ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
175
MILLIY CHOLG‘ULARDA DUTOR CHOLG‘U ASBOBINING MUHIM
AHAMIYATI
Zarifova Ziyoda
Navoiy davlat universiteti
Musiqa ta’limi 1- kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14870815
Annotasiya:
Insonni milliy axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning
muhim vositasidan biri ularni har taraflama estetik badiiy did sohibi bo‘lib
yetishishida milliy musiqa merosining cholg‘uchilik san’ati orqali tanilib borish
alohida ahamiyatga ega.Shunga ko‘ra Dutor cholg‘usining ham o‘z o‘rni bor va
uning xususiyatlari haqida ham bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
Qadriyatlar, cholg‘uning o‘rni, zarb, dutor, ijro,
sozandalar,musiqa, ohang ,qadimgi, milliy, asbob.
Musiqa insonni go‘zallikga yetaklovchi, badiiy estetik va tarbiaviy
ahamiyatga ega san'at turlaridan biridir. Uni his qiladigan, idrok eta oladigan
shaxsni tarbiyalash va voyaga yetkazish birdan bir orzu bo‘lib kelgan.Dunyoga
kelgan ekanmiz har bir inson go‘zal ohanglar va kuylarni eshitganda bunga
befarq bo‘laolmaydi albatta, bunda musiqaning o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda
ham musiqaga bo‘lgan qiziqish va talab kuchayib bormoqda.Yurtimizda esa bu
borada ma'daniyat va san'atni rivojlantirishga qaratilgan e'tibor yuqori o‘ringa
ega. O‘zbek milliy cholg‘ulari boshqa xalqlardan jozibadorligi bilan ajralib turadi.
Azaldan har bir o‘zbek xonadonida bir cholg‘u asbobi bo‘lgan.Bu an'ana ham
hozirgi vaqtda kelib ba'zi xonadonlarda saqlanib qolgan. Dutor ham bizning eng
ko‘p tarqalgan cholg‘u asboblarimizdan biri.Dutor cholg‘u asbobi badiiy
manbalarga qaraganda qadim zamonlardan Temuriylar davridan o‘rganilib
xalqimiz tomonidan takomillashtirilib kelingan. Dutorning ko‘rinishi
noksimon,uzun dastali va torli cholg‘u asbobi.Dutor cholg‘u asbobining nomi
fors tilidan olingan bo‘lib, 2 tor deb tarjima qilinadi, biroq Xirot dutordi 14 ta
to‘rdan iborat. Dutor o‘zbek ,tojik, uyg‘ur,qoraqalpoq va turkman xalqlari
orasida keng tarqalgan. Dutor muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa
cholg‘u asboblaridan ajralib turadi. Dutor XV asrlarda paydo bo‘lib o‘zbek
xalqining ajralmas uzoq yillik qismidir. Dutorning qismlari quyidagilardan
iborat:
Taxtadan yasalgan kosa qismi, qopqoq qismi, qopqoq ustidan qo‘yilgan
qalqoni, xarrak qismi, ilgak, dastasi,torlari, pardalari, shayton xarrak va 2 ta
qulog‘larga ega. Dutor ijrosi rang barang zarblardan hosil bo‘ladigan sadolarni
yaratishdadir. Shu boisdan dutorga xos bersak va qochiriqlar an'anaviy
ijrochiligda muhum o‘rin oladi. Dutorning ijro uslubida uni to‘g‘ri ushlab
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
176
o‘tirishda ya‘ni tashqaridan chiroyli sahnabob ko‘rinishi,shu bilan birga ijro
etish uchun erkin va qulay bo‘lishiga aytiladi. Bunda uchta tayanch nuqtalar,
ya‘ni o‘ng qo‘l tirsagiga yaqin joyi, o‘ng oyoq va o‘ng biqin ko‘zda tutiladi.O‘ng
qo‘lning vazifasi toshqaridan chiroyli va o‘ziga qulay hamda tabiiy ijro etishi
lozim.Chap qo‘l va uning barmoqlari ham juda chiroyli, yumaloq holatda, har bir
barmoq o‘z vazifasini qulay bajarishi zarur.Musiqada asarlariga joziba berish
qanday zarb tanlab olishga bog‘liq. Dutor chalishda tez-tez qo‘llanilib turadigan
turlicha zarblar bor. Ulardan
1) Bilak zarbi uch barmoq bilan o‘ta barmoq, yon barmoq va jimjiloq
barmoq bilan pastga chalinadi.
2) Terma barmoq- barmoqlarning zarbi bir tekis,aniq va bir xil kuchda
bo‘lishi kerak. Bunda bosh barmoq va ko‘rsatgich barmoqlar ketma ket pastga
urish, undan so‘ng bosh va ko‘rsatgich barmoqlarni Yuqoriga ko‘tarish usulida
tovush hosil qilinadi.
3) Aylanma zarb- bu zarb ham terma zarbi kabi aniq, bir tekis va bir xil
kuchda bo‘lishi kerak.
4) Teskari zarb-bunda ko‘rsatkich barmoq pastga, bosh barmoq yuqoriga,
ko‘rsatkich barmoq yuqoriga, ko‘rsatkich barmoq pastga, bosh barmoq
yuqoriga,ko‘rsatkich barmoq yuqoriga, ko‘rsatkich barmoq pastga va bosh
barmoq yuqoriga chalish usuli orqali hosil qilinadi. Shunday ko‘plab zarbalar
mavjud bo‘lib,ularning chalinish usuli ham kuyning harakteri bilan bog‘liq.Qo’l
harakatlari orqali bajarilgan zarblarda etiborli bo‘lib kuyning ritmi va
o‘lchovlariga ahamiyatli bo‘linadi. Xozirgi kunda, dutorni faqat xalq musiqasida
emas, balki zamonaviy kompozitorlar tomonidan yangi asarlar yaratishda ham
qo‘llanilmoqda.Dutorning zamonaviy shakllari ba'zan boshqa musiqa asboblari
bilan birga ishlatilmoqda va dutorning yangi qirralari kashf etilmoqda.Dutor
yordamida turli xil janrlarida folklor musiqalari,maqom musiqasi, dastgohlar va
qo‘shiqlar ijro qilinmoqda.O‘zbek xalq cholg‘ulari uchun ko‘rik tanlovlar va
festivallar juda ko‘plab o‘tkazilmoqda. Usbu sinovlarda dutor ijrochilari
ko‘pchilikni tashkil qiladi.Shuningdek nafaqat O‘zbekistondagi tanlovlarda, xalq
tanlovlari va festivallarda ham iqtidorli o‘quvchilar boshqa xalq tinglovchilarini
lol qoldirib g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.Dutorning turlariga keladigan
bo‘lsak bunda biz Turon dutori va Xorazm dutori kabi mintaqaviy turlari ham
bor. Har bir turda asbobining shakli, chalish usuli va tovushi o‘ziga xosdir.
O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida dutorni o‘rganish uchun ustoz shogird
an'analari saqlanib kelinmoqda. Ustozlar o‘z bilimlarini yangi avlodga
o‘rgatishadi va bu orqali xalq musiqasining asliyatini saqlashga yordam
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
177
berishadi.Cholg‘ularga bo‘lgan qiziqishning ham o‘zi yetarli emas albatta, bu
bilan cheklanib qolmasdan uni o‘rganishga astoydil harakat, sabir va
ustozlardan olgan bilimlar yordam beradi.Dutor chalishni o‘rganishda ham bu
amallarga rioya qilish zarur.Dutor o‘tmishdan beri shakllanib kelar ekan,
kelajakda ham o‘z ahamiyatini topib bormoqda.Zamonlar o‘tishi bilan cholg‘u
asboblari ham o‘zgarib murakkablashib boradi. Shu boisdan dutor cholg‘usini
takomillashtirish uchun "has"(chop) pardalar qo‘yib, pardalari soni ko‘paytirilob
xromatiklashtirilgan. Tovush kuchini oshirish va texnik imkoniyatlarini
rivojlantirish maqsadida esa xromatik pardali dutor oilalari yaratilgan.
Shuningdek dutor oilasi 6 ta turga ega.Ularga 1.Prima, 2.Sekunda, 3.Alt, 4.Tenor,
5.Bas va 6.Kontrabas turlari bor.Bu dutorlarning har biri kattaligi, kichikligi,
torlari va ovozlari bilan bir-biridan farq qiladi. Dutorning bunday darajada bo‘lib
shakillanishiga unga bo‘lgan insonlarning talabi va qiziqishlari sabab
bo‘lgan.Dutorning shakillanish jarayoni zabardast sozandalarning ijro uslubi,
mehnatsevar ustozlarning bilimri va amaliy imkoniyatlari bilan bog‘liq bo‘lib
kelgan. Dutorning yanada sevimli cholg‘u asbobi bo‘lishiga Orif Qosimov,
Turg‘un Alimatov, Abdusamad Ilyosov, G‘ulom Qo‘chqorov, Baqijon Rahimjonov,
Abdurahim Hamidov hamda Sulton Qosimov singari mohir sozandalar katta
hissa qo‘shishgan. Dutorning paydo bo‘lib asrlar va yillar davomida
shakillanishiga, albatta insonlarning unga bo‘lgan qiziqishlari va musiqaga
monand qalblari sababchi. So‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan o‘ziga xos musiqa
asarini mohiyatini sozandalar tomonidan ayni ijro paytida anglaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.G.Muhammedova "Dutor" (Musiqa va san'at maktablari uchun o‘quv
qo‘llanma).
2. O‘zbek xalq musiqa ijodi ( H.Nurmatov, N.Yo‘ldosheva) .
3.Dutor o‘rganish kitobi " o‘qtuvchi nashriyoti" Toshkent- 1966.
4. Internet tarmog‘i ( google ijtimoiy tarmog‘i).