ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
202
BO‘LAJAK BOSHQARUV KADRLARINING BOSHQARUV
KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH
F.M.Jalolova
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14942431
Annotatsiya:
mazkur
maqolada
boshqaruv
sohasida
“rahbar”
tushunchasiga birmuncha siyosiy urg‘u berilgani ta’lim sohasi rahbarlarining
o‘rni ham siyosat darajasida muhim ekanini isbotlaydi. Shu o‘rinda ta’kidlash
joizki, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan ta’lim menejerlari nafaqat
mamlakatimiz oldida turgan taraqqiyot strategiyasi bilan bog‘liq maqsadlarni
amalga oshirishda, balki, ushbu amalga oshirilgan ishlarning davomiyligini
ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, shu qadar professional
bo‘lgan kadrlarga ega bo‘lish uchun qanday tadbirlarni amalga joriy etish,
ularning qonuniy asosi masalasining psixologik-pedagogik tahlillari keltirib
o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
boshqaruv, kompetentlik, rahbar kadrlar,
boshqaruv
kompetentligi, ta’lim sohasi, malakali kadrlar, boshqarish
Аннотация:
В данной статье политический акцент на понятии
«лидер» в сфере менеджмента доказывает, что роль лидеров в сфере
образования важна и на политическом уровне. Здесь стоит отметить, что
менеджеры образования, являющиеся зрелыми специалистами в своей
области, играют важную роль не только в реализации целей, связанных со
стратегией развития, стоящих перед нашей страной, но и в обеспечении
преемственности этих реализуемых целей. работает. При этом проводится
психолого-педагогический анализ вопроса о том, какие меры реализовать
и их правовую основу для того, чтобы иметь такие профессиональные
кадры.
Ключевые слова:
менеджмент, компетентность, управленческий
персонал, управленческая компетентность, образовательная сфера,
квалифицированный персонал, менеджмент.
Abstract:
In this article, the political emphasis on the concept of "leader"
in the field of management proves that the role of leaders in the field of
education is also important at the political level. At this point, it is worth noting
that education managers, who are mature specialists in their field, play an
important role not only in the implementation of the goals related to the
development strategy facing our country, but also in ensuring the continuity of
these implemented works. is enough. In this, the psychological and pedagogical
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
203
analysis of the issue of what measures to implement and their legal basis in
order to have such professional personnel is brought out.
Key words:
management, competence, management personnel,
management competence, educational field, qualified personnel, management
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga
Murojaatnomasida “Bugungi kunda jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni
samarali yechish, keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish zarurati davlat
boshqaruvi sohasida mutlaqo yangi tizim yaratishni taqozo etmoqda.
Oʻylaymanki, buning uchun “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish
va qabul qilish vaqti keldi”, deb ta'kidlaydi. Hozirgi vaqtda uning loyihasi keng
muhokama etilmoqda.
Bu borada boshqa muhim masalalar qatorida davlat xizmatchilari
mehnatiga haq to‘lash va ularning munosib ijtimoiy ta’minot tizimini yaratish,
ayni vaqtda mansabdor shaxslar javobgarligini oshirishni ham ko‘zda tutadi.
Biz boshqaruv sohasida birinchi navbatda ijro hokimiyati organlari
faoliyatini takomillashtirish, kadrlar moddiy resurslardan oqilona foydalanish
bo‘yicha aniq mezon va tartiblarni joriy etishimiz zarur”
1
degan konseptual
fikrlari jamiyat ijtimoiy-siyosiy institutlarining transformatsiyalashish
jarayonida rahbar va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini kompleks
modernizatsiyalashni talab etadi.
Ayni damda, mamlakatimiz aholisining savodxonlik darajasi kun sayin o‘sib
bormoqda. Endilikda oliy ma’lumotli kadrlar zahirasi ham ortib borgani sari,
davlat malakali, o‘z sohasini chuqur egallagan, salohiyatli kadrlarga ehtiyoj seza
boshladi. Bu esa ta’lim bozorida raqobatbardoshlilik darajasi ham ortganidan
darak beradi. Shunday ekan, ta’lim bozorini talabgir kadrlar bilan ta’minlash
yetuk boshqaruvchilarga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Malakali kadrlarni tayyorlash masalasi har bir mamlakat hamda har bir
sohaning oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Unga huquqiy va ilmiy
asos yaratish esa o‘ta sinchkovlikni talab etadi, chunki ta’limdagi har qanday
xatoliklar davlat taraqqiyoti uchun o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
1991-yil 31-avgustda qabul qilingan 17 moddadan iborat “O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunning 3-
moddasida “O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega o‘zining
milliy davlat va ma'muriy hududiy tuzilishini hokimiyat va boshqaruv idoralari
tizimini mustaqil belgilaydi”, deb belgilangan, shu asosda chuqur o‘rganish va
hayotga tadbiq etish zaruratini tug‘dirmoqda.
