Авторы

  • Mushtariybonu Qayumova
    Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 203 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61542

Ключевые слова:

anor jo'xori Turobjon Turobjonning ayoli hikoya voqealar rivoji.

Аннотация

Abdulla Qahhor serqirra ijodkor. Ushbu maqola orqali yozuvchi Abdulla Qahhorning “Anor” nomli hikoyasi voqeliklari, unda yashirin haqiqatlar, ushbu asar mutolaasidan kelib chiqadigan xulosalarni batafsil bayon etishni maqsad qilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

161

ABDULLA QAHHORNING “ANOR” HIKOYASIDA KAMBAG'AL OILA

TIMSOLI

Qayumova Mushtariybonu Fazliddin qizi

Andijon davlat chet tillari instituti

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti

203 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14499070

Annotatsiya:

Abdulla Qahhor serqirra ijodkor. Ushbu maqola orqali

yozuvchi Abdulla Qahhorning “Anor” nomli hikoyasi voqeliklari, unda yashirin
haqiqatlar, ushbu asar mutolaasidan kelib chiqadigan xulosalarni batafsil bayon
etishni maqsad qilgan.

Kalit so'zlar:

anor, jo'xori, Turobjon, Turobjonning ayoli, hikoya, voqealar

rivoji.

Аннотация:

Абдулла Каххор – блестящий художник. Посредством

этой статьи писатель стремится подробно описать факты рассказа
Абдуллы Каххора «Гранат», скрытые в нем истины, а также выводы,
вытекающие из прочтения данного произведения.

Ключевые слова

: гранат, кукуруза, Туробжон, жена Туробжона,

рассказ, развитие событий.

Annotation:

Abdulla Qahhor was a multifaceted writer. This article aims

to provide a detailed analysis of the events in Abdulla Qahhor's short story

"Pomegranate"

, uncovering hidden truths and drawing conclusions from the

reading of this work.

Key words:

pomegranate, corn, Turobjon, Turobjon’s wife, short story, plot

development

Har bir yozuvchi ijod olamiga qadam bosar ekan, uning xayollarini, avvalo,

bir o'y band qilishi turgan gap, u ham bo'lsa, asarlarim kitobxonlarning qalbidan
joy egallay olarmikin, ularning hissiyotlarini qo'zg'ab, dardlariga hamohang
bo'la olarmikan degan fikru-xayollar egallaydi. O'zbek adabiyotida shunday
qalami o'tkir yozuvchi borki, uning bunday fikrlarni xayol qilishga vaqti ham
zarurati ham bo'lmagan. " Nega" deysizmi? Chunki bu ijodkor xoh qisqa bo'lsin
xoh uzun, uning qalami bilan qanday asar dunyoga kelishidan qat'iy nazar,
ixlosmandlar qalbidan chuqur joy egallab, ularni o'zining asarlar dunyosiga
cho'ktirib yuborgan. Bu yozuvchi shak-shubhasiz Abdulla Qahhor.

Abdulla Qahhor turli janrlarda faol ijod qilganiga qaramay, ayniqsa, uning

hikoyalari, ba'zan avtobiografik, ba'zan to'qima obrazlardan tashkil topib,
bugungi kunga qadar o'z o'rnini yo'qotmay kelyapti. To'g'ri zamon boshqadir,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

162

ammo insoniyatni qiynayotgan muammolar hamon o'sha o'sha. Abdulla
Qahhorning “Anor” hikoyasini sevib, shunday yo'qchiliksiz to'qchilik zamonida
yashayotganidan shukrona aylab mutolaa qilgan va qilayotgan kitobxonlar
talaygina. Boisi, ushbu bir necha varog'lik hikoyani o'qir ekansiz, u sizni o'sha
davr sodda insonlari, qiyinchilik davrlari, yashash muhitiga darhol eltadi. Buning
sababi shundaki, Qahhor o'z asarlarida har bir elementga alohida e'tibot berib,
uni asar voqeliklariga mutanosib tarzda tasvirlaydi. Har bir detal asarga
o'zgacha ohang bag'ishlaydi. “Anor” hikoyasi ham bundan mistasno emas,
albatta. Ushbu asarni yaratish jarayonida ijodkor ham qalam tutgan qo'li, ham
qalbi titrab, larzaga kelgani aniq. Bunga sabab, ijodkorni " bu satrlar bilan
boshqa bir insonlarni dardlarini yangilab qo'ymasmikinman" degan xavotir
chulg'ab olgan. Ayniqsa, asarning boshidanoq kitobxonni turli savollar qiynay
boshlaydi.

