ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
37
FIZIK-KIMYOVIY USULDA AZNEK FOSFORITLARINI TAHLIL
QILISH
Kudiyarova A.A.
Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti
Raximova G.S.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Nurmurodov T.I.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Ilmiy ishlar va
innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Kimyoviy texnologiya kafedrasi professori
https://doi.org/10.5281/zenodo.14415699
Fosforitlarning tuzilishi va mineralogik tarkibi ularning reaksion
qobiliyatiga va o‘g‘itlardagi samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Turli xil
fosforli o‘g‘itlar turli xil elementlarga ega bo‘lib, bu agronomlarga ma’lum bir
tuproq va o‘simliklarning ehtiyojlariga qarab optimal yechimlarni tanlash
imkonini beradi [1].
Bizga ma’lumki, Aznek koni fosforitlarida fosfor miqdori yuqori bo‘lgan
noyob tabiiy mineraldir. Bu minerallar murakkab geokimyoviy jarayonlar
natijasida, ko‘pincha cho‘kindi sharoitlarda hosil bo‘lib, tuproq sifatini
yaxshilash va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishda muhim
ahamiyatga ega. Aznek fosforitlari organik material to‘planishi bilan bog‘liq
bo‘lgan o‘ziga xos geologik sharoitlarda hosil bo‘ladi. Bu jarayon fosforga boy
minerallar hosil bo‘lishiga olib keladi. aznek fosforitlarining tuzilishi odatda
donador bo‘lib, bu ularga o‘ziga xos tekstura beradi.
Kimyoviy tahillarni aniq bilish maqsadida namumalar energodispers
rentgenflyuoresentli spektrometr RIGAKU NEX DE da tekshiruv sinovlari
o‘tkazildi.
Aznek koni fosforit namunasi rentgen tahlillarini amalga oshirish uchun
tayyorlab olingan namunalar dastlabki tekshiruvlari amalga oshirildi. Ushbu
usul bilan ham element tarkib ham oksid tarkibi aniqlandi. Aznek konidan
olingan fosforit xomashyo namunalari granulometrik holatda tahlil qilinganda
o‘rtacha 25-26 %ni bergan.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
38
1-rasm. Aznek koni fosforitini energodispers rentgenflyuoresentli
spektrometr RIGAKU NEX DE da tahil natijalari
Yuqoridagi 1-rasmda ko‘rinadiki, kimyoviy tarkib orqali aniqlangan
miqdorlarga juda yaqin qiymatlar kelib chiqadi. Dastlabki fosforit
namunalaridagi kalsiy oksidi miqdori ham nisbatan bu usul bilan mos keladi.
Bundan tashqari Aznek koni fosforitlari tarkibida uchrashi mumkin bo‘lgan
minerallarni aniqlash maqsadida mineralokig tahlil ham o‘tkazildi (2-rasm).
Bunda dastlabki fosforit xomashyosi rentgen tuzilishli tekshiruvi amalga
oshirildi. Ushbu usul orqali P
2
O
5
ni o‘rab turgan minerallarni bilish mumkin.
2-rasm. Xomashyoni rentgen tuzilishi orqali mineralogik tarkibi
115
110
105
100
95
90
85
80
75
70
65
60
55
50
45
40
35
30
25
20
15
10
950
900
850
800
750
700
650
600
550
500
450
400
350
300
250
200
150
100
50
0
-50
-100
-150
-200
Calcite
14.63 %
Fluorapatite 75.16 %
Gypsum
10.21 %
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
39
Ushbu natijalar shuni ko‘rsatdiki, aniqlanayotgan namuna asosan kalsit –
14,63 %, ftorapatit 75,16 % va gips qatlam – 10,21 %ni tashkil etadi.
Fosforit xomashyosi energodisper rentgenflyuoresent (element tarkib)
hamda rentgen tuzilishli (mineralogik tarkib)lar aniqlandi. Bunda P
2
O
5
ning
miqdori 29% chiqqan bo‘lsa, mineralogik holata asosan kalsit, ftorapatit va gips
minerallari borligi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
N.I. Khurramov, T.I. Nurmurodov, A.U. Erkaev, Obogashchenie Rud
2024(2), 40-44
2.
Zschornack G. Handbook of X-ray data. – Berlin, Heidelberg: Springer-
Verlag, 2007. – 969 p.