tizimlarning yemirilishiga, tanazzulga yuz tutishiga zamin yaratgan buzg‘unchi
va vayronkor qarashlar, g‘oya va mafkuralar ham mavjud bo‘lganidan dalolat
beradi.

Bugungi yangi davr ham mazkur tarbiya masalasiga, yangicha talablarni

qo‘yayotgani biz soha vakllarini doim diqqat markazimizda bo‘lishiligi lozim.
Zero, shiddati vertualashish jarayoni kuchaytgan bir davrda ta’lim-tarbiya
masalasiga aniq, ilmiy asoslanga, qat’iy talablar bilan yondashish juda muhim
pedagogik-psixologik omillardan biri hisoblanadi.

Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya hamda

komil inson haqidagi qarashlari hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb
etadi. SHarq mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy g‘oyalar islomiy
ma’naviyat bilan hamo-hangdir. SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila
va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Inson hamisha


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

116

odamlar qurshovida yashaydi, ijtimoiy muhit sharoitida uning aqliy
rivojlanishi, fikrlash qobiliyati rivojlana boradi. Bunda insonning aqliy
rivojlanishi uchun sharoitlar bo‘lishi kerak. SHarq mutafakkirlari o‘z asarlarida
bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o‘rin bergan.
Allomalarimiz inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida
ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. SHarq allomalar
fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug‘ilganda mavjud bo‘lgan
bo‘lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari,
xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta’sirida,
odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.

SHarq mutafakkirlari Ahmad al Farg‘oniy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr

Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,Imom Ismoil al-Buxoriy, Iso at-
Termiziy, Abu Abdulloh Rudakiy, Abdulqosim Firdavsiy, Ahmad Yassaviy,
Mahmud Qoshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro
Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz insonning ta’lim-tarbiyasi, odob-
axloqi, muloqoti va boshqa ko‘plab qimmatli ma’lumotlarni qoldirganlar.

Pedagogika tarixi qadimgi zamonlardan, hozirgi kungacha bo‘lgan turli xil

davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining tarqqiyotini davrlar
taraqqiyoti talabi asosida o‘rganib keladi. Har bir ijtimoiy tuzum uning kelajagi
insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasini fan va madaniyat taraqqiyoti
bilan bevosita bog‘liqdir. SHarq mutafakkirlari inson kamolotida ilmlilik va
axloqlilikni eng muhim mezoni deb hisoblaydi. Odobli, axloqli ilimli bo‘lish
insonga atrofdagi kishilar o‘rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor
bo‘lishga yordam beradi. SHunday ekan mutafakkirlarimiz ilm va odobga ega
bo‘lishning inson hayotidagi rolini ko‘rsatib berar ekan, yoshlarimizga buyuk
ajdodlarimizning ma’naviy merosidan bahramand qilib borishimiz maqsadga
muofiqdir. Markaziy Osiyo xalqlarining shonli tarixidagi eng yorqin
sahifalaridan biri bo‘lgan ilk o‘rta asrlar haqli ravishda uyg‘onish davri deb
ataladi. Chunki bu davrdagi ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot, falsafiy, diniy
fikrlar taraqqiyoti insoniyat tafakkur xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘lib,
asrlar mobaynida necha- necha avlodlarimizni o‘zining sermazmunligi,
insonparvarligi bilan hayratga solib kelmoqda.

Xususan, O‘zbekistonning bugungi mustaqillik sharoitida o‘tmish

ajdodlarimizning g‘oyalari, namunali ishlari muhim ahamiyat kasb
etmoqda.Fikrimizcha barkamol shaxsni tarbiyashda ta’lim-tarbiya jaroyonida
buyuk allomalarimizning o‘gitlaridan foydalanishi zarur, zero har birining
ta’limiy-tarbiyaviy usullari, tarbiya nazariyasi va amaliyoti, ta’lim nazariyasi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

117

va amaliyoti, ta’lim tizimini boshqarishda, farzand tarbiyasida
mutafakkirlarimizning har-bir asarlari va fikrlari barkamol insonni tarbiyalashda
millliylik va o‘ziga xos tarzda ajralib turadi. SHunday ekan sharq allomalri
me’rosidan ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Xulosa o‘rnida aytganda tarbiyaning makoni va zamoni[5] bo‘ladi va biz

sharq mutafakkirlarini tarbiya bo‘yicha oltinga teng qarashlarini bugungi
zamon va makonga moslashtirib amaliyotga tatbiq etishimiz maqsadga
muvofiq.

Tarbiyaning makon - allomalarimiz yozgan pedagogik asarlar - al-adaba

kitoblarida ham ular yozilgan makon «ko‘rinib» turadi. Bu tabiiy, chunki
qo‘lingizdagi kitobni o‘qigan, ushbu kitob asosida o‘tkaziladigan treninglarda
ishtirok etgan ota-onalar real makon - tuman, shahar yoki viloyatda
yashaydilar. Ana shu mahalliy xususiyat aks etmasa, berilayotgan tavsiyalarni
qo‘llash qiyinlashadi. SHunday bo‘lmasligi uchun mazkur tadqiqotni XXI
asrdagi, Yangi O‘zbekiston talablaridan kelib chiqib yozishga harakat qildik.
Hozirgi zamon - sokin yillar emas. Globallashuv, hayot o‘ta tezlashgan, taxlikali,
murakkab zamon.

Tarbiyaning zamoni - XXI asr ilgari bobo-momolarimiz duch kelmagan

tarbiyaviy vazifalarni, talablarni oldimizga qo‘ymokda. Zamon talablarini
sezmasdan, nuqul bobo-momolarimiz bilgan narsalarni takrorlab yashayversak,
tarbiyamiz zamondan orqada qoladi. Masalan, bolamizga

Internetdan foydalanishni o‘rgatish uchun uni avval o‘zimiz bilishimiz

kerak. O‘zimiz bilmasak, Poliglot, Skype dasturlaridan foydalanishga bolamizni
qanday qiziqtiramiz? Yangi zamon, globallashuv bobo - momolarimiz bilgan
udumlarni ham, ular bilmagan yangi, zamonaviy tarbiyaviy bilim va
texnologiyalarni ham qo‘llashimizni talab qilmoqda. Buning uchun zamonaviy
ota, zamonaviy ona bo‘lishimiz talab etilmokda. Demak, modernizatsiya har
birimizga, har kuni kerak.

Фойдаланилган адабиётлар рўйхати:

1. Ostroumov N.P. Sartы. Etnograficheskiye materialы. Vыp. 3. Tashkent,
1895. – S. 70.
2.Mariya Zemska. Semya i lichnost ... – S. 75.
3.Jonmatova H. Abu Ali ibn Sino ta’lim-tarbiya to‘g‘risida. Toshkent: O‘qituvchi,
1980. 19.
4.Rahimov S. Abu Ali ibn Sino ta’lim va tarbiya haqida. – Toshkent: O‘qituvchi,
1967. –B. 88–89.
5.Jabborov Xazrat Xusenovich. Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining
psixologik qonuniyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

118

natural and social sciences.VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific
Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423.

Библиографические ссылки

Ostroumov N.P. Sartы. Etnograficheskiye materialы. Vыp. 3. Tashkent, 1895. – S. 70.

Mariya Zemska. Semya i lichnost ... – S. 75.

Jonmatova H. Abu Ali ibn Sino ta’lim-tarbiya to‘g‘risida. Toshkent: O‘qituvchi, 1980. 19.

Rahimov S. Abu Ali ibn Sino ta’lim va tarbiya haqida. – Toshkent: O‘qituvchi, 1967. –B. 88–89.

Jabborov Xazrat Xusenovich. Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423.