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
204
Shuni hisobga olgan holda, davlat va jamiyat boshqaruvining barcha
sohalari tizimi yangi asosda shakllantirilmoqda. Bu masala bilan bog‘liq turli
darajadagi xilma-xil vazifalar va talablar orasida quyidagilar alohida ahamiyat
kasb etadi:
a) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan
shugʻullanuvchi
ta'lim
muassasalari,
akademiya,
institutlar,
jamoat
birlashmalarining zamon talablari darajasidagi faoliyatini ta'minlash;
b) kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirib borish, bunda: alohida
shaxslarning fikr-mulohazalari; kadrni xarakterlovchi sifatlar; kadrning
rahbarlik va boshqaruv tajribasi, layoqati, ma’suliyatliligi, davlat va jamiyat
manfaatlarini hisobga olib bilishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
2
Ushbu vazifa va talablarning yuqori sifatda bajarilishini ta'minlash
yuzasidan uzluksiz ravishda amalga oshirib borish lozim bo‘lgan ishlar quyidagi
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 1. Kadrlar siyosati bilan bog‘liq me'yoriy-huquqiy
hujjatlarni mavjud talablar darajasida takomillashtirib borish. 2. Kadrlar
tayyorlash sohasida raqobatbardoshlilik sifatlarini oshirib borish. 3. Rahbar va
boshqaruv kadrlarining uzluksiz ta'lim olishlari va malakalarini muntazam
takomillashtirib borishlarini ta'minlash. 4. Kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimidagi barcha ta'lim muassasalarining zamonaviy
talablar darajasida faoliyat olib borishini muntazam ta'minlab borish. 5.
Kadrlarni tanlash tizimining zamonaviy ilgʻor usullarini amaliyotga joriy qilish.
6. Kadrlarning ish faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish. 7. Kadrlar
boshqaruvining elektron tizimini yaratish va amalga joriy qilish.
Shu o‘rinda boshqaruv sohasiga oid ayrim tushunchalarning ta’riflarini
keltirish dissertatsiya mavzusini yanada teranroq anglashga xizmat qiladi.
“Rahbar va boshqaruv kadrlari institutsional tizimi” deganda, rahbar va
boshqaruv kadrlari faoliyatini yuritadigan siyosiy-ijtimoiy institutlar davlat
hokimiyati va boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlari majmui nazarda tutiladi.
Yangilanish esa ana shu institutlarning maqsadi kadrlarga qo‘yilgan yangicha
talablar, rahbarlik faoliyatini baholash mezonidagi demokratik prinsiplar, inson
erkinligi, maqsad va manfaatlarning ustuvorligi bilan bog‘liq.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan zamonaviy rahbar aslida qanday bo‘lishi
kerakligi, ayni damda u qanday talablarga mos bo‘lishi lozimligi yuzasidan haqli
savollar tug‘ilishi tayin.
Rahbar va boshqaruv kadrlariga bugungi kunda qo‘yilayotgan yangi
talablar quyidagicha: 1) o‘z sohasini mukammal bilishi; 2) o‘z faoliyatiga
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
205
mustaqillik talablari asosida yondashishi; 3) qonun ustuvorligi va qat'iy tartib-
intizomga amal qilishi; 4) mas'uliyatni teran his etishi; 5) tanqidiy tahlil qila
olishi; 6) tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi; 7) o‘z
manfaatini davlat va millat manfaatlari bilan uyg‘un ko‘rishi; 8) o‘zgalar fikrini
eshitishi va hurmat qilishi; 9) yangicha tafakkur tarziga ega fikrlar xilma-xilligini
inkor etmasligi; 10) bilim va malakasini muntazam oshirib borishi; 11) shaxsiy
javobgarlikni his qilishi; 12) atrofiga sog‘lom kuchlarni to‘plab, ularga tayanishi;
13) xalq bilan oʻzaro hamkorlikda ish yuritishi; 14) har bir rahbar zimmasidagi
vazifasini chuqur anglab yetishi; 15) vatanparvar va fidoyi bo‘lishlarini taqozo
etadi.
3
Albatta, har bir hukumat rahbariyati rahbar tanlashda o‘z xalqi intilishlari,
ehtiyojlari, moddiy-ma'naviy, ijtimoiy, milliy g‘oyasi va manfaatlarini hisobga
oladi. Shuning uchun ham kadrlar siyosati boshqaruv tizimidan doimiy jiddiy
e'tiborni talab qiladi va uning ijobiy va salbiy natijalariga rahbariyat javobgar
bo‘lib qoladi.
