ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
100
YOSHLARDA MAFKURAVIY IMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA
TA’LIM TIZIMINIDAGI KONSEPTUAL JIHATLARI
Asilbek Abduqodirov Mansur o‘g‘li
Boshlang‘ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti
Tarix yo‘nalishi 1-bosqilch talabasi
Xoliqulov Muhammad Qaxor o‘g‘li
O‘zbekiston - Finlyandiya Pedagogika Instituti
Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12632931
Annotatsiya:
Ushbu
maqolamizda
yosh avlodni mafkuraviy tahdidlarga
qarshi imunitetini shaklantirishda ta’lim tizimining ahamiyati, bu borada ta’lim
tizimining konseptual asoslari tahlil etilgan. Shuningdek, yurtimizdagi ta’lim
tizimi sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to’g’risida fikr
mulohazalar bayon etilgan. Ta’lim va tarbiyaning uzviy holda olib borishning
samaradorligiga alohida urg‘u berilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim, tarbiya, imunitet, mafkuraviy tahdidlar, jadidchilik
harakatlari, ma’rifat, ta’lim sifati, andoza.
Bugungi kunda yoshlarda mafkuraviy imunitetni shaklantirishdagi asosiy
tayanchi bo‘lib xizmat qiluvchi muhim vosita bu – ta’limdir. Shiddat bilan
rivojlanib borayotgan, axborotlashgan jamiyatda, ta’lim tizimini o‘rnini oshirish
va unga yoshlarni keng doirada qamrab olish davlatning asosiy maqsadlaridan
biridir. Xususan, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston
Respublikasi Taraqqiyot Strategiyasida ham ta’lim tizimiga qaratilayotgan
e’tiborlar ham maqolamiz dolzarbliligini yanada ochib beradi.
Ma’lumki maqsad va muayyan normalarni yoyishda mafkrura muhim rol
o‘ynaydi. Bu borada davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan mafkuraning qay
darajada ijobiy yoki salbiyligini ajrata bilishda yetarli darajada bilim, tajriba va
ko‘nikmalar muhim faktor bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘rinib turibdiki bu borada ta’lim islohotini to‘g‘ri tashkil qilish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarilayotganligi bilan ham aloohida e’tiborga molekdir.
Aynan ta’limni rivojlantirish orqaligina rivojlangan taraqqiyotga yuz tutish
hamda bundan bahramand bo‘lish mumkin. Demak, faqatgina ta’lim sohasini
rivojlantirish orqaligina davlat ham dunyoviy demokratik davlatlar qatoridan
o‘rin olishimiz mumkindir.
Asosiy qism.
Har qanday jamiyatda yangi paydo bo‘lgan ijtimoiy kuchlarning talab va
maqsadlari mafkuraviy ko‘rinishda jamiyatga tarqaladi. Mafkura o‘zi nima?.
Degan savol tug‘ilishi tabiy.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
101
Mafkura – bu muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat va
davlatning manfaatlari va maqsadlari ifodalangan qarashlari va ularni amalga
oshirish tizimidir. Yoshlarda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga muhabbat va
hurmat ko‘rinishdagi mafkuralarni shakllantirishda ta’lim tizimini o‘rni bemisil
hissasi bor. Yurtimizda milliy ta’lim tizimining tarixi asosan, XIX asrning 70-80-
yillariga borib taqaladi. Bu davrda milliy ta’lim tizimimizni tamal toshi yaratildi,
desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu davr ta’lim tizimining rivojlanishiga katta
hissa qo‘shgan va jadidchilik harakatini asosini tashkil qilgan shaxslardan
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat va
boshqa ma’rifatparvar namoyondalarni aytib o‘tishimiz mumkin.
Xususan, milliy jadidchilik namoyondalaridan Mahmudxo‘ja Behbudiyning
ilm to‘g‘risida quyidagi fikrlarini keltirib o‘tish joizdir. “…dunyoda turmoq uchun
dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa
millatlarga paymol bo‘lur”[4-117].
Ko‘rinib turibdiki yuqorida aytilgan fikrlarda ta’limni o‘rni bugungi kun va
kelajak uchun nihoyatda muhimligi va dolzarbliligini ko‘rishimiz mumkin ya’ni
shiddat bilan rivojlanayotgan kapitalistik dunyoda bilimli va malakali shaxslarni
o‘rni nihoyatda ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tish mumkin.
