ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
113
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASH
ELEMENTLARI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILI FANINING
AHAMIYATI
Shodmonqulova Sevara Rahmonqul qizi
Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti o‘qituvchisi
Muzaffarova Marjona Murodjonovna
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14472065
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim
tarbiya berishda va ularning dunyoqarashini shakllantirishda ona tili fanining
ahamiyati yoritilgan. Bu fanni chuqur o‘zlashtirish atrof-muhit haqidagi
bilimlarni kengaytiradi oʻz ona tilisiga boʻlgan hurmatni tarbiyalaydi.
Kalit so‘zlar.
Ona tili, ta’lim tarbiya, so‘z turkumlari, o’quvchilar, ilmiy
dunyoqarash, jarayon, pedagog, til va tafakkur.
Аннотация.
В данной статье осознается значение науки языка Шэ в
воспитании младших школьников и формировании их мировоззрения.
Глубокое освоение этого предмета расширяет знания об окружающем и
воспитывает уважение к родному языку.
Ключевые слова.
Это язык, образование, словарный запас,
студенты, научное мировоззрение, процесс, учитель, язык и мышление.
Annotation.
This article discusses the importance of the subject of the
language in the education of primary school students and the formation of their
worldview. Deep mastery of this subject expands knowledge about the
environment and cultivates respect for one's native language.
Keywords.
The language, education, word groups, students, scientific
worldview, process, teacher, language and thought.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga ona tili fanidan asosan ot, sifat, son, feʼl
soʻz turkumlari koʻrib oʻtiladi. Bunda boshlang‘ich sinf oʻquvchilari bunday soʻz
turkumlarini oʻrganish davomida juda koʻp bilimlarga ega boʻlishadilar. Bolalar
soʻz turkumlari haqida yetarlicha bilimga ega boʻlishgandan keyin soʻz
turkumlaridan qatnashtirib gaplar tuzushadilar va gaplardan matnlar
tuzadilar.Ona tilini oʻrganish jarayonida bolalar gapirib oʻtirgan soʻzini ham
qanday tovush va harflardan tashkil topganligini biladilar. Hozirgi kunda bilimli,
intellektual,barkamol mustaqil fikrga, oʻz dunyoqarashiga ega yoshlarni
tarbiyalash har bir pedagogning zimmasiga yuklatilmoqda desak adashmagan
boʻlamiz.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
114
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek
,,Farzandlarimizning qobilyatlarini roʻyobga chiqarishga bolalikdan e’tibor berib
ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak yurtimizdan
yana koʻplab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar yetishib chiqadi men bunga
ishonaman [1] deb aytib oʻtadilar. Mana shunday yurtboshimiz aytib
oʻtganlaridek bunday ilmli buyuk insonlar boʻlishi uchun poydevori mustahkam
qoʻyish kerak boʻladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini uyga qiyoslasak boʻladi.
Oʻquvchilarga ham poydevor boshlangʻich sinfdan boshlanadi. Uy qurilganda
avval poydevorni mustahkam qilinadi. Poydevori mustahkam har qanday narsa
ham yuksalishda davom etadi. Boshlangʻichdan mustahkam boʻlmadimi bir kun
emas bir kun bunday uy qulaydi albatta. Hozirgi kunda boshlangʻich sinf
oʻqituvchilariga bilim olishiga va ushbu yuksak maqsadlarga erishish uchun
barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bunday imkoniyatlardan albatta, har bir
inson unumli foydalanishlari kerak. Oʻquvchilarda oʻqituvchi ona tili fanidan
bilim berishi bilan amaliyotda qoʻllay olishi yanada ongli va teran fikrlashga
yordam beradi. Oʻquvchilar bir biri bilan suhbatlashish orqali dunyoqarashlari
ham kengayib boradi. Ona tilida soʻzlar, soʻzlardan gaplar bogʻlab matn
yaratadilar. Bunday hollarda oʻquvchida oʻz fikr doirasi kengayadi. Dunyoqarash
- olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilishga aytiladi. Ona tilini oʻrganish
jarayonida oʻquvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalarini hal
qilishda ona tili oʻrganishga asos boʻladigan materiallar alohida ahamiyatga ega.
