Авторы

  • Gulnoza Radjabova
    Turon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.50173

Ключевые слова:

Renessans tarbiya fuzalo olim pozitsiya texnologiya rasm ruh texnologik xarita infografika kompetensiya mediamahsulot rubrika malaka.

Аннотация

Maqolada boshlangʻich sinf tarbiya fani dars jarayonini tashkil etish usul vositalari haqida misollar keltirilgan. Didaktik vositalardan foydalanishda oʻquvchilarning psixologik, yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligi misollar asosida isbotlangan. Dars jarayonini tashkil etishning samarali usul va vositalari keltirilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

21

BOSHLANG‘ICH SINF TARBIYA DARSLARIDA MAISHIY

KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Radjabova Gulnoza Bahromovna

Turon universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12582230

Annotatsiya:

Maqolada boshlangʻich sinf tarbiya fani dars jarayonini

tashkil etish usul vositalari haqida misollar keltirilgan. Didaktik vositalardan
foydalanishda oʻquvchilarning psixologik, yosh xususiyatlarini inobatga olish
zarurligi misollar asosida isbotlangan. Dars jarayonini tashkil etishning samarali
usul va vositalari keltirilgan.

Kalit soʻzlar:

Renessans, tarbiya fuzalo, olim, pozitsiya, texnologiya, rasm,

ruh, texnologik xarita, infografika, kompetensiya, mediamahsulot, rubrika,
malaka.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan koʻplab islohotlarning asosiy mazmun-

mohiyatida, olib borilayotgan chora-tadbirlarning, keng ko'lamli ishlarning tub
zamirida, albatta, "Inson omili" yotadi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning
tashabbuslari bilan mamlakatimiz hayotida tub burilishlarni amalga oshirish,
Vatanimizda yashab oʻtgan buyuk darg'alarimiz, olim-u fuzalolarimizni ishini
davom ettirish maqsadida yoshlar bilan birgalikda III Renesansni tamal
toshlarini qoʻyishdek buyuk mas’uliyatli vazifani har bir soha vakili, oʻz yurtining
jonkuyar, fidoiy kishilari bilan birgalikda amalga oshirish masalasi oʻzining
dolzarbligi va ahamiyatini yana chuqurroq namoyish etadi.

Tarbiya jarayonining mohiyati inson, uning har tomonlama uygʻun kamol

topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini roʻyobga chiqarishning sharoitlari va
ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning
andozalarini oʻzgartirish mamlkatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning
asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmoqda.

Mamlakatimizda ta’lim mazmuni, uning samaradorligiga katta ahamiyat

berilib, davlat ta’lim standarti oʻquv dasturlarining yangi tahrirdagi ko'rinishlari
tajriba sifatida amaliyotga joriy etilmoqda.

Maktablarda joriy etilgan "Tarbiya" darslarini loyihalashda, uning asosiy

gʻoya va maqsadlarini oʻquvchilar ongiga toʻliq singdirishda darsarni oʻquvchilar
yoshi, fiziologik holatidan kelib chiqqan holda, har bir oʻquvchi shaxsiga
individual yondashish asosida darslarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb
etadi.

Amalda qoʻllanilayotgan "Tarbiya" kitoblarini koʻrib oʻrganib chiqadigan

boʻlsak, boshlangʻich sinf (A2), toʻqqizinchi sinf (A2+), oʻn birinchi sinf (V1)
bitiruvchisiga qoʻyiladigan minimal malaka talablari, kompetensiyalar, baholash


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

22

tartibi va oʻquv dasturlariga mosligini hamda har bir bosqich ma’naviy-axloqiy,
tafakkur, huquqiy, fuqaroviy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, estetik tarbiya
turlarini oʻz ichiga olganligini koʻramiz.

Har bir bosqichda oʻquvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni

hurmat qilish ruhida tarbiyalash; Oʻquvchilar tarbiyasida oilaning maktab bilan
oʻzaro samarali hamkorligini mustahkamlash, ota-onalarga, boshqa millat va
madaniyat vakillariga boʻlgan hurmatni umuminsoniy tamoyildan kelib chiqib
shakllantirishni qoʻllab-quvvatlash; bola huquqlarini himoya qilish va ularning
qonuniy manfaatlarini ta’minlash, "Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari"
tamoyiliga asoslangan milliy qadriyatlarni singdirish kabi bir qator gʻoyalarni
koʻrishimiz mumkin.