Biroz oldingi milliy tariximizga nazar tashlaydign bo‘lsak, millatni ilm-
ma’rifatli bo‘lishiga hissa qo‘shgan jadidchilk harakati yetakchilari mustamlaka
ta’qibi ostiga uchragan, ularning ayrimlari surgun qilingan ayrimlari esa turli xil
javobgarliklarga tortilgan. Mustaqilikni qo‘lga kiritganimizdan so‘ng ta’lim
sohasida sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Maktab, maktabgacha ta’lim
muassasalari va turli xil ta’lim tashkilotlarning soni salmoqli darajada oshirildi.
Bu davr moboynida g‘arb andozasidagi maktab hamda kollejlar tarmog‘i
yaratildi. Bularning milliyligimizdan kelib chiqib, mentalitetga moslanmaganligi,
uzoqni ko‘zlab ish yuritilmasligi natijasida bu tizim o‘zini oqlayolmadi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy
Majlis va O‘zbekiston xalqiga 2023-yilgi murojatnomasida 2023-yilni “Insonga
e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berib, “ta’lim sifatini oshirish – Yangi
O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”[9], deb ta’kidlab
o‘tgan edilar.
Bu keltirilgan iqtiboslardan ham shuni anglash kerakki har qanday
davlatni uzoq yillik taraqqiyot strategiyasini belgilab beruvchi muhim
vositalardan biri bu ta’lim ekanligidir. Millat va xalqni bilimli va milliy
qadriyatlarga hurmat mafkurasini shakllantirishda o‘qituvchilarni o‘rni ham
yuqoridir. Shundan kelib chiqib hozirgi kunda mamlakatimizda o‘qituvchilarga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
102
bo‘lgan e’tibor va ularni qadrini oshirish, ularni mehnat faoliyatini moddiy va
ma’naviy rag‘batlantirishga doir chora-tadbirlar doirasi kengaytirilmoqda.
Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning aytib o‘tgan so‘zlariga
e’tiborimizni qaratsak, “…jamiyatimizda bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi,
oliygohlarning professor o‘qituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilarni bugun biz
intilayotgan Uchinchi Renesansning to‘rt tayanch ustuni deb e’tirof etamiz”, deya
urg‘u beradilar.
Davlatimiz rahbarining bu keltirib o‘tgan iqtiboslari tahlilida shuni
ko‘rishimiz mumkinki o‘qituvchilik kasbini bugungi kundagi o‘rni va roli
nihoyatda ahamiyatli ekanligini ta’kidlashimiz mumkin. Xususan, o‘qituvchi
ajdodlardan avlodlarga ilm-fan sir-sinoatlari, ma’naviy va moddiy merosni
yoshlar ongiga singdirishda muhim rol o‘ynaydi. Buyuk bobokalonimiz Alisher
Navoiy o‘zining “Mahbub ul-qulub “ asarida ham o‘qituvchilik kasbi haqida ijobiy
baho berib: “…uning ishi odam tugul, hatto devning ham qo‘lidan kelmaydi. Bir
kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilar edi, u esa bir to‘da bolaga ilm
va adab o‘rgatadi. Lekin shunisi ham borki, bolalar orasida fahmi idroki ozlari
ham bo‘ladi.
Muallim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda,
bolalarga uning haqi ko‘p, agar shogird ulg‘aygach, podshohlik martabasiga
erishsa ham unga ya’ni muallimga qulluq qilsa arziydi”[1-124],-degan fikrlarni
aytib o‘tadi. Bundan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, o‘qituvchi o‘quvchida ilm
va odob-axloq sifatlarini shakllanishida mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tadi.
Shunga yarasha o‘quvchilar qatlamida ham o‘qituvchiga hurmat hissi yoshlik
davridan shakllantirilishi lozim.
