Авторы

  • Farangiza Norbekova
    ToshDO’TAU tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.61570

Аннотация

Hozirgi kunda kinoda ko'plab janrlar mavjud, shu jumladan hujjatli filmlar va badiiy filmlar. Janrlarning aniq atamalarga ega ekanligiga qaramay, zamonaviy kinomatagrafiya sohasida turlicha yo’nalishlar va ular ham bir necha guruhlarga bo’lingani bois, filmning janrini aniqlash biroz mushkul bo’lib bormoqda. Buning sababi shundaki, janr shakllanishi abadiy jarayon emas. Hozirgi kunda ekranlarda ko’proq gibrid shakldagi filmlar namoyishi ko’paygan. Ya’ni bu janrda hujjatli film elementlari bor, yo bo’lmasa hujjatli hamda badiiy film elementlar uyg’unlashgan holatda tasvirga olingan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

12

ILMIY-OMMABOP MATNLAR LEKSIKASI VA TARJIMA

MASALALARI

Norbekova Farangiza Shuhrat qizi

ToshDO’TAU tayanch doktoranti

farangiza_norbekova@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14414024

Hozirgi kunda kinoda ko'plab janrlar mavjud, shu jumladan hujjatli filmlar

va badiiy filmlar. Janrlarning aniq atamalarga ega ekanligiga qaramay,
zamonaviy kinomatagrafiya sohasida turlicha yo’nalishlar va ular ham bir necha
guruhlarga bo’lingani bois, filmning janrini aniqlash biroz mushkul bo’lib
bormoqda. Buning sababi shundaki, janr shakllanishi abadiy jarayon emas.
Hozirgi kunda ekranlarda ko’proq gibrid shakldagi filmlar namoyishi ko’paygan.
Ya’ni bu janrda hujjatli film elementlari bor, yo bo’lmasa hujjatli hamda badiiy
film elementlar uyg’unlashgan holatda tasvirga olingan.

Ilmiy-ommabop uslubni belgilovchi asosiy belgi ilmiy matndagi ayrim

xususiyatlarning ekspressiv shakl bilan uyg‘unlashuvidir. Bunday yondashuv
o‘quvchini o‘ziga jalb qilish va matnni yanada qiziqarli va tushunarli qilishga
qaratilgan. Aynan ilmiy-ommabop matnlar xususida so‘z yuritganda,
tilshunoslar ko‘proq norasmiy va so‘zlashuv uslublariga moyillikni
ta’kidlaydilar. Bundan tashqari, matnlarda vizual vositalardan tez-tez
foydalanish kuzatiladi. Suratlar, chizmalar, sxemalar va grafiklar ilmiy-ommabop
ko’rsatuvlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Amerika ilmiy, ilmiy-ommabop va
ilmiy-professional teleko’rsatuvlar va filmlarda tasvirlar va izohlar biror
voqelikni kengroq va batafsilroq yoritib berish ancha ko’p uchraydi.
V.F. Kryukova ilmiy-ommabop maqolaning uchta asosiy tarkibiy qismini ajratib
ko’rsatadi: kirish qismi, sarlavha va taglavha. Garchi kirish qismi ilmiy-
ommabop matnning majburiy elementi hisoblanmasa-da, u ko’pincha o’quvchini
ko’rsatuv yoki teleshov, kitob, maqola mavzusiga jalb qilish va qiziqtirish uchun
qo’llaniladi. Kirish qismi nafaqat qisqa va lo’nda, balki yetarlicha ta’sirchan va
muallifning o’ziga xos uslubini aks ettiruvchi bo’lishi kerak. Huddi ilmiy-
ommabop maqola kabi ko’rsatuvlar ham shu tartibda keladi. “Discovery”
ko’rsatuvlarida xususan “Time Wrap” (Vaqt mashinasi) teledasturida ham avval
boshida dastur davomida o’tkaziladigan eksperimentlarning kulminatsion
lahzalari uzatiladi, so’ngra ko’rsatuv nomi ekranda paydo bo’ladi va asosiy qism
boshlanadi. Misol tariqasida:


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

13


HOST VO
What happens when flaming arrow
meets bare hand?

