ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
87
TERGOV HARAKATLARINI O‘TKAZISHDA MUTAXASSIS
YORDAMIDAN FOYDALANISHGA OID AYRIM MULOHAZALAR
Abduvahobov Sherzodbek Abduvahobovich
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi
E-mail: sherzodbekabduvahobov01@gmail.com
Orcid: 0009-0008-4580-3540
https://doi.org/10.5281/zenodo.12624031
Isbot qilish jarayonini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar mutaxassis
ishtirok etadigan tergov harakatini boshlashdan oldin, JPKning 69-moddasiga
muvofiq, uning malakaliligiga ishonch hosil qilishi lozim. Biroq, mazkur
protsessual harakatning tartibi qonunda qayd qilinmaganligini ko‘rishimiz
mumkin.
Shuningdek, jinoyat-protsessual munosabatlarda isbot qilish jarayonida
tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi ishtirok etsada, JPKning 86-
moddasida isbot qilishni amalga oshiruvchi sifatida qayd etilmaganligi
munozarali holat nazarimizda. Shu sababli, JPKning 86-moddasi birinchi qismida
ko‘rsatilgan, isbot qilishni amalga oshiruvchi shaxslar qatoriga “tergovga qadar
tekshiruv organi mansabdor shaxsi”ni ham kiritish maqsadga muvofiq deb
o‘ylaymiz.
Amaliyotda protsessual jarayonlarda, isbot qilishni amalga oshiruvchi
mansabdor shaxslar mutaxassisning malakali ekanligiga ishonch hosil qilish
uchun uning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarini va uning kasbiy mahoratini
tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni o‘rganish bilan cheklanib qolgan. Lekin, ish
uchun ahamiyatli holatga oydinlik kiritishda mutaxassis zarur maxsus bilimlarga
ega bo‘lishi va uning malakali bo‘lishi hujjatlar bilan tasdiqlanmasligi, ya’ni
biron-bir ta’lim dargohini tamomlamasdan turib, maxsus bilimlarga ega bo‘lishi
mumkin.
Har tomonlama bilimli va yuqori malakali shaxslargina mutaxassis bo‘la
oladi [1, B.259]. Demak, jinoyat protsessida mutaxassisning asosiy
funksiyalaridan biri ashyo va hujjatlarni topish, qayd etish va olib qo‘yishda
yordam berish bo‘yicha sudga qadar ish yuritish va sud jarayonlarida ishtirok
etish hisoblanadi. Ushbu funksiyalarni amalga oshirishda mutaxassisning
maxsus bilimlarga ega bo‘lishi, uning ishga jalb qilinishida ta’lim olganligi
bo‘yicha hujjatlarga tayanib qolgan amaliyotchi xodimlarga an’analariga chek
qo‘yishi lozimligini ko‘rsatadi.
Huquqshunos R.S.Belkin fikricha, mutaxassis – tergovchi va sud
tomonidan dalillarni to‘plash, tadqiq etish, baholash va qo‘llashda yordam berish
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
88
uchun tergov harakatlarida ishtirok etishga jalb qilingan muayyan masalalar
bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan shaxs, deb ta’kidlagan [2, B.215].
Bu borada R.S.Belkin bildirilgan fikrga qisman qo‘shilish mumkin. Chunki,
jinoyat protsessida mutaxassis faqat tergovchi, sud tomonidan jalb qilinibgina
qolmasdan, bu jarayonlarda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi
organlar, surishtiruvchi yoki prokurorlar tomonidan jalb qilinishi mumkin.
Tadqiqot jarayonida Respublikamizning turli hududlarida yuritilgan
200 ta jinoyat ishi hujjatlari [3]. yuzasidan tergov amaliyoti ya’ni 176 ta
dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan hamda 24 ta JPKning 364-moddasi
1-qismi 2-bandiga asosan harakatdan to‘xtatilgan jinoyat ishlari tahlil qilindi.