Ta’lim sifatini oshirishga qaratilga sa’y-harakatlar bugungi kunga kelib o‘z
natijasini ko‘rsatayapti. Janubiy Koreya, Singapur, Finlandiya, Angliya va boshqa
ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlik milliy ta’lim
tizimimizda taraqqiyot darchasini ochib kelmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Axborotlashgan va raqamli texnologiyalar taqqiyoti rivojlangan dunyo
sharoitida yoshlarimizning turli ilm-fan sohalarda yuqori natijalarga erishish
uchun intilishlari davr talabi bo‘lib qolmoqda. Turli xil salbiy ko‘rinishdagi
mafkuralarga qarshi turish, milliy vatanparvarlik va qadriyatlarga hurmat
mafkurasini mustahkamlash uchun yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishi kerak. Buning uchun yoshlarga bog‘cha va ilk maktab yoshlaridan
boshlab e’tibor kuchaytirilishi va ularning axloqiy tarbiyasiga zid bo‘lgan
illatlardan muhofaza etish davlat va jamiyatnig muhim vazifalaridan biriga
aylanmoqligi lozim.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
103
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quyidagi fiklarni bayon etadi “…biz
farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak
ma’naviyat xazinasi bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki
qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab
turolmaymiz”, deb aytib o‘tgan so‘zlari bugungi kundagi yoshlar masalasining
dolzarbliligini asoslab beradi. Globallashuv jarayonida ommaviy madaniyat
ko‘rinishida yoshlarimiz ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy ko‘rinishdagi illatlarga
qarshi kuchli mafkuraviy imunitetni shakllanishida albatta ta’lim hal qiluvchi
vazifani bajaradi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytsak, har bir millat va xalqni taraqqiyotini belgilochi muhim
vositalaridan biri ta’limdir. Xususan, ta’limni rivojlantirish va uni islohotini
to‘g‘ri tashkil qilish orqali uzoq ko‘zlangan rivojlanish strategiyalarida ijobiy
natijalarni qayd etish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib biz quyidagi
xulosalarni berishimiz mumkin:
Birinchidan, har qanday rivojlangan davlatning asosiy poydevorini o‘sha
davlatning ta’lim tizimidagi darajasi belgirab beradi;
Ikkinchidan, ta’lim sohasiga davlatning ulushini kamaytirish hamda
xususiy sektorning ulushini ko‘paytirish orqali ta’lim sohasini rivojlantirish bu
ko‘zni yumgan holda yugurishga o‘xshaydi;
Uchunchidan, ta’lim va tarbiyani uzviy birgalikda olib borishning eng
samarali yo‘li bu oilada tarbiyani berish orqali ta’lim jarayonida yutuqga
erishish mumkin;
To‘rtinchidan, ajdodlardan qolib kelayotgan ilmiy, madaniy-ma’rifiy me’rosni
yoshlar ongiga singdirish orqali ularda mafkuraviy xurujlarga qarshi imunitetni
shakllantirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub (Qalblar sevgilisi). –T.: G‘afur G‘ulom.
1983-yil. –B.124.
2.
Amonov, Rustam Samejonovich. "TEXNOSFERA-FALSAFIY KATEGORIYA
SIFATIDA." Интернаука 24-3 (2021): 86-87.
3.
Амонов, Рустам Самежонович. "SECTION: PHILOSOPHY." POLISH
SCIENCE JOURNAL (2020): 149.
4.
Behbudiy M. (Istiqlol qahramonlari) Tanlangan asarlar.Tuzatilgan va
to‘ldirilgan 2-nashri. –T.:Ma’naviyat,1999.280 bet.
5.
Haydarov, Asliddin Nizamitdinovich. "THE ROLE OF ECONOMIC AND
SOCIAL SPHERES IN INCREASING THE LEVEL OF CONSUMPTION OF THE
POPULATION." Theoretical & Applied Science 8 (2020): 27-29.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
104
6.
Jalolidinovna, Nurmatova Umida. "MUTOLAA TA’LIM JARAYONINING
MUHIM ATRIBUTI SIFATIDA." Ustozlar uchun 57.4 (2024): 103-105.
7.
Nizamitdinovich, Xaydarov Asliddin. "O ‘ZBEKISTONDA BARPO
ETILAYOTGAN
III
RENISSANS
JARAYONIDA
YOSHLAR
ISTE’MOL
MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING INNOVATSION, PEDAGOGIK VA DIDAKTIK
JIHATLARI." Ustozlar uchun 57.4 (2024): 274-277.
8.
Sadriyevna, Azizova Laylo, and Xoliqulov Muhammad Qaxor o’g’li. "KOMIL
INSON FALSAFIY GENEZISIDA ABU ALI IBN SINO QARASHLARI TAHLILI."
BARCHA SOHALAR BO’YICHA (2023): 32.
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlis va
O‘zbekiston
xalqiga
Murojatnomasi.
2022
yil
20
dekabr.
https://president.uz/uz/lists/view/5774(oxirgi murojat:09.04.2023)
10.
O‘G‘LI, XOLIQULOV MUHAMMAD QAXOR. "GEO-IDEOLOGICAL PROCESSES
AND LAWS OF THEIR ORIGIN." International Journal of Philosophical Studies
and Social Sciences 4.1 (2024): 22-27.