Zamonaviy ta’lim menejerlari o‘z lavozimlariga qay darajada loyiq
ekanliklarini aniqlash uchun o‘z faoliyatlariga jiddiy ahamiyat berishlari, nazariy
manbalarda yoki malaka talablarida keltirilgan bandlarga rioya qilishlari lozim.
Zamonaviy rahbar o‘z faoliyati davomida yangi institutsional tizim
talablariga amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar: 1) boshqa insonlar bilan chin
yurakdan qiziqish; 2) tabassumingizni darig‘ tutmang; 3) qaysi tilda izhor
etilishidan qat'iy nazar insonning ismi hayotida eng shirin, aziz va ahamiyatlidir;
4) doimo yaxshi tinglovchi bo‘ling, boshqalarning o‘zi haqida so‘zlashini
rag‘batlantiring; 5) suhbatdoshingizni qiziqtiradigan masalada koʻproq
gapirishni taqozo etadi.
Har qanday rahbar o‘z lavozimiga nafaqat ilmiy, malakaviy jihatdan balki,
ruhan ham tayyorlanishi lozim. O‘z vazifalarini bajarish jarayonida vaziyatga
to‘g‘ri baho berish, bir necha muammolar bir vaqtda hal etilishini talab etganda,
tushkunlikka berilmaslik, xodimlar bilan muloqotda ham ularni xarakter
xususiyatlariga mos ravishda suhbat olib borish ham rahbarlardan turli sohaga
oid bilimlarga ega bo‘lishni talab etadi.
Zamonaviy rahbar quyidagi qoidalarga amal qilishga harakat qilishi lozim:
1) ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan qadriyatlarni rahbar aniq ravshan tushunishi;
2) istiqboldagi taraqqiyotni aniq oldindan tasavvur qilishi; 3) yuzaga chiqadigan
muammolar yechimini ijobiy tarzda yechish yo‘lidan borishi; 4) boshqaruv
tamoyillarini bilishi; 5) doimiy tarzda o‘z ustida ishlab yuksalib borishi; 6) ishni
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
206
guruh, jamoa boʻlib tashkil eta olishi; 7) xulq-atvoridagi xatolarini tuzatib borish,
har qanday vaziyatda o‘zini boshqarib, doimo qoʻlga ola bilishi, xodimlari bilan
hurmat va e'tiborli bo‘lishi; 8) ijtimoiy-psixologiya asoslarini yaxshi bilishi
kerak.
4
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
207
Ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqaruvda strategik boshqaruv,
strategik qaror qabul qilish, strategik rejalashtirish, strategik reja, strategik
fikrlash va nazorat alohida ahamiyat kasb etadi.
5
Avvalo, strategiya tushunchasiga to‘xtalib o‘tish lozim. Bunda, «strategiya»
terminidagi ko‘pxillilik Genri Minsberg (Mak Djeill universiteti, Monreal, 1987-
y)ni «5Р» strategiyasini ishlab chiqishga majbur qildi. G. Minsberg fikricha,
strategiya o‘z ichiga quyidagilarni jamlagan:
• reja (plan);
• usul yoki taktik yo‘l (play);
• xulqiy model (pattern of behaviour);
• boshqalarga nisbatan nuqtayi nazar (position in respect to
others);
• kelajak (perespective).
6
Strategiya atamasi uchun yuqorida keltirilgani kabi turli ta’riflar mavjud bo‘lib,
shulardan Garvard biznes-maktabi professori Chandler ta’rifiga ko‘ra, strategiya
- tashkilotning vazifalari va asosiy uzoq muddatli maqsadlarini bajarish uchun
zarur bo‘lgan resurs (moddiy ne’mat)lami joylashtirish va harakat yo‘nalishini
belgilab olishdir. To‘g‘risini aytganda, «strategiya» terminining Chandler
tomonidan tushuntirilishi boshqa ta’riflarga nisbatan oddiyroq va
tushunarliroqdir. E'tibor qilgan bo‘lsangiz. Chandler ta’rifida strategiyaning uch
elementi to‘g‘risida so‘z boradi.
Adabiyotlar:
1.
Bartram, D. (2005). The Great Eight competencies: a criterion-centric
approach to validation. Journal of applied psychology, 90(6), 1185.
https://doi.org/10.1037/0021- 9010.90.6.1185
2.
Afanasyev V.G. Tiriklar dunyosi: izchillik, evolyutsiya va boshqarish.- M.,
1986.
3.
Bespalko V.P. Pedagogik texnologiya shartlari.- M., 1989
4.
Hakim A. Contribution of competence teacher (pedagogical, personality,
professional competence and social) on the performance of learning // The
International Journal of Engineering and Science. 2015. V. 4. №2. P. 1-12.
.