Jinoyat ishida o‘tkazilgan tergov harakatlari jami soni 2341 tani tashkil etib,
shundan, 92 ta yoki 3,9 foizi hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, 1544
ta yoki 65,8 foizi so‘roq qilish, 171 ta yoki 7,3 foizi yuzlashtirish, 25 ta yoki 1,0
foizi ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, 103 ta yoki 4,3 foizi
tanib olish uchun ko‘rsatish, 112 ta yoki 4,7 foizi tintuv, 156 ta yoki 6,6 foizi olib
qo‘yish, 118 ta yoki 5 foizi narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirish, 20 ta yoki 0,85
foizi ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish tashkil qilgan bo‘lsa,
o‘rganilgan jinoyat ishlarida guvohlantirish, eksperiment, murdani eksgumatsiya
qilish kabi tergov harakatlari amalga oshirilmagan (keltirilgan foiz
ko‘rsatgichlari 2341 taga nisbatan olingan).
O‘tkazilgan tergov harakatlarida mutaxassis ishtiroki jami 132 marta
tashkil etib, jami (2341 ta) tergov harakatlarining 5,6 foizida qatnashgan bo‘lsa,
ushbu tergov harakatlarida mutaxassis bevosita dalillarni aniqlash, to‘plash,
qayd etish yoki rasmiylashtirish yordam bergan holatlarni ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur ko‘rsatgichni tergov harakatlari kesimida tahlil qilinganda, hodisa sodir
bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda 24 marotaba yoki 18,1 foiz, ko‘rsatuvlarni
hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda 1 marotaba yoki 0,7 foiz, tanib olish
uchun ko‘rsatishda 12 marotaba yoki 9 foiz, tintuvda 71 marotaba yoki 53,7
foiz, olib qo‘yishda 5 marotaba yoki 0,3 foiz, narsa va hujjatlarni ko‘zdan
kechirishda 10 marotaba yoki 7,5 foiz, ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar
olishda 9 marotaba yoki 6,8 foiz holatda qatnashgan bo‘lsa, o‘rganilgan jinoyat
ishlarida so‘roq qilish, yuzlashtirish, guvohlantirish, eksperiment yoki murdani
eksgumatsiya
qilish
tergov
harakatlarida
ishtiroki
kuzatilmagan
(mutaxassislarning tergov harakatlaridagi foiz ko‘rsatgichlari 132 taga nisbatan
olingan).
Jinoyat ishlari doirasida mutaxassis ishtirok etgan tergov harakatlarida
dalillarni aniqlash va to‘plash, qayd etish yoki rasmiylashtirishga yordam berishi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
89
natijasida ish uchun ahamiyatli va yaroqli dalillar ishga qo‘shilgan holatlar tahlil
qilinganda [4] jami 84 ta holatda jami (2341 ta) tergov harakatlarining 3,5
foizida mutaxassis yordami bilan ish uchun ahamiyatli va yaroqli dalillar ishga
qo‘shilganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, tergov harakatlari bo‘yicha tahlil
qilinganda, shundan, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda 24
marotaba yoki 28,5 foiz, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirishda 1
marotaba yoki 1.1 foiz, tanib olish uchun ko‘rsatishda 12 marotaba yoki 14,2
foiz, tintuvda 23 marotaba yoki 27,3 foiz, olib qo‘yishda 5 marotaba yoki 5,9
foiz, narsa va hujjatlarni ko‘zdan kechirishda 10 marotaba yoki 11,9 foiz,
ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olishda 9 marotaba yoki 10,7 foiz
holatda
qatnashgan
bo‘lsa,
o‘rganilgan
jinoyat
ishlarida
so‘roq
qilish, yuzlashtirish, guvohlantirish, eksperiment yoki murdani eksgumatsiya
qilish tergov harakatlarida ishtiroki kuzatilmagan (mutaxassislarning tergov
harakatlaridagi foiz ko‘rsatgichlari 84 taga nisbatan olingan).
Mutaxassis ushbu funksiyani bajarishi jarayonida uning harakatlari, JPK
69-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilganidek, dalilarni topish va
mustahkamlashdan iborat bo‘ladi.
Mutaxassis ishtirokida olib qo‘yilgan barcha hujjatlar ham keyinchalik
ishda dalil bo‘lavermaydi. Chunki sudga qadar yoki sud muhokamasi jarayonida
ishga jalb qilingan mutaxassis ishtirokida olingan ayrim ashyolar keyinchalik
dalil sifatida e’tirof etilmasligi mumkin. Bu fikrlarni huquqshunos D.A.Xarchenko
ham ta’kidlagan [5, B.35].