11.
O‘G‘LI,
XOLIQULOV
MUHAMMAD
QAXOR.
«GEO-MAYYALOGIK
JARAYONLAR VA ULARNING KELIB KELISHI QONUNLARI». Falsafiy
tadqiqotlar va ijtimoiy fanlar xalqaro jurnali4.1 (2024): 22-27.
12.
O‘G‘Li, Xoliqulov Muhammad Qaxor, and G‘Ofirova Muxlisa G‘Ofur Qizi. "A.
NAVOIYNING AR’BAIN (QIRQ HADIS) ASARIDA TARBIYA TO ‘G ‘RISIDAGI
QARASHLARI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI 4.4
(2024): 24-28.
13.
Samejonovich, Amonov Rustam. "Yangilanayotgan o ‘zbekistonda
texnosferani yoshlarga yangicha falsafiy tushuntirishning nazariy va amaliy
jihatlari." Ustozlar uchun 57.4 (2024): 517-519.
14.
SAMEJONOVICH, AMONOV RUSTAM. "ONTOLOGICAL NATURE AND
GNOSEOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE TECHNOSPHERE." International
Journal of Philosophical Studies and Social Sciences 4.1 (2024): 62-66.
15.
Yaxshilikovich, Yaxshilikov Jo‘raboy. "Korrupsiya va jinoyatchilik,
qarindosh-urug ‘chilik, mahalliychilik va millatchilik jamiyat taraqqiyotiga
tahdid solmoqda." ACADEMICIA: XALQARO KO ‘P TARMOQLI TADQIQOT
JURNALI 11 (2021): 1206-1213.
16.
YAxshilikov, J. "YA, Muhammadiev NE National Ideology Development
Strategy. Monograph." T:“Fan (2017).
17.
Yaxshilikov, J. Ya. "Muhammadiev NE Milliy g ‘oya O ‘zbekistonni
rivojlantirish strategiyasi. Darslik." Toshlent.: Cho’lpon (2018).
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
105
18.
Yaxshilikovich, Yaxshilikov Jo‘raboy. "YOSHLАR DUNYOQАRАSHI
SHАKLLАNISHI VА RIVOJLАNISHIDА FINLАNDIYA TА’LIMINING O ‘ZIGА XOS
XUSUSIYATI VА OMILLАRI." Ustozlar uchun 57.4 (2024): 14-18.
19.
Qaxor o‘g‘li, Xoliqulov Muhammad. "YANGI O ‘ZBEKISTONDA UCHINCHI
RENESSANS: FIN TA’LIM TIZIMINING TA’LIM SOHASIGA INTEGRATSIYA QILISH
MUAMMOLARI." Ustozlar uchun 57.4 (2024): 65-67.
20.
Qaxor o‘g‘li, Xoliqulov Muhammad. "OMMAVIY MADANIYAT NIQOBI
OSTIDA HARAKAT QILUVCHI MAFKURALAR HAMDA ULARNING YOSHLAR
ONGIGA TASIRI." Ustozlar uchun 57.4 (2024): 569-571.
21.
Qaxor ogli, Xoliqulov Muhammad. "IDEOLOGICAL AND THEORETICAL
BASIS OF SUFISM." BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN
ILMIY JURNALI (2022): 389-393.
22.
Ruzimurodov, Siroj Madatovich. "Ethnomadanian, Ethnoestetic Aspects Of
The Formation Of A Healthy Lifestyle In Society." The American Journal of Social
Science and Education Innovations 3.05 (2021): 188-194.
23.
Xayitovich, Normuminov Ramziddin. "YOSHLARNI BARKAMOL RUHDA
TARBIYALASH BARQAROR TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA AMALGA
OSHIRILAYOTGAN ISHLAR." Ustozlar uchun 57.4 (2024): 590-592.
24.
Xayitovich, Normuminov Ramziddin, and Ismatov Bahodir Sadriddin o‘g‘li.
"AMIR
TEMUR
JAHON
TARIXIDA."
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 47.4 (2024): 154-157.
25.
Яхшиликов, Ж. Я. "КОРРУПЦИЯ И ПРЕСТУПНОСТЬ,
РОДСТВЕННЫЕ УЗЫ, МЕСТНИЧЕСТВО И НATSIОНАЛИЗМ–УГРОЗА,
КОТОРАЯ ПРЕПЯТСТВУЕТ РАЗВИТИЮ ОБЩЕСТВА."Theoretical & Applied
Science1 (2019): 181-186.