"Uylar to'la non, och-nahorim bolam,
Ariqlar to'la suv, tashnayi zorim bolam"

Ana shu misralarga ko'zi tushgan har bir insonda savol paydo bo'lishi

turgan gap. Nega endi, uy to'la non-u bola och, nega ariqlar suvga limmo-lim
bo'lsayu, bola tashnalikdan qiynalsa. Ushbu jumalalarni o'zidayoq Qahhor
ko'plab masalalarni qistirib o'tadi. Balki, yozuvchi yashagan davrda
qimmatchilik, qahatchilik hukm surgani ta'kidlanmoqdadir. Yo bo'lmasa, asar
qahramoni Turobjon, hali tug'ilmagan bolasiga qarata aytayotgandir bu achchiq
nolani. Chunki Turobjonning ayoli non emas, suv emas, yalinib olingan asal ham
emas, aynan juda qimmat turadigan anor xohlayotgani uchun zorlanayotgandir.
Ushbu holat o'sha davrdagi bir kambag'al oilaning holatini ayanchli tarzda
tasvirlaydi. Sababi, bola hali tug'ilmasdan och. Turobjon ham yirtilgan ko'ylagiyu
to'kilgan jo'xoridan qattiq alamda. Sababi o'sha kelida tuyulgan ozgina jo'xori
bilan oilaning bir kuni o'tardida. Bu yerda "kambag'al" deyilganda nafaqat oddiy
oilaning yeyishga noni yo'qligi kiyishga kiyim muammoligi aytilgan, balki
"kambag'al" jumlasi butun jamiyat ongining o'z haq-huquqlarini tanimay,
ilmsizlikka duchor bo'layotganini ham yaqqol namoyon etgan. O'sha davrlarda
xasis bo'ylar ko'payib, arzimagan chaqaga oddiy aholini tinimsiz ishlatib, salkam
qulga aylantirgan.
Xulosa qiladigan bo'lsak, Abdulla Qahhor ushbu asari orqali nafaqat o'sha davr
insonlarini yer tishlatgan qiyinchiliklarga bardosh bergan insonlar qismatini,
balki bugungi kundagi to'kinchlik muhitiga shukronalik hissini tuyish lozimligini
keltirib o'tgan. Asar oxirida guvohi bo'linadiki, xotining achchiq gaplariga,
zamon zahriga chidolmay, qahramonimiz Turobjon bir xalta anor ko'tarib keladi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

163

Bu oilaning sotib pullagidek moli, anor bog'i bo'lmasa, o'sha anorlarni qayerdan
olganikin. O'g'irlik qilganmikin, shunday bo'lishi tayin, xotini qayerdan olganini
so'raganida Turobjon "tilini yutib yuboradi". Ushbu jumladan vaziyat yaqqon
namoyon.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdulla Qahhor. Asarlar.Besh jildlik. Birinchi jild. “Gʻafur Gʻulom nomidagi
Adabiyot va sa'nat nashriyoti” Toshkent, 1987
2. Marxabo Qoʻchqorova, Abdulla Qahhor - istiqlol adabiyotshunosligi koʻzgusida
(monografiya) Toshkent: Akademnashr, 2018
3. Marxabo Qoʻshqorova " Badiiy soʻz va ruhiyat manzaralari".
"Muharrir "nashriyoti. Toshkent 2011.Ozod Sharafiddinov asarlarida Abdulla
Qahhor shaxsiyati 99-bet
4. Marxabo Qoʻchqorova " Oʻtmishdan ertaklar tadqiqi" Yangi asr avlodi
Toshkent 2016.

Библиографические ссылки

Abdulla Qahhor. Asarlar.Besh jildlik. Birinchi jild. “Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sa'nat nashriyoti” Toshkent, 1987

Marxabo Qoʻchqorova, Abdulla Qahhor - istiqlol adabiyotshunosligi koʻzgusida (monografiya) Toshkent: Akademnashr, 2018

Marxabo Qoʻshqorova " Badiiy soʻz va ruhiyat manzaralari".

"Muharrir "nashriyoti. Toshkent 2011.Ozod Sharafiddinov asarlarida Abdulla Qahhor shaxsiyati 99-bet

Marxabo Qoʻchqorova " Oʻtmishdan ertaklar tadqiqi" Yangi asr avlodi Toshkent 2016.