MATT KEARNEY VO/OC
Can you do this for real and when do
we stop it.




HOST VO
When athletic dog makes like
Superman.

MATT KEARNEY VO/OC
Look at that clearance.



HOST VO
When a yo-yo transforms into a lethal
weapon.

JEFF VO/OC
I don’t even know what you’re doing.


EDZUI SZUMOWSKI VO/OC
I don’t know what I’m doing either.
That’s the beautiful thing about this.
HOST VO
And when strong man, well see for
yourself.

БОШЛОВЧИ

Оддий қўлга оловли найза отилса
нима содир бўлади?



МЕТ КЕРНЕЙ

Буни ростдан ҳам қила оласизми?
Ёки шунчаки...
01:20


БОШЛОВЧИ

Спортчи ит суперқаҳрамон бўлиб
чиқса-чи?



МЕТ КЕРНЕЙ

Аниқликни қаранг.
01:30


БОШЛОВЧИ

Оддий йойо ўйинчоғи жиддий
қуролга айланганда-чи?
01:36

ЖЕФ ЛИБЕРМЕН

Нима

қилаётганингизни

тушунмаяпман тўғриси?

ЭДЗУИ СУМОВСКИ

Ўзимам тушунмаяпман, аммо бу
ишдаги гўзаллик ҳам худди шунда.

БОШЛОВЧИ

Мушаги бақувватлар эса… Яхшиси,
ўзингиз кўра қолинг.


МЕТ КЕРНЕЙ

Тавба, қойил-ей.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

14

MATT KEARNEY VO/OC
Man, I felt that.

HOST VO
What happens?
HOST VO

Time Warp

.

БОШЛОВЧИ

Хўш, булар қандай содир бўлади?

БОШЛОВЧИ

Бари «Вақт машинаси»да.

Ilmiy-ommabop matnning eng muhim va hayratlanarli tavsifi muallif va

o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlardir. Tomoshabin avvalo film yoki
ko’rsatuvning nomiga e’tiborini qaratadi. Shu tufayli huddi badiiy asarlar kabi
film nomi tarjimasi ham retseptor diqqatini ushlab olishda muhim ro’l o’ynaydi.
Bizga ma’lumki, bazi film nomlari to’g’ridan to’g’ri tarjima qilinsa, ba’zi
tarjimalarda film kontentidan kelib chiqib o’giriladi. Misol uchun, “The Battle of
Waterloo”- “Vaterlou jangchilari”, bunda battle- jangchi sifatida o’girilib,
tarjimada metofadan (butundan qism) foydalanilgan. “The Tindler swindler”-
“Tindler firibgarligi”, -so’zma-so’z tarjima qo’llanilib, to’liq muqobillik kuzatilgan
bo’lsa, “The greatest of all time”- “Taqdir o’yini” (Qasoskorlar) tarjimasida
muqobillik kuzatilmaydi, ruscha tarjimasidan farqli ravishda («Величайшее
всех времен»), o’zbek tarjimoni film mazmunidan kelib chiqib tarjima qilgan.
O’zbekcha variantda kontekstual tarjima ishlatilib, filmning mazmuni dunyoda
eng kuchlilar haqida emas, balki maxfiy agentning qasosi va terroristik
harakatlarni fosh etishda qilingan sa’y-harakatlar ifodalangan. Ingliz va rus
tillardagi tarjimalarni ko’rib, (film tamil tilida su’ratga olingan)
superqahramonlar haqida filmlar ko’z oldimizga keladi. Ammo film bosh
qahramon hayotidagi qiyinchilik va unga yo’llangan qotil ortidan quvish, sirlarni
fosh etish, terroristik yurishlarni oldini olganligi uchun qahramon, buyuk deb
tariflanadi. “Дом: свидание с планетой”- “Uy” deb tarjima qilingan, ya’ni bu
yerda tushib qoldirish (omission) transformatsiya usulidan foydalanilgan.
Bizning tadqiqot obyektimiz bo’lmish “Time wrap” – “Vaqt mashinasi”
tarjimasini tahlil qiladigan bo’lsak, time wrap so’zma-so’z tarjimada – vaqtni
o’rash deb tarjima qilinadi. (Google translate). “Tahrirchi-Tilmoch” tarjima
platformasi biroz farqli ravishda “vaqt oralig’i” tarjimasini ko’rsatadi. Yuqorida
aytib o’tilgandek, har qanday maqola yoki kitob bo’ladimi, televizyon shou yoki
ko’rsatuv, badiiy film bo’lmasin, diqqatni tortuvchi asosiy qurol bu nomlanish,
sarlavha hisoblanadi. O’tgan asrga nisbatan, XXI asr texnologiyalar asri bo’lib,