Aynan hozirgi kunda biz pedagoglardan talab qilinayotgan vazifalar

quyidagilardir:
-oʻquvchilarni har tomonlama, jismoniy, ruhiy, ma’naviy-axloqiy rivojlantirish
orqali ijtimoiy hayotga moslashtirish va turli murakkab vaziyatlarda toʻgʻri qaror
qabul qilishga oʻrgatish; bolada faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish;
-dunyo dinlarining koʻp asrlar davomida avloddan avlodga oʻtib kelayotgan
ma’naviy qadriyat ekanini tushuntirish bilan bir qatorda, hech bir dunyo dinida
zoʻravonlik, terrorizm va ekstremizm gʻoyalari targʻib etilmasligini tushuntirish;
-shaxs faoliyatida ijtimoiy-ma’rifiy institutlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
ma’naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor yoki tarbiyasida boʻshliqlar mavjud
boʻlgan yoki notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka moyil boʻlgan yoki
profilaktik roʻyxatda turadigan yoshlar bilan individual tarzda ishlash kabi
vazifalarimizda munosib koʻmakchi qoʻllanma ekanligi quvonarli holdir.

Atoqli fransuz adibi Viktor Hyugoning: "Maktab ochish turmani yopishdir"

degan hikmatli iborasida purma’no soʻz borligi barchamizga ma’lum. Ya’ni
maktab ochilgan joyda ta’lim boʻladi. Tarbiya bor joyda ma’naviyati yuksak
oʻquvchilar boʻladi. Demak oʻz-oʻzidan qamoqxonalarga extiyoj qolmaydi. Ta’lim
va tarbiya -birining oʻrnini biri toʻldiruvchi tushunchalardir.

Boshlangʻich sinflarda tarbiya darsi orqali vatanga sadoqat hissini,

irodalilik, mafkuraviy immunitet, shuningdek ularning shaxsiy, hissiy, nutqiy,
jismoniy,

ijodiy

qobiliyatlarini

rivojlanishi

hamda

mehr-oqibatlilik,

mas’uliyatlilik, bagʻrikenglik, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik kabi muhim
fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish va oshirish shu
bilan birga ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda oʻz xalqining milliy, tarixiy,
madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona
munosabatni kamol topishida ota-ona, tarbiyachi, oʻqituvchi muhum ahamiyat


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

23

kasb etadi. Yoshlikda olingan bilim, toshga oʻyilgan naqsh kabidir. Inson
hayotining aynan yoshlik, bolalik davrida oʻrganilgan har qanday bilim,
koʻnikmalar u ulgʻaygach erishgan barcha yutuqlarining kaliti boʻlib xizmat
qiladi. Bolalik - kishi umrining koʻklam davri, unda hayotning boʻlgʻusi yillari
uchun urugʻ ekiladi. Ulugʻ allomalarimiz tarbiyaga e’tibor qaratgani, "Tarbiya biz
uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat
masalasidir" degan Abdulla Avloniy. Ta'lim-tarbiya taraqqiyoti mamlakat
ravnaqi va taqdiriga daxldor masaladir. Yurtning jadal rivojlanishi, xalqining
farovon yashashi davlatdagi yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, ularga yaratilayotgan
sharoitlarga chambarchas bogʻliqdir.

Tarbiya fani oʻquvchilarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish,

ularning har tomonlama ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, samarali hamkorlik
qilish, vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy, ma’naviy va umuminsoniy
qadriyatlarni hurmat qilish, oʻzlarining intellektual va ijodiy salohiyatini
roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.

Shu bilan bir qatorda, oʻquvchilarga sifatli bilim berish, ularni toʻgʻri

tarbiya yoʻliga yoʻnaltirish, zarur bilim va hayotiy koʻnikmalarga ega
boʻlishlariga, mustaqil hayotga moslashishlariga koʻmak koʻrsatish, turli
vaziyatlarda huquqiy, ma’naviy mezonlarga asoslangan holda qaror qabul qilish
koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan estetik jihatdan zamonaviy
bezatilgan, qiziqarli va psixologik-pedagogik materiallarga boy.

