JONGELDI ZAVOD TIPIDAGI QORA RANGLI QORAKO‘L QO‘ZILARINING KONSTITUTSIYA TIPLARI

Annotasiya

Maqolada Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako’l qo’zilarining turli gul tipiga xos bo‘lgan sovliqlardan olingan avlodlarning konstitutsiya tiplari  bo’yicha baholash natijalari yoritilgan. Olingan natijalarga biometrik ishlov berilib, raqamlar asosida yoritib berilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
95-98
30

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Maxammatova, D. (2025). JONGELDI ZAVOD TIPIDAGI QORA RANGLI QORAKO‘L QO‘ZILARINING KONSTITUTSIYA TIPLARI. Академические исследования в современной науке, 4(1), 95–98. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/arims/article/view/62117
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako’l qo’zilarining turli gul tipiga xos bo‘lgan sovliqlardan olingan avlodlarning konstitutsiya tiplari  bo’yicha baholash natijalari yoritilgan. Olingan natijalarga biometrik ishlov berilib, raqamlar asosida yoritib berilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

95

JONGELDI ZAVOD TIPIDAGI QORA RANGLI QORAKO‘L

QO‘ZILARINING KONSTITUTSIYA TIPLARI

D.Maxammatova

tayanch

doktorant

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14619318

Annotatsiya.

Maqolada Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako’l

qo’zilarining turli gul tipiga xos bo‘lgan sovliqlardan olingan avlodlarning
konstitutsiya tiplari bo’yicha baholash natijalari yoritilgan. Olingan natijalarga
biometrik ishlov berilib, raqamlar asosida yoritib berilgan.

Kalit so’zlar.

Qorako’l qo’ylari, mahsuldorlik, konstitutsiya tipi, zavod tipi.

Аннотация.

В статье освещены результаты оценки типов

конституции ягнят Джонгелдинского заводского типа, полученного от
черных каракульских овец разных завитковых типов. Полученные
результаты биометрически обработаны и излагаются на основе цифр.

Ключевые

слова

.

Каракульские

овцы,

продуктивность,

конституциональный тип, заводской тип.

Abstract.

The article highlights the results of the evaluation of the types of

constitution of lambs of the Jongeldinsky factory type, obtained from black
Karakul sheep of different curl types. The results obtained are biometrically
processed and presented on the basis of figures.

Key words.

karakul sheep, productivity, constitutional type, factory type.

Qorakoʻlchilik chorvachilikning muhim tarmoqlaridan hisoblanib, hozirgi

kunda qorakoʻl qoʻylari respublikamizda mavjud yaylov yerlarining qariyb 83
foiz qismida urchitilib kelinmoqda. Qorakoʻl qoʻylari boshqa qishloq xoʻjaligi
hayvonlaridan keskin iqlim sharoitlariga moslashganligi hamda ushbu sharoitda
yetarlicha mahsulot bera olishi bilan ham ahamiyatlidir. Qorakoʻl qoʻylarining
mahsuldorligini baholashda konstitutsiya tiplarining ahamiyatini alohida qayd
etish lozim, aytish mumkinki, mustahkam konstitutsiya tipidagi hayvonlar
boshqa tip vakillariga nisbatan yuqori mahsuldorlikka erishadi. Konstitutsiya
hayvonlarning tashqi muhitga moslashishi, shuningdek himoya vositasi sifatida
ham qaraladi.

Adabiyotlar tahlili.

Har xil juftlash natijasida olingan qo’zilarning o’sish

davridagi tirik vazn dinamikasi ularning konstitutsiya tiplariga hamda
yaylovdagi ozuqabop o’simliklar turi va to’yimliligiga bog’liq [1].

Har xil tipidagi qorako’l qo’ylarining konstitutsiya tipi va tirik vazni orasida

ijobiy korrelyatsion bog’liqlik mavjudligi, mustahkam konstitutsiya tipidagi


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

96

qorako’l qo’ylarining tirik vazni qo’pol va nozik konstitutsiya tipidagi
tengqurlariga nisbatan yuqoriroq bo’ladi [2].