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

15

yaqin 20 yil ichida mediya sohasida raqobat kuchayganini, soha rivojini guvohi
bo’lib turibmiz. Tomoshabin sifatida qarshimizdagi zangori ekranda “Vaqt
oralig’i” degan yozuv chiqsa, katta ehtimol bilan keyingi kanalga olishga
urunamiz. Ammo ekran yuzida “Vaqt mashinasi” yozuvi chiqsa, u ko’rsatuv
bo’ladimi, badiiy film yoki multfilm, uning davomiga qiziqamiz. Keling, tarjimon
tarjimada qanchalik tarjimada adekvatlikka erishganini tahlil qilsak.
“Time” – muqobil varianti “vaqt” so’zidir. Uning sinonimlari muddat, zamon,
davr, mahal, mavrid kabilardir. “Wrap” so’zi “Webster” izohli lug’atida fe’l
sifatida:
1.

to cover especially by winding or folding (v)

2.

to coil, fold, draw, or twine (such as string or cloth) around something

3.

to suffuse or surround with an aura or state

4.

to involve completely (v)

5.

to come to completion in filming or recording

kabi izohlar bilan kelgan.
Ammo “Time wrap” so’z birikmasida “wrap” fe’l sifatida kelmagan, chunki kesim
(V) ingliz tilida to’ldiruvchidan(O) oldin keladi. Shu tufayli so’zni ot sifatida
berilgan izohlariga diqqatimizni qaratamiz.
1.

material used for wrapping

2.

an article of clothing that may be wrapped around a person

3.

a single turn or convolution of something wound around an object

4.

wraps:(plural)

a.

restraint

b.

the completion of a schedule or session for filming or recording

c.

a thin flat piece of bread that is rolled around a filling (as of meat, fish, or

vegetables)
Izohlardan anglash mumkinki, “wrap” so’zi o’ramoq, aylantirmoq, o’raydigan
mato, film sur’atga olishni yakunlash, nihoyasi kabi ma’nolari bor. Ammo
“Cambridge Dictionary” da “time wrap” turg’un birikma sifatida berilgan bo’lib,
-the idea of a change in the measurement of time, in which people and events
from one part of history are imagined as existing in another part
Ya’ni:
vaqt o‘lchovining o‘zgarishi g‘oyasi bo‘lib, unda tarixning bir qismidagi odamlar
hamda voqealar boshqa qismida mavjud deb tasavvur qilinadi.
Biz bilamizki, Amerika kinomotografiyasiga oid bo’lgan “Vaqt mashinasi” badiiy-
fantastik filmida olim yaratgan mashina yordamida tarixning bir davridan
boshqa bir davriga o’tish mumkinligi aks etgan. Ammo Discovery mahsuli