Ona tilimizga jamiyatimizning rivojlanishi bilan bogʻliq holda rivojlanadigan
ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni tez
rivojlangan boʻlgani uchun,til leksikasini boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini
misolida keltirsak boʻladi.Boshlangʻich sinf oʻquvchilari ham tez rivojlanuvchi
boʻladi. Oʻquvchilarda ilmiy dunyoqarashni elementlari shakllantirishdir. Til
bilan tafakkur uzviy bogʻliq hisoblanadi.Tafakkur soʻz vositasida yuzaga keladi.
Til esa tafakkur mahsuli hisoblanadi. Maktabda oʻquvchilar tilning barcha
tomonlarini (talaffuzi,fonetikasi,leksikasi, grammatikasi, soʻz yasalishi) ni
bogʻliq holda oʻrganish ona tilini oʻrgatishdagi yetakchi tamoyil boʻlib xizmat
qiladi.Bunday tamoyillarini oʻrganishda oʻquvchilarning tilini murakkab,
rivojlanuvchan hisoblanadi.Maktabda oʻquvchilarga ilmiy dunyoqarash
asoslarini shakllantirishda masalasini hal qilishda ona tilini oʻrgatishga asos
boʻladigan materiallar qimmatga ega. Oʻquvchilarga tilni oʻrgatishda hayotiy
materiallardan foydalanish katta ahamiyatga ega.Oʻquvchilarda nazariy
bilimlarni xarakterlarni umumlashtirib materiallar yigʻib ularga amaliyotda shu
olgan bilimlarini qoʻllay olishlariga oʻrgatish kerak.Tilga oid bilimga ega boʻlgan
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
oʻquvchida nutq faoliyatining sifati oʻzgaradi. Oʻquvchilarda ogʻzaki va yozma
koʻnikmalarini bir paytning oʻzi shakllantirib borish kerak. Ona tilida mustaqil
soʻz turkumlaridan biri ot soʻz turkumi bolajonlar uchun juda kerakli boʻlgan
soʻz turkum hisoblanadi.ot soʻz turkumi kim? nima? qayer? soʻroqlari javob
boʻladi.Ular oila aʼzolari ot soʻz turkumiga kirishini ishlatayotgan oʻquv
qurollarining va qayerda yashashini bilish uchun bu soʻz turkumi aks qotib
qoladi. Ota, ona, bobo, buvisi kim? soʻrogʻiga javob boʻlishini bilib oladilar.
Maktabdagi ishlatayotgan oʻquv qurollaridan daftar, ruchka, qalamlar nima?