Ta’kidlanishicha turli konstitutsiya tipidagi qorako’l qo’ylarining irsiy

xususiyatlarini avlodlariga o’tkazishida turli farqlanishlar kuzatiladi va
mustahkam konstitutsiya tipidagi qo’ylar avlodlariga irsiy belgilarini boshqa
tipdagi tengqurlariga nisbatan yaxshi o’tkazadi [3].

Tadqiqotning maqsadi.

Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako’l

qo’zilarining turli gul tiplariga xos sovliqlardan olingan avlodlarning
konstitutsiya tipini o’rganish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.

Tadqiqot ob’ekti va usullari.

Tadqiqotlar Buxoro viloyati, Peshku tumani

‘Jongeldi qorako’lchilik MChJ da urchitiluvchi jongeldi zavod tipiga mansub qora
rangli qorako’l qo’ylaridan olingan avlodlar bilan olib borildi. Avlodlarning tirik
vazni, eksteryer koʻrsatkichlari, rangi va jun-tolasi sifati umumqabul qilingan
zootexniyaviy usullar yordamida, shuningdek “Qorako‘lchilikda naslchilik
ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma
[4] asosida ko‘z bilan ko‘rish, millimetrli lineyka hamda tirik vazni o‘lchov
tarozisida o‘lchanib, qo‘ylarning genotipik holati aniqlandi. Olingan
ma’lumotlarga variatsion statistika usullarida matematik ishlov berilib, oʻrtacha
arifmetik qiymati (X) hamda uning xatosi (Sx) aniqlandi [5].

Tadqiqot natijalari

. Ma’lumki, qorakoʻl qoʻylarini konstitutsiyasiga baho

berishda asosan tashqi tuzilishiga, eksteryeriga qarab aniqlanadi.
Qorakoʻlchilikda nozik, mustahkam va dagʻal konstitutsiya tiplaridagi qoʻylar
urchitiladi. Ushbu konstitutsiya tiplariga mansub qoʻylar oʻzining eksteryer
koʻrsatkichlari, suyakdorligi hamda tana tuzilish indekslariga qarab farqlanadi.
Tadqiqotlar davomida turli gul tipiga mansub qorakoʻl qoʻylaridan olingan
avlodlarning konstitutsiya tiplariga taqsimlanishi oʻrganildi. Olingan natijalar 1-
jadvalda umumlashtirilgan.

1-jadval

Jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘zilarining konstitutsiya tiplariga

taqsimlanishi, %

Gul tiplari

n

Konstitutsiya tiplari
Mustahkam

Dagʻal

Nozik

X±Sx

X±Sx

X±Sx

Yarimdoirasimon

342

54,4±2,69

28,0±2,43

17,6±2,05

Qovurgʻasimon

102

48,0±4,95

31,4±4,59

20,6±4,00

Yassi

59

54,2±6,48

22,0±5,39

23,8±5,54


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

97

Oʻsikgul

27

37,0±9,29

44,4±9,56

18,6±7,49

Jadval ma’lumotlari mustahkam konstitutsiya tipiga xos avlodlar

chiqimining yuqori koʻrsatkichi yarimdoirasimon gul tipiga (54,4±2,69) toʻgʻri
kelishini koʻrsatgan boʻlsa, yassi va qovurgʻasimon gul tipidagi avlodlarda bu
koʻrsatkich mos ravishda (54,2±6,48) va (48,0±4,95) biroz pasayganini
ta’kidlash lozim, shuningdek oʻsikgul tipiga oid avlodlarda mustahkam
konstitutsiya tipiga xos avlodlarning nisbatan kam chiqishi ularning jun-tolasi
sifati va tashqi eksteryer koʻrsatkichlaridagi pasayishlar bilan izohlanadi. Dagʻal
konstitutsiya tipiga xos avlodlar chiqimida boshqa tip vakillariga nisbatan
oʻsikgul tipidagi sovliqlardan olingan avlodlar biroz ustunlik qilgan, buni ushbu
tip vakillaridagi sovliqlarning eksteryer koʻrsatkichlari nisbatan qoʻpol, yirik
jussali boʻlishi bilan izohlash mumkin. Jadval ma’lumotlaridan aytish mumkinki,
nozik tipdagi avlodlar chiqimida sezilarli farqlanishlar kuzatilmagan.

Olingan natijalar nisbiy bo‘lib, paratipik omillar (oziqlantirish va asrash)

ta’sirida ma’lum darajada o‘zgarishga uchrashi mumkinligini aytish lozim.

