ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
115
OILA VA FARZAND TARBIYASINING KONSTITUTSIYAVIY
ASOSLARI
Najmitdinova Marjona Ulug‘bek qizi
najmitdinovamarjona45@gmail.com
943111376
Navoiy Davlat Konchilik va Tehnologiyalar universiteti
Qishloq xo‘jaligi fakulteti
5-24 biotexnologiya guruhi talabasi
Eshonkulova Nurjaxon Abdujabborovna
Ilmiy rahbar
Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
Navoiy Davlat Konchilik va Tehnologiyalar universiteti,
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14862742
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
oila va farzand tarbiyasining jamiyatdagi o‘rni, uning huquqiy asoslari va
davlatning bu sohadagi vazifalari ilmiy tahlil qilingan. Konstitutsiyada oilaning
ahamiyati ta’kidlashnishi, davlat oilani ijtimoiy, huquqiy va madaniy jihatidan
himoya qilishi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Konstitutsiya, oila, tarbiya, baxt-saodat, sotsial
munosabatlar, millat, totuvlik, jamiyat.
Oila – xalqimizning azaliy oliy qadriyatlaridan biri, biz uchun muqaddas
dargoh, vatan ichidagi kichik vatan. Oilaning mustahkamligi, oila a’zolari
orasidagi o‘zaro muhabbat, hurmat va bir-biriga g’amxo’rlik qilishning jamiatda
tinchlikni, barqarorlikni saqlashdagi rolini Abdurauf Fitrat shunday ta’riflaydi:
“Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat
ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi
axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va
intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida
qoladi” . Ayniqsa, bugungi globallashgan dunyoda milliy o‘zligimizga,
qadriyatlarimizga,
bo‘layotgan
ma’naviy
tahdidlar
ostida
axloqiy
me’yorlarimizga mutlaqo zid qarashlarning ijtimoiy hayotimizda ildiz otishining
oldini olish avallo, xalqimizning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. “Tinchlik va
totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi” . Shu nuqtai nazardan,
qonunchiligimizda oila va farzand tarbiyasining konstitutsiyaviy asoslarining
yaratilganligi hamda shu orqali jamiyatimizda oilaviy munosabatlarning
huquqiy bazasi mustahkamlanganligi beqiyos ahamiyatga ega.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
116
Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni
o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish
orqali qabul qilingan. Yangi Konstitutsiyaning Uchinchi bo’lim XIV bobi. “Oila,
bolalar va yoshlar”- deb nomlangan . O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi oila va farzand tarbiyasining jamiyatdagi o‘rnini huquqiy
asoslarini va davlatning bu sohadagi vazifalarini belgilaydi. Konstitutsiyada
oilaning ahamiyatini ta’kidlash orqali davlat oilani ijtimoiy, huquqiy va madaniy
jihatidan himoya qiladi.
Konstitutsiyaning 76-moddasida ta’kidlanganidek, “Oila jamiyatning
asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir” . Ushbu modda
oila va bolalarga doir davlat siyosatining eng muhim mazmun mohiyatini
ifodalaydi. Davlatimizda bu borada olib borilayotgan islohatlar, oilaning har
tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy takomili, huquqiy negizlari mustahkamligini
ta’minlashga, farzandlarimizni jismoniy va ma’naviy to‘laqonli muhofaza etishga,
ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishlari uchun zamin yaratishga, ularning
iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan.
Xususan, Bosh Qomusimizning 77-moddasida “Ota-onalar va ularning o‘rnini
bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning
tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi
xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdir’’ , deyiladi. Shuningdek, 78-moddaga
ko’ra, “Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqorolik holatidan qat’iy nazar
qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarni ta’minlash hamda
himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi
uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir” . Bu esa
nafaqat davlatning o‘z fuqarolari oldidagi majburiyatini belgilaydi, balki
yoshlarimizning ham davlat oldidagi burchdorligini oshirishga, ularni yuksak
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Konstitutsiyaning 79-moddasida ta’kidlanganidek, “Davlat yoshlarning shaxsiy,
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini
ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini
rag‘batlantiradi” . Yurtimizda yoshlarning intelektual, ijodiy salohiyatini yuzaga
chiqarish, ta’lim olishini rag’batlantirish borasida olib borilgan sayi harakatlar
samarasi o‘laroq ko‘plab o‘quvchilar nufuzli xalqaro tanlovlarda yuqori
natijalarni qo‘lga kiritmoqdalar.
“Misol uchun, Andijondan Durdona Muxtorxo‘jaeva, Buxorodan Firdavs Sobirov,
Doniyor Ismoilov, Sirdaryodan Ilg‘or Qodirqulov, Nabixon Nabixonov, Toshkent
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
117
shahridan Nodira Sa’dullaeva, Iskandar Bo‘riev, Dilshod Xo‘jaqulov, Rail Xashaev
fizika, matematika va kimyo bo‘yicha xalqaro olimpiadalarning oltin, kumush va
bronza medallariga sazovor bo‘ldilar. Bunday zukko va bilimdon farzandlarimiz
bilan har qancha faxrlansak, arziydi” .
Xalqimizda “Vatan ostonadan boslanadi”, degan bir naql bor, kelajak
avlodlarimizning intelektual yetuk, jismoniy sog‘lom, faol va salohiyatli
bo‘lishlari bilan birga, milliy oilaviy qadriyatlarimizga sodiq, o‘z ota-onalariga,
yaqinlariga mehr oqibatli bo‘lishliklari ham davlatimiz barqarorligi, xalqimiz
ravnaqi kelajagi uchun g‘oyatda ahamiyatlidir.
Konstitutsiyamizning 80-moddasida “Voyaga yetgan mehnatga layoqatli
farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar” , deb belgilab
qo‘lgan. Bu o‘rinda ota-onalar farzandlarini shartsiz sevganlari, ularning turli
ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga mas’ul bo‘lganlaridek,
farzandlarning ham ota-onalari oldidagi burchi, vazifalari qonuniy asoslangan .
Xulosa o‘rnida quyidagi fikr-mulohazalarni bildirishimiz mumkin:
-
Sharqona dunyoqarashda oilaga - butun bir millat, xalq, jamiyat ravnaqi,
farovonligi hamda tinchligi uchun zaruriy poydevor, mustahkam qo‘rg‘on
sifatida qaraladi. “Eng katta baxt, men buni ming marta qaytarishdan
charchamayman, oilamiz tinch bo‘lsin! Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli
bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning
kamolini hozir niyat qilayotganimiz kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!”, -
deya ta’kidlagan O‘zbekiston Prezidenti . Yangi O‘zbekistonda barcha sohada
olib borilayotgan islohatlar diqqat markazida doimo oila, sog‘lom avlod, yoshlar
masalasi asosiy o‘rin egallaydi. Shu jihatdan, Yangi Konstitutsiyaning Uchinchi
bo’lim XIV bobi ham “Oila, bolalar va yoshlar” mavzusiga bag‘ishlangan.
-
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oila va farzand tarbiyasining
jamiyatdagi o‘rnini huquqiy asoslarini va davlatning bu sohadagi vazifalarini
belgilaydi. Konstitutsiyada oilaning ahamiyatini ta’kidlash orqali davlat oilani
ijtimoiy, huquqiy va madaniy jihatidan himoya qiladi.
-
Mamlakatimiz Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘
maqsad sari intilmoqda. Bu borada avallo, oilalarimiz barqarorligi, farovonligi,
tinchligini ta’minlash, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini
qaror toptirish, barkamol avlodni shakllantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni
taraqqiy ettirish va baxtli kelajakni yaratishning mustahkam huquqiy asoslari
muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi.-Toshkent:
“O‘zbekiston”
nashriyoti, 2023.- 120 b.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
118
2.
Sh. Mirziyoyev. Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
ma’ruzasi. El. Manba: https://yuz.uz/news/azmu-shijoatli-yoshlarimiz-bilan-
birgalikda-yangi-ozbekistonni-albatta-bunyod-etamiz
3.
Sh. Mirziyoyev. Joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga
oshirilayotgan bunyodkorlik va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018-
yilning 19-yanvar kuni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashinig
navbatdan tashqari sessiyasida so’zlagan nutqi.
4.
El. Manba: https://xabar.uz/uz/siyosat/prezident-oila-kichik-vatan
5.
Fitrat A. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. – Toshkent: Cho‘lpon, 2019. –
B.6