Авторы

  • Sabina Hurramova
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 3-bosqish talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.arims.62829

Ключевые слова:

milliy o‘yinlar kurash ko‘pkari oshiq g‘irboydi uloq chillik to‘y chipron to‘y.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek yozuvchisi Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida qalamga olingan o‘zbek xalqining milliy o‘yinlarini ifodalovchi terminlarning mazmuniy, e’timologik tahliliga to‘xtalib o‘tganmiz.  Har bir terminning mazmun-mohiyati tahlilga tortilgan.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

30

“YULDUZLAR MANGU YONADI” QISSASIDAGI O‘ZBEK MILLIY

O‘YINLARINI IFODALOVCHI TERMINLAR TAHLILI

Hurramova Sabina

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

3-bosqish talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14711052

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek yozuvchisi Tog‘ay Murodning

“Yulduzlar mangu yonadi” qissasida qalamga olingan o‘zbek xalqining milliy
o‘yinlarini ifodalovchi terminlarning mazmuniy, e’timologik tahliliga to‘xtalib
o‘tganmiz. Har bir terminning mazmun-mohiyati tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar:

milliy o‘yinlar, kurash, ko‘pkari, oshiq, g‘irboydi, uloq,

chillik, to‘y, chipron to‘y.

O‘zbek mentaletitetini ko‘rsatib turuvchi milliy o‘yinlarning ko‘pi 2010-

yildan keyin deyarli o‘ynalmay qolgan va ular kompyuter, telefonlarga ko‘chgan
desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Mening fikrimcha, milliy o‘yinlar o‘sib
kelayotgan yosh avlodni jamiyatga qo‘shishda xizmati judayam yuksak. O‘yinlar
bolaning ham aqlan, ham jismonan rivojlanishiga yordam beradi. Tarixga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, ota-bobolarimiz azal-azaldan insonni jismonan
chiniqtiruvchi, salomatlikka ijobiy ta’sir etuvchi mashqlarga jiddiy e’tibor
qaratganliklarini ko‘ramiz. O‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi Tog‘ay
Murod qalamiga mansub “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi milliy o‘yinlarimiz
haqidagi asar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Asarning boshlanish qismidan to
tugash qismiga qadar o‘zbek milliy o‘yinlari haqida so‘z boradi. Asar to‘y voqeasi
bilan boshlanadi. To‘y davomida bir qancha milliy o‘yinlar o‘ynaladi, quyida ana
shu milliy o‘yinlarni ifodalovchi terminlar haqida ma’lumot beramiz.

Ko‘pkari

(uloq) O‘rta Osiyo xalqalarining qadimiy, ommaviy, milliy

o‘yinlaridan biri. Asosan, gʻalaba va hosil bayramlari, toʻy va sayillar munosabati
bilan oʻtkazilgan. Hukmdor va har xil amaldorlardan tashqari oʻziga toʻq
odamlar, hatto oddiy aholi ham “Uloq” oʻyinlarini tashkil etgan. Koʻproq xatna
(chipron) toʻylarida rasm boʻlgan. Uloq turkiy xalqlar, ayniqsa, uning

qoʻngʻirot,

qurama, ming, mangʻit, oyrat, yoyilma, kenegas, qipchoq, barlos

kabi urugʻlari

orasida ommalashgan. Ko‘pkari tomoshalari oldidan maxsus jarchilar qishloq,
ovullarga yuborilib, odamlar gavjum joylarda, bozorlarda kim tomonidan,
qayerda, qachon va nima maqsadda oʻtkazilayotganligini hamda qoʻyiladigan
sovrinlar haqida eʼlon qilingan. Turli joyda har xil qoida boʻyicha (chortoq,
sudratma, marra, poyga, pakka, minbar va boshqa nomlar bilan atalgan) ko‘pkari
oʻyini uyushtirilgan. Uloq koʻngilochar tomosha yoki shunchaki oʻyin boʻlmasdan


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

31

oʻgʻil bolalar, yigitlarni mard, jasur, epchil, dovyurak qilib tarbiyalash vazifasini
bajargan. U oʻyinlari ot naslini yaxshilashga, chidamli, tez harakat qiladigan
zotlarini koʻpaytirishga yordam qilgan.

Qorabayir, arabi, axaltekin, qurama,

laqay, kustanay, qorabogʻ

va hozirgi

orlov

ot zotlari uloqchi otlar hisoblanadi.

“Ko‘pkari – er yigitlar o‘yini”, “Ko‘pkari ko‘pning ishi degan iboralar bejiz paydo
bo‘lmagan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida mashxur bo‘lgan “Alpomish” dostonida
ham ushbu o‘yin mavjud. Barchinning bir sharti o‘laroq gavdalanadi.

Kurash

o‘zbek milliy sport turi. Ikki sportchining yakkama-yakka

olishuvi. Kurashish san’ati ko‘p xalqlarda qadim zamonlardan buyon ma’lum.
Kurash, ayniqsa, Yunonistonda keng tarqalib, qadimgi olimpiyada
musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Milliy kurashning xilma-xil
koʻrinishlari Gretsiya, Italiya, Yaponiya, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Rossiya,
Oʻzbekiston, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa
mamlakatlarda mavjud. Zamonaviy sport kurashining asosiy qoidalari XVIII asr
oxiri – XIX asr boshlarida Yevropaning bir necha mamlakatlarida ishlab chiqildi.
1912-yil Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasi (FILA) tuzildi (hozir unga 144
mamlakat, Oʻzbekiston 1993-yildan aʼzo). Xalqaro maydonda sport kurashining
yunon-rum kurashi, erkin kurash, dzyudo, sambo va boshqa turlari keng
tarqalgan. Keyingi yillarda oʻzbek kurashi ham alohida kurash turi sifatida
dunyo miqyosida tan olina boshlandi. Kurash insonni kuchli, epchil, chidamli va
irodali qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Shifokorlar nazorati
ostida 12 yoshdan kurash bilan shugʻullanishga ruxsat etiladi. Kurash azaldan
oʻzbek turmush tarzining uzviy qismi boʻlganligini arxeologik topilmalar, tarixiy
qoʻlyozmalar tasdiqlaydi. Qadimgi Baqtriya (Oʻzbekiston janubi) hududidan
topilgan jez davriga oid silindrsimon sopol idishda ikki polvon va ulardan biri
ikkinchisini chalayotgani tasvirlangan. Shu davrga mansub boshqa arxeologik
topilmada esa polvonlarning Kurash usullarini namoyish qilayotgani aks
ettirilgan. Bu noyob topilmalar miloddan 1,5 ming yil ilgari ham kurash
ajdodlarimiz turmush tarzining bir qismi boʻlganidan dalolat beradi. Yunon
yozuvchisi Klavdiy Elian (II-III asr) va boshqa tarixiy shaxslarning yozishicha,
shu hududda umr kechirgan sak qabilasi qizlari oʻzlariga kuyovni yigitlar bilan
kurashib tanlaganlar. Keyinchalik qizlar kuyovni shart qoʻyish yoʻli bilan
aniqlashgan va bu shartda kurash musobaqasi boʻlgan. Bunga oʻzbek xalq
qahramonlik dostoni – „Alpomish“dagi Barchin shartlarini misol qilib koʻrsatish
mumkin.

Ulardan biri ikki kurashuvchining biri oʻz raqibining belbogʻidan ushlab

oʻziga tortadi, shu bilan birga oʻz raqibidan qutulishning chorasini qidiradi. Bu
taʼrif zamonaviy kurash qoidalariga yaqindir. Shuningdek, Mahmud


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

32

Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, “Holoti
Pahlavon Muhammad”, Zayniddin Vosifiyning “Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ”, Husayn Voiz
Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy”, Zahiriddin Muhammad Boburning
“Boburnoma” asarida kurash haqida qimmatli maʼlumotlar bor. IX-XVI asrlarda
kurash xalq oʻrtasida keng ommalashgan. Shu davrda Pahlavon Mahmud, Sodiq
polvon kabilar kurash dovrugʻini oshirishgan.

Oʻzbek xalq yakka

kurashining belbogʻli kurash deb nomlangan turi ham bor. Unga ham taalluqli
koʻplab arxeologik topilmalar va tarixiy qoʻlyozmalar mavjud. Bundan 5 ming yil
ilgari davrga mansub Mesopotamiya hududidan topilgan haykalchada belbogʻli
kurash usulida musobaqalashayotgan polvonlar tasvirlangan. Xitoyning qadimiy
“Tan-shu” qoʻlyozmasida Fargʻona vodiysida toʻylar, sayllar kurash
musobaqalarisiz oʻtmasligi yozilgan. Ahmad Polvon, Xoʻja polvon va shu kabilar
kurashning ana shu turida shuhrat qozonishgan.

Oshiq

– asosan, qo‘y va boshqa mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning

suyak boʻlagi. Oshiqlar Markaziy Osiyo, Moʻgʻuliston, Buryatiya va boshqa baʼzi
davlatlarda toʻplanadi va oʻyin uchun ishlatiladi. Boʻri oshiqlari tumor sifatida
ishlatiladi. Oshiq – Markaziy Osiyoda eng mashhur xalq oʻyinlaridan biri. Bu
o‘yinni issiq mavsumda oʻynashadi. Odatda har bir oʻyinchi oʻziga xos oshiqlar
toʻplamiga ega bo‘ladi. Oddiy oshiqlar baʼzan turli rangda boʻyalgan, ular hajmi
va vazniga qarab baholanadi va turli nomlarga ega. Bosh oshiq “saka” (odatda
katta oshiq) eng yuqori narxga ega. “Saka” odatda qaynatilmagan boʻgʻinlardan
olinadi, chunki pishirish jarayonida suyak massasini yoʻqotadi, bu zarba kuchiga
yomon taʼsir qiladi. Koʻproq natija uchun “saka” odatda qoʻrgʻoshin bilan
toʻldiriladi. Xon va sulton bolalari orasida esa “saka” hatto tilla bilan toʻldirilgan.
Oshiqlar bir qatorda joylashgan. Oshiq oʻynash koʻzning chamasini
rivojlantriradi va bolalarni epchil bo‘lishga da’vat etadi. Oshiqlardan fol ochishda
ham foydalaniladi.

G‘irboydi

-

bu o‘yinda ikki bola bellashadi. O‘rtaga doira chiziladi. Doira

o‘rtasida o‘yinchilardan birining qalpog‘i qo‘yiladi. Ikkinchi o‘yinchi 20 qadamlar
chamasi uzoqlikdan turib chillikning enasopi bilan qalpoqni urib doiradan
chiqarishi kerak. Yoki qalpog‘iga necha marta tegsa, shuncha marta ochko
yig‘adi. Do‘ppiga tegdira olmasa, navbat ikkinchi o‘yinchiga beriladi. Yutgan kishi
qalpoqni qirra likopchaday qatlab, besh marta irg’itadi. Beshinchi marta
irg‘itganda qalpoq qayerga borib tushsa, yutqazgan o‘yinchi o‘sha joydan to
poyga joyigacha zuvillab borib kelishi kerak. O‘yin yana boshdan boshlanadi va
shu tartibda davom etadi.


background image

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE

International scientific-online conference

33

Chillik

oʻyini – O‘zbek xalq milliy oʻyini. O‘yin uchun uzunligi bir metr

atrofida boʻlgan tayoq enasop va chilligi tayyorlanadi. Chillikning uzunligi 15-20
sm, ikki uchi qalam shaklida yoʻnilgan boʻladi. Bundan maqsad chillik yerda
turganda uchiga urib, havoga koʻtarish. Havoga koʻtarilgan chillikni enasop bilan
urib, uzoqqa yoʻnaltiriladi. Chillik oʻyini soʻnggi yillarda isteʼmoldan chiqa
boshladi. Navro‘z xalq sayllarida eslanib, oʻynalmoqda.

“Yongʻoq”, “Qumtaka”, “Lanka tepish”, “Happak”, “Quloq choʻzma”,

“Tapron”, “Besh tosh”, “Chillik” kabi milliy oʻyinlar ham mavjud.

Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida yuqoridagi

o‘yinlar mavjud. Bu o‘yinlar o‘zbek millatining tarixidan xabar beradi. O‘yinning
qanchalik qadimiyligiga qarab o‘zbek millatining madaniyati va ma’naviyati
haqida ma’lumotlar olishimiz mumkin. O‘yinlarni o‘ynash davomida bolada
jasurlik, qo‘rqmaslik, o‘z shanini himoya qilish kabi ulug‘ fazilatlar shakllana
boradi. Asar davomida Bo‘ri polvon tilidan aytilgan “avlodlar almashgan sayin…
yo, pirim-e, tuf-tuf-tuf… avlodlar almashgan sayin… yurak yo‘qolib boryapti!”
degan so‘zlarga o‘rin qolmasmidi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. To‘gay Murod. Yulduzlar mangu yonadi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti,1980.
2. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent, 2000-2005.
3. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1986.
4. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Navoiy universiteti,
2018.
5. Quronov D va b. Adabiyotshunoslik lug`ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010.

Библиографические ссылки

To‘gay Murod. Yulduzlar mangu yonadi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,1980.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent, 2000-2005.

Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1986.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Navoiy universiteti, 2018.

Quronov D va b. Adabiyotshunoslik lug`ati. – Toshkent: Akademnashr, 2010.