Xulosa.

Tadqiqot natijalari bo‘yicha xulosa qilish mumkinki, turli gul tipiga oid

sovliqlardan olingan avlodlarning konstitutsiya tiplari boʻyicha mustahkam
konstitutsiya tipi yuqori koʻrsatkichlar bilan ifodalanganini koʻrish mumkin.
Bundan jongeldi zavod tipidagi qora rangli qorako‘l qo‘ylarining qo‘chqorlari
hamda sovliqlari mustahkam genotipga egaligi, shuningdek xususiyatlarini
avlodlarga kuchli o‘tkazishini tasdiqlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Shaptakova L.E., Djambilov B.X., Shaptakov E.S. Turli konstitutsional tipda

juftlashdan olingan qora qorako‘l qo‘zilarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari.
Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali, 2021 y. №6. 40-41 b.
2.

Kazakbayev B.S., Janabayev A.J. Konstitutsiya tipi har xil qorako‘l

qo‘ylarining tirik vazni ko‘rsatkichlari. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali
2020 y. №6. 33-34 b.
3.

Bazarov S.R., Yorqulov H., Nomozova I., Urinova D. Turli konstitutsiya

tipidagi sur rang qo‘ylarning genetik tavsifi. Chorvachilik va naslchilik ishi
jurnali. 2020 y. №2. 29-30 b.
4.

Юсупов С.Ю. ва бошқалар. “Қоракўлчиликда наслчилик ишларини

юритиш ва қўзиларни баҳолаш (бонитировка қилиш)” бўйича қўлланма.
Тошкент 2015 й. 31 б.
5.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников.

Москва. 1969. 256 с.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

98

6.

Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE

METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.
7.

Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products

//Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-
132.
8.

Ibrohimovna, M. S. (2019). TECHNIQUES OF IMPROVING SPEAKING IN

ESP CLASSES FOR MILITARY. CONDUCT OF MODERN SCIENCE-2019, 139.
9.

Хатамов А. Х. Мясная продуктивность каракульских овец

каракалпакского сура различных этологических типов //Овцы, козы,
шерстяное дело. – 2018. – №. 4. – С. 26-26.
10.

Kh K. A. Growth and Development of Young Karakul Sheep of Different

Ethological Types //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2023.
– Т. 12. – С. 22-25.

Bibliografik manbalar

Shaptakova L.E., Djambilov B.X., Shaptakov E.S. Turli konstitutsional tipda juftlashdan olingan qora qorako‘l qo‘zilarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali, 2021 y. №6. 40-41 b.

Kazakbayev B.S., Janabayev A.J. Konstitutsiya tipi har xil qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni ko‘rsatkichlari. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali 2020 y. №6. 33-34 b.

Bazarov S.R., Yorqulov H., Nomozova I., Urinova D. Turli konstitutsiya tipidagi sur rang qo‘ylarning genetik tavsifi. Chorvachilik va naslchilik ishi jurnali. 2020 y. №2. 29-30 b.

Юсупов С.Ю. ва бошқалар. “Қоракўлчиликда наслчилик ишларини юритиш ва қўзиларни баҳолаш (бонитировка қилиш)” бўйича қўлланма. Тошкент 2015 й. 31 б.

Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва. 1969. 256 с.

Xatamov А., Normuminova M., Qozoqov J. B. THE USE OF INNOVATIVE METHODS IN FEEDING KARAKUL SHEEP //Conferencea. – 2022. – С. 127-131.

Xatamov А., Qozoqov J. B. The Effect Of Probiotics On Dairy Products //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2022. – Т. 10. – С. 130-132.

Ibrohimovna, M. S. (2019). TECHNIQUES OF IMPROVING SPEAKING IN ESP CLASSES FOR MILITARY. CONDUCT OF MODERN SCIENCE-2019, 139.

Хатамов А. Х. Мясная продуктивность каракульских овец каракалпакского сура различных этологических типов //Овцы, козы, шерстяное дело. – 2018. – №. 4. – С. 26-26.

Kh K. A. Growth and Development of Young Karakul Sheep of Different Ethological Types //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. – 2023. – Т. 12. – С. 22-25.