Oʻquv-metodik majmua ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy

prinsiplari asosida yaratilganligi; oʻquvchilarning aqliy va jismoniy
imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari,
layoqatlari hisobga olinganligi; oʻquvchilarda vatanparvarlik va milliy iftixor
tuyg'usini shakllantirishga qaratilganligi; umumiy oʻrta ta’limining zarur hajmi
berilganligi, oʻquvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va
amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilganligi; mavzularning
mazmunan izchilligi, ilgʻor pedagogik texnologiyalar, media-mahsulotlardan
unumli foydalanilganligini e’tirofga sazovordir.

Rasmlar koʻrinishidagi illyustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar,

jadvallar,

diagrammalar,

fotosuratlar,

infografikalardan

iborat

mediamahsulotlar bilan bezatilganligi, oʻquvchilar psixo-fiziologik rivojlanish
darajasiga mos yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, ta’riflar va shu kabi lugʻat
koʻrinishida ifodalanganligi fanning ta'sir doirasini yanada kengaytirib beradi.

Fan-texnikaning soʻnggi yutuqlarini oʻzida aks ettirilganligi, oʻquv fani

mavzularining mazmunan yaxlitligi ta’minlanganligi, oʻquv fani mavzulari adabiy


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

24

til qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda oddiy, sodda, tushunarli va ravon tilda
bayon qilinganligi, mantiqiy ketma-ketlik va izchillikka amal qilingan holda
mazmunan yoritilganligi fanning oʻzlashtirilishini yanada mustahkamlaydi.

Oʻzbek xalqining mentalitetiga zid boʻlmagan tegishli illyustratsiyalar bilan

boyitilganligi, savol va topshiriqlarning aniq ifodalanganligi, oʻquvchilarni
fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni
bajarishga, tajribalar oʻtkazishga oʻrgatishda pedagogik texnologiyalardan
foydalanish nazarda tutilganligi oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashga yanada koʻmaklashadi. Bir tushunchaning ikki xil atama bilan
ifodalanishiga, sanalarni keltirishda noaniqlikka yoʻl qoʻyilmaganligi,
oʻquvchilarni muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga yoʻnaltirishga oid matn va rasmlar,
izohli lugʻat, hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak.
Shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Boshlangʻich sinf
tarbiya darslarida pedagogik texnologiyalarni qoʻllash uchun dars turi, maqsadi,
mavzusiga toʻxtalishimiz tabiiy. Eng avvalo, mana shu darsning texnologik
xaritasini tuzib olishimiz darkor. Chunki darsning texnologik xotirasi har bir
mavzu, har bir dars uchun oʻqitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan,
oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Xulosa qilib atganda, darsning texnologik xaritasini qay koʻrinishda tuzish, bu
oʻqituvchining tajribasi, qoʻygan maqsadi, ijodkorligi va ixtiyoriga bogʻliq.
Texnologik xarita qanday tuzilgan boʻlamasin, unda dars jarayoni yaxlit holda
aks etgan boʻlishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija
boʻlishi lozim. Darsni tashkil etishning texnologiyasi toʻliq oʻz ifodasini topgan
boʻlishi lozim. Texnologik xaritaning tuzilishi oʻqituvchini darsning
kengaytirilgan ishlanmasini tuzishdan, yozishdan xalos etadi, chunki bunday
xaritada dars jarayonining hamda oʻquvchi va oʻqituvchi faoliyatining barcha
qirralari oʻz aksini topadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». - T.: O'zbekiston,
1997-yil.
2. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T. 2006 y.
3. Ro'ziyeva D va b. 3-sinf tarbiya fani darsligi. T. «SANO-STANDART». 2020 y.
4. Shermuxamedova S va b. 4-sinf tarbiya fani darsligi. T. «O'zbekiston» 2020 y.
5. Abdullaeva B. S. et al. The specifics of modern legal education and upbringing
of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world //Journal of Advanced
Research in Dynamical and Control Systems. - 2020. - T. 12. - №. 2. -C.2706-
2714.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

25

6. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European
Scientific Journal. - 2019. - №. 1.SCIENCE AND INNOVATIONINTERNATIONAL
SCIENTIFIC JOURNAL

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». - T.: O'zbekiston, 1997-yil.

Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. T. 2006 y.

Ro'ziyeva D va b. 3-sinf tarbiya fani darsligi. T. «SANO-STANDART». 2020 y.

Shermuxamedova S va b. 4-sinf tarbiya fani darsligi. T. «O'zbekiston» 2020 y.

Abdullaeva B. S. et al. The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world //Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. - 2020. - T. 12. - №. 2. -C.2706-2714.

Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.SCIENCE AND INNOVATIONINTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL