ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
83
“RAQSNING JOZIBADORLIGI VA UYG‘UNLIGI”
Erjanova Diana
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
san’atshunoslik yo‘nalishi 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14616079
“Har qaysi millatning о‘ziga xos qiyofasini belgilaydigan, uning betakror
xususiyatlarini yorqin ifoda etadigan madaniyat va san’atda xalqning tarixi va
о‘lmas ruhi namoyon bо‘ladi”.
San’at turlaridan biri bо‘lmish raqs san’ati nafosati, jozibasi va о‘zgacha
sehri bilan kishi dilini о‘ziga tortadi. Zero, raqs qalbdagi sirli tuyg‘ularni gо‘zal
harakatlar orqali namoyon etadigan san’atdir. Raqqosani har bir harakati bir
ma’noni anglatadi, uni e’tibor bilan kuzatsangiz bastakor musiqa orqali
tinglovchiga nimani yetkazmoqchi bо‘lgan bо‘lsa, raqqosa о‘z harakatlari bilan
tomoshabinga о‘sha ma’noni ifoda etib beradi. Raqsdagi qо‘l va oyoq
harakatlarini nomlariga e’tibor qaratganimizni о‘zidayoq uning oddiygina
hayotdan olinganligiga guvoh bо‘lamiz. Misol uchun “Hayol” harakati orqali
raqqosa yuz ifodasi va harakatlari orqali hayol surayotganini kо‘rsatadi. “Mayin
sabo”, “Yirik tо‘lqin”, “Suv sepish”, “Gul g‘uncha”, “Qо‘li band”, “Labi shakar”,
“Ilon izi”, “Soch silash”, “Uyalish”, “Novda egilishi”, “Uzum uzish”, “G‘oz yurish”,
“Ufori”, “Yarim qaychi” kabi qо‘l va oyoq harakatlari shular jumlasidandir.
Raqs, san’atning boshqa turlari kabi, inson hayotini va butun olamni
о‘rganishning badiiy usuli hisoblanadi. Uzoq tarixga borib taqaladigan о‘zbek
raqs san’atimizning bizgacha yetib kelishi va rivojlanishida qanchadan-qancha
buyuk raqs ustalarining hizmati kattadir. Mukarrama Turg‘unboyeva
boshchiligida tashkil topgan jozibali va tarixiy “Bahor” ansamblining о‘zi о‘zbek
raqs san’ati uchun bir katta maktab desak yanglishmaymiz.
О‘zbek raqs san’ati qadimdan badiiy ijod sifatida insonning yashash tarzi
taqdiri xaqida badiiy timsollar, badiiy obrazlar orqali xalqga namoyish etib
kelingan.
Raqqosa ijro davomida obraziga chuqurroq kirib, uni tо‘laqonligicha ochib
berishi ustida uzoq va tinimsiz ish olib bormog‘i talab etiladi. Zero, raqqosa
biron-bir obraz orqali о‘z raqsida nimani targ‘ib etib, tomoshabinga
yetkazmoqchi bо‘layotganini qalban his etgan xolda ijro mahorati ila ifoda
etmasa, uning raqsi faqatgina gо‘zal raqs harakatlarning yig‘indisiga aylanib
qolishi mumkin.
О‘z davrida о‘zbek raqs malikasi Mukarrama Turg‘unboyeva haqida Galina
Zagurskayaning quyidagi fikrlariga guvoh bо‘lamiz- “Men о‘zbek raqqosalarining
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
84
odatdan tashqari plastikligiga hamisha taxsin aytib kelardim. Ammo ulardan biri
– Mukarrama Turg‘unboyeva ulug‘ bir salohiyatga ega: uning raqs plastikasi
quvona, kula, iztirob cheka biladi...”
Haqiqatdan ham raqqosa avvalo о‘sha raqsning mohiyatiga kirib borishi
kerak. О‘z qahramoni holatiga tusha olishi, u his qilayotgan tuyg‘ularni qо‘l va
oyoq harakatlari, nigohlari va yuz ifodalari vositasida harakatga uzatishi lozim.
Har bir raqsning о‘z hususiyati, ruhi bor. Raqqosa qanday kayfiyatda bо‘lishidan
qat’iy nazar, ijro etishi kerak bо‘lgan raqsning musiqasi ta’sirida ritmga tushib
olishi kerak.
Shunday-ku lekin, hozirgi kunda bu holatni kuzatish borgan sari mushkul
bо‘lib qolmoqda, asosan о‘zbek raqqosalarimizdan xonandalarimizni ortida
sahnani tо‘ldirib turish uchun fon vazifasida foydalanilayotganday gо‘yo.
Ansambllarimizni asosiy ishi ham shu bilan yakunlanib qolayotganday va kо‘p
vaqtlari xilma-xil xonandalarimizni konsert dasturlarida bir-biriga о‘xshash bir
marotabalik raqslar yaratish bilan о‘tib ketayotgandek. Bu esa о‘zbek raqs
san’atimizni tobora susayib bir qolipga tushub qolishiga olib kelishi mumkin.
Fikrimizcha, hozirgi zamondagi raqs ansambllari о‘zlarining konsert dasturlari
ustida izlanishga kо‘proq e’tibor qaratmoqliklari lozim. Zero, tomoshabin bunga
muhtoj. Vaholanki hozirgi davrda tomoshabinlarni ayniqsa yoshlarni о‘zbek
milliy raqsimizga qiziqishini yanada kuchaytirmog‘imiz lozim. Chunki, kundan-
kunga kо‘pgina yoshlar va xattoki katta yoshdagilarning nazarida quruq raqsni
nimasini tomosha qiladi degan salbiy fikr о‘rnashib bormoqda. Zero, о‘z davrida
“Bahor”, “Shodlik”, “Lazgi” kabi kо‘plab raqs ansambllarining konsert
dasturlarini katta qiziqish bilan kuzatib borilgani sir emas.
Bu bilan hozirgi vaqtda raqs ansambllar о‘z ustilarida izlanishlarini
butunlay tо‘xtatib qо‘yganlar demoqchi emasmiz. “О‘zbekiston”, “Ofarin”, “Sabo”
ansambllari va bir qancha yakkaxon raqqosalar Sug‘diyona Isroilova, Iroda
Ismoilova, Zarina Ahmedova (Fatoyeva), Muhabbat Qurbonovalar muntazam
izlanib borgan tarzda ijod mevalarini tomoshabinlarga konsert dasturlari orqali
namoyish etib kelmoqdalar. Bu esa san’at ixlosmandlarini yanada quvontirishi
bilan bir qatorda tomoshabinlarda ham milliy raqsimizga bо‘lgan fikrlarini ijobiy
tomonga о‘zgartirgan xolda e’tiborlarini qaratishga zamin yaratmoqda. Xattoki,
iqtidorli yosh raqqosa “Nihol” mukofoti sovrindori Iroda Ismoilovaning
yakkaxon konsert dasturida Alisher Navoiy nomli opera va balet Akademik Katta
teatri zali anshlag xolatiga kelganini guvohimiz.
Konsert dasturlari yordamida ansamblning ijod faoliyati yanada yuksaladi,
chunki, birinchi о‘ringa xonandalar emas balki raqsning о‘zi chiqadi. Tabiiyki bu
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
85
ansambldan katta ma’suliyat talab etadi, shu yordamda baletmeyster va ijrochi
yaratilayotgan har bir asar ustida puxta bosh qotiradi. Ansambl sо‘zining о‘ziga
e’tibor qaratganimizdanoq uning zamiriga birgalikda, bir vaqtning о‘zida degan
ma’nolar yashiringanini kо‘ramiz. Raqsda ansambl tushunchasi raqs dastalarida
hamda ommaviy raqslarda keng foydalaniladi. Raqs dastasi yaratgan asarlarning
yanada jozibali kо‘rinishga ega bо‘lishini muhim sabablaridan biri bu albatta
ansambldir. Ya’ni har bir raqqos va raqqosa ijro davomida harakatlarning bir
vaqtda, tekis, sinxron xolatda bajarilayotganiga e’tibor qaratmog‘i lozim.
Raqs asarining yanada jozibali chiqishida raqqosaning ijro mahoratining
ham о‘rni katta. Ijro mahoratini shakllanishi uchun avvalam bor har bir raqqosa
о‘zini ichida yashayotgan menini tashqariga chiqara bilmog‘i lozim, bunda
albatta ustozlarni vazifasi katta. Ular asosan shu raqqosa qaysi uslubda, qaysi
yо‘nalishda yanayam ochilib, uning harakatlari boshqa raqqosalardan kо‘ra
kо‘proq jozibaliroq chiqayotganini kо‘ra bilishi kerak. Bu esa ustoz va
shogirddan katta mehnat va vaqt talab etadi.
Baletmeyster raqs sahnalashtirishdan avval uning syujeti haqida
mukammal о‘ylashi va raqqosaga buni yetkaza bilishi zarur. Qachonki raqqosa
о‘z obrazini tо‘la tо‘kis tushunib yetib ijro etsagina bu raqsning qimmatini
oshirib, uni barhayot bо‘lishiga zamin yaratadi. Ya’ni raqsni ansambl tarzda ijro
etish bilan uning surati yaratilsa, raqsni qalban his etib, ijro mahorati orqali
yetkazishda uni siyrati mujassam bо‘ladi. Surat ila siyratni uyg‘unlashtirishga
erishish esa raqsni jozibadorligini yanada oshiradi.
Buni isbotini biz о‘zbek raqs san’atida ijod etgan “Bahor”, “Shodlik”, “Lazgi”,
“Zarafshon”, “Tanovar” kabi kо‘plab professional raqs ansambllari misolida
kо‘ramiz. Ushbu ansambllarning “Tanovar”, “Munojat”, “Pilla”, “Gulsara”,
“Qо‘g‘irchoq”, “Nozanin”, “Paxta”, “Bayot”, “Rohat”, “Lazgi”, “CHо‘girma о‘yini”,
“Axau-maxau polvon”, “Xiva gо‘zali”, “Ushlini uforisi”, “Zarafshon qizi”, “Lagan”,
“Andijoncha”, “Farg‘onacha yoshlar raqsi”, “Dilxiroj”, “Guldasta”, “Pomircha
raqs”, “Farg‘ona ruboiysi” kabi bir-biridan gо‘zal raqslari о‘zbek raqs san’ati
merosidan о‘rin egalladi.
Istagimiz hozirgi zamon raqs ansambllaridan ham kelgusida о‘zbek raqs
san’ati merosidan о‘rin egallaydigan jozibali, zavqu-shavqga tо‘la, rang-barang
shu о‘rinda insonning barcha qalb kechinmalarini yetkaza bera oladigan raqs
asarlari vujudga kelsin.
О‘zbek milliy raqsimiz tarixiga va rivojlanish davriga yuzlanganda
Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Roziya Karimova, Galiya Izmaylova,
Qunduz Mirkarimova, Qizlarxon Dо‘stmuhammedova, Ma’mura Ergasheva,
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
86
Malika Ahmedova, Rushana Sultonova singari ajoyib namoyandalar bilan bir
qatorda ularning davomchilari bо‘lmish iste’dodli yoshlarimizni ham nomlari
qо‘shilgan xolda tilga olinsin. Buning uchun ulardan mashaqqatli mehnat,
tinimsiz izlangan xolda ijod etish talab etiladi. Shu о‘rinda о‘zbek raqsimiz
davomchilariga doimo izlanishni, intilishni, sahnalarda tovusdek hirom aylab,
kaptardek charx urib, о‘zligini raqsda namoyon etish bilan dillarga olam-olam
zavq ulashishlarini va albatta о‘zbek raqslarini kelajak avlodga о‘zligini
yо‘qotmagan holatda yetib borishida ozmi-kо‘pmi о‘z hissalarini qо‘shishlarini
tilab qolamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati:
1.
“O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning
“Avesto” kitobining 2700 yilligiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuining
ochilish marosimidagi nutqi”, “Xalq sо‘zi”, 2001 yil 6 noyabr № 226 (2788) 2 bet.
2.
Avdeyeva L. - “О‘zbek milliy raqsi tarixidan”, – T., 2001.
3.
Avdeyeva L. - “Mukarrama Tug‘unboyevaning raqsi”, - T.: G‘ofur G‘ulom
nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1989.
4.
Avdeyeva L., Qodirov M., Ismatova Y. “Tanavor” raqsi jilolari” T., G‘.G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2002.