soʻrogʻiga javob boʻladi deb oʻrganib boradilar. Qayer? soʻrogʻiga keladigan
boʻlsak bunda qaysi viloyat qaysi tumanda va qanday qishloqda yashashi shu
turkumga kirishini shu yoshlikdan oʻrgatib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi
(1989-yil 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida,
mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida
muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida
mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda
davlat tili — oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga
ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni
hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni
bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq
masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq
Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni
mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan davlat tili haqidagi
qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni
taqozo etdi. [2]
Sifat soʻz turkumi boʻlsa qanday? qanaqa? soʻroqlari ha javob boʻladi.Bu soʻz
turkumini boshlangʻich sinf oʻquvchilari birinchi oʻrganganda osonlikcha
oʻrganish uchun qanday rangli kiyim kiygani haqida soʻroq berib
oʻrgatiladi.Qanaqa gul oldinggizlar deb soʻroq berib oʻrgatish kerak boʻladi. Son
predmetning miqdorini,sanogʻini tartibiga koʻra belgisini bildiradi.Sonlar otalar
bilan birgalikda qoʻllanib kelinadi.Sonlar ona tilida harflar bilan ifodalanib
keladi, rim sonlar esa raqamlar bilan qoʻllaniladi.Sonlarni oʻquvchilar sanash
davomida ham qanday son ekanligini bilib oladilar.Sonlarda odamlarga ta emas
nafar deb qoʻllnishini tushuntirib oʻtiladi.Sonlarda ta ni qoʻllash narsalarga
nisbatan ishlatiladi.Son soʻz turkumi hayotimiz davomida juda katta ahamiyatga
ega hisoblanadi.Masalan doʻkonga chiqqanimizda maktabda ham bu son soʻz
turkumidan juda koʻp foydalanamiz. Feʼlga soʻz turkumiga keladigan boʻlsak bu
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
harakatni bildiradi.Boshlangʻich sinf oʻquvchilari jismoniy tarbiya faniga juda
qiziqadilar.Bularga tushuntirishning asosiy yoʻli oʻsha hisoblanadi shu darsda
barcha qilgan harakatlarimiz shu feʼl soʻz turkumiga kiradi deb o’quvchilarga
tushuntiramiz masalan:yurgurdi, sakradi,va hokazolar.
,,Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun boshqa millat va elatlarining tillariga
nisbatan ham hurmat va eʼtiborda boʼlishga, bagʼrikenglik tamoyillariga daʼvat
etadi: “O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida
yashovchi millat va elatlarning oʼz ona tilini qoʼllashdan iborat konstitutsiyaviy
huquqlariga monelik qilmaydi” [3]
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, inson oʼz ona tiliga qanday
munosabatda boʼlsa, boshqa tillarga ham shunday munosabatda boʼlishga
chaqiradi. Millatning maʼnaviy boyligi tildir. U nafaqat muomala vositasi, balki
xalqning madaniyati , urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Аynan til tufayli
insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan
olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir
xalq oʼz tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Kalandarovna,Y.L (2022). Identification And Education Of Gifted Children.
Asia Pacific Journal Of Marketing & Management Review ISSN: 2319- 2836
Impact Factor: 7.603, 11(10), 42-47.
2. Abdumajidov F ., Davlat tili haqida (qonunga sharhlar), T., 1998.
3.” Davlat tili to‘g‘risidagi qonun”1989-yil 21-oktyabr.
4. Джамолдинова, О. (2015). Cовершенствование педагогических
механизмов реализации принципов преемственности и непрерывности в
развитии культуры здоровой жизни молодежи. Каталог авторефератов,
1(1), 1-84.
5. Shagazatova, B. X., Artikova, D. M., Ahmedova, F. S., Mitxaydarova, F. S., &
Ahmedova Sh, A. (2023). ENDOKRINOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO'YICHA
KLINIK REZIDENTLARNI O'QITISHDA «CASE»-USULI (Doctoral dissertation,
Ўзбекистон, Тошкент).
6. Jamoldinova, O. R. (2015). Improving the pedagogical mechanisms for the
implementation of the principles of continuity and continuity in the
development of a culture of healthy living among young people.
7. Ismailova, Z. K., Jamoldinova, O. R., Khimmataliev, D. O., Khakimov, J. O., &
Daminov, O. O. (2020). Use of the art of management in improving the teaching
skills and pedagogical techniques of the modern teacher. Solid State Technology,
258-267.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
117
8. Musurmanova, A., Jumaniyozova, M. T., Isaqulova, N. J., & Jumaev, A. (2018).
General Pedagogy.
9. Musurmonova O, Baubekova G. Uzbek folk pedagogy. Tashkent. 2000;320.
10. Аynisa, M. (2018). Improvement of the pedagogical mechanisms of the family
and educational institutions in the development of the spiritual culture of
adolescents of social and legal risk groups. Проблемы педагогики, (1 (33)), 5-7.