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

16

bo’lmish “Time Wrap” telvizyon ilmiy-ommabop ko’rsatuvi kelajakka o’tib qolish
yoki tarixga o’tqazib qo’yuvchi qurilma haqida emas. “Time Wrap” - Qo‘shma
Shtatlardagi Discovery Channel uchun ishlab chiqarilgan mashhur ilmiy
mavzudagi teledastur bo‘lib, unda Masachusets Texnologiya Universiteti olimi,
o‘qituvchisi va rassomi Jeff Lieberman, yuqori tezlikdagi kamera mutaxassisi
Mett Kirni bilan birga o‘zlarining yuqori tezlikdagi kameralaridan kundalik
hayotimizda uchraydigan hodisalarni eksperiment qilib, unda sodir bo’ladigan
fizik, kimyoviy jarayonlarda professional ravishda sekinlashtirilgan holda
tasvirga olib tahlil qilishadi. Ular suv tomishi jarayoni, balet raqsi,
makkajo’xoridan un hosil qilish jarayoni, sayoz suvga sho’ng’ish kabi
tajribalarning fizik sirlarini ochishga urnishadi. Yuqori tezlikdagi kameralar
suratga olish uchun 500 kadr/sekundgacha, pistoletdan chiqayotgan o’qni
suratga olish, shisha sindirish uchun 40 000 kadr/sekundgacha ishlatilgan .
Ko’rinib turibdiki, bu yerda hech qanday bir davrdan ikkinchi davrga o’tish
holatlari sir-asrorlari mavjud emas. Tarjimon suratga olish uchun qo’llanilgan
kamerani vaqt mashinasiga mengzagan. Ammo tarjimada mutarjim pragmatik
kommunikativ xususiyatni hisobga olmagan, ya’ni “Vaqt mashinasi” sarlavhasini
ko’rgan tomoshabinga bu ko’rsatuv yoki kino vaqtlararo sayohat haqida bo’lsa
kerak deya tushunadi. Asliyatda muallifning maqsadi sekinlashtirilgan kadr
yordamida vaqtlararo sayohat qilishni nazarda tutgan va bu sekin momentlar
ortida yashiringan, biz ko’z bilan ilg’amagan sirlarni fosh etish bo’lgan. Shu
o’rinda N.O’. Romanovaning kino nutqiga bergan ta’rifini keltirib o’tmoqchimiz.
“Filmning ma'nosini tushunish uchun biz ekstralingvistik omillarni hisobga olish
kerak deb hisoblaymiz, chunki ular mualliflar tashqi kontent ortida
tomoshabinga yuboradigan haqiqiy xabarni o ‘qishga yordam beradi” deydi
tilshunos . Xulosa qilish mumkinki, ko’rsatuvni “Vaqt mashinasi” deb o’girish
ko’rsatuv haqidagi xabarni yetqazib bera olmaydi, ya’ni tarjima pragmatik-
kommunikativ xususiyatga erisha olmaganidan dalolat.
L.K. Latishev kino sarlavha tarjimasida duch keladigan to’siqlarga oid quyidagi
omillarni farqlab beradi:
- asliyat va tarjima til me’yorlarining mos kelmasligi;
- senzura;
- asliyat va tarjima til tizimlari farqi;
- nutq me’yorlarining mos kelmasligi;
Maqolalar sarlavhasi tarjimasida sarlavha asosan maqolaning kalit so'zlaridan
iborat bo'lishi kerak. Kalit so'zlar ulardagi tushunchalarning mazmunini bir
ma'noda ifodalashi uchun tanlanishi kerak. Bunday holda, sarlavha 5-6 so'zdan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

