Авторы

  • Gozzal Jumanova
    О‘zbekistоn dаvlаt sаn’аt vа mаdаniyаt instituti Nukus filiаli tаlаbаsi
  • Sarbinaz Kaipbergenova
    О‘zbekistоn dаvlаt sаn’аt vа mаdаniyаt instituti Nukus filiаli o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61532

Ключевые слова:

ertak janr lirik qahromon

Аннотация

Maqolada folklor,  folklor  janrlari,  folklorning  ertak  janri haqida soz  boradi. Folklorning ertak janri haqida ilmiy tadqiqot ishlar olib borgan olimlarning fikirlari taxlil qilinadi va munasabat bildiriladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

207

XALQ OG`ZAKI IJODINING KICHIK JANRI ERTAK

Jumanova Gozzal Joldasbaevna

О‘zbekistоn dаvlаt sаn’аt vа mаdаniyаt instituti Nukus filiаli tаlаbаsi

Kaipbergenova Sarbinaz

О‘zbekistоn dаvlаt sаn’аt vа mаdаniyаt instituti Nukus filiаli o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14506777

Tayanch so’zlar:

ertak, janr, lirik qahromon

Key words:

fairy tale, genre, lyrical hero

Annotaciya:

Maqolada folklor, folklor janrlari, folklorning ertak janri

haqida so

z boradi. Folklorning ertak janri haqida ilmiy tadqiqot ishlar olib

borgan olimlarning fikirlari taxlil qilinadi va munasabat bildiriladi.

Og'zaki xalq og'zaki ijodi (folklor) adabiyotdan oldingi davrda mavjud

bo'lgan. Xalq og'zaki ijodi (topishmoqlar, til topishmoqlar, ertaklar va boshqalar)
og'zaki ravishda uzatilgan. Ular quloqqa yod olishdi. Bu bir xil folklor asarining
turli xil variantlari paydo bo'lishiga yordam berdi.Og'zaki xalq amaliy san'ati
qadimgi odamlarning hayoti, e'tiqodlarining ko'zgusidir. Xalq amaliy sanʼati
asarlari insonga tugʻilgandanoq hamroh boʻladi. Ular bolaning shakllanishi va
rivojlanishiga hissa qo'shadilar.
Ertakda sujet ekspozitsiyadan boshlanadi. Ekspozitsiya esa bevosita asarning
tuguni bilan aloqador; sujet chizig'ini tashkil etuvchi hodisalar harakati, konflikt
va voqealar rivoji ekspozitsiyadan boshlanadi: «U podshoning yolg'iz bir o'g'li
bor ekan, — yillar o'tib, podshoning o'g'li ulg'ayibdi. Bir kuni u tushida bir qizni
ko'rib, oshiq bo'lib qolibdi». Ayonlashayotirki, podshoning yolg'iz o'g'li borligi
aytilishi sujetga harakat baxsh etsa, tushida qizni ko'rishi-tugunni hosil qilgan.
Ayni choqda sujet rivojiga — epik sarguzashtga asos bo'luvchi konfliktga
ishoraga aylangan. Ekspozitsiya, asosan, ertak bosh qahramonlarini aniqlaydi,
yo'l-yo'lakay ularning axloq-odobi, qiyofasi, xarakter-xususiyati haqida
ma'lumot beradi, o'zaro munosabatlarini oydinlashtiradi. Bu tipdagi tugun
ertakda xayoliy fon yaratadi. Sehrli-fantastik ertaklardagi tugun mazmun-
mohiyatiga ko'ra ikki yo'nalishga ega: Birinchisi — oilaviy shart sharoit bilan
bog'liq holda yuzaga keladi. Bunda o'gaylik motivi hal qiluvchi rol o'ynaydi:
«Oltin beshik», «Yoriltosh», «Zumrad bilan Qimmat» ertaklari tuguni shunday
xarakterga ega. Chunonchi, «Zumrad bilan Qimmat» ertagi tuguniga e'tibor
qilaylik: «Bir kuni kampir Zumradni yomonlab cholga do'q uribdi. Qizing
beodob, ishyoqmas, uni haydab yubor, bo'lmasa, sen bilan bir nafas ham birga
turmayman».

[1]

Ko'rinayotirki,

tugunlarning

mazmuniy

yo'nalishi

ekspozitsiyadayoq ma'lum bo'ladi. Ertak tuguni voqealar rivojini yuzaga
keltiradi, natijada sujetning shakllanish jarayoni sodir bo'ladi. Ertaklarning