Xususan, qimmatli qog‘ozlarni xatlashda (olib qo‘yish) mutaxassisni taklif
qilish maqsadga muvofiq [6, B.107]. Bunda mutaxassislar ishtirokida
xatlanayotgan qimmatli qog‘ozlar haqiqatdan ham ushbu turga mansubligi
masalasiga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi.
Jumladan, tadqiqot jarayonida o‘rganilgan 200 ta jinoyat ishi doirasida
2341 marotaba turli tergov harakatlari o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan mutaxassislar
tergov harakatlarida 132 marotaba yoki 5,6 foiz holatlarda dalillarni aniqlash,
to‘plash, qayd etish yoki rasmiylashtirishga ko‘maklashgan. Lekin, mutaxassislar
ishtirokida o‘tkazilgan tergov harakatlarining 84 tasida yoki 63,6 foizida ish
uchun ahamiyatli va yaroqli dalillar to‘planib ishga qo‘shilgan.
Mutaxassis faoliyatining ajralmas qismi bu, tergov harakatlarida dalillarni
to‘plash, qayd etish, tadqiq qilishda texnika vositalarini qo‘llash hisoblanadi.
JPKda tergov harakatlarida foydalanish mumkin bo‘lgan texnika vositalari
turlarining to‘liq ro‘yxati belgilanmagan. Chunki, zamon talablariga muvofiq,
mavjud texnika vositalar doimiy ravishda takomillashib borayotgani va yangi
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
90
turlari yaratilayotgani sababli qonunda bunday ro‘yxatni belgilab qo‘yish
maqsadga muvofiq bo‘lmaydi.
Bu esa mutaxassisning qonunda belgilangan talablarga muvofiq har
qanday texnika vositalari va usullaridan foydalanish orqali tergov harakatlarida
texnika vositalaridan jinoyat izlarini va ashyoviy dalillarni aniqlash, qayd etish
va olib qo‘yishda qo‘llanishi mumkinligini anglatadi.
Shu bilan birga JPK normalarida texnika vositalarini qo‘llash natijalari qayd
etilgan ma’lumot tashuvchilar turlari ko‘rsatilmagan. JPK 91-moddasi birinchi va
uchinchi qismlarida dalillarni qayd etishda yordamchi usullardan foydalanish
ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish
bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kino-tasvir, fotosuratga tushirish,
qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks
ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkinligi, surishtiruvchi, tergovchi,
sud dalillarni mustahkamlashning bu usullarini qo‘llashga ko‘maklashish uchun
mutaxassislarni jalb etishi, tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks
etirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kino-tasvirlar, qoliplar,
nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinishi ko‘rsatib
o‘tilgan. Dalillarni qayd etishda JPK talablariga muvofiq axborotni aks
ettirishning boshqa usullari qo‘llanilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsada,
ularga aniqlik kiritilmagan, jumladan tergov harakatini amalga oshirish
jarayonida olingan fotografik negativlar va fotosuratlar, kinolentalar,
diapozitivlar, so‘roq qilish fonogrammalari, videokassetalar, kompyuter
ma’lumotlarini tashuvchilar va boshqalar. Shuningdek, axborot vositalarining
ro‘yxati ham to‘liq emas. Bularga raqamli uskunalar va kompyuter
texnologiyalarida qo‘llaniladigan raqamli axborot manbalari ham kiritilishi
mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Чориев О. Юридик кадрларнинг жиноятчи руҳиятини англашида ҳуқуқ
ва адабиёт уйғунлиги: Юридик фанлар ахборотномаси, илмий-амалий
ҳуқуқий журнал. Юридик фанлар ахборотномаси, илмий-амалий ҳуқуқий
журнал. Махсус сон III қисм. – Т., ТДЮУ. – 2020 (4-сон). – Б.259.
2. Белкин Р.С. Криминалистическая энциклопедия. — 2-е изд. доп.—М.,
2000. — С. 215.
3. Тадқиқот иши доирасида ўрганилган жиноят ишлари.
4. Тадқиқот иши доирасида ўрганилган жиноят ишлари.
5. Харченко Д.А. Судебная экспертиза в российском уголовном
судопроизводстве: дис. канд. юрид. наук. — Иркутск, 2006. — С. 35.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
91
6. Самандаров К.Б. Жиноят процессида қимматли қоғозларни хатлаш
жараёнини такомиллаштириш //Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2022. – T. 2. – Yoʻq. 8. – 107-bet.
DOI:10.24412/2181-2454-2022-8-100-109