17

oshmasligi kerak va unda murakkab tuzilmalar bo'lmasligi kerak. Qisqa sarlavha
yaxshiroq qabul qilinadi va esda qoladi. Bir uslubga kiruvchi bu ikki turdagi
janrlar, ya’ni gazeta va kino sarlavhalari tarjimalarida farq shuki, kino yoki
ko’rsatuv tarjimasida doim ham kalit so’zlardan foydalanishga to’g’ri kelmaydi,
va 5-6 so’zdan iborat bo’lishlik kino nomini uzaytirib yuboradi va aksincha,
tushunmovchilik keltirib chiqaradi. “Discovery” kanali mahsuli bo’lmish boshqa
bir ilmiy ko’rsatuv nomi tarjimasini tahlilga tortsak. UzReport TV buyurtmasiga
asosan tarjima qilingan “Build it Bigger” televizyon ilmiy-ommabop ko’rsatuvi
o’zbek tiliga “Ulkan muhandislik” deb o’girilgan. Ko’rinib turibdiki, tarjimon
so’zma-so’z tarjimadan qochib,
Time wrap- “Vaqt mashinasi”
Build it bigger- G’aroyib muhandislik
Attractions- Atraksionlar
How to buld it? - Bu qanday quriladi?
Airport- Aeroport

Food: Fact and Fiction - Taom haqida afsona va haqiqatlar
Matnning manbasi va qabul qiluvchisi(o’quvchisi) jamoaviy, guruhli yoki
individual bo'lishi mumkin. Ammo ommabop ilmiy matnda qabul qiluvchi har
doim kollektiv bo'ladi. Ommabop matn eng keng auditoriya uchun mo'ljallangan.
Bir qarashda bu individuallikdek tuyulsa-da, aslida ilmiy-ommabop matnlarning
barcha mualliflari ilmiy materialni ommalashtirish va soddalashtirish uchun bir
xil lingvistik vositalardan foydalanadilar. Albatta, muallifning o'ziga xosligi uning
ushbu vositalarni o'z o'quvchisiga qanchalik aniq taqdim etishida namoyon
bo'ladi, ammo shunga qaramay, ilmiy-ommabop matnlarning manbasida
kollektivlik xususiyatlari ustunlik qiladi. Manbaning kollektiv tabiati muallif o'z
bilimini to'liq namoyish etmasligida namoyon bo'ladi, chunki u matnni
soddalashtiradi va ilmiy ma'lumotlarni deyarli har qanday yoshdagi va bilim
darajasidagi oluvchilar uchun moslashtirishga harakat qiladi.

Adabiyotlar:

1.

ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ СРЕДСТВ

ВЫРАЗИТЕЛЬНОСТИ В АНГЛОЯЗЫЧНЫХ НАУЧНО-ПОПУЛЯРНЫХ СТАТЬЯХ
И СПОСОБЫ ИХ ПЕРЕВОДА НА РУССКИЙ ЯЗЫК, Плющева Анна
Константиновна
2.

Перевод названий фильмов, Проблемы коммуникации в эпоху

глобализации. Тамила Аслановна Исмаилова
3.

https://en.wikipedia.org/wiki/Time_Warp_(TV_series)

4.

“Kinomatn Tarkibining Lisoniy Komponentlari Tahlili”, Bekniyozova F.O’.

Miasto Przyszłości, Impact-Factor:9.9, 2024.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

18

5.

“Перевод названий фильмов”, Тамила Аслановна Исмаилова, Вестник

ВолГУ. Серия 9. Вып. 15. 2017, bet-38

Библиографические ссылки

ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ СРЕДСТВ ВЫРАЗИТЕЛЬНОСТИ В АНГЛОЯЗЫЧНЫХ НАУЧНО-ПОПУЛЯРНЫХ СТАТЬЯХ И СПОСОБЫ ИХ ПЕРЕВОДА НА РУССКИЙ ЯЗЫК, Плющева Анна Константиновна

Перевод названий фильмов, Проблемы коммуникации в эпоху глобализации. Тамила Аслановна Исмаилова

“Kinomatn Tarkibining Lisoniy Komponentlari Tahlili”, Bekniyozova F.O’. Miasto Przyszłości, Impact-Factor:9.9, 2024.

“Перевод названий фильмов”, Тамила Аслановна Исмаилова, Вестник ВолГУ. Серия 9. Вып. 15. 2017, bet-38