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

208

sujeti, odatda, ikki asosiy qismdan tashkil topadi: birinchisi — bayon qismi,
ikkinchisi — sarguzasht qismi. Birinchisida sujet voqealarining rivojini
ta'minlovchi asosiy ziddiyatlar aytilsa, ikkinchisida shu ziddiyatlar bevosita
ochib beriladi. Ertaklarning oxirida tugallama keladi, ular ertakning yakuniy
qismini ta'riflaydi va hamisha optimistik ruhdagi intiho sifatida xalqning
yengilmas ruhi va qudratini namoyish etadi. Qadimgi zamonlardan og`izdan-
og`izga o`tib kelayotgan ertaklar zamonning o`zgarishi natijasida ro`y bergan
yangiliklarni ham o`ziga singdirib boradi. Xalq og`zaki ijodini o`rganuvchi
olimlarning ta`kidlashlaricha, dunyodagi hamma xalqlarda keng tarqalgan janr
ertakdir. Sehrli ertaklarning yaratilishida umumiy o`xshashlik yana ham
kuchliroq seziladi. Ertaklarning bu turi qadimdan yaratilganligidan, turli xalqlar
maishiy hayotida o`xshashliklarning ko`pligidan darak beradi. [2] Ammo bu
degan so`z ertaklarda milliylik aks etmaydi, degan xulosaga olib kelmaydi.
Chunki ertaklar mavzuidagi qahramonlar ismlarida, muammolarida, maishiy
masalalarning ifodasida, tabiat tasvirida, voqealar bayonida, kasb – hunarlar
ta`rifida milliy til, milliy ruh alohida aks etadi. Xalq ertaklarining ommaviyligi va
avlodtan avlodga merosligi ham asosan ularning ana shu xususiyatlari bilan
izohlash mumkin. Ertaklar hamisha professional ijrochilikka asoslangan.
O'tmishda ertaklar yilning ma'lum davrida, belgilangan paytda ijrochilik
salohiyatiga ega bo'lgan yoshi ulug', hurmatli va e'tiborli kishilar tomonidan
aytilgan. Ertak aytuvchilarni qadimda «ertakchi» deb atashgan. Odatda, bunday
professional ijrochilar ertakchi deb yuritiladi. Xalq ertak aytmoqqa jiddiy
qaragan. Epik turning ertak janriga oid folklor asarlari muayyan epik xotira, epik
bilim va ijrochilik salohiyatiga, ya'ni maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan
professional ijrochi tomonidan aytiladi. Folklorshunos M.Jo‘raev afsona, rivoyat
va og‘zaki hikoya janrlariga oid matnlarni aytuvchi kishilarning folklor asarlarini
ommalashtiruvchi professional ijrochilikka daxli yo‘qligini qayd qilar ekan,
quyidagi muhim xulosani bayon qiladi: «Ertak, latifa yoki naql ijrochisi o‘rni
kelganda afsona yoki rivoyatlarni ham hikoya qilaveradi. Lekin, har qanday
odam xalq ertaklarini professonal ertakchi darajasida maromiga yetkazib
aytolmaydi» [3] Shu haqdagi nuqtayi nazarini «Ertak ermak emas, ertakchi
og'ziga kelganini demas» maqolida ifodalagan. Ertak ertakchi tomonidan yo bir
kishiga, yo butun bir jamoaga qarata aytiladi. Bunda aytish mohiyatan ijroga
teng. Ertak, umuman folklor namunalarini aytish jarayonlari ham juda qiziq va
o’ziga xos. Xulosa o`rnida aytishimiz kerak, bir guruh folklorshunos olimlarning
fikriga tayanadigan bo’lsak, H. Zarifov, M. Afzalov, B. Karimovlar, og`zaki ijod
asarlarini ijro etishda ijrochilar qat`iy odatlarga amal qilganlarliklarini aytib


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

209

otganlar. Ularning e’tirof etishicha, ertak so’zlab beruvchilar tinglovchilari
yig`ilganidan so`ng o`z oldiga suv, kul, tuproq, isiriq, supurgi, taroq, cho`p va
boshqalarni ma`lum tartibda qo`yib ertak aytishni boshlaganlar. Aytaylik,
ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonmoq uchun ertak mazmuniga mos ruhiy
holatlarga kiradi, ertak sirli olamini ta'minlash uchun ovoz jilosiga, yuz va gavda
harakatlariga (mimika va pantomimikaga) alohida e'tibor beradi, ertakni baqirib
chaqirib aytmaydi, balki goh shivirlab, goh ovozini ko'tarib, ko'zlarini har xil
holatga solib, yumshoqlik bilan samimiy hikoya qiladi. Hayvonlarga xos
ovozlarni taqlid qilsa, mifologik obrazlar ovozi vahmkor ohangda bo'lishini
ta'minlaydi. Shu taxlitda butun bir ertakni bir o'zi ijro etadi, asardagi ruhiy
olamni o'z kechinmalari bilan to'ldiradi va hayajonbaxshligini ta'minlaydi. Shu
ijro xususiyatiga ko'ra ertak ijrochiligi xalq yakka aktyor teatrini eslatsa-da,
aslida har qanday dekoratsiyalardan va boshqa sahnaviy atributlardan xoliligi
bilan undan farq qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Afzalov M.O‘zbek xalq ertaklari haqida. –T.: Fan, 1964
2. Sarimsoqov B. O‘zbek folklorining janrlar sostavi // O‘zbek folklori ocherklari.
1-tom. - Toshkent.: Fan, 1988.-B.63-84.
3.Jo‘raev M. O‘zbek xalq nasri janrlarini tasnif qilish mezonlari // O‘zbek tili va
adabiyoti, 1996, №5. -B.32.

Библиографические ссылки

Afzalov M.O‘zbek xalq ertaklari haqida. –T.: Fan, 1964

Sarimsoqov B. O‘zbek folklorining janrlar sostavi // O‘zbek folklori ocherklari. 1-tom. - Toshkent.: Fan, 1988.-B.63-84.

Jo‘raev M. O‘zbek xalq nasri janrlarini tasnif qilish mezonlari // O‘zbek tili va adabiyoti, 1996